Sharp Notes ✍️
6 subscribers
94 photos
157 videos
1 file
46 links
⚡ Shaxsiy fikrlar
⚡ Sukunat ortidagi so'zlar
⚡ Ochilmagan qirralar
⚡ Kanal egasi: @abdukakhkhorov_10
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Энг машҳур қироатларга тақлид. Осман Бостанчи.

@AbuBakr_Abduqahhorov
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Islomda yashash uchun avval uni tushunish kerak
Boshqa qavmlarga ergashish emas!

@AbuBakr_Abduqahhorov
Bularni yozayotgan inson do'stlik haqida gapirishga yetarli tajribaga ega emas. U do'stlari tomonidan qilingan xiyonatga uchrab yillarcha siqilgan, keyin sodiq do'st topib birodarlik lazzatini qaytadan totgan inson ham emas. Shu sabab hozirda o'qiyotganlaringiz iboralar sizga, hatto vaqt o'tishi bilan uning o'ziga ham erish tuyilishi mumkin. To'grisi, uning hayotini tubdan o'zgartirib yuborgan do'st yo'q. Ammo " nemat " deyishga loyiq birodarlari bor. Alloh tomonidan berilgan ne'mat! Har qaraganda ko'zlarini quvontiradigan, suhbatidan qalbi taskin topadigan, yo'liqqach ishtiyoqqa to'ladigan, oldida yosh bolaga aylana oladigan ne'mat. U mana shu ne'matlar uchun Allohga shukur o'laroq bularni yozmoqda...

@Al_amiq Nasihatlarga quloq sol, Agar men senga biror bir narsani aytsam yoki qilishga buyursam senchi demagin?! Chunki, men seni, mendan yaxshiroq bo'lishingni xohlayman✊
👍4
Assalamu alaykum va rohmatulloh!

Tug'ishganlardan qadri baland bo'lgan birodarim, salomatmisan? Qiyomatim qoim bo'lmasidan oldin aytib qo'yay, men seni Alloh uchun yaxshi ko'raman! Seni menga uchratgan Zotga hamdlar aytaman! Barchasi uchun senga minnatdorchilik bildiraman! Alloh seni yaxshilik bilan mukofotlasin, meni ko'p bora xayrli ishlarga dalolat qilding! Ey do'stim, men mahshargohda sen bilan yonma-yon nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar qatorida tirilishni istayman! Hech bir soya yo'q kunda sen bilan birga Allohning Arshi soyasida turishni xohlayman! Allohdan ikkimizni jannatda qo'shni qilishini so'rayman!

Vallohi, ba'zan xayollarimga erk berib jannatda birgalikda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratgohlariga borayotganimizni, sen u zotning o'ng tomonlarida, men esa chap taraflarida o'tirib, u kishi bilan suhbatlashayotganimizni tasavvur qilaman. Go'yo Rosululloh bizni ansor va muhojirlarni birodar tutintirganlaridek jannatda qaytadan birodar qilib qo'ymoqdalar...

Ammo... Ammo bu shirin onga erishish uchun nima qilish kerak? Faqat do'st bo'lishning o'zi yetarlimi?

Uhud kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga Abdulloh ibn Amr ibn Hirom va Amr ibn Jamuhlar qatl qilingan holda olib kelindi. Shunda u zot aytdilar: " Ularni bitta qabrga qo'yinglar. Chunki ular dunyoda yaqin do'st edilar ". Biz ikkimiz ham mana shunday do'stlar bo'lishimiz uchun nima qilishimiz kerak?! Biz o'zi yaqin do'stlarmizmi?!

Har do'stlikning bir asosi bo'ladi. Do'stlar shu asos atrofida birlashadilar. Asos qulagan payti ularning o'rtalaridagi do'stlik ham yo'qqa chiqadi. Masalan, do'stligi tijorat ustiga qurilgan insonlar tijorat yo'q bo'lishi bilan tarqalib ketadilar. Shu sabab ularga " do'stlar " emas " sheriklar " deyiladi. Biz sen bilan do'stmizmi yoki sherik?! Biz qurgan do'stlikning asosi nima?! Boshqacharoq aytsam, biz sen bilan ko'proq nimaning ustida uchrashamiz - tijorat, o'qish, futbol, taom yoki o'yin-kulgu?!

" Albatta, iymon! " - ikkimiz ham mana shunday javob berishni juda qattiq istaymiz, to'g'rimi?! Ammo bu javobning yuki og'ir. Bunday javob til bilan aytilmaydi. U yurak urishining har zarbida yangraydi va uni faqat haqiqiy do'stlar eshitadi.

Sen bir kuni anchadan beri gaplashmayotganimizdan norozi ohangda so'z ochding. Senga Imom Ahmadning quyidagi gaplarini eslataman: " Mening yilda bir marta uchratadigan birodarlarim bor. Har kuni ko'rishadigan kishilarimdan ko'ra ularning muhabbatiga ko'proq ishonaman ".

Birodarlik, do'stim, har kuni ko'rishib, gaplashib o'tirish emas. Birodarlik - ikki insonning dunyoning boshqa-boshqa tomonlarida turib ham va'da qilingan abadiy suhbat uchun intila olish.

Aziz do'stim, mo'min mo'minning birodari ekani senga kundek ravshan. Nasihat so'rayotganda nasihat qilish esa musulmonning musulmon zimmasidagi haqqidir. Men ushbu maktub orqali mana shu haqni ado etmoqchiman. Maktublarda o'qiydiganing " sen " bilan " men " ni odamlar tushunadigan odatdagi ma'noga ko'ra ajratma. Ular biz uchun bitta ma'no va bitta shaxsni anglatuvchi ikki so'z xolos.

@Al_amiq Nasihatlarga quloq sol, amal qil. Chunki u kunda biz ilmimiz qancha bo'lganidan emas, amalimiz qancha bo'lganidan so'ralamiz.
👍5
Qadrli do‘stim Abubakr!
Bilki, maktubida senga " do‘stim " deb murojaat qilgan har kim do‘sting
bo‘lavermaydi. Ayniqsa, maktub so‘nggidagi " samimiyat bilan " degan iborani
rasmiyatchilik uchun yozish urf bo‘lgan bu zamonda.
Do‘stlikning asosi so‘z yoki amal emas. Bular natija va turtki sifatida muhim,
albatta. Ammo uning barcha asoslari va mohiyati qalbdadir. Bir masjidda, bitta
safda, bir imom ortida millionta qadam bir xil turmaydimi, modomiki, qalblari
bir safda emas , ularning sahnadagi artistlardan farqi nima?!
Sen rostdan ham chin do‘st ekanimizga ishonasanmi? Mening yuragim
daqiqasiga 80, seniki 100 marta urib turgan bo‘lsa ham-a?! Aytaylik, bugun
men hech qanday muammoga duch kelmadim, shu bois xotirjamman, yurak
urishim maromida. Sen esa, mashinangni urib olganing uchun
asabiylashyapsan, yuraging tez uryapti. Agar biz do‘stlar bo‘lsak, yo men ham
senga qo‘shilib hayajonlanishim, natijada yurak urishim tezlashishi, yo senga
nasihat qilib seni tinchlantirishim, natijada yurak urishing menikidek
me’yorlashishi kerak emasmi?!
Do‘stlik, ey birodarim, ota-onalar boshqa-boshqa bo‘lsa ham aka-uka tutina
olishdir!
Do‘stlik - ikkita, uchta, to‘rtta... tananing bir butunga aylanishi, agar sening
uchta chin do‘sting bo‘lsa, demak ikkita emas, sakkizta oyog‘ing bor bo‘lishidir!
Do‘stlik - u qiynalgan kunni «Mahzunlik kuni» sifatida qalb tarixingga
muhrlashingdir!
Do‘stlik - sirlar ochiladigan kunda bir-biridan qochmaydigan bo‘lib bu hayotda
yashash demakdir!
Do‘stlik - bugun shu yerda yig‘ilgan beshta do‘st sonining ertaga jannatda
to‘rtta yoki uchta bo‘lib qolmasligidir!

@Al_amiq seni imom Shofe'iy do'sti haqida aytgan gaplariga muvofiq bo'lishingni xohlayman. Senham ul zot do'stim deya ayta oladigan insonlardan bo'lishingni xohlayman.

Imom Muhammad Idris Ash-Shofe'iy rohimahulloh aytadi:

" Mening do'stim shunday odamki, u qayerda va qanday holatda bo'lmasin, u sunnatni qattiq ushlagan zotdir. Garchi u mendan uzoqda bo'lsa ham, u men uchun do'stdir! ". ( Manoqib Ash-Shofe'iy, 485 ).
👍5
" Albatta, biz Allohnikimz va albatta, Unga qaytguvchimiz! "

" Go'yo osmon yerga qoplangan-u, men u ikkisining orasidaman. Xuddi Radva tog'i ustimda turgandek, ichimda bir tikan bordek, nafasim ignaning orasidan chiqayotgandek o'zimni his qilyapman... "

Do'stim, bu buyuk sahobiy Amr ibn Oss roziyallohu anhuning o'lim vaqti aytgan gaplari. Sen bu dunyodan ketish lahzang haqida hech o'ylab ko'rganmisan?!

Hozir sen bilan bir tuproqdamiz. Oxiratda ham eng a'lo maskanda birga jamlanishga umid qilamiz. Ammo hali shunday onlar keladiki, sen bir yerda, men esa o'zga yerda bir-birimizdan ayro qiyomatga qadar yolg'iz qolamiz. Shular haqida hech tafakkur qilganmisan?! Agar fikr yuritgan bo'lsang, demak, tushunibsan: sen bilan mening oramizda yana uchinchi " do'st " bor! Bizlar ayrilgan taqdirdaham har ikkimizdan ayrilmaydigan " do'st "!

Ana o'sha Zot bizga qarata aytadi:

" Ey iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o'ting " ( Oli Imron surasi, 102-oyat )

Ey do'stim, onadan yangi tug'ilgan chaqaloqdek asl " do'st " huzuriga ketishdan bizni nima to'sib turibdi?

Oisha onamiz: " Ey Allohning Rasuli, men uchun Allohga duo qiling " , dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar: " Ey Alloh, Oishaning avvalgi-yu oxirgi, pinhona-yu oshkora gunohlarini mag'firat qil ". Oisha onamiz kuldilar. Hatto kulgudan boshlari etaklariga egilib qoldi. U zot unga: " Duoyim seni xursand qilmayaptimi? " dedilar. Oisha onamiz aytdilar: " Yo'g'e, duoyingiz meni xursand qilyapti ". Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Allohga qasam albatta, u har namozda ummatim uchun qiladigan duoyimdir ", dedilar. ( Sahi:hu ibn Hibba:n; 7111 )

Bas, do'stim, " Va jannatimga kir! " buyrug'igacha ikkimizga ham tinim yo'q!

@Al_amiq
1. Mening chin do'stim bo'lsang, menga Allohni eslatib tur. Do'stim menga Allohni eslatib tur, do'stim biladi-ku, dema. Eslat, eslat, eslat, eslat, eslat!
2. Namoz o'qishga eringanimda Alloh oldida bo'lgan va'damni va burchimni eslat!
3. Kibrga berilsam, qalbida zarra kibri bor inson jannatga kirmasligini eslat!
4. Gunoh qilganimda, daxshatli kunning azobini eslat!
5. Mahzun bo'lganimda, Allohning rahmatini eslat!
6. Noshukurlik qilsam, Rozzoq bo'lgan Allohning nomini eslat!
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy vazifani unutmaylik , Hurmatli Rijal birodarlar☝️

@AbuBakr_Abduqahhorov
❤4
Shunaqa gaplar☺️

@AbuBakr_Abduqahhorov
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ummatim deysizmu yo Rosululloh😢

@AbuBakr_Abduqahhorov
👍1😢1
Зилзиладаги ҳусни хотимасини кўриб, кўпчилигимиз таъсирланган ўша машҳур тасбеҳ тутган қўл соҳиби, кўриб турганимиз мана шу муборак зот эканлари аниқланди.

Аҳли тасаввуф бўлган бу зот, Истанбулдаги тасаввуф шайхларидан бўлмиш Усмон Нури Тўпбош ҳазратларининг "Ҳатай" ҳудуди вакили Маҳмуд Дурусўй ҳазратлари экан.

Одатларига кўра, таҳажжудга туриб, ўз вирдлари, зикр ва Ҳақ таъолога ниёзлари ила машғул эканлар, Аллоҳ таъоло кимлар учун мусибат қилиб юборгани бу офатда бу зот шаҳодат шарбатини тотдилар.

Субҳаналлоҳ, тасбеҳ тутган қўллари каби вафотлари ҳам барчага ибрат бўлди.

@AbuBakr_Abduqahhorov
❤4👍1😢1