SHERLAR
20.8K subscribers
689 photos
231 videos
2 files
1.97K links
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Download Telegram
YANGI YIL BILAN.

Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo'lar barcha qayg'ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qo'lsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo'lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Birgalikda barcha azizlar;
Qo'shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg'alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yana sizga shirin so'z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Muallif: Qodir Qaxxor


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Ассалому алайкум кадрдонлар!

Мана 2019 йилнинг хам охирги хафтаси, кунлари, дакикалари, сониялари утиб бормокда....
Бу йилда ушалмаган энг эзгу орзу ниятларимизга келаётган йилда эришиб юрайлик!
Хар доим мартабангиз бунданда улуг булсин, олингу олдирманг, иззатда, хурматда, обруда булинг!
Хамиша оилангизда мехр окибат, севги мухаббат, бахт саодат хукм сурсин!
Фарзандларингиз хар доим сизга факат рахмат, хурмат, обру э'тибор олиб келадиган булишсин!!!
Ота - онангизни умрларига Аллохим умр , согликларига соглик кушсин !!!
Бундан юкори чуккиларни забт этиб , олга кадам ташлаб юринг!!!
Аллохим бераридан колдирмасин.
Келаётган янги йил оилаларимизга бахт, омад, тинчлик, хотиржамлик олиб келсин !!!

ЯНГИ 2020 ЙИЛИНГИЗ.
МУБОРАК БУЛСИН !!!


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
«ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ»

Ўтиб борар соат миллари, Ўн иккига урар аста бонг, Ўтиб эски йилнинг тунлари, Қаршилайди бизни янги тонг.

Қутлуғ бўлсин янги йилингиз! Орзуларга тўла юраклар, Бахтга тўлиб хар бир кунингиз, Рўёб бўлсин ширин тилаклар.

Чироқларга безалган арча, Жилосидан кўзлар қувнайди, Осмонлардан ёғиб қор парча, Болажонлар шодон ўйнайди.

Ёш-у қари севинчга тўлган, Ўйин кулгу байрам бўлади, Эртакнамо оқшом чоғида, Қорбобо ва қорқиз келади.

Кўтаринки аъло кайфият, Хамрох бўлсин йил бўйи сизга, Ушалмаган орзу ва ният, Рўёб бўлсин шу йили бизга.

Шундай юртга байрам ярашар, Тинч бўлсин жон Ўзбекистоним! Қутлуғ бўлсин янги йилингиз! Табриклайман азиз инсоним!

Кириб келаётган Янги 2020-йил барча юртдошларимизга омад ва зафарлар олиб келсин! Оилавий бахт тинчлик хотиржамлик хонадонингиздан аримасин! Кўтаринки аъло кайфият йил бўйи хамрох бўлсин барчангизга! Янги йил муборак!

Абдумуталиб Эргашалиев


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Mitti yuragimni mag'rur parchasi,
Tars etib yorilib sizga sachrasin.
Siz mening dunyoda yaqin insonim,
Sizni yo'qotishdan Xudo asrasin.

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Ko'nglim

Dunyoni dard ila ko'targan ko‘nglim
Azobni ranj ila ko‘targan ko‘nglim
Ko‘ksimga tig‘ kabi qadalgan ko‘nglim
Adashib birovga atalgan ko‘nglim

Ustida tog‘larni ko‘targan ko‘nglim
Qop qora dog‘larni ko‘targan ko‘nglim
Keraksiz toshdayin otilgan ko‘nglim
Yolg‘onchi do‘stlarga sotilgan ko‘nglim


Duch kelding kimlarga mening zor ko‘nglim
Tor qilib dunyoni o‘zi tor ko‘nglim
Oqibat mehrini izlagan ko‘nglim
Mehrsiz dillarni siylagan ko‘nglim


Qo‘y endi yig‘lama bechora ko‘nglim
Adashgan sen emas nachora ko‘nglim
Izlagin toparsan bir kuni ko‘nglim
O‘zingdek xasta ko‘ngilni ko‘nglim


Qurbonboyeva Hulkar Oybek qizi



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Сизни қизғонаман, гулим ичим еб,
Елларга бергим йўқ, жим ўйингизни.
Ҳатто шеърларимни кимдир ўқир, деб,
Мақташга қўрқаман чиройингизни .

Жаҳонгир Ғойибов


Kanalga obuna bo‘ling..👇

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
#Tosh_yurak
Olislarga boqib umr karvoni,
Saboq ekan kiprigimni yosh qilib qo'ydi,
Keyin har bir kuzning bargu hazoni,
Yumshoqqina yuragimni tosh qilib qo'ydi...

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Kecha sevaman degan ,
Bugun begona.
Agar sevging kelsa,
Allox yagona.
Bandasin sevganing,
Senga befoyda.
Alloxni sevgin faqat,
Uzingga foyda.

Muallif: Dior


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Xudoyberdi To'ychiyev - Xalqim uchun
••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
💥 14-Yanvar Vatan ximoyachilari kuniga bag'ishlab
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
14-Январ Ватан химоячилари кунига.

Ватан химояси мукаддас шараф.
Юртни асрагайдир жасур углони.
Сиз борсиз-осуда хар ён, хар тараф.
Мард, ботир углонлар ватан кургони.

Ширин уйкунгиздан кечиб неча бор.
Хизматда турасиз сергак, мардона.
Либосингиз акл, шижоат ва ор.
Атайсиз ватанни иккинчи она.

Гурурингиз тогдек викорли юксак.
Матонатингиз хам чинорга ухшар.
Хар кандай холатда халкига тиргак.
Яшаса эр йигит ватан деб яшар.

Айланиб чиксангиз етти жахонни,
Битта хакикатга куз ёполмайсиз.
Дуст этган узига орни, иймонни
Узбек йигитидек мард тополмайсиз.

Дилобар Уролова ижодидан.

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
🎙Ijroda: #Aziza

​​Dardlar senga soya solsa ham, 
Doim quvnab yurishing kerak. 
Baxtga yetish qiyin bölsa ham,
Sen baxtingni topishing kerak! 

To'lib ketsa alamga yurak, 
Alamlarni yengishing kerak. 
Singan köngling bölsada halak, 
Sen baxtingni topishing kerak!

Sen baxtiyor bölmasang bugun, 
Qalbim taskin topmasa kerak. 
Men baxtiyor bölishim uchun, 
Sen baxtingni topishing kerak! 

Bir yonimga kelolmasang ham, 
Menga baxtlar berolmasang ham, 
Mayli meni Eslamasang xam,
Sen baxtingni topishing kerak!


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
🎤Ijroda:#Aziza

SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN
Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda,
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.

Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
Hayotdan umiding so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.

Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
Va'dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.

Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.

Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni ko'rganlarim yodinga tushsin.

Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqida so'zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga tushsin...!

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Men sevgan qiz o'zganing yori
••••••••••••••••••••••••••••••••••••••
Yurakda dard ko'ksimga og'irlik qilar,
Vujudim yonmoqda irodam sinar.
Ey do'stlar holatimni Kim ham bilar
Kuyganim befoyda faryod-u zorim.
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
💥💥💥 💥💥💥
Yig'lamay desam ham ko'zim yosh namli
Bu yoshlar ma'noli, achchiq alamli,
Yolg'izlik onlari azobli, g'amli
Rostlanmay egildi sevgim viqori
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori.
💥💥💥 💥💥💥
Bir-biriga mosdur chiroyli juftlik
Menga-chi yolg'izlik hamda baxtsizlik
Shu ekan taqdirim bu ne ko'rgilik
Yiqildim cho'kyapman zalolat sari
Men sevgan qiz afsus O'zganing yori.
💥💥💥 💥💥💥
Bilaman xatodir, nima qilayin
Madorsiz so'nyapman u siz kunsayin.
Ketyapman So'ngi bor so'zin tinglayin
Axir u bir baxtlining Nomus ori
Men sevgan qiz afsus o'zganing yori...

💘💘💘💘💘💘💘💘💘💘💘💘💘
Tangrim menga madad bergin sabr bergin,
Yaralangan singan qalbga taskin bergin,
Suygan bandangga bunchalar azob berding
Taqdirimga shu kunlarni bitganmiding
Birga bo'lolmasak nega uchrashtirding?

Xudoyberdi To'ychiyev


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Shunday baxt topaman havas qilasan Ko'rib yorimga hatto hasat qilasan Ishonchim komilki bir kun sen ham qilgan qilmishingga jazo olasan!

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar
Kuz nechun mahzunsan, nechun beqaror?
Beqaror men suygan hurliqo kabi.
Hazonlaring asta jonim olyapti,
Men senga mahliyo bo'lganim sari.

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Men ketaman afsuslarga bosh urasiz,
Terib oling singan dilni to'kib ketgum.
Ko'zingizdan ikki tomchi yosh oqqanda,
O'shal sog'inch yoshlariga cho'kib ketgum.


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Audio
🎙Ijroda #Mohinur


Ватан химояси шараф.

Шу ватан момо ер шукр бизники.
Сувлари, тупроги угил кизники.
Саждага эгилган хар бир тизники.
Узбек углони кам булмас хеч качон.
Ватан химояси буюк шараф-шон.

Сиз борсиз юрибмиз, бехадик магрур.
Туй-у, байрамларда кувониб масрур.
Шижоатингиздан калбларда гурур.
Бошимиз устида мусаффо осмон.
Ватан химояси буюк шараф-шон.

Кайвони момолар шукури тилда.
Шодлик каршилайди хар бир манзилда.
Фахр туйгулари гуллар кунгилда.
Хавас билан бокиб турибди жахон.
Ватан химояси буюк шараф-шон.

Бургутдек магрурсиз, лочиндек зийрак.
Огишмай хизматда турасиз сергак.
Сиздек мард углонлар юрт учун керак.
Етуксиз, билимдон, абжирсиз чаккон.
Ватан химояси буюк шараф-шон.

Жоним фидо юртга- бу шиорингиз.
Хеч бир кас енголмас шахд-у, орингиз.
Миллат ифтихори- бахтдир борингиз.
Хар не синовларга куксингиз калкон.
Ватан химояси буюк шараф-шон.

Дилобар Уролова ижодидан


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
Kechirgin meni.mp3
1.7 MB
🎤Ijroda #Mohinur

KECHIRGIN MENI
Senga azoblarim ko'ribman ravo,
Dardlar chekding menchi yurdim beparvo.
Bo'g'zimga qadaldi vijdoniy bir tosh,
Qarasam men loyqadil, sen musaffo...

Tunlari yig'lasam o'ylagan ham sen,
Yaxshimikan deya poylagan ham sen.
Mehringni ko'rmagan ko'rman aslida,
Yurakka ismimni joylagan ham sen...

Olis bo'lib ketsam uzoq-uzoqqa,
Uhlamay tunlari chiqasan boqqa.
Ba'zida yoqmadi-ya maslahatlaring?
O'zimni uribman ming bitta choqqa...

Aslida bu dunyo chalkash shum o'yin,
Hamma bilib chalar yolg'onlar kuyin.
Himoya etding har oning, har joyda,
Afsuslar chekmading zardamdan lekin...

Yoshman men netayin axmoq, devona,
O'tkinchi xavasga bo'ldim parvona.
Kechirasanmi ayt, kechirgin meni,
Sirimni sotmagan mehribon ONA!!!
19.08.2019
#Zilola_Anorboyeva


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇
ASKARLAR.

Yurtning asl jasur og'loni,
Sizlar borki obod shaxarlar.
Chegaramiz metin qalqoni,
Joni fido mag'rur askarlar.

Vatan uchun joningiz fido,
Uxlamaysiz hatto saxarlar.
Sizni doyim qo'llasin xudo,
Omon bo'ling doyim askarlar.

Yurtning erkin o'ylaysiz tinmay,
Jonkuyar yo'q dunyoda sizday,
Qaddingiz tik egilmay sinmay,
Yurtga qalqon mag'rur askarlar.

Tungi uyqu sizdan ko'p yiroq,
Kor qilmaydi oqshom qo'rqular.
Vatan uchun yashaysiz ko'proq,
Vatan ko'rki mag'rur askarlar.

Tinchlik asli bebaxo nemat,
Shu tinchlikni asraganlar mart,
Yurtimiz tinch shudur xaqiqat,
Sizlar borki mag'rur askarlar.

20:00.13.01.2020

Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇