Ishq nima?
Ishq nima?
Yonmoqmi hasrat o'tida?
Yoki talpinishmi unga sezdirmay.
Ishq - yolg'iz kurashmoq sog'inch yurtida,
Sharobdir ichgani, durdin sizdirmay.
Ishq nima?
Tunlari maktublar yozib,
Tongda o'tga otmoq o'shal xatlarni.
Yoki bir uni deb aqldan ozib
Ich-ichingda buzmoq barcha ahdlarni.
Ishq nima?
Borliging sababin u deb,
Besh mahal umrini so'ramoq Haqdan.
Ruhing yig'lasa-da bir uni quchib,
Befarq o'ta bilmoq yonidan shaxdam.
Ishq nima?
"Men borman" deya olmaslik,
Lek unga bermoqdir bor-u yo'g'ingni.
Ishq - mangu sarxushlik, abadiy mastlik,
Bir umr tutmoqdir kaftda cho'g'ingni.
Ishq nima?
Qirq jonni tutmoq bir jonga,
Ishq bor - Quyosh bordir, kechalar oyli.
Ishq senga ehtiyoj bo'lmagan onda,
Tark eta olmoqdir jim va chiroyli...
✍️Sitorabonu
@sitorabonu_audiolar
@sheriylahzalar

Forwarded from Нур Муҳаммад Абдузоир
Дўстим, шеър учун раҳмат!
Нурмуҳаммадга
Бизга оғир келди бу шаҳар,
Томоғимда лахта-лахта қон.
Жигаримни ғажийди занғар,
Ҳар қадамга тўлатар товон.
Орзу берар ва олар тортиб,
Тилиб ўйнар жон томирларим.
Ачинаман, ё Худо ҳаққи,
Куйиб кетди қанча кунларим.
Куй бошлайди тонгида булбул,
Қўшиламан додига қушнинг.
Пишқирганда юрагинг дулдул
Шеър ўқишга қўймаса қўшнинг.
Баҳорида қовжирар дарахт,
Дарди кўпроқ менданда унинг.
Ана дўстим шоир Муҳаммад,
Шеър ёзишга бормайди қўли.
Минғирлашар:
— Шоирлар нўноқ,
Сизни жаҳон билмайди нечун?
— Замонамиз Есенинлари
Парча нонга ишлар туну кун.
Ўпкани чиритган тамаки,
Сўнгги чақа, сарфладик уни.
Нима қилсак бўлади, дўстим,
Ижаранинг охирги куни?
Дунёни қўй, бир пулдир бари.
Биз тоғлардан қулаган кўчки.
Бас, яшайлик. Энди бу ёғи
Сенга Байрон, менгаям Пушкин.
Бизга оғир келди бу шаҳар...
Muhammadali
https://t.me/Muhammad_Ali_ijodi
Нурмуҳаммадга
Бизга оғир келди бу шаҳар,
Томоғимда лахта-лахта қон.
Жигаримни ғажийди занғар,
Ҳар қадамга тўлатар товон.
Орзу берар ва олар тортиб,
Тилиб ўйнар жон томирларим.
Ачинаман, ё Худо ҳаққи,
Куйиб кетди қанча кунларим.
Куй бошлайди тонгида булбул,
Қўшиламан додига қушнинг.
Пишқирганда юрагинг дулдул
Шеър ўқишга қўймаса қўшнинг.
Баҳорида қовжирар дарахт,
Дарди кўпроқ менданда унинг.
Ана дўстим шоир Муҳаммад,
Шеър ёзишга бормайди қўли.
Минғирлашар:
— Шоирлар нўноқ,
Сизни жаҳон билмайди нечун?
— Замонамиз Есенинлари
Парча нонга ишлар туну кун.
Ўпкани чиритган тамаки,
Сўнгги чақа, сарфладик уни.
Нима қилсак бўлади, дўстим,
Ижаранинг охирги куни?
Дунёни қўй, бир пулдир бари.
Биз тоғлардан қулаган кўчки.
Бас, яшайлик. Энди бу ёғи
Сенга Байрон, менгаям Пушкин.
Бизга оғир келди бу шаҳар...
Muhammadali
https://t.me/Muhammad_Ali_ijodi
Telegram
Muhammadali G'afforov
Yo'q, shoir deb qarama atay,
Hukm etmakka shoshilma bir oz.
Men kuyinib sevaman, netay?
Men kuyinib so'zlayman, xolos.
Rauf Parfi
Hukm etmakka shoshilma bir oz.
Men kuyinib sevaman, netay?
Men kuyinib so'zlayman, xolos.
Rauf Parfi
"Sen badiiy asarni yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga o‘qisang, yana-da lazzat topasan."
Bor gap. Deylik kunning maʼlum bir qismini tanlab, bir vaqtda bir kitobni oʻqish mumkin. Ishoning, butkul boshqacha boʻladi. Mutolaa jarayoni yanada qiziqroq oʻtadi. Bir vaqtda ham kitobni oʻqiysiz, ham uning koʻzlari bilan qarashga, uning dunyoqarashi bilan yondashishga urinasiz beixtiyor. U mana shu joyida nimani his qildi ekan, deb oʻylaysiz.
Bunday mutolaadan soʻng qilingan suhbat oʻsha insonni yaxshiroq tanishga imkon beradi. Dunyoqarashlaringizdagi oʻxshashliklar va farqlarni koʻrasiz, diqqat markazida nimalar turishidan xabar topasiz. Aksar hollarda doʻst yoki yor tanlaganda suhbat bir muddat kundalik, maishiy, umumiy mavzularda boʻladi. Biroq hayot oldingizga albatta jiddiy masalalarni chiqaradi. Afsuski yigit-qizlar toʻygacha "sevgi" taqdim etgan hislar bilan andarmon boʻlib, umr yoʻldoshining dunyoqarashi bilan toʻydan keyingina tanishadi va shokka tushadi. Nahot shu insonni tanladim, nahot endi shu bilan butun umr yashashim kerak, deb peshonalariga urishadi.
Jamiyatdagi umumiy masalalarda har ikki tomon oʻz mustaqil fikrida qolsayam hech kimga zarar yetmasligi mumkin. Biroq oila, ayniqsa biz kabi anʼanaviy jamiyatdagi oilaichida er-xotin bir xil fikrda boʻlishi qatʼiy talab qilinadigan masalalar nihoyatda koʻp. Qush parvoz qilishi uchun ikki qanot muvofiq harakat qilishi lozim boʻlgani kabi oilada er-xotin asosiy masalalarda mushtarak fikrda boʻlishi kerak. Boʻlmasa har ikki tomon ham baxtsiz boʻladi. Oila notinch boʻladi yoki ajrashib ketadi.
Aytmoqchimanki, kimnidir yor yoki doʻst deb tanlamoqchi boʻlsangiz oʻrtaga albatta muhokamabop mavzu tashlab turing. Bu kitob yoki kanalimdagi biror post vositasida boʻlishi mumkin. Masalan, kichik tajriba oʻtkazib koʻring: kanalimdagi sizga eng yoqqan, yoki muhokamaga arziydigan postimni yaqiningizga joʻnatib, fikrini soʻrang, oʻz fikringizni bildiring. Ana undan soʻng janjalni, kamida jiddiy tushunmovchilikni koʻrasiz. Hozir kimgadir qanchalik simpatiya bildirayotgan boʻlmang, dunyoqarashlar toʻqnashganda barcha hislar bir zumda yoʻqoladi. Aksincha, nafratlana boshlaysiz. Remark tarifi bilan aytganda, hech kim siz bir vaqtlar sevgan odamchalik begona boʻla olmaydi.
Xullas, dunyoqarashi bilan iloji boricha ertaroq tanishing. Keyin kech boʻlganda bari murakkablashib ketadi. Yaxshi matnni yaxshi koʻrgan odamingiz bilan oʻqing, ehtimol bu uni yanada yaxshi koʻrishingizga sabab boʻlar.
@salimov_blogi

БАРТЕР
Кўнглимиз ўлмас экан,
Сабаб йўқ нолигали.
Севгининг бўлмас экан
Легали, нолегали.
Не десам кам бўлади
Бу хайр ҳаққига, бас.
Юрагимни тўладим.
Ол!
Қайтими шарт эмас.
Мансур Жумаев
@sheriylahzalar
Кўнглимиз ўлмас экан,
Сабаб йўқ нолигали.
Севгининг бўлмас экан
Легали, нолегали.
Не десам кам бўлади
Бу хайр ҳаққига, бас.
Юрагимни тўладим.
Ол!
Қайтими шарт эмас.
Мансур Жумаев
@sheriylahzalar
Forwarded from Darveshona
ТУРҒУНЛИК
Уч кам ўттиз йилим еди турғунлик,
ҳаттоки телефон тўлқини бўйлаб
овозим Парижга етиб бормади.
Лорка шеърларини севган лўлилар
ғорида қайғули тушлар кўрмадим.
Элбурс қорларида қолдирмадим из,
юзимни ювмади бирорта денгиз.
Бирор тайёранинг ойнасидан шод
момиқ булутларни кузатмадим, бас.
Ахир Напалион тахтидан кўра,
Гоген юрган йўллар менга муқаддас!
Шамолни Худо деб билган кемалар
чайқалар хаёлим бандаргоҳида.
Яланғоч айғирин ёлини тарар
сочига пат қистирган ҳинду
ва юпатмоқ бўлиб силайман
Сфинкснинг нураган бошин.
Аммо хаёл, ҳаммаси хаёл!
Чекимга тушгани Қатортол-Ҳамза,
энг катта муаммо — ижара пули.
Ўзимдан минг чандон майда қайғулар
пойига ташлайман руҳимни юлиб —
тўйинглар!
Ҳавога соврилди ахир ўттиз йил,
ўттиз исён, ўттиз аланга.
Ўттиз шоир, ўттиз қаландар!
Рози эдим қуюқ чангалзор
қучоғида заҳарли ҳашорат чақиб
йиқилсам
ё хабар тарқалса кетганим заҳот:
"номаълум суратга тикилган кўйи
гўзалликка дош беролмай ўлди бечора".
Афсус.
Чекимга тушгани Қатортол-Ҳамза,
чекимга тушгани ёлғиз тасаввур...
чипталарга ёзилмай исмим,
сузаверса кемалар менсиз.
орзуйимдек тайёрагоҳмас,
ижара уйларда чириса ёшлик,
Тангрим, не наф тириклигимдан?
Йўқ!
Кўксимни тўлдирган ҳаво
ва тилин тушунмас қушларга қасам,
қўпориб турғунлик деворларини
таваккул отини миниб учмасам,
лўлилар ғорида айтмасам қўшиқ,
Элбурс қорларида қолдирмасам из,
шамоллар ялаган шўрхок лабини
тегизмаса лабимга денгиз,
ўтган йиллар уволи тутсин —
юрагимга урарман ханжар.
Илло мендан тушмасин айро,
ўттиз шоир, ўттиз қаландар!
Жонтемир
@Jontemir_t
Уч кам ўттиз йилим еди турғунлик,
ҳаттоки телефон тўлқини бўйлаб
овозим Парижга етиб бормади.
Лорка шеърларини севган лўлилар
ғорида қайғули тушлар кўрмадим.
Элбурс қорларида қолдирмадим из,
юзимни ювмади бирорта денгиз.
Бирор тайёранинг ойнасидан шод
момиқ булутларни кузатмадим, бас.
Ахир Напалион тахтидан кўра,
Гоген юрган йўллар менга муқаддас!
Шамолни Худо деб билган кемалар
чайқалар хаёлим бандаргоҳида.
Яланғоч айғирин ёлини тарар
сочига пат қистирган ҳинду
ва юпатмоқ бўлиб силайман
Сфинкснинг нураган бошин.
Аммо хаёл, ҳаммаси хаёл!
Чекимга тушгани Қатортол-Ҳамза,
энг катта муаммо — ижара пули.
Ўзимдан минг чандон майда қайғулар
пойига ташлайман руҳимни юлиб —
тўйинглар!
Ҳавога соврилди ахир ўттиз йил,
ўттиз исён, ўттиз аланга.
Ўттиз шоир, ўттиз қаландар!
Рози эдим қуюқ чангалзор
қучоғида заҳарли ҳашорат чақиб
йиқилсам
ё хабар тарқалса кетганим заҳот:
"номаълум суратга тикилган кўйи
гўзалликка дош беролмай ўлди бечора".
Афсус.
Чекимга тушгани Қатортол-Ҳамза,
чекимга тушгани ёлғиз тасаввур...
чипталарга ёзилмай исмим,
сузаверса кемалар менсиз.
орзуйимдек тайёрагоҳмас,
ижара уйларда чириса ёшлик,
Тангрим, не наф тириклигимдан?
Йўқ!
Кўксимни тўлдирган ҳаво
ва тилин тушунмас қушларга қасам,
қўпориб турғунлик деворларини
таваккул отини миниб учмасам,
лўлилар ғорида айтмасам қўшиқ,
Элбурс қорларида қолдирмасам из,
шамоллар ялаган шўрхок лабини
тегизмаса лабимга денгиз,
ўтган йиллар уволи тутсин —
юрагимга урарман ханжар.
Илло мендан тушмасин айро,
ўттиз шоир, ўттиз қаландар!
Жонтемир
@Jontemir_t
☆ ☆ ☆
Qo‘shiqlarni saralab tinglaysizmi? Musiqa qalbga huzur berishi kerak deb o‘ylaysizmi? Yaxshi qo‘shiq so‘zlari uzoq vaqt tilingizda, xayolingizda aylanadimi?
Unda sizni Baxtiyor Rahmon konsertida kutamiz!
Keling, so‘z, soz va ovozning sehridan bahra oling!
(Ha, siz sevgan she‘rlarning qanday go‘zal qo‘shiqlarga aylanganiga guvoh bo‘ling)
@sheriy_lahzalar

* * *
Кўзларинг юртида қуюқлашар шом,
Офтобга тўйишга улгуролмайсан.
У сени севмайди,
Севмайди, тамом!
Кўнгилга севма деб буюролмайсан...
Тўлқинни киприкдай қайирар соҳил,
Бир ҳовуч қумча ҳам тўкилолмайсан.
У жуда ҳам яхши, севгинг келади,
Кўнгилга севгин деб буюролмайсан.
Армоннинг залвори орзуга боғлиқ,
Демак, туйғуларинг шунчалар азим.
Ўкинма, етсанг ҳам, етолмасанг ҳам
Худо буюргани бўлар, азизим...
✍И.Умарова
@sheriylahzalar
Кўзларинг юртида қуюқлашар шом,
Офтобга тўйишга улгуролмайсан.
У сени севмайди,
Севмайди, тамом!
Кўнгилга севма деб буюролмайсан...
Тўлқинни киприкдай қайирар соҳил,
Бир ҳовуч қумча ҳам тўкилолмайсан.
У жуда ҳам яхши, севгинг келади,
Кўнгилга севгин деб буюролмайсан.
Армоннинг залвори орзуга боғлиқ,
Демак, туйғуларинг шунчалар азим.
Ўкинма, етсанг ҳам, етолмасанг ҳам
Худо буюргани бўлар, азизим...
✍И.Умарова
@sheriylahzalar
☆ ☆ ☆
Kel, yaxshisi, sevgimdan hayiq,
Bir umr bo‘l mendan ehtiyot.
Yashirmayman, men baxtga loyiq,
Lekin...lekin sen baxtdan ziyod.
Takrorlanmas eng avj pardasan,
Qilar bo‘lsam o‘rtanib navo.
Sen shu qadar yuksaklardasan,
O‘zimga ham ko‘rmayman ravo.
✍Matnazar Abdulhakim
@sheriylahzalar
Kel, yaxshisi, sevgimdan hayiq,
Bir umr bo‘l mendan ehtiyot.
Yashirmayman, men baxtga loyiq,
Lekin...lekin sen baxtdan ziyod.
Takrorlanmas eng avj pardasan,
Qilar bo‘lsam o‘rtanib navo.
Sen shu qadar yuksaklardasan,
O‘zimga ham ko‘rmayman ravo.
✍Matnazar Abdulhakim
@sheriylahzalar
☆ ☆ ☆
ВИДО
Кетарман ложарам кетарман нолиб,
тағин вайронадан вайроналарга.
Кетарман дарбадар, кетарман олиб
бу дарё дилимни девоналардай.
Кетарман йироққа, қалбимнинг қора
гуноҳини ҳамда ишқ доғларини
ювиб
халос этсам дилимдан зора
хароб истакларнинг дудоқларини.
Кечирмадим. Кечдим сендан, умидим.
Бенаво қалбимнинг тинглаб додини,
Тириклайин гўрга олиб кетдим жим,
Қўмсамасин дея висол ёдини.
Янграйди андуҳлар, ашклар нағмаси,
Кетарман саргашта, кетарман бадар.
Сиздан, гуноҳларнинг қайноқ чашмаси,
Шоят ўшал онда қилсайдим ҳазар.
Масумгина фараҳ ниҳоли эдим,
Шохимни қайирди ишқ панжалари.
Кулфат ёғдусига айландим-қолдим,
Лабим у лаблардан тушганда айри.
Оқибат
пойимга ташлади каманд
сафар арқонлари.
Жигархун, жимжит
кетарман, кетарман
торт юрагимдан,
Ночор қўлларингни бесамар умид...
✍Фуруғ Фаррухзод
Одил Икром таржимаси
@sheriylahzalar
ВИДО
Кетарман ложарам кетарман нолиб,
тағин вайронадан вайроналарга.
Кетарман дарбадар, кетарман олиб
бу дарё дилимни девоналардай.
Кетарман йироққа, қалбимнинг қора
гуноҳини ҳамда ишқ доғларини
ювиб
халос этсам дилимдан зора
хароб истакларнинг дудоқларини.
Кечирмадим. Кечдим сендан, умидим.
Бенаво қалбимнинг тинглаб додини,
Тириклайин гўрга олиб кетдим жим,
Қўмсамасин дея висол ёдини.
Янграйди андуҳлар, ашклар нағмаси,
Кетарман саргашта, кетарман бадар.
Сиздан, гуноҳларнинг қайноқ чашмаси,
Шоят ўшал онда қилсайдим ҳазар.
Масумгина фараҳ ниҳоли эдим,
Шохимни қайирди ишқ панжалари.
Кулфат ёғдусига айландим-қолдим,
Лабим у лаблардан тушганда айри.
Оқибат
пойимга ташлади каманд
сафар арқонлари.
Жигархун, жимжит
кетарман, кетарман
торт юрагимдан,
Ночор қўлларингни бесамар умид...
✍Фуруғ Фаррухзод
Одил Икром таржимаси
@sheriylahzalar
Ғазал
Бу ишқ сиррин китоб этдинг, китобинг ичра мен борман,
Ўқурман деб хитоб этдинг, хитобинг ичра мен борман.
Ярашгайдир, ажаб, сенга ажаб нозу таманнолар,
Кетурман, деб шитоб этдинг, шитобинг ичра мен борман.
Юзинг ҳажри билан оққан лаболаб чашм селобин —
Ичурман, деб шароб этдинг, шаробинг ичра мен борман.
Умид узгил, дединг ошиқ, муҳаббат риштасин узгум,
Узурман, деб азоб этдинг, азобинг ичра мен борман.
Қаён қолди ўшал сўзким муҳаббат кўшкини, эй ёр,
Тузурман, деб сароб этдинг, саробинг ичра мен борман.
Дилимда қолган ушбу ҳар на манзил кулбаи ишқни
Бузурман, деб хароб этдинг, харобинг ичра мен борман.
Муҳаббат гулшани ичра олиб Абдулланинг қалбин,
Чалурман, деб рубоб этдинг, рубобинг ичра мен борман.
1977
✍️ Абдулла Орипов

Bir qadam bor baxtga yetishga, ammo
Ko‘ksing ichra o‘ksib turar nimadir.
Hislar xalal bermas ketishga, ammo
Yo‘llaringni to‘sib turar nimadir.
Oq yo‘lga chiqmaysan qaro yuz bilan,
His etmaysan hayot, qazo nimadir.
Jazo berging kelar, ammo bilmaysan
Ketishdan battarroq jazo nimadir.
✍Oydinniso
@sheriylahzalar
Bir qadam bor baxtga yetishga, ammo
Ko‘ksing ichra o‘ksib turar nimadir.
Hislar xalal bermas ketishga, ammo
Yo‘llaringni to‘sib turar nimadir.
Oq yo‘lga chiqmaysan qaro yuz bilan,
His etmaysan hayot, qazo nimadir.
Jazo berging kelar, ammo bilmaysan
Ketishdan battarroq jazo nimadir.
✍Oydinniso
@sheriylahzalar
#tanlov
🧶 Kanalimda bolalar kuniga bagʻishlangan kichkina tanlov oʻtkazaman. Unda hamma qatnashishi mumkin, faqat sovrinni bolalarga berasiz!
🪸 Shartlar:
— kanalimga aʼzo boʻlasiz va ushbu xabarni kamida uch kishiga ulashasiz;
— bolaligingiz bilan bogʻliq eng qadrli xotirangizni shu post ostidagi izohlar qismida yozib qoldirasiz;
— gʻolib boʻlsangiz sovgʻani kimga (jiyaningiz, ukangiz, farzandingiz va hkz) berishingizni yozib qoldirasiz va albatta oʻsha bolakayga sovgʻasini yetkazasiz.
🦒 Gʻolib(lar) qanday tanlanadi?
— har bir izohga tartib raqam beriladi va random bot orqali aniqlanadi, sababi har biringiz yozadigan xotira qadrli!
🍩 Gʻolib(lar)ga bolalar uchun kitoblar sovgʻa qilinadi, bordi-yu kimdir hissa qoʻshmoqchi boʻlsa, sovgʻalar soni oshishi mumkin.
⛳️ Izohlar yozish muddati ushbu post chiqqan daqiqadan boshlab, 29-may 23:59gacha!
P.S: homiylik takliflarga ochiqman, hammaga omad)
@usmonosphere

Илоҳи қўлларим бўйнингда бўлсин,
Илоҳи меҳробинг бўлсин этагим.
Олганинг тиллога айлансин, илло
Тош бўлсин тиланиб тутсам юрагим.
Илоҳи қўлларинг ишққа зор бўлсин,
Айбинг худо бўлсин,худо ёр бўлсин.
Бу ёруғ умримни ишққа алишдим,
Пайғамбар қонига қоним туташди.
Суягим қаладим минг йиллик ўтга,
Қиёмат кунига жоним туташди.
Дуобад айладим, таним хор бўлсин,
Руҳим худо бўлсин, худо ёр бўлсин.
Кетсанг йўлларингни гуллар боғласин,
Парилар боғласин, қўлим боғласин.
Бахтдан бахтсизлик топ, қайтмоқ онингда,
Менга келган совчи, ўлим боғласин.
Тилайман, қасаминг устивор бўлсин,
Ёринг худо бўлсин, худо ёр бўлсин.
Чинор бўл, шоҳингга бир зоғ қўнмасин,
Осмон бўл, заволинг тупроқ кўрмасин.
Дарё бўл, сувингни қумлар кўммасин,
Шамол бўл, кимсан деб биров сўрмасин.
Сенга шундай умр минг йил бор бўлсин,
Армон худо бўлсин, худо ёр бўлсин.
Сен шундай танҳо бўл, бахтга султон бўл,
Ки сўнгсиз азобга тила интиҳо.
Минг йил гуноҳингга қурбонлик учун,
Бир кун мени сендан сўрасин худо.
Номим юрагингда барқарор бўлсин,
Севгим худо бўлсин, худо ёр бўлсин.
✍З.Мирзо

Baris Manco - Alla Beni Pulla Beni | www.cin.az
www.cin.az
#ajoyib_tarona
Alla beni pulla beni al koynuna yar
Gözüm senden başkasını görmez oldu, yar
Gönlüm senden bir şey ister nasıl desem yar
Alla beni pulla beni al koynuna, yar
@sheriylahzalar
Alla beni pulla beni al koynuna yar
Gözüm senden başkasını görmez oldu, yar
Gönlüm senden bir şey ister nasıl desem yar
Alla beni pulla beni al koynuna, yar
@sheriylahzalar
#sevimli
O‘zing bo‘lsang edi
Qismatning zayli!
Uning har sharpasin
Hukmiga ko‘nsam –
Garchi yashatmadi
Sog‘inching!.. Mayli,
Sog‘insam. Sog‘insam...
Sog‘inib o‘lsam.
✍U.Azim
@sheriylahzalar
O‘zing bo‘lsang edi
Qismatning zayli!
Uning har sharpasin
Hukmiga ko‘nsam –
Garchi yashatmadi
Sog‘inching!.. Mayli,
Sog‘insam. Sog‘insam...
Sog‘inib o‘lsam.
✍U.Azim
@sheriylahzalar
☆ ☆ ☆
Yo'q!
Qo'rqmayman!
Hammasi oson.
Qo'l siltashim mumkin bariga.
Alishmasman umrim hech qachon
Yolg'on
Aldov
Qasamlariga.
Yo'q!
Qo'rqmayman!
Axir bu dunyo
Qo'rqoqlarga qilmaydi shafqat.
Faqat sendan xavotirdaman,
Agar ketsam, qo'rqmaysanmi, ayt?
Agar ketsam...
Maboda qo'rqsang...
Yanchib ketsa dunyo seni ham
O, yo'q!
Bo'ldi! Fikrimdan qaytdim
Qo'rqarkanman o'ylab qarasam.
✍G.Xudoyorova
@sheriylahzalar
Yo'q!
Qo'rqmayman!
Hammasi oson.
Qo'l siltashim mumkin bariga.
Alishmasman umrim hech qachon
Yolg'on
Aldov
Qasamlariga.
Yo'q!
Qo'rqmayman!
Axir bu dunyo
Qo'rqoqlarga qilmaydi shafqat.
Faqat sendan xavotirdaman,
Agar ketsam, qo'rqmaysanmi, ayt?
Agar ketsam...
Maboda qo'rqsang...
Yanchib ketsa dunyo seni ham
O, yo'q!
Bo'ldi! Fikrimdan qaytdim
Qo'rqarkanman o'ylab qarasam.
✍G.Xudoyorova
@sheriylahzalar
БИР ЖАНЖАЛ ТАРИХИ
Эр хотиннинг жағини ёрди,
Хотин дод деб ўйнашга борди.
Босолмади ўйнаш жаҳлини,
У ҳам ёрди эрнинг жағини.
Бўлди жанжал бўлди тўполон,
Маҳкамага борди учовлон.
Учовлон тенг сўйлашга тушди,
Охири айб ўйнашга тушди.
Эру хотин топишар экан,
Ётга бало ёпишар экан.
Йиртиқ жағлар ямалиб кетди,
Ўйнаш йигит қамалиб кетди.
✍️ Эркин ВОҲИДОВ
@sheriylahzalar
Эр хотиннинг жағини ёрди,
Хотин дод деб ўйнашга борди.
Босолмади ўйнаш жаҳлини,
У ҳам ёрди эрнинг жағини.
Бўлди жанжал бўлди тўполон,
Маҳкамага борди учовлон.
Учовлон тенг сўйлашга тушди,
Охири айб ўйнашга тушди.
Эру хотин топишар экан,
Ётга бало ёпишар экан.
Йиртиқ жағлар ямалиб кетди,
Ўйнаш йигит қамалиб кетди.
✍️ Эркин ВОҲИДОВ
@sheriylahzalar
ДАВЛАТИНГ БОРИДА
Давлатинг борида, авжинг зўрида
Йўқлаб келар, ҳатто бегоналар ҳам.
Давлатинг йўғида, бахтинг шўрида
Саломинг олмайди девоналар ҳам.
Давлатинг борида, уйинг тўрида
Оёғинг ўпарлар мастоналар ҳам.
Чироғинг ўчганда, дўст-ку дўст, ҳатто
Кўчангдан учмайди парвоналар ҳам.
Бўйнингга илсанг ҳам гадо тўрвасин,
Ичмагил номарднинг ёғли шўрвасин.
Оллоҳимдан сўра, бергай барчасин,
Олтинга айлангай остоналар ҳам.
Кеча ёнгинамда юргандинг, ё Раб,
Кўзим ойнасида сочларинг тараб.
Бугун изларингдан қолдим-ку қараб,
Демак, рост экан-да афсоналар ҳам.
Юлдуздай бир ёндим, ўчарман, жоним,
Ҳижрон йўқ жойларга кетарман, жоним.
Садоийдан ёдгор сенга бу қабрим,
Сарғайган дафтарим, тароналар ҳам...
✍🏻 Шамсиддин Садоий
@sheriylahzalar
Давлатинг борида, авжинг зўрида
Йўқлаб келар, ҳатто бегоналар ҳам.
Давлатинг йўғида, бахтинг шўрида
Саломинг олмайди девоналар ҳам.
Давлатинг борида, уйинг тўрида
Оёғинг ўпарлар мастоналар ҳам.
Чироғинг ўчганда, дўст-ку дўст, ҳатто
Кўчангдан учмайди парвоналар ҳам.
Бўйнингга илсанг ҳам гадо тўрвасин,
Ичмагил номарднинг ёғли шўрвасин.
Оллоҳимдан сўра, бергай барчасин,
Олтинга айлангай остоналар ҳам.
Кеча ёнгинамда юргандинг, ё Раб,
Кўзим ойнасида сочларинг тараб.
Бугун изларингдан қолдим-ку қараб,
Демак, рост экан-да афсоналар ҳам.
Юлдуздай бир ёндим, ўчарман, жоним,
Ҳижрон йўқ жойларга кетарман, жоним.
Садоийдан ёдгор сенга бу қабрим,
Сарғайган дафтарим, тароналар ҳам...
✍🏻 Шамсиддин Садоий
@sheriylahzalar
BOLALAR UCHUN SHE'RLAR
JONIVORLAR GURUNGI
(turkum)
Jonivorlar xili ko‘p,
Shevasi ko‘p, tili ko‘p.
O‘z tilida so‘ylaydi,
Fikrlaydi, o‘ylaydi.
Ba’zilari ma’raydi,
Ba’zilari sayraydi.
Qush-u quyon, qo‘zicha,
Hatto, baliq, o‘zicha,
Qiladi gurung-suhbat,
Tushunmaymiz biz faqat.
Ular bilan yuzlashib,
O‘z tilida so‘zlashib,
Qildim biroz tarjima,
Anglamasang, ranjima.
CHUMOLI
Odamlarga ko‘rsatdim
Qanday metro qurishni.
Endi o‘rgatsam edim
Salomlashib yurishni.
BEDANA
Sayrab tursam suyarlar.
Sayramasam so‘yarlar.
Tushmayin deb qoshiqqa,
Zo‘r beraman qo‘shiqqa.
ITBALIQ
To bo‘lguncha qurbaqa,
Jim yuradi churvaqa.
Egib kallaxumini,
Likkillatar dumini.
SUVARAK
Yoqtirsam ham pishloqni,
Yoqtirmayman qishloqni.
Xush yo‘q ekin-tikinga,
Nima yetsin tekinga…
QURT
Ko‘rib qo‘ying kuchimni,
Quritdim zo‘r gujumni.
Boshlasammikan endi
Chinorlarga hujumni?!
QIZILISHTON
“To‘q-to‘q” tumshuq urganim –
Daraxtlarni ko‘rganim.
Davolayman mo‘rtini,
Tushiraman qurtini.
O‘RGIMCHAK
To‘r tashlayman, kutaman.
Anqovlarni tutaman.
Ochko‘zmasman, qizg‘anmay,
Bitta-bitta yutaman.
ESHAK
Tushunmayman
Shuni hamon:
Ishim – yaxshi,
O‘zim – yomon.
ZULUK
Otam – ilon, ajdar – bobom,
Shunday ulug‘ ajdodimiz.
Chuvalchang-u qurt-qumursqa,
Nimagadir, avlodimiz.
BALIQ
Hamisha yuraman jim,
Yo‘q-da boshqa ilojim.
Ko‘plar deydi: “Bilim yo‘q”.
Bilimim bor – tilim yo‘q.
SHILLIQQURT
Asli nomim – Silliqqurt.
Bo‘lib qoldim Shilliqqurt.
Qilishdi meni otsiz
FHDYo – savodsiz.
ZAG‘IZG‘ON
Odamlarning odati
O‘xshar qiziq jumboqqa:
Yaqin yo‘latishmaydi
O‘zim ekkan yong‘oqqa.
NINACHI
Ochiq ikki kuragim,
Belim, kindik-ko‘kragim.
Mehnat bilan xushim yo‘q,
Chunki aniq ishim yo‘q.
TUYAQUSH
Qushlarga qanot – maza,
Bizga esa daxmaza.
Ucha olmasang ko‘kka,
O‘xshar keraksiz yukka.
BUZOQCHA
Har kuni to‘lib, shishar
Onajonim yelini.
Mendan oldin yopishar
Xo‘jayinning kelini.
QUNDUZ
Eh, odamlar, odamlar,
Boshingizda dadamlar.
Yoqangizdalar oyim,
Qayerda mening joyim?
QO‘ZICHOQ
Bo‘riga
Do‘st tutindim,
Arang
Qochib qutildim.
TULKI
Qani qadr,
Qani qiymat?
O‘zimdan
Dumim qimmat?!
✍ Xudoyberdi KOMILOV
@sheriylahzalar
JONIVORLAR GURUNGI
(turkum)
Jonivorlar xili ko‘p,
Shevasi ko‘p, tili ko‘p.
O‘z tilida so‘ylaydi,
Fikrlaydi, o‘ylaydi.
Ba’zilari ma’raydi,
Ba’zilari sayraydi.
Qush-u quyon, qo‘zicha,
Hatto, baliq, o‘zicha,
Qiladi gurung-suhbat,
Tushunmaymiz biz faqat.
Ular bilan yuzlashib,
O‘z tilida so‘zlashib,
Qildim biroz tarjima,
Anglamasang, ranjima.
CHUMOLI
Odamlarga ko‘rsatdim
Qanday metro qurishni.
Endi o‘rgatsam edim
Salomlashib yurishni.
BEDANA
Sayrab tursam suyarlar.
Sayramasam so‘yarlar.
Tushmayin deb qoshiqqa,
Zo‘r beraman qo‘shiqqa.
ITBALIQ
To bo‘lguncha qurbaqa,
Jim yuradi churvaqa.
Egib kallaxumini,
Likkillatar dumini.
SUVARAK
Yoqtirsam ham pishloqni,
Yoqtirmayman qishloqni.
Xush yo‘q ekin-tikinga,
Nima yetsin tekinga…
QURT
Ko‘rib qo‘ying kuchimni,
Quritdim zo‘r gujumni.
Boshlasammikan endi
Chinorlarga hujumni?!
QIZILISHTON
“To‘q-to‘q” tumshuq urganim –
Daraxtlarni ko‘rganim.
Davolayman mo‘rtini,
Tushiraman qurtini.
O‘RGIMCHAK
To‘r tashlayman, kutaman.
Anqovlarni tutaman.
Ochko‘zmasman, qizg‘anmay,
Bitta-bitta yutaman.
ESHAK
Tushunmayman
Shuni hamon:
Ishim – yaxshi,
O‘zim – yomon.
ZULUK
Otam – ilon, ajdar – bobom,
Shunday ulug‘ ajdodimiz.
Chuvalchang-u qurt-qumursqa,
Nimagadir, avlodimiz.
BALIQ
Hamisha yuraman jim,
Yo‘q-da boshqa ilojim.
Ko‘plar deydi: “Bilim yo‘q”.
Bilimim bor – tilim yo‘q.
SHILLIQQURT
Asli nomim – Silliqqurt.
Bo‘lib qoldim Shilliqqurt.
Qilishdi meni otsiz
FHDYo – savodsiz.
ZAG‘IZG‘ON
Odamlarning odati
O‘xshar qiziq jumboqqa:
Yaqin yo‘latishmaydi
O‘zim ekkan yong‘oqqa.
NINACHI
Ochiq ikki kuragim,
Belim, kindik-ko‘kragim.
Mehnat bilan xushim yo‘q,
Chunki aniq ishim yo‘q.
TUYAQUSH
Qushlarga qanot – maza,
Bizga esa daxmaza.
Ucha olmasang ko‘kka,
O‘xshar keraksiz yukka.
BUZOQCHA
Har kuni to‘lib, shishar
Onajonim yelini.
Mendan oldin yopishar
Xo‘jayinning kelini.
QUNDUZ
Eh, odamlar, odamlar,
Boshingizda dadamlar.
Yoqangizdalar oyim,
Qayerda mening joyim?
QO‘ZICHOQ
Bo‘riga
Do‘st tutindim,
Arang
Qochib qutildim.
TULKI
Qani qadr,
Qani qiymat?
O‘zimdan
Dumim qimmat?!
✍ Xudoyberdi KOMILOV
@sheriylahzalar