SHEʼRLAR | Sherlar
3.52K subscribers
501 photos
100 videos
5 files
99 links
💥Premyeralar👇

💫Yangi she'rlar

♻️Eng Sara sherlar

♻️YouTube: https://www.youtube.com/@yangi_sherlar


Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar

♻️Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib boriladi


Reklama ADMIN @Xolbek
Download Telegram
🎙Sᵒᵏⁱⁿ Qᵃˡᵇ ˢᵃᵈᵒˢⁱ🎶

Davomi bor

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
" Muhammad Yusuf "

( Muhammad Yusuf xotirasiga bag´ishlab ! )

Afsuski , yurakni o´rtaydi bir g´am ,
Bizning suyanchimiz Muhammad edi .
Bizlarga bu o´lmas she´rlarin yozib ,
Qirq yetti bahorin qarshilab ketti .

Kimga ham qiziq - a , shoirning dardi ,
Shoirning she´rlari - taqdir biroq .
She´rlarin lolalar bezagan edi ,
Qabrini bezadi LOLAQIZG´ALDOQ.....!

Lolalar yotardi bosgan poyida ,
Yozardi vatanga muhabbatini .
G´arbning Ellikqala degan joyida ,
Bu dunyo yo´qotdi MUHAMMADINI !

Shoirga shunchaki mumkunmas o´lmoq ,
Yuragimizdadir abadul - abad .
Shoirlar tug´ular dunyoda , biroq ,
Tug´ulmasa kerak , boshqa Muhammad.....!

Adabiyot go´zaldir siz sabab balki ,
So´zlari yechilmas kishandir , quluf .
Bizning yodimizda emas , shunchaki ,
Yuragimizdasiz Muhammad Yusuf.....!

Muallif : Sardor Yo´ldosh

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Yillar malham bo‘lmadi,
Surat chizdi yarangiz.
(iz qoldirdi yarangiz)
Bag‘rim to‘ldiku ammo,
Dil to‘lmadi Farangiz.

O‘tti sensiz yillarim,
Bemanoyu va rangsiz,
Gul yuzingdek gul ko‘pu
Qalbing tengsiz Farangiz.

Umr torin chertyapman,
Qo‘ng‘irog‘i jarangsiz.
Hamon seni kutyapman,
Farangizeyy, Farangiz.

SHoshma yillar shoshmay tur,
Mendan ham hol so‘rangiz.
Boshga qirov qo‘nmasdan,
Kel so‘zi bol  Farangiz.
Kel
kelaqol
Farangiz.
Farangizeyyy
Farangiz.........
Malika Mardonzoda sheri.
Farangiz ismiga bo‘lsin deganlar uchun.

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Ahliddin Abdullaev ijrosi
...OʻZING ASRAGIN!!!

Umrimiz oʻtmoqda yel kabi shoshib
Gʻam ustiga gʻamlar, dardlar qalashib
Goh halol, goh harom totdik adashib
Bu kabir yoʻllardan oʻzing asragin

Kim menga doʻst boʻldi, kim esa gʻanim,
Baʼzan yuragimga tor kelar tanim
Kimning quchogʻida bugun sevganim
Qoʻl tekkan gullardan oʻzing asragin

Meni noshud deya xayol qildilar
Ishonchimni poymol, uvol qildilar
Yanaki, ustimdan shodon kuldilar
Bu malʼun xillardan oʻzing asragin

Oʻzing yagonasan, oʻzing bilguvchi
Shodlikmi yo gʻamga duchor qilguvchi
Har qalbga ixlos-u imon solguvchi
Imonsiz dillardan oʻzing asragin

Goh mukofot berding, gohida sinov
Kim qildi qanoat, norizo birov
Boshimni siypalab, soldilar tushov
Bu ayri tillardan oʻzing asragin

Men sendan soʻrayman nafsimdan najot
Hamki har sinovga imon-u sabot
Doʻstlarimga doʻstlik, insoniylik yot
Bu qalbi sillardan oʻzing asragin

Kimga koʻngil berdim, kimga ishondim
Sevgidan pant yedim, olovda yondim
Afsuski gʻaflatdan men kech uygʻondim
Razolat yoʻllardan oʻzing asragin

✍️✍️✍️ Suhrob OCHILOV ✍️✍️✍️
03.05.2023. TOSHKENT 16:50
Не савдолар тушмас гоҳо бошимга ҳам
Ҳаёт заҳар қўшар базан ошимга ҳам,
Келадилар бошларини қилганча хам,
Иши тушса йўқлайдиган яқинларим.

Минг урилдим соҳилларда қояларга,
Базан сизни ўҳшатаман сояларга,
Баргин олиб, ишингиз йўқ пояларга,
Иши тушса йўқлайдиган яқинларим.

Гоҳ ялиниб, гоҳида гунг-лол сўрайсиз,
Гўё заҳар тутиб кейин бол сўрайсиз,
Фақат керак пайтларимда ҳол сўрайсиз,
Иши тушса йўқлайдиган яқинларим.

Гоҳи дилим оғриганда сабр қилдим,
Ишончимга юрагимдан қабр қилдим,
Сизни ўйлаб ўз жонимга жабр қилдим,
Иши тушса йўқлайдиган яқинларим,

Аф этгайсиз сўзим дилни қилса пора,
Сиз йўқламанг бахтлар йўқлаб турса зора,
Топилмайин қолганида, сўнгги чора,
Иши тушса йўқлайдиган яқинларим.

Малика Мардонзода шери

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz deb kelgan uyizga
Loyiqmasmi sevgizga
Mehr bering yorizga
Asrang ayolingizni

                Farzandlariz onasi
                U ham birov bolasi
                Tutmay dilin porasi
                Asrang ayolingizni

Qilsa har ishingizni
Begim deb bilsa sizni
Ayamang mehringizn
Asrang ayolingizni

                 Siz deb bir joni fido
                 Bahtingiz bergay Xudo
                 Bu besh kun o'tar dunyo
                 Asrang ayolingizni
                 
Qarigan chog'ingizda,
Bo'ladi suyanchingiz,
Muhabbat bog'ingizda,
Baxtlidir ayolingiz..

                         Botir Muhammad

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Audio
#eshiting_faqat_yiglamang
#Monolog

QABRDAN KELGAN
NOLAA.....😢😢😢😢


©️Marjona Asadova

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gullar iforidan
mast bo‘lgan chog‘lar
Sabolar, maysani
quchganida jim,
Bizni eslarmikan
biz kezgan bog‘lar,
Kuz kelmasdan
hazon qilganda
Hujum.

Nechun yo‘qlamading,
kelmading bir bor,
Sog‘inching tamoman
kelganda ĝolib,
Yo‘llarga termuldim
kelarmu deb yor,
Armon xabar oldi
visoling qolib.

Yuraging qarida
to‘lg‘onsa sevgim,
Visoling qidirib
borsa gar xatlar,
Ishqni kuylamaydi
biz kabi hech kim,
bizsiz huvillaydi
o‘shal bekatlar.


Shammolar maysani
quchganida jim,
Sevgiga azobdeb
berilganda nom.
Qaldirĝoch qaytganda
qaytmagan gulim,
Yana yodimdasan
jonim bu oqshom.

Malika Mardonzoda sheri...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAXT ONAMNING DUOLARIDA!!!

Qancha chopdim baxt izlab sarson
Haqlik soʻrab dunyolarida
Anglamadim men noshud, nodon
Baxt - onamning duolarida

Doʻst ham oʻzi, dildosh ham oʻzi
Mehri joʻshgan qalbin qaʼrida
Qoʻlin ochib, yoshlanib koʻzi
Baxt - onamning duolarida

Bu dunyoning hoy-havasidan
Topolmadim saroy, qasridan
Anglaganim dunyo darsidan
Baxt - onamning duolarida

Yaratgandan yolvorib, soʻrab,
Gʻarib koʻnglim mehriga oʻrab
Onam umrin uzoq qil, Yo Rab
Baxt - onamning duolarida

Kimlar bilan boʻlib ovvora
Koʻnglim butkul boʻlsa ham qora
Duo qilar onam bechora
Baxt - onamning duolarida

Dunyo ishin bir chetga surdim
Oyogʻiga boshimni urdim
Baxt vaʼdali nechtasin koʻrdim
Baxt - onamning duolarida

✍️✍️✍️ Suhrob OCHILOV ✍️✍️✍️
11.05.2023. TOSHKENT 06 : 34

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Onajon
Shaxzoda Orifjonova
Muallif: Muhammad Yusuf
🎤Ijroda:Shaxzoda Orifjonova

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Kelding bunda qol dedilar,
Ne istasang ol dedilar,
SHayton suvin bol dedilar,
Dunyo o‘zi nadur do‘stim.

Farishtalar yozar kitob,
Yaxshilik qil, qilma xitob
Har koringga bordur hisob,
Allohdan bor ajr do‘stim.

Havolanma xato bo‘lar,
Kiyganing oq mato bo‘lar,
Alloh bersa ato bo‘lar,
Bizdan faqat sabr do‘stim.

So‘nar bir kun umr shami,
To‘lmaydi hech dunyo kami,
Sen yig‘latgan ko‘zlar nami,
O‘z joningga jabr do‘stim.

Vaqt jilovin tutolmaymiz,
Ajalni rad etolmaymiz,
Hatto qochib ketolmaymiz,
Manzilimiz qabr do‘stim.

Ey Malika ayla savol,
Umring o‘tmadimi uvol,
Imoningdan topsang kamol,
baxt degani shudir do‘stim.

Malika Mardonzoda sheri..

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Hammasi tugadi endi azizim !
Barini bo´lmaydi boshidan boshlab .
Sen u tamon va men ketib bu tamon ,
Qolmoqdamiz ohir qalb ko´zin yoshlab .

Endi hammasiga yasaldi yakun ,
Va bugun qo´yildi ohirgi nuqta .
Kech bo´ldi !
Juda kech !
Endi afsuski ,
Barin unutmoqning iloji yo´qda....

Qolmadi biron bir so´zlarga hojat ,
Tugatamiz chog´i , yasab nihoya .
Ikki og´iz so´zni aytsak bas faqat ,
« BARCHASI TUGADI ! » desak kifoya .

Taqdir !
Qismatimiz boshqadir bizning ,
Boshqadir qalblarning manzil , yo´llari .
« BAXT » deya atalmish kitobimizning ,
Yopilmoqda so´ngi sahifalari !

Sen mensiz yashaysan endi bemalol ,
Ketishing mumkundir hatto shu zahot .
Yuragim qiynaydi hanuz bir savol ,
Nahot taqdirimiz shu bo´lsa , nahot....?!

Hammasi tugadi endi azizim !
Barini bo´lmaydi boshidan boshlab.....!

Muallif : Sardor Yo´ldosh

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Audio
"ONAM"

Sinovli dunyoda qoqilib yiqildim ba'zan
Ishlarim yurishmay qolganda hech ham
Yaqin doʻstlarim ham ketganda mendan
Jonim bolam deya yonimda onam

Ozor cheksam agarda uyqusi qochgan
Bemor boʻlsam qoshimda parvona boʻlgan
Yaxshiman onajon desam jilmayib
Kun-u tun hotirjam mehribon onam

Onam, onajonim rayhonim onam
Qaynoq mehrlisiz hamma hammadan
Onam, onajonim yulduzim onam
Oʻgʻlingizman faxr ila yurarman har dam

Ishimdan sababsiz kech qolib ketsam
Uxlolmasdan yoʻlimga parvona boʻlgan
Issiq nonu, nonushtalar tayyorlab qoʻyib
Oʻzi yemay kutgan yolgʻizim onam

Hato qilsam toʻgʻri yoʻlga boshlagan
Quvonsam oʻzimdan koʻproq quvongan
Mendan koʻp yutuqlar kutib oʻtirgan
Jannat gullaridek iforli onam

Onam, onajonim rayhonim onam
Qaynoq mehrlisiz hamma hammadan
Onam, onajonim yulduzim onam
Oʻgʻlingizman faxr ila yurarman har dam

✍️
#Dilmurod_Salom
🎤
#Dilmurod_Salom
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Бой йигитни қасрига кирдинг,
Боғларидан гулларин тердинг.
Муҳаббатни тиллода дердинг,
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Чин севги ё тиллодамикан?
Кайфу сафо яллодамикан?
Ё барчаси Худоданмикан?
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Қулоғингда тилладан сирға,
Оёғинг ҳам тегмайди ерга.
Алишгандинг севгимни пулга,
Ёрим энди,  бахтлимисан айт?

Қадамингга тилло сочдими?
Бахт бағрини сенга очдими?
Бойвуччалик сенга ёқдими?
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Бой экан деб тегиб кетгандинг,
Бизни ерга уриб кетгандинг.
Капалакдек учиб кетгандинг,
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Маюс кўзинг бахтлиман демас,
Юзларингдан қувонч балқимас.
Ахволинг ҳам унча яхшимас,
Ёрим энди, бахтлимисан айт?

Муаллиф: Хушбахти

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Voiz: Muhammad Ya’qub
She’r muallifi : Muhammad Ya’qub

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
SEVGI SADOSI

Gulim, mehr ko‘zda degani yolg‘on,
Mening dilimda hech o‘chmas yolqinsiz,
Qancha ko‘rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo‘lsak shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo‘lak kimim bor yana?..
Siz yo‘q chog‘imdagi dunyom begona,
Siz yo‘q bog‘imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko‘klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo‘qotgan ko‘zmunchog‘imsiz.

Yodimda kechagi sho‘xliklaringiz,
Ko‘ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o‘sha — orzusi oydan oydin qiz,
Siz o‘sha — kulgusi qo‘ng‘irog‘misiz.

Siz o‘sha ko‘zimning kiftida yurgan,
Siz o‘sha ko‘nglimga ko‘ngli in qurgan,
To‘kilay deb tilim uchida turgan
She’rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...

 ©Muhammad Yusuf

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
Haq

Panjang orasida o'ynar bexabar,
Xom sutga oshufta inson bolasi.
Bilmay qadah uzra ko'tarar zahar,
Xabarsiz do'st bilar yovning olasi.

Qabih hayollarni tark etib jonim,
Umid arqoniga osilding buncha.
Tomog'imni yirtding o'tli fig'onim,
Chiqarma ovozni o'la o'lguncha.

Ko'zing sahnasida mavji o'zgadir,
Tiling torlaridan chiqqan so'zingni.
Haqiqatni dildan qilmayin qadir.
Aldaganing vaxshat oson o'zingni.

Muallif: Javohir Qobilov

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
🥳DIQQAT!

Uzoq tanafusdan so'ng kanalimiz navbatdagi "Sherlar Tanlovi" ga start ♥️ berdi🦾

Kanal: @sherlar_shoirlar_va_shoiralar
A'zo bolishni unutmang👆

🤩Sovrin 50 000 so'm

O'zingiz yozgan eng yaxshi sherni Kanalga joylaymiz va eng kop "like" ❤️ To'plagan ishtirokchi g'olib deb topiladi.

Sherlarni adminga yuboring!👇
👇
😎Admin: @xolbek

Qabul 16- 17- may kunlari soat 22:00 ga qadar.
17-may 22:00 Dan keyn sherlar qabul qilinmaydi🙊 kechikmang🗣

🤩Tanlovga Start 18 - may 8:00 da beriladi🥳🥳🥳🥳

Sovrin miqdori kamdir lekn o'zingizni sinash imkoni bor👌😌

Adminga yoqqan sher 10 ta ❤️ ga ega bolad. Hammasi halol😘🫂

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali
A'zo bolishni unutmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бу дунёни тарк этди дадам...

Борлигида кўп бора бориб,
Суҳбатлашинг дилдан ўтириб,
Қоларкансиз зор-зор қидириб,
Капалакка айланса даданг...

Ота-онамизни тириклик вақтида қадрлайлик, улардан хабар олиб, ҳамсуҳбат бўлайлиk.

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar kanali