She’riy lahzalar
1.04K subscribers
1.23K photos
208 videos
156 files
1.76K links
Kanaldan koʻchirganda muallif nomi bilan koʻchiring.
Kanalni qoʻllab-quvvatlash:
https://tirikchilik.uz/sheriylahzalar
Download Telegram
Forwarded from Duel
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ILINJ

"Tutga yetgan odamlar tirik"
Islom Ali

Gulkosadan simirib shabnam
Sano aytib tanglay xoʻllaymiz.
Qadrdonim, mana ko‘hna tam
Tutga yetdik endi oʻlmaymiz!

Yashab qoling koʻngilni xushlab,
Bu qish nima boʻlar bilmaymiz.
Suyunchisin bering, ey qushlar,
Tutga yetdik endi oʻlmaymiz.

Chumoli-yu ahli hashorat
Yuring, birga oʻynab kulgaymiz.
Tangri bergan oliy bir ne'mat,
Tutga yetdik endi oʻlmaymiz

Odam ahli, sayyoramizda
Keling boshqa urush qilmaymiz
Oʻldirmasak bir-birimizni,
Tutga yetdik endi oʻlmaymiz!

Ravshan HAQMUROD

@sheriylahzalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☆ ☆ ☆

Менинг қалбим ― нозик ўйинчоқ,
Ўйнаяпсан,
Авайлаб ўйна.
Керак бўлар, балки, кейинроқ,
Эҳтиёт бўл,
Синдириб қўйма!

Ғижимлайсан, кўзлари мунчоқ,
Ушоқланар,
Букланмайди у.
Менинг қалбим ― нозик ўйинчоқ,
Шикастланса,
Тикланмайди у!

Алишер Сабрий
🎙 Гулрух Пирназарова

@sheriylahzalar
ФАРОСАТ

...тушунишингиз керак.
Эрнест Хемингуэй


Ҳамма-ҳаммасини тушуниш мумкин,
Жазоирда ёққан қалин қорни ҳам.
Йўқни ҳам тушуниш мумкин ўйласанг,
Ўйласанг, тушуниш мумкин борни ҳам.

«Салбий муҳит» ёки «ёмон тарбия»
Ўғрини тушуниш мумкин бир куни.
Ўғрини тушуниб бўлгач, албатта,
Тўғрини тушуниш мумкин бир куни.

Аблаҳнинг қалбида ногоҳ уйғонган
Диёнат, тушунсанг, ҳайрон қолдирмас.
Ўзингни бахш этган бир инсон қилган
Хиёнат, тушунсанг, ҳайрон қолдирмас.

Фаҳм этсанг, сотқин хом сут эмган жон,
Англасанг қотил ҳам эмас ҳеч эриш.
Тушунсанг, тушунсанг, тушунаверсанг,
Ҳамма-ҳаммасини зарур кечириш.

Тушуна олди дунё. Лекин бунинг-чун
Ким уқубат чекар, ким тортар азоб.
Хоинлар, сотқинлар қилмиши учун
Ким олади, ахир, олий бир жазо!

Тушунсанг, кўзларинг олдига келар
Ҳам дўзах, ҳам жаннат, ҳамда аросат,
Оёғи шоҳсупа, бўйни сиртмоқда,
Манглайин милтиққа тутган Фаросат!..

Матназар АБДУЛҲАКИМ

@sheriylahzalar
Yurak – oʻz yoʻliga…
Yurak yoʻlida
Turtinib-surtinib tentirar shamol.
Qoʻy, yolgʻiz yigʻlasin qismat goʻrida
Ikkimizini koʻmib yuborgan xayol.

Yurak – oʻz yoʻliga…
Biz ham qolmadik
Oʻsha yoʻlimizdan, oʻsha turbatdan.
Biz yurak-yurakdan ayrilolmadik,
Ayrilib ketmoqda Yurak Yurakdan.

Yurak – oʻz yoʻliga…
Kezib yurakni,
Xayollar murdasin oʻtarmiz bosib.
Biz birga yashaymiz ezib yurakni,
Agar birga oʻlmoq etmasa nasib.

Odil Ikrom

@sheriylahzalar
***
Bir kuni eng uzun tush ko‘rsang,
Ko‘z yumsang borining bariga.
Osmonning ortida yo‘l tursa,
Yel essa zaminning qa’ridan.

Daraxtlar seskansa olqishning
Qahraton zahridek qahridan.
Kechmishni tosh(d)irsa sarxushlik,
O‘tolmay qiynalsang bahridan.

Dunyoning tashvishi bir dunyo!
Tupursang qismatning kasriga.
Ko‘nglingdan tashqari g‘am – bir yon,
Ko‘nglingdan toshgani – asliyat.

Kelmasa qo‘lingdan hech vaqo
Izlansang to‘rt tomon yugurib.
Ko‘zingni ochsang va nogahon
Vaqt ketsa sendan yuz o‘girib...

Goʻzal Sharipova

https://t.me/sheriylahzalar
Hamma tayyormi.
Biz boshlaymiz!
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Kechagi mushoira zo‘r bo‘ldi-a?!

Barchaga rahmat!
Hali yana ko‘rishamiz.
* * *

Мен эртадан кутаман нажот,
Мен бугуннинг жабрдийдаси.
Иккимизни қийнади ҳаёт,
Узрнинг ҳам йўқдир фойдаси.

Мен эртадан умид қиламан,
Сиз эртага аниқ келасиз.
Сиз ҳаммадан яхши, биламан,
Мен ҳаммадан ёмон, биласиз.

Ўртанаман, юрагим хира,
Нима қилай соғинган бўлсам?
Оғринмасми кўнглингиз сира
Эртагача бехосдан ўлсам?

Билмам қанча асрлар керак
Яна бир бор қуёш чиққунча.
Кўргулигин қўймайди фалак
Биримизни ерга тиққунча.

Мен ўлимдан қўрқмайман, ахир,
Ҳар қадамим таҳлика, уруш.
Бироқ мингта ўлимдан оғир
Сизни бошқа бировга бериш.

Жўрабек Рамазон

@sheriylahzalar
Forwarded from Islom ALI ijodi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BAXTLI ODAM

Yer qorishdi quyqa oqshomga,
Shahar shovqinidan zerikdi.
Chayqalaman qoʻshilib jomga
Qushlar uxlatmagan terakday.

Hoʻv yulduzlar — oʻtmish bitigi,
Oʻqiy olmas yerdagi avom.
Olislarda itlar uliydi —
Qismatidan norizo qavm.

Osmon — dengiz,
Oy — yangi qayiq,
Suzar bulutlarni tindirib.
Uchay desang, manziling aniq
(Tasavvuring bermasa firib)!

Xayollar pok, nigohlar keskir…
Mugʻanniyning kuyida ne gʻam?!
Bir oʻksiz sheʼr yozolmay oʻksir
Dunyodagi eng baxtli odam.

Rashid Xoʻjamov


@R_Xojamov

@sheriylahzalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Tepamdan ketmasa
Qaro bulutlar,
Nafas olmoq qadar
Tolsam,
Xorisam.
Farg‘ona tarafdan
Kelar xush lutflar:
— Alo!
Shkaladim,
Qoram!
Bormisan?!


Ayam.
Ayaginam!
Umrim gultoji,
Shu ovoz pinjiga berkinsam
Bargday.
Bormanmi,
Yo‘qmanmi,
Bilmayman garchi,
Deyman:
— Ha.
Yuribman
Dunyoga sig‘may!

Faqat shamol yedim,
Ozroq sovqotdim
Va allanelarni bot-bot o‘ylasam
Uyqum kelmayapti.
Goh sho‘r ovqatim...
Qolgani joyida.

— Qachon kelasan?!
Kelsang
Davolayman,
Qur’on o‘qiyman,
Dam solib qo‘yaman,
Yo‘yaman kinna.
Obdon semirtirib rosa boqaman,
Tezroq kel!
Sog‘indim,
Jon arvoqqinam!


Tepamdan tarqamas
G‘am bulutlari,
O‘pkam to‘lib-toshgan,
Bo‘g‘zim achishgan.
Aya!
Ayaginam,
Ohim dudlari
Hech kimni qo‘ymasa edi
Tashvishga.

— Kurtaklar ochilsa,
Bayramlar kelsa
Va yana o‘qishdan berishsa ta’til,
Ungacha
Mabodo gonorar olsam
Boraman!
Qo‘ltiqlab gul, ro‘mol, atir...


Bilmayman,
Uchganman qaysi sanamning
Bemehr,
Beshafqat karashmasiga?!
Ba’zida o‘xshayman
Yer-u samoning
Eng baxtsiz,
Eng noshud talabasiga.
Ba’zan suruv boqib
Allaqaydadir,
Xayolan
Toshkentning ko‘chalarini
Kezaman!
Eslayman,
O, xushbo‘y patir –
Tandir jag‘idagi kulchalarimni!
Aya!
Ayaginam,
Aytolmam borin...
Goh o‘zga olamdan kelar xabarlar
Va suhbat qurarlar mening-la gohi
Ma’yus oqqushlar-u
Nolon kaptarlar...

Mayli...
Farg‘onada bahor ufurib,
O‘rnimga gul sochsin
Har sahar nayson.
Va siz yo‘qlab turing
Har kun qayg‘urib:
— Alo!
Shkaladim,
Qoram!
Bormisan?!


Muhammad Siddiq

@sheriylahzalar
Forwarded from ФЕРУЗШОҲ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Маяковский Пушкиндан шеър ўқимоқда. “Маяковский” киносидан олинди.

***
Свободы сеятель пустынный,
Я вышел рано, до звезды;
Рукою чистой и безвинной
В порабощенные бразды
Бросал живительное семя –
Но потерял я только время,
Благие мысли и труды…

Паситесь, мирные народы!
Вас не разбудит чести клич.
К чему стадам дары свободы?
Их должно резать или стричь.
Наследство их из рода в роды
Ярмо с гремушками да бич.

***
Саҳрони ҳурлик-ла тутгувчи ўққа
Юлдуздан-да эрта отландим бардам;
Маҳкумлик битилган ҳар бир жўякка
Қўлим ёрдамида пок ва бегуноҳ
Озодлик уруғин сочдим дам-бадам –
Вақтимни ҳавога совурдим бироқ,
Эзгу ўйларим ва меҳнатимни ҳам...

Қани, ўтланг, сукут сақлаган халқлар!
Уйғотмас номус деб янграган овоз.
Не зарур подага Ҳур деган матлаб?
Юнгин олмоқ керак, ё қурбон этмоқ.
Сурувга авлоддан-авлодга мерос
Қамчи овозига эргашиб кетмоқ.

Александр ПУШКИН
Таржимон:
ФЕРУЗШОҲ
***

Gezarib yuribman dala dashtlarda,
To'rt-beshta qo'yimning tuyog'in sanab,
Chalqancha suyanib chag'il toshlarga,
Ovloq kengliklarda qolaman tunab.

Qoyani quchaman jon-jahdim bilan,
Ilk bor qiz quchgandek jimirlar tanam.
Ruhimda hapqirib qo'zg'algan bo'ron
Nam ko'rgan ajriqdek chirmashar yana...

Salqin shabadaga tutib ko'krakni,
Ozod xayollarni qilaman orzu(v).
Shabgirda qamalda qolgan yurakni
Lippillab masxara qilar Tarozi.

Va uzoq kutdirib yorishadi tong.
Nurlari selkillar pastga engashib,
Zarangni olaman yopinib chopon,
Qul kabi ketaman qo'yga ergashib.

Gezarib yuribman dala dashtlarda.

Xo'jayor
2020

@xoja_yor

@sheriylahzalar