Ушбу канални ўчирамиз
82 subscribers
39.7K photos
7.99K videos
83 files
5.02K links
Download Telegram
Халқ таълими тизимида олиб борилаётган ислоҳотларга жойларда кенг жамоатчиликнинг муносабатини ўрганиш, жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини тинглаш ва ечимини топиш мақсадида 27 октабрь куни Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармаси бошлиғи Нилуфар Хусанбайева бошчилигида "Сайёр қабул"и бўлиб ўтди.

❇️Шайхонтоҳур тумани Баркамол авлод болалар мактаби биносида очиқ мулоқот шаклида ўтган мазкур "Сайёр қабул"да тизим ходимлари ва фуқаролар иштирок этишди.
Қабулда таълим муассасаларини таъмирлаш ва жиҳозлаш, соҳа муассасаларига ишга жойлашиш ва бошқа йўналишдаги мурожаатлар қабул қилинди.
Мурожаатларнинг айримлари жойида ҳал этилиб, айримлари юзасидан ҳуқуқий маълумот берилган бўлса, айримларини кўриб чиқиш учун чоралар белгиланди.

🖌Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
#Диққат_танлов

Мактаб ўқувчилари ўртасида “Ёш китобхон” танлови ўтказилмоқда

➡️ Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги, Ўзбекистон Касаба уюшмалари Федерацияси ҳамкорлигида жорий йилнинг 27 октябрь — 4 ноябрь кунлари мактаб ўқувчилари ўртасида “Ёш китобхон” танлови ўтказилмоқда.

Танловда мактабларнинг 9-11-синф ўқувчилари иштирок этади ҳамда туман (шаҳар) халқ таълими бўлимлари томонидан тақдим этилган адабиётлар рўйхати асосида тест ва савол-жавоб тарзида синовдан ўтказилади.

Танлов ғолиблари қандай аниқланади?

✍️ Мактабларда ташкил этилган Ҳакамлар ҳайъати иштирокчилар орасидан тест ва савол-жавоб асосида ғолибларни аниқлайди.

⚠️Ҳар бир мактабдан бир нафар ўқувчи ғолиб сифатида эълон қилинади.

Танлов ғолиблари қай тартибда мукофотланади?

💎Ғолибларга “11 ноябрь — Ўзбекистон касаба уюшмалари куни”да Ўзбекистон касаба уюшмалари федерациясининг махсус совғаси ҳамда туман (шаҳар) халқ таълими бўлимининг дипломлари тантанали равишда топширилади.

📌Танлов Низоми

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
✝️Telegram |☸️Youtube |Facebook |💟Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Djalilova Shoxsanam 20- maktab
#YOSH_KITOBXON
#Munosiblar_saralanmoqda

🖼 Shayxontohur tumani 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 1.11.2022-yil 9-11 sinflar kesimida maktabning MMIBDO' Sh. Djalilova, maktab kasaba uyushma raisi: D. Maxsudova, maktab kutubxonachisi S. Ismatova, ona tili va adabiyot o'qituvchisi G. Xodjayeva ishtirokida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

📚Tanlov doirasida tanlangan asarlar bo'yicha o'quvchilar bilim darajalari aniqlandi, so'ng og'zaki savol-javobda qatnashishdi va nutqlarini eshitib eng munosib deb topilgan o'quvchilar taqdirlandi.

📝Ko'rik tanlov ko'tarinki ruhda tashkil etildi.Tanlov yakuniy natijasi 3-noyabrda e'lon qilinishi haqida aytib o'tildi.


Tadbir "Ma'rifat" va "Tong yulduzi" gazetalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
Forwarded from 102-maktab Faoliyati
❇️ Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida 1-noyabr kuni maktabning MMIBDO' S.Qurbonova, maktab kasaba uyushma raisi: D.Alibaeva, maktab kutubxonachisi M.Maqsudova, ona tili va adabiyot o'qituvchilari ishtirokida o'quvchilar o'rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi.
❇️  Tanlovda maktabimizning   9-10-11-sinf bilimdon o'quvchilari o'zaro bellashdilar. 
📚 "Yosh kitobxon" tanlovida quyidagi o'quvchilar faxrli o'rinlar olishdi:
🥇 1-o'rin Nosirova Ominaxon 9-"V" sinf
🥈 2-o'rin Anvarova Xabiba 10-"A" sinf
🥉 3-o'rin Ortiqova Mushtariy 9-"V" sinf.
📚Tanlovda faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi🏆🏆🏆
📚 Tanlov o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va kitobga bo'lgan mehrini yanada uyg'otdi📖📚📙
Forwarded from 39-maktab YANGI BAHOLASH
Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida 01.11.2022 kuni 9-10-11-sinf o'quvchilaridan 18 nafari ishtirokida yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish , o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Yosh kitobxon" tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.
Forwarded from Deleted Account
Shayxontohur tumani 34 A- sonli tarmoq maktabda bugun " Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda 5 ta kitobxon o'quvchi ishtirok etdi. Ulardan quyidagi 3 ta o'rin olgan o'quvchilar " Diplom " bilan taqdirlandi:
1- o'rin 10-"B" sinf o'quvchisi Abdullayeva Munzifa
2-o'rin 10 - "A" sinf o'quvchisi
Baxtiyorova Laylo
3-o'rin 7 -"A" sinf o'quvchisi
Sodiqov Ismoil
Qolgan qatnashuvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Forwarded from 😂 😃
Shayxontohur tumani 59-sonli DIUMda 2022-yil 1-noyabr kuni 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yozuvchi, adib va mutafakkirlarimizning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.
Forwarded from Xorijiy tillar
🇺🇿🤝🇫🇷 Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha!

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start beramiz! Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi!

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich shartlari:

1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;
2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);
3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.

2-bosqich shartlari:
1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar

🏆Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!

🕒 Tanlovga arizalar 31 oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 LINK
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun + 998 90 9373917 raqamiga murojaat qiling

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM