Shaha Dolimov
2.51K subscribers
22 photos
60 videos
120 links
Shaha Dolimovning rasmiy telegram kanali. Bu yerda hayotiy tajribalarim va ko'rgan-kechirganlarimni sizlar bilan ulashib borishga harakat qilaman.
Instagram: https://www.instagram.com/shahadolimov/
YouTube: youtube.com/channel/UCjJkkNvXDhwKtZ2DbqPa_9A
Download Telegram
to view and join the conversation
Bizning jamoa kengaymoqda📣

Bizning Meraki Marketing Agency jamoasiga video montaj boʻyicha volontyor shogird kerak.

Siz oʻzingizni video montajchi sifatida bilasizmi? Unda sizni qulay sharoitlarga ega ofis, doʻstona va kreativ jamoa kutmoqda☺️

Bizning mijozlar⤵️
🔹NRG Uzbekistan
🔸Nestone
🔹Murad Buildings va boshqalar
Demak sizda oʻzingiz uchun kuchli portfolio yigʻish imkoniyati mavjud🚀

Bizda 2oy davomida volontyor shogird sifatida faoliyat olib borasiz va 2oydan soʻng bizda xodim sifatida ishlashingiz mumkin🤩

Sizdan nima talab etiladi⤵️
▫️Halol, insofli va chiroyli muomilali boʻlish
▫️Adobe Premiere Pro yoki Final Cut Pro dasturlaridan birini bilishingiz kerak

Siz oʻzingizda shu hislatlarni koʻryapsizmi? Unda siz aynan bizning jamoa uchun mos insonsiz

Murojaat uchun: @Azizbek023
Telegram akkauntiga oʻz qilgan ishlaringizdan namunalar joʻnating☺️
Forwarded from Meraki Academy
👨🏻‍💻Ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejash uchun tun-u kun izlanishdamiz!

🤖Shunday ekan, ajoyib xushxabarni aytib o'taylik. Sizlarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida Meraki Academy maxsus boti ishga tushdi.

Bu bot orqali yangi kurslar haqida ma'lumot va faoliyatimiz bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin!
Forwarded from Meraki Academy
​​🔥🚀Va nihoyat, uzoq kutilgan PHOTOSHOP MASTERCLASS online kursimiz sotuviga start berdik!

Bu kursdan nimalar o’rganiladi?

▪️Photoshop haqida tushunchalar;
▪️Loyiha yaratish, fayl turlari;
▪️Qatlamlar, o'lchamlardan foydalanish;
▪️Matnlar bilan ishlash;
▪️Maskalar bilan ishlash;
▪️Moslashuvchi qatlamlar (Adjustment);
▪️Belgilash, qirqish;
▪️Shakllar bilan ishlash;
▪️Mo'yqalam(brush)lar bilan ishlash;
▪️Yuz bilan ishlash(retouching) va shunga o'xshash ko'plab darslarni o'zlashtirishingiz mumkin.

Bundan tashqari kurs yakunida ushbu o'rgangan amallar va funksiyalarimizni amaliyotda ko'rish uchun, bir nechta "SMM post", "YouTube channel art" va hokazolar tayyorlash bo'yicha ham amaliy darslar mavjud.

Kurs davomiyligi:

💻30 dan ortiq video darslar platformamizga yuklangan. Kursni xohlagan payt sotib olish mumkin. Kursni qanchada tugatish talabaning o’ziga bog’liq. Kimdir video darslarni 1 oyda tugatsa, yana kimdir esa 1 haftada tugatishi mumkin.

Kurs narxi:

💰$20 yoki 200.000 ming so’m

To’lov:

💳 Click, PayMe, Visa, Master Card, Discovery, PayPal, Google Pay

O’qituvchi haqida qisqacha:
👨🏻‍💻Sardorbek Kholdarov - Grafik, UX/UI hamda motion dizayner. Lido nomi bilan faoliyat yuritadi.

Kursni sotib olish uchun:
t.me/merakiacademy
Forwarded from Murod Nazarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Илохим, шу болага болларидан кайтсин!

Жудаям таъсирли видео! 🥺😓😭
Forwarded from €HR€ MANAGER
Talablar:

- Adobe Premier, Adobe After Effects, Adobe Photoshop dasturlarida ishlash;
- Montaj ishlarida 2 yildan ortiq ish tajribasi (reklama, promo rolik, ijtimoiy rolik, kliplar, hujjatli va badiiy filmlar);
- O'z portfoliosiga ega bo'lishi;
- Ranglarni tuzatish qobiliyatlari;
- Mas'uliyat va o'rnatilgan talablarga qat'iy rioya qilish.

Mehnat sharoiti:

- 6/1 ish haftasi, soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Shahar markazidagi ofis: (Avalon biznes center);
- Yosh va talabchan jamoa;
- Moliyaviy o'sish imkoniyati;
- Ichki korporativ rivojlanish;

Sinov muddati: 1 oy

Telegram orqali rezyume yuborish:
+998 90 578 29 78
Bog‘lanish uchun:
+998 99 898 62 42
Forwarded from €HR€ MANAGER
Talablar:

- Video ishlab chiqarish sohasida kamida 2 yil ish tajribasiga egalik;
- Istalgan darajadagi video va kino uskunalari bilan ishlash ko'nikmalari;
- Professionallik va boshqa kameralar texnikasini tushunish va bilish;
- Kreativ g'oyalarga egaligi va jamoaviy ishlash mahoratiga ega bo'lishi;
- Badiiy uslubning mavjudligi, didni his qilish, ijodiy fikrlash qobiliyati;
- Aniq belgilangan muddatlarda ishlash imkoniyati;
- Mehnatsevarlik, o'rganish qobiliyati;
- Belgilangan sharoitga doimiy texnik tayyorgarlik;
- O'z portfoliosiga ega bo'lishi shart.

Mehnat sharoiti:

- 6/1 ish haftasi, soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Shahar markazidagi ofis: (Avalon biznes center);
- Yosh va talabchan jamoa;
- Moliyaviy o'sish imkoniyati;
- Ichki korporativ rivojlanish;

Sinov muddati: 1 oy

Telegram orqali rezyume yuborish:
+998 90 578 29 78
Bog‘lanish uchun:
+998 99 898 62 42
Forwarded from €HR€ MANAGER
Talablar:

-3D animatsiya, 3D grafika, harakatlanish dizayni, infografika tayyorlash;
- Adobe Illustrator, Adobe Photoshop, Corel Draw, Indesign, UI/UX dasturlarida bemalol ishlay olishi;
- Web dizayn, moushn dizaynlar yarata olishi;
- 3 o'lchovli animatsiya, animatsiya (grafika, qo'lda chizilgan);
- 3 o'lchamli grafikalar, ko'p o'lchovli obyektlarni modellashtirish, vizuallashtirish, tozalash va boshqalar);
- Infografika, grafik prezentatsiyalar, harakatni loyihalash, titrlash, logotip animatsiyasi va boshqalar.
- Quyidagi dasturlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi;

Mehnat sharoiti:

- 6/1 ish haftasi, soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Shahar markazidagi ofis: (Avalon biznes center);
- Yosh va talabchan jamoa;
- Moliyaviy o'sish imkoniyati;
- Ichki korporativ rivojlanish;

Sinov muddati: 1 oy

Telegram orqali rezyume yuborish:
+998 90 578 29 78
Bog‘lanish uchun:
+998 99 898 62 42
Forwarded from €HR€ MANAGER
Talablar:

- Sotuv ishlarini tashkil qilishda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi;
- Sotuv ishlari strategiyasini to'g'ri tashkil etishni bilishi;
- Tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi;
- Badiiy uslubning mavjudligi, didni his qilish, ijodiy fikrlash qobiliyati;
- Mehnatsevarlik va ko'p vazifaga tayyorgarlik;
- Javobgarlik, aniqlik, tafsilotlarga e'tiborli bo'lishi;
- Belgilangan muddatlarga to'g'ri rioya qilishi;
- O'zbek va rus tillarida imloviy xatolarsiz yozishi hamda ravon so'zlasha olishi talab etiladi.

Mehnat sharoiti:

- 6/1 ish haftasi, soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Shahar markazidagi ofis: (Avalon biznes center);
- Yosh va talabchan jamoa;
- Moliyaviy o'sish imkoniyati;
- Ichki korporativ rivojlanish;

Sinov muddati: 1 oy

Telegram orqali rezyume yuborish:
+998 90 578 29 78
Bog‘lanish uchun:
+998 99 898 62 42
Assalomu Alaykum

“Facebook Ads Premium” kursimizga 15-Fevraldan start beramiz!

O’qituvchi: Shaha Dolimov (Meraki Marketing Agency asoschisi)
Platforma: Zoom (jonli)
Kun: Dushanba, Chorshanba, Juma
Davomiyligi: 1 oy (12 ta dars)
Vaqt: 19:00 yoki 20:00 (O’zbekiston soati bilan) (dars davomiyligi 1,5 soatdan 3 soatgacha davom etishi mumkin)
O’quvchilar soni: 12-15 (cheklangan)

Kursda siz nimalar o’rganasiz?

1. Facebook Ads ga aloqador deyarli hamma narsa
2. Xayotiy Caselar
3. $100 bilan real experiement qilamiz va uni natijalarini birgalikda tahlil qilamiz
4. Mijoz topish, xizmatingizga narx qo’yish kabi foydali darslar
5. BONUS DARS (hali O’zbekistonda hech kim o’rgatmagan sirli platforma bilan tanishuv)
6. Barcha o’quchilar Meraki Marketing Agency ga 1 kunlik tour qilishadi va agensvtomizning ishlash tizimi bilan yaqindan tanishib kelishadi.
7. Kursni tugatganlarga setifikat va kutilmagan sovg’alar beriladi
8. Eng yaxshi 1-2 bitiruvchi, Meraki Marketing Agency da 1-3 oygacha malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritadi


P.S.
Kurs bu sohani o’rganishga jiddiy kirishganlar uchun ochilayapti va narxi ba’zi bir o’quvchilarimiz uchun qimmatlik qilishi mumkin. Shuning uchun kurs sotib olishda o’zingizga va ota-onangizga moddiy zarar yetkazmasa sotib oling bo’lmasa shart emas.
Agar kurs sizga yoqmasa va buni qoniqarli sabab bilan isbotlab bera olsangiz, pulingiz hech qanday so’roq-savolsiz qaytarib beriladi!
Kursga faqat birinchi 15 ta to’lov qilgan kishilarni olamiz!
Bu kurs keyinchalik yana qachon olishi hali ma’lum emas.

Barcha qo’shimcha ma’lumotlarni (kurs narxi, telegram guruh, to’lov va boshqalar) telegramdagi @merakiacademy adminiga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin!

Barchangizni online kursimda kutaman.

Hurmat ila,

Shaha Dolimov
Assalomu Alaykum!

Va nihoyat Meraki Academy endi 16- avgustdan offline o’qitishni boshlaydi. Hozircha 2 ta kurs bilan boshlaymiz:

1. Graphic Designing (davomiyligi 4 oy)
2. Facebook Targeting (davomiyligi 2 oy)

Manzil: Hamid Olimjon ko’chasi 14
Mo’ljal: Meraki Marketing Agentligi, Amirsoy, BeanBerry, va NRG joylashgan biznes markaz

Yuqoridagi 2 ta kursga yozilish istagi borlar quyidagi link ustiga bosib “ochiq dars” uchun ro’yhatdan o’tishingiz so’raladi. Ro’yhatdan o’tganingizdan so’ng administratorlarimiz siz bilan aloqaga chiqishadi. Ochiq dars avgustning birinchi xaftasida bo’lib o’tadi. Darslar esa Avgustning uchinchi xaftasidan boshlanadi.

Darslarni Meraki Marketing Agency da faoliyat yuritayotgan professional graphic designer va targetolog olib borishadi.
Ya’ni sizning o’qituvchingiz Murad Buildings, Nest One, NRG, TIARA, Limonaria kabi katta qurilish kompaniyalarini ishlarini qilayotgan haqiqiy tajribali insonlar.

Ochiq darsga ro’yhatdan o’tish uchun⤵️:

https://bit.ly/3eRWZPy
Channel name was changed to «Shaha Dolimov»
Channel photo updated
Yaxshi kuningizda ham yomon kuningizda ham sizga birdek muomala qiladigan insonlar bilan ko'proq vaqt ajrating!

Shaha Dolimov
​​Biror bir sohani pul uchun boshlash yoki uni sevganidan boshlashni men huddi bir tog'ga chiqishdek tushunaman!

Keling shu tog'ga chiqish jarayonini 3 ga bo'lib olsak! Birinchi qismni ko'proq adirlar va ariqlar tashkil qiladi va bu qismni bosib o'tish har qanday insonga ancha oson. Ikkinchi qismni endi har xil toshlar va adirlarni tugashi tashkil qiladi. Bu qismni bosib o'tish uchun insondan ozgina ter to'kish talab qilinadi. Uchinchi qismi esa eng qiyini chunki u qismdan to cho'qqigacha, toshlar, havo yetishmasligi, faqatgina oyoq emas balkim endi qo'llarni ham ishlatishga to'g'ri keladi.
Lekin ko'pchilik odamlar ikkinchi qismdan uchinchi qismga o'tayotgan payt yoki charchab qolishadi yoki boshqa osonroq tog' qidirishadi.

Kasbni pul uchun boshlagan inson ham yaxshi ko'rganidan boshlagan inson ham ikkinchi qism tugagunigacha bir xil tezlikda ketishadi. Kim haqiqatdan cho'qqiga chiqish istagi borligini uchinchi qism ya'ni qiyinchiliklar ajratib qo'yadi. Har bir soha boshlaganingizda osondek tuyulishi mumkin lekin sizlardan iltimos, kimdir chiqib Malibu oldim, uy oldim desa shu olgan narsalariga qarab emas o'sha kasbning qiyinchiliklarini bilib keyin boshlashni maslahat beraman.

Tog'ga chiqish adirlarga qarab osondek tuyulishi mumkin lekin cho'qqida faqatgina o'zini kasbini haqiqatdan sevadiganlar va uchinchi qismni bosib o'tganlar turadi.

Kuningiz hayrli o'tsin!
Hurmat ila,

Shaha Dolimov
Assalomu Alaykum!

Orangizda yaqin orada ish qidirib yurganlar yoki ishga suhbatga chaqirilganlar borligi aniq. Bilaman! Hayajonlanishingiz tabiiy hol, ayniqsa o'zingiz yaxshi ko'rgan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan bo'lsangiz. Hozirgacha 30 dan ortiq suhbatlarga borgan inson sifatida sizga kichik bo'lsa ham bundan keyin suhbatda bo'ladigan jarayonlar bo'yicha maslahatlarimni ulashib bormoqchiman.

Bugungi blog postimda "O'zingni 5 yildan keyin qayerda ko'rasan?" degan savolga qanday javob berish mumkinligi haqida aytib beraman.

Juda ham ko'pchilik, "5 yildan keyin o'zimni menejer lavozimida ko'raman", "5 yildan keyin o'zimni sizni o'rningizda ko'raman" kabi javoblar berishadi. Bu javoblar yomon emas lekin javob berayotgan so'zlarni to'g'ri tanlash juda muhim. Ohirgi suhbatimda menga shu savolni kompaniyaning katta menejeri berishganda men: "5 yildan keyin sizga qanday vazifalar berilayotgan bo'lsa menga ham shunday vazifalar berilishini xohlayman" deganman. Bu javobimni eshitib menejer menga "hozirgacha juda ko'p javoblar eshitganman lekin orasida eng zo'ri shu bo'ldi" degan.

Umid qilaman blog postim sizga kichik bo'lsada foyda berdi. Agar yaqinlaringiz shu yaqin kunlarda suhbatga ketayotgan bo'lsa, ular bilan ulashib qo'ying balkim foydasi tegib qolar.

Yana qanday savollarga javob bilishni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Kuningiz yaxshi o'tsin!

Hurmat ila,

Shaha Dolimov
Hoy bo'lajak marketologlar!

"O'zimnikidek ko'rish" uslubi haqida eshitganmisiz?

Chamasi 2 yil oldin shu uslubni o'ylab topganimdan buyon professional hayotimda juda ko'p pozitiv o'zgarishlar yuz berdi va shu uslubni qisqa qilib sizga ham o'rgatmoqchiman.

Bu uslub hozirda zamonaviy kasb o'rganayotgan va kelajakda mijoz bilan ishlashga to'g'ri keladigan barcha yigit-qizga to'g'ri keladi.

Tasavvur qiling:
1. Yosh farzandingizga enaga oldingiz va enaga farzandingizga huddi o'z farzandidek qarayapti. Bunday enaga har qanday ota-onaga yoqsa kerak deb o'ylayman.
2. Hech qaysi inson o'ziga uxlashga qattiq matras yoki yostiq ravo ko'rmasa kerak. Yoki qattiq divan. Har doim inson o'ziga yaxshi narsalarni ravo ko'radi

Nimalar deb valdirayapsan Shaha? deyayotgan bo'lishingiz tabiiy

Mijozlaringizni biznesi ham ularga huddi farzanddek gap. Agar mijozingizni "farzandiga" huddi o'zingizni farzandingizdek mehribonlik qilayotganingizni his qilsa, u sizni deyarli butun umrlik mijozingizga aylanadi. Aytaylik, shaxsiy hayotingizda biror muammo bor, uni hal qilmaguningizcha ko'zingizga na uyqu keladi na ishtaxangiz bo'ladi. Endi shunday qayg'urishni mijozingizning muammolariga ham qo'llasangiz, uxlamasdan bo'lsa ham yechim topib berasiz.

Ayniqsa SMM mutaxasislardan juda ko'p bir xil savol keladi: "Falondaka yo'nalishdagi brend ekan shunga qanday kontent plan tuzsam ekan?". Ularga ham huddi yuqoridagidek javob beraman: "Tasavvur qiling shu brend sizniki. Nima qilgan bo'lar edingiz" deb. Shu savolni berishim bilan ular yo bir muddat o'ylanib qolishadi yo gapirishda to'xtata olmay qolaman. (Kontent plan bo'yicha yaqinda yana bir ajoyib blog post chiqaraman havotir olmang)

Qissadan hissa shuki, siz xoh ITishnik bo'ling, xoh SMM, xoh dizayner bo'ling, doim mijozni ishini qilishdan avval "Agar o'zimniki bo'lsa nima qilardim?", "O'zimni biznesim bo'lsa shu ishni ravo ko'rarmidim" kabi savollarni berib ko'ring. Manimcha shunda topayotgan pulingiz halol va mijozingiz uzoq muddatli bo'ladi.

Kuningiz hayrli o'tsin,

Hurmat ila

Shaha Dolimov
Forwarded from JP
O'quv markazlari bor do'stlarimiz uchun foydali post.

Mana yangi o'quv yili ham boshlanish arafasida. O'quv yiliga markazni to'g'ri tayyorlash yil davomida muvaffaqiyatni ta'minlaydi. Chunki kuz boshlarida kelgan o'quvchilar aksariyati yil davomida siz bilan qoladi.


7-avgust (ertaga) 20:30 da Modme loyihasi doirasida "O'quv markazlarni yangi o'quv yiliga tayyorlash" mavzusida bepul vebinar bo'lib o'tadi.

Shu vebinarda qatnashishni sizga tavsiya etaman. Chunki spikerlar xususiy ta'lim va IT sohasida ancha tajribaga ega bo'lgan do'stlarimiz Jahongir Po'latov va Ruslan Yuldashevlar.

Vebinarga ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://bit.ly/2UJMEhN