SHERLAR
20.9K subscribers
689 photos
230 videos
2 files
1.96K links
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Download Telegram
ISHLAYVERIB CHARCHADIM ONA

O‘qimadim sharoit qilib,
Alam yutib qo‘ydim pinhona.
Musofirman og‘ir mexnatda,
Ishlayverib charchadim ona.

Kim bilardi meni qadrimni,
Xudo sinar balki sabrimni,
Sizga aytay barcha dardimni,
Ishlayverib charchadim ona.

Naxot shunday bo‘lsa bu dunyo,
Yashashimdan qani bir ma’no,
Noshukurman kechirgin xudo,
Ishlayverib charchadim ona.

Ishdan bezib charchagan bu qo‘l,
Topolmadim balki to‘g‘ri yo‘l,
O‘g‘lingizman peshonasi sho‘r,
Ishlayverib charchadim ona.

Qaytay desam yo‘llarim olis,
Mexringizni qo‘msadim ona.
Hayotimdan nolimayman lek,
Ishlayverib charchadim ona.

Oson emas musofir bo‘lish,
Gap so‘zlarni ko‘tarib yurish,
Asli mardlar uchundir bu ish,
Ishlayverib charchadim ona.

Olis ketma bolam derdingiz,
Sizga quloq solmadim ona.
Sizni biroz sog‘inganim rost,
Ishlayverib charchadim ona.

Sherlarim ham chala bitmagan,
Ishlarimdan ortmadim ona.
Bugun sizga dardimni yozdim,
Ishlayverib charchadim ona.
Sizni juda sog‘indim ona.

21:00.28.09.2021

MUALLIF: QODIR QAXXOR


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
UYLANGAN YIGITNING UKALARGA MASLAHATI. 😉😄

Sayr qilib yuruvdim,
Bir kun kechki payt bog‘da.
Bitta malakni ko‘rdim,
Nogahon o‘sha chog‘da.

Soch degani sharshara,
Tizzasiga yetadi.
Qora ko‘zi ohuga,
Rosa o‘xshab ketadi.

Qalin qoshining shakli,
Misoli kamon-u, yoy.
Bir qoqsa yuraklarga,
Sanchiladi hoynahoy.

Kiprikni aytmaysizmi,
Soya solar yuziga.
Jami turish-turmishi,
Yarashgandi o‘ziga.

Gilosdek lablaridan,
Shirin so‘zlar uchadi.
Ko‘ylagining etagi,
Tuflisini quchadi.

Jilmayib qolsa birdan,
Dur tishlari yaraqlar.
Yuzidagi kulgusi,
Oftob misol charaqlar.
_ ____

Yurak yutib so‘zladim:
-" Tanishaylik, yaxshi qiz?
Yarashmaydi siz- go‘zal,
Sayr qilsangiz yolg‘iz".

Salom-alik, hol- axvol,
Xullas kalom tanishdik.
Ketar chog‘da telefon,
Raqamlarni alishdik.

Taqdir ekan tez kunda,
Bo‘lib o‘tdi to‘yimiz.
Baxtli yashamoq edi,
Bizning fikru-o‘yimiz.

Eh, karoche ukalar,
Aytsam gapning dangalin.
Farshifka go‘zal bo‘lgan
Ekan o‘sha malagim.

Ulangan parik sochin,
Avaylab olib qo‘ydi.
Angrayganimni ko‘rib,
Yolg‘ondan qovoq uydi.

Qo‘rquvdan yuraklarim,
Ketdi rosti gupurib.
Ko‘zidan qora linza,
Olib berdi sug‘urib.

" Ko‘zing ko‘k rangmidi? " deb,
Linzani qo‘lga oldim.
Yuzini yuvib bo‘lgach,
Rosti tanimay qoldim.

Yuzga soya soluvchi,
Kiprigidan asar yo‘q.
" Muncha anqayasiz? " deb,
Urib qo‘yar yana do‘q.

To‘lin oydek oq yuzi,
Bo‘lgach bo‘yoqdan xoli.
Qoramag‘iz qiz ekan,
Yana chandiq ahvoli.

Boshga tushganin ko‘rar
Indamasdan endi ko‘z.
Yurak yutib xonimga,
Ochaman hangoma, so‘z.

-" Lash-lush, shuncha bo‘yoqlar,
Nimaga kerak ayting? "
Deydi: -" Endi zarurmas,
Kerakdi o‘sha payti".

"Uh" deyman mushtim siqib,
"Xusn to‘yda ekan-ku.
Mayli hech yo‘q tishingiz,
Asl, rodnoy ekan-ku.

Xonim shirin jilmayib,
Chog‘lanar so‘z demoqqa.
-" Asraganman tishlarim,
Topganingiz yemoqqa".

__

Endi qilgan arzimiz,
Chigirtkaning zoricha.
Mard bo‘lib malagimni,
Qabul qildim boricha.

Buvim aytar: " Husniga,
Non botirib yemaysan.
Qo‘l oyog‘i chaqqon-ku,
Nega shukr demaysan?

Hamma joy yaraqlaydi,
Usting toza, oshing bor.
Shu kelganidan beri,
Bir fayzli bo‘ldi ro‘zg‘or".


Xullas, gap mana shunday,
Bo‘ydoqlar bo‘ling hushyor.
O‘ta go‘zal bo‘lsa gar,
Yoringizda bir gap bor.

Lekin rost gap, malagim,
Ololdi xayolimni.
Sevib qoldim kalta soch,
Ko‘k ko‘zli ayolimni.

Dilobar Uralova


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
​​USTOZLARIM SIZLARGA RAXMAT

Bolalikdan bilim bergansiz,
Borimizga qilgansiz toqat.
Yiqilganda qo'ldan tutgansiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.

Qoʻlga qalam tutib qo'ydingiz,
Siz tufayli yozdim husnu xat,
Gar ranjitsam kulib qo'ydingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.

Maqtadingiz o'g'lim qizm deb,
Biz qadringiz bilmadik faqat.
Qaytgim kelar oʻsha davirga,
Ustozlarim sizlarga raxmat.

Jon kuydirib o'qi derdingiz,
Foyda bermas uyqu derdingiz,
Kerak boʻlsa jonni berdingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.

Asli ustoz otangday ulug',
Aytolmadim sizlarga raxmat.
Hech boʻlmasa sherimda aytay,
Ustozlarim sizlarga raxmat.

1-Oktyabr Oʻqtuvchilar va murabbiylar kuni bilan barcha Ustozlarni chin dildan tabriklayman!

15:44.29.09.2021

MUALLIF: QODIR QAXXOR


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
@SHERLAR kanalida o‘z mahsulotingizni yoki telegram kanalingizni arzon narxlarda reklama joylashtiring!!!

Murojat uchun @bek8586
Onamga ortiqcha araz qilibman
Gulnoza Asadbekova
Javoxir

Tilimdan chiqibdi befoyda zarda,
"Jonim bolam" deya suygan mahalda,
Bir g'arib ko'ngliga bo'lolmay dalda,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Urishsa turardim pinagim qoqmay,
Yoshlar yumalagan ko'ziga boqmay,
Shirin so'zlari ham quloqqa yoqmay,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Yuragimda nafrat urar edi nish,
G'azabim kelardi buyurganda ish,
Uni izlab qoldim og'riganda tish,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Uzr so'ramasdim qilsam-da xato,
Beayov tilimdan chiqmasdi sado,
U esa kun sayin bo'lardi ado,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Azoblanishiga parvolar qilmay,
Yurardim gaplarin quloqqa ilmay,
Erkalanishlarim chegara bilmay,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Ko'nglini olishlik yodimga kelmay,
Yurardim onamga sirimni bermay,
Biron marotaba kechiring demay,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

Bolaligimdan to yonida yurib,
Havas bilan yurdim hayollar surib,
Gapirsa yuzimni teskari burib,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Audio
«USTOZIM»

So‘zlalaringiz qalbimga malxam bo‘lar ustozim,
Ko‘zlaringiz olamga nur taratar. Qo‘llarimdan tutdingiz,
Ilim bog‘in sari siz,
Dunyo ustozlarining eng mukammalisiz!

Yuksaklikka qanotim,
Yuksaltirgan sabotim,
Borin bergan ayamay,
Mexribonim Ustozim!

Ko‘ngli daryo bir olam,
Onam kabi parvonam,
Kuyar joni men uchun,
Tashvishim qilgan xar dam.

Omad kular siz sabab,
Yutuqlarim siz sabab,
Quyoshmi bu ta’ftingiz?
Talpinarman siz ta’raf!

Bog‘bonim siz nixol men,
Sizda topdim kamol men.
Sizga shogird bo‘lmoqlik,
Menga aziz inom eng.

Bugun qo‘limda sozim,
Yangrar mayin ovozim,
Omon bo‘ling siz doim,
Ustozim! Ustozim!

Abdumutalib Ergashaliyev



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
SEVOLMAS

Ko‘mdi, dil tubiga muhabbatini,
Ketdi, o‘rnatgancha adolatini,
Topdi izlagani, halovatini,
Endi sevolmaydi aslo o‘zgani.

Sindirdi, gap uqmas qalamlarini,
Otdi, qalbdan yulib alamlarini
Tiydi, unga eltar qadamlarini,
Endi sevolmaydi aslo o‘zgani.

Bitdi, shu nomani tavbasin qo‘shib,
Keldi, o‘z holiga osmondan tushib,
O‘ksindi, suyukli bolasin quchib,
Endi sevolmaydi aslo o‘zgani.

Tindi, ayb bo‘lmagan aybin tuzatib,
Qoldi, ko‘zida yosh, kulib, kuzatib,
Ko‘ndi, baxti tomon uni uzatib,
Endi sevolmaydi aslo o‘zgani.

Uningdek sevolmas aslo o‘zgani!

SHAHNOZA RO‘ZIYeVA

28 09 2021



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Farishtalar yig'lamaydimi
Gulnoza Asadbekova
Ayting farishtalar yiģlamaydimi

Insonlar òzgarib ketganda nogoh
Kòz yoshlari baģrin tiģlamaydimi
Yaxshilik órnini olganda gunoh
Ayting farishtalar yiģlamaydimi

Iymonidan kechgan insonni kórib
Qaro yerda botgan vijdonni kòrib
Òzin yupatolmay sòng tólib - tòlib
Ayting farishtalar yiģlamaydimi

Bizlarkabi uning kóngli bormikan
Mexirga zormikan baxtga zormikan
Ularham dunyodan yo bezormikan
Ating farishtalar yiģlamaydimi

Shaytonga egilsa odamning boshi
Nohaqlikka yetmay sabri bardoshi
Marjondek kózidan tomchilab yoshi
Ayting farishtalar yoģlamaydimi

Charx urib aylansa charxi zamona
Aka ukasiga bólsa begona
Farzandin doģida yiģlasa Ona
Ayting farishtalar yiģlamaydimi

Oq bulut baģrida ohivlar kabi
Ushalmagan kemtik orzuvlar kabi
Sharros quyayotgan yomģirlar kabi
Ayting farishtalar yiģlamaydimi

Abdulhamidov Muhammadtursun

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Kelmading bugun
Yerdagi yulduuz
Kelmading bugun...

🎤 Yerdagi yulduuz
#Gulnoza_Alimjonova

Karomat ko'rsatding ro'molchalarga..
Ijozatlar tutding piyolalarga..
Jilmayiblar o'tding jononalarga..
Ammo menga kelsa bo'lding sokinim...



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Yig'lamang (Qodir Qaxxor she'rlari)
Gulnoza
🎤 Ijroda #Yerdagi_yulduuz

YIG'LAMANG

Tun kecha oqshomlar hayolimdasiz.
Bir quvonch tatimas uzoqlardasiz.
Sizga qo'lim yetmas yetmaydi mangu,
Siz endi o'zgani quchog'idasiz.

O'zgani shod etar kulgularingiz.
Sinib ketar endi tug'ularingiz.
Ayriliq azobin ikkimiz tortik.
Armon degan yukni yelkaga ortik.

Yig'lamang sog'inib majnun laylidek,
Bu ko'z yoshlaringiz qalbim tirnaydi.
Baxtsiz qilmang faqat uni ham mendek,
Yig'lasangiz u ham baxtli bo'lmaydi.

Bir umrga unuting shirin o'tmishni.
Baxorga almashing ayozli qishni.
Axir sizga baxtni ko'raman ravo.
Baxtli bo'lsangiz bas yatar Dilrabo.

Qiynamang meni ham, yuragimni ham,
O'zi dardga to'lib aytmay yuribdi.
Hayotdan umidim uzilgan shu dam,
Yuragim ham zo'rg'a urib turibdi.

Yig'lamang sog'inib majnun laylidek,
Bu ko'z yoshlaringiz qalbim tirnaydi.
Baxtsiz qilmang faqat uni ham mendek,
Yig'lasangiz u ham baxtli bo'lmaydi.

23:00.01.02.2020

Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
SENSIZLIK...
Bu yil kuzim o'tmoqda sensiz
Balkim qish ham shunday o'tadi
Sensiz bahor menga begona
Yoz ham sensiz qishdek o'tadi.

To'zg'ib yotgan xazonli bog'lar
Dardim senga so'zlaydi bilsang.
Yana qayta tug'ilardim men
Sevaman Deb yonimga kelsang.

Xomush yellar zarbasi og"ir
Sensizlikdan jonim og'riydi.
Qani Mendek yana sevolsang
Sevib qolsang Yana qaniydi.

Ko'zimda yosh oqar shashqator
Ko'zim kular,yurak yig'laydi.
Qizg'onaman balki men chindan
O'zgasiga bergim kelmaydi.

Sarson bo'lgan hislarim haqqi
Yuragimni qaytarib bergin.
O'zing bilan nafratni emas
Chin sevgini sen olib kelgin.

Toqatimni sinama aslo
Sog'inchlarda kuyib-yonaman.
Bilsang sensiz keraksiz hasdek
Yo tuproqdek yerda yotaman.

Orzularim osmoni o'zing
Qaytar bo'lsang baxtdan kuylayman
Yana otash muhabbatmni
Qulog'ingga shivir so'zlayman.

Bu yil kuzim o'tmoqda sensiz
Balki qish ham shunday o'tadi.
Sensiz bahor menga begona
Yoz ham sensiz qishdek o'tadi.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza
Mir@li...



Ⓜ️anba: @sherlar
Yuzlaringni yashir
birov koʻrmasin,
Qizg'onaman bilsang
begonalardan.
Men ham senga sodiq
mo'min bo'laman,
Oʻzimni tiyaman
nomahramlardan.

Qodir Qaxxor


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
" O S O N M I..? "
@Yerdagi_yulduuz
🎤 Yerdagi_yulduuz

Osonmi?
Yurakni yongan joyida,
Eng kotta dengizni chorlamoq jangga!
Osonmi?
Tuyg‘ular bo‘lsa tobida ,
Oy-u yulduzlarni haydamoq tongga.

Osonmi?
Mashrabning g‘azallarini..
Bir nafas titroqsiz, seskanmay o‘qish!
Osonmi?
Sog‘inchda gullasa bahor..
Kuzning etagiga ilashib ketish.

Osonmi?
Ko‘ngilning istaklarini,
Yomg‘irlar bag‘rida yuborish yuvib..
Osonmi?
Ming yillar yashar sevgini..
Badarg‘a qilmoqlik, ortidan quvib!

Osonmi?
Siz uchun unutdim deyish!
Osonmi?
yo Rabbiy! Sog‘inchni tiyish!
Osonmi?
Bir guldek qalbga nur berib..
So‘ng bor tomiridan kesib, jim ketish..

Osonmi?

2-Oktyabr. 2021y. | 19:30
©Gulnoza Alimjonova she’ri


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Onajon
Gulnoza Asadbekova
DARDIGIZNI BERING ONA

Necha kunki qalbimda tug‘yon,
Ko‘z yoshlarim tizildi -marjon,
Dardingizga darmon bo‘lay men,
Dardingizni bering onajon.

Mayli totmay shodlik ta’mini,
O‘chirmang hech xayot shamini,
Mening umrim oling yarmini,
Dardingizni bering onajon.

Bardoshingiz tog‘dek bilaman,
Mehringiz bir bog‘dek bilaman,
Sizsiz baxtni nima qilaman,
Dardingizni bering onajon.

Sizsiz mening yoz, bohorim yo‘q,
Nomusim yo‘q, dilda orim yo‘q,
Sizdan boshqa hokisorim yo‘q,
Dardingizni bering onajon.

Orom olsin bir zum ko‘nglingiz,
Bolam deya yashab so‘ldingiz,
Endi siz deb kuysin o‘g‘lingiz,
Dardingizni bering onajon.

Poyingizga cho‘kayin men tiz,
Umrlarim o‘tmasin beiz,
Jannatimsiz dunyolarda siz,
Dardingizni bering onajon.

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Malika Salimova
🎤 Yerdagi_yulduuz

Oxirgi nuqtani qo'yishga kuch top,
Og'ir bu, bilaman, juda ham og'ir.
Kirish mumkun barcha eshiklarni yop,
Joning yelvizakda qolmasin axir.

Nihoyat Muxlislar kutgan kun.
Gulnoza Alimjonova telegram ekranlarida.



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
«ONA O‘GʻLINGIZDAN OLMANG XAVOTIR»

Bolam , seni juda sog‘inib ketdim,
Ko‘zlarim intizor , yo‘llaring kutdim,
Deysizu, men sizni qanday ovuutdim?!
Dilimga siylai rahimlar jodir,
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Oynadan qarayman , begona shahar,
Uyg‘otar edingiz erta, tong sahar,
Tashvishimni qilib to‘ymas mushtipar,
Siz bor atrofimda toza havodir,
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Yutib yubormasa bo‘ldi uylari,
Osmonni uraman deydi bo‘ylari,
Odamlar odammas, chumoli bari,
Chumolizorlarda bolangiz bordir,
Ona , o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Qo‘ng‘iroq qilaman, titroq ovozim,
Onaga bag‘ishlov bezar qog‘ozni,
Borib qolamanov bahormi, yozmi,
Men bilan nimayam bo‘lardi sodir?
Ona, o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Hali bag‘ringizga qaytaman , Ona,
O‘shanda bir manzil aytaman , Ona,
Shodiyona bo‘lar, to‘yu tantana,
Doim qo‘llagaydir Rahmoni Qodir,
Ona , o‘g‘lingizdan olmang xavotir.

Dilimga siylai rahimlar jodir...

Abdumutalib Ergashaliyev

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
Men va Sen

Men - dunyodan ranjidim.
Sen - dunyoda avjiding.
Men - dunyodan pand yedim.
Sen - dunyoda qand yeding.

Men - sevgidan norozi,
Yuragimni sindirdim.
Telbamanda o'zimni,
Ayriliqqa ko'ndirdim.

Sen - o'zingga mubtalo,
Sevgi senga begona.
O'ylamaysan boshqani,
Misoli sen yagona

Men - ko'zlaring shaydosi,
Sen - yuragim adosi,
Men - muhabbat elchisi,
Sen - alamlar kuychisi,

Men - bechora bir qulman.
Bu dardisar ishqingda,
Bilolmadim, kim yashar,
Sening ko'ngil-ko'shkingda!

Sen - qalbimning qotili,
Asli qonxo'r ekansan.
Qalbing tishlari bilan,
Yuragimni yegansan.

Men - sevgida beozor,
Sen - sevgida dilozor!
Men - sog'inib kutguvchi,
Sen - unutib ketguvchi!

Men - visolning rasmini,
Ko'rolmagan bir telba!
Sevgisini oshkora,
Aytolmagan bir telba!

Sen - hijronga yo'g'rilgan.
Dardlarim sababchisi!
Ko'ksimdagi yuvilmas,
Gardlarim sababchisi!

Men - sevib baxt ko'rmagan.
Sen - umrida sevmagan.
Men - shunchalar ko'ngli bo'sh!
Sen - shunchalar bag'ritosh!

Men - o'zimga sig'magan,
Dunyoga sig'armidim.
Agar seni sevmasam,
Shu she'rni yozarmidim!

Sen - qalamdan to'kilgan,
Ko'ngilning ilhomisan.
Shoir Bekzod Sultonni,
Eng buyuk armonisan!

2021-yil 1-oktyabr

Muallif: Bekzod Sulton


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Yaxshi bo'ladi
Gulnoza Asadbekova
Odilbek Qodirov

Oʻksinma dunyoning tashvishini deb
Yigʻlama nomardning mish mishini deb
Ogʻrinma hayotning yoz qishini deb
Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi

Keladi zoʻrlardan zoʻrlari albat
Tugaydi gumonlar tugar malomat
Doʻst boʻlsin sen uchun sabr va toqat
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

Baxt bilan mast qilar kimnidir yori
Kimgadir armondir gòzal diydori
Kelganida bir kun umr bahori
Koʻrasan hammasi yaxshi bòladi

Sajdaga bosh qoʻygin Allohdan soʻra
Umid qil duo qil nolishdan kòra
Iymoningni saqla amalga òra
Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi

Hayot òyin kimdir pastroqda turar
Kimlardir davrida davronin surar
O'n besh yoruq òn besh qaro deydilar
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

Birin yopsang yana turar bir kami
Aytganidek ròzgʻor tòlmas gʻor kabi
Unit boʻlib albat yoʻqchilik gʻami
Kòrasan hammasi yaxshi boʻladi

Nomard doʻstlar mardlik eshigin ochib
Yoningda bòlishar gumondan qochib
Yaratganda qòyganda raxmatin sochib
Kòrasan hammasi yaxshi bòladi

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Istar edim dunyoda fakat,
Baxtli xayot sizga yor bulsin.
Boqib turgan shaxlo kuzlariz
Yana ming ming bahorni kursin!
Bugun 6-oktabr
#Gulnoza_Asadbekova ni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz!! 🎉🎉🎉
@sherlar kanali jamoasi


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
MEN ISHDAGI ODAMMAN

Sher soʻraysiz koʻp mendan,
Oʻzi oddiy shoirman.
Sherni tezlating demang,
Men ishdagi odamman.

Tinim yo'q aslo ishda,
Ishlayman qurilishda,
Qiynalmay deyman qishda,
Men ishdagi odamman.

Roʻzgʻor dardi boʻynimda,
Oʻzi ishdan to'ydimda,
Tunda yostiq qoʻynimda,
Men ishdagi odamman.

Toʻgʻri biroz kiyim kir,
Boriga qilib shukur,
Uydan olis musofir,
Men ishdagi odamman.

Halol mexnat qilay deb,
Ro'zg'orimni yopay deb,
Bir ikki soʻm topay deb,
Men ishdagi odamman.

Bizga ham kular omad,
Xudodan soʻrab faqat,
Bariga qilib toqat,
Men ishdagi odamman.

Qizlar bilan ishim yoʻq,
Mayishatga xushim yo'q,
Ovqatim bor qorin toʻq,
Men ishdagi odamman.

Quyosh botib tong otar,
Bu kunlar ham tez o'tar,
Uyda onam zor kutar,
Men ishdagi odamman.

Har kun madorsiz tanam,
Tunda qo'limda qalam,
Hech bitmaydi sherim ham,
Men ishdagi odamman.

Axvol chatoq dabdala,
Sherlarim hali chala,
Qodir uxladi yana,
Men ishdagi odamman.

19:44.06.10.2021

MUALLIF: QODIR QAXXOR


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar