Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Poytaxtimizda qurilish sohasi xodimlari, soha faxriylari, mutaxassislar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlandi.
Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida mamlakatimizda bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy va qulay shaharlar barpo etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda quruvchilarning sharafli va mas’uliyatli mehnatini alohida ta’kidladi.
Bayram tadbiri davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Onlayn
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov soha xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.
Vazir o‘z tabrigida quruvchilik oddiy kasb emas, balki xalqimiz uchun uy-joylar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llar va ko‘priklar barpo etadigan sharafli va mas’uliyatli mehnat ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida soha xodimlarining munosib hissasi borligini qayd etib, qurilishlarda sifat, xavfsizlik va halollik eng asosiy mezon bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi.
— Har bir qurilgan uy ortida — oilaning baxti, har bir yangi maktabda — farzandlarimizning orzusi, har bir obod mahallada — xalqimizning quvonchi bor. Bularning barchasida sizlarning qo‘l izingiz, peshona teringiz va halol mehnatingiz bor, — dedi Sherzod Hidoyatov.
✨ Vazir soha faxriylariga ko‘p yillik mehnati va boy tajribasi, bugun qurilish maydonlarida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha mutaxassislarga esa fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.
— Aziz bunyodkorlar! Qo‘lingiz dard ko‘rmasin! Mehnatingiz hamisha qadrlansin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, - deyiladi vazir nutqida.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Vazir o‘z tabrigida quruvchilik oddiy kasb emas, balki xalqimiz uchun uy-joylar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llar va ko‘priklar barpo etadigan sharafli va mas’uliyatli mehnat ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida soha xodimlarining munosib hissasi borligini qayd etib, qurilishlarda sifat, xavfsizlik va halollik eng asosiy mezon bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi.
— Har bir qurilgan uy ortida — oilaning baxti, har bir yangi maktabda — farzandlarimizning orzusi, har bir obod mahallada — xalqimizning quvonchi bor. Bularning barchasida sizlarning qo‘l izingiz, peshona teringiz va halol mehnatingiz bor, — dedi Sherzod Hidoyatov.
— Aziz bunyodkorlar! Qo‘lingiz dard ko‘rmasin! Mehnatingiz hamisha qadrlansin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, - deyiladi vazir nutqida.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Taniqli san’atkorlarning ijrolari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bunyodkorlik zahmati sharaflanayotgan bugungi bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#raqamli_qurilish
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida bugungi kunga qadar 25 ta zamonaviy axborot tizimi va elektron platforma ishga tushirildi.
Ular orqali qurilish va loyiha tashkilotlarining elektron reytingini shakllantirish, davlat xaridlarini elektron tender asosida amalga oshirish, qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish va nazorat jarayonlarini raqamli shaklda olib borish imkoniyati yaratildi.
Bugungi kunga qadar 72 mingdan ortiq elektron tender orqali 83,9 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirildi. Natijada davlat budjetidan 4,2 trillion so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
Endilikda qurilish jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, sohada sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish ishlari ham boshlandi. “Shaffof AI” ekotizimi orqali loyiha hujjatlarini avtomatik tahlil qilish, ekspertiza jarayonlarini raqamlashtirish va inson omilini kamaytirishga qaratilgan yangi mexanizmlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Bu jarayonlarning barchasi qurilish sohasida ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Bunyodkorlar, bayramingiz muborak!
▫️ “Shaffof qurilish” yurtimiz taraqqiyoti va obodligi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha qurilish sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
✨ Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz.
Bunyodkorlik ruhi, yangi g‘oyalar va ulkan marralar doimo hamrohingiz bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | LinkedIn