Sevgi haqida sherlar
7.19K subscribers
453 photos
527 videos
2 files
459 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Bosh admin👉 @Kamol_oka

Admin @Zahriddin2004
Download Telegram
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin azizlarim....
QASHQADARYO

Fayzlidir shaharlari,
Yashar qari yoshgacha.
Sof, sokin saharlari,
Qashqadaryo boshqacha !!!

Mehridaryo mehmondo'st,
Ilondek tashlamas po'st,
Odamlari yaxshi, do'st,
Qashqadaryo boshqacha !!!

Kezsang so'lim shahrini,
Ochar dilning bahrini.
Aytay yurak faxrini...
,,Qashqadaryo boshqacha"

Shamol kabi tez yeling,
Keling! bir bora keling,
O'zingiz amin bo'ling,
Qashqadaryo boshqacha !!!

Ko'hna tarix bor makon,
O'tmishdan so'zlar chunon,
Muzey, boy merosga kon,
Qashqadaryo boshqacha !!!

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
#BorLigingcha_Sevaman_

_Sen baxtdursan, men uchun,
_Sevmasak ishq, ne uchun.
_Qalbda sevgim, sen uchun,
_Borligingcha, sevaman.


_Qalbimdasan, jonimsan,
_Hayolda har, onimsan.
_Yuragimda, orimsan,
_Borligingcha, sevaman.


_Men uchun, yaralgansan,
_Nurdayin, taralgansan.
_QaLbimdan, soʻralgansan,
_Borligingcha, sevaman.


_Senga boʻlay, vafodor,
_Qilma meni, intizor.
_Jannat bo'lsin, bizga yor,
_Borligingcha, sevaman.


_Telbalarcha, sevaman.
_Borligingcha, sevaman.

✍️🅱𝕠ℕ𝕦𝔾𝕦𝕃𝕚𝕄🥰❤️🌹❤️‍🔥

22_07_2023 yil
http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
#tabassum
Xazil she'r

Boshi og'rib yuradi ,
O'zi yotib turadi,
Rosa xayol suradi,
Uylanmagan yigitlar.

Joyidamas asabi,
Tez keladi g'azabi,
Bo'ydoqlikdir sababi,
Uylanmagan yigitlar.

Tayyor emas ovqati,
Yetmas ortiq toqati,
To'kis bo'lmas toati,
Uylanmagan yigitlar.

Pichoq suyakka yetti,
Nafsi qiynalib ketti,
Yolg'izlik xarob etti,
Uylammagan yigitlar.😁😁

Ichi to'lgan qayg'uga,
Ketolmaydi uyquuga,
Berilar xis tuyg'uga ,
Uylanmagan yigitlar.

Yuragida bor armon,
Yonida yoq ul jonon,
Ko'zlarida to'la qon ,
Uylanmagan yigitlar.

Kuni o'tar bemani,
Tatimaydi yegani,
Yarashmaydi kiygani,
Uylanmagan yigitlar.

Qolgandir sho'ri qurib,
Rahming keladi ko'rib,
Yasholmas qandin urib,
Uylanmagan yigitlar.

© Boburiy

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEHRIBON-DA O'ZIMNING JONIM

Mehribon-da, yordam berar jim,
Sovgʻa olar, biram bejirim,
Koʻnglim olib, qilmas hech gʻijim,
Mehribon-da oʻzimning yorim.

Kuttirmaydi, bermadi ozor,
Koʻnglim olar, juda ham hushyor,
Ne desam ham, qiladi bozor,
Mehribon-da oʻzimning jonim.

Tinim bilmay, ishlaydi horib,
Yana meni oʻylar, gul olib,
Charchab kelar, oilam deb tolib,
Mehribon-da oʻzimning yorim.

Oʻzi charchab, soʻraydi holim,
Shirin soʻzda, tillari bolim,
Ne boʻlsa ham, oʻzimning borim,
Mehribon-da oʻzimning jonim.

Shukur uning borligi uchun,
Ado etar, vazifa-burchin,
Halolimni maqtay shu bugun,
Mehribon-da oʻzimning yorim.

Dardim olib, boʻldi sirdosh,
Erkalatar, yelka qoʻyib bosh,
Xursandlikdan toʻkilar koʻz yosh,
Mehribon-da oʻzimning jonim.

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoniy)

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Assalomu alaykum azizlarim bugungi kuningiz qanday oʻtmoqda
Anonymous Poll
60%
A'lo
40%
Oʻrtacha
24%
Yamon
G‘am boshinga rahnalar solib,
Yosh joningni kutadi xatar.
Bu olamda men chetda qolib,
Boshqasiga qarasang agar.

Boshinga it kunin solaman,
Azroildek bo‘lib qolaman,
Ko‘zlaringni o‘yib olaman,
Boshqasiga qarasang agar.

Ko‘rmay sira nur ziyolarni,
Baxtim deysan dard ro‘yolarni,
Tor qilaman keng dunyolarni,
Boshqasiga qarasang agar.

Yo‘q bo‘ladi sen uchun borliq,
Nafas olib olmaysan hordiq,
Qattiq bo‘lar azobing qattiq,
Boshqasiga qarasang agar.

Bo‘lib qolsam bitta o‘zim kam,
Shu hayoting bo‘lar jahannam,
Qutqarolmas oshiqlaring ham,
Boshqasiga qarasang agar.

Hazil deya kulma so‘zimga,
Ko‘rinmaydi hech zoq ko‘zimga,
Javob bermay qolmay o‘zimga,
Boshqasiga qarasang agar.

Sal shubhali nimadur bilay,
Ko‘cha kuyda yoki bir ko‘ray,
Ko‘mamanda yerga tiriklay,
Boshqasiga qarasang agar.

Muallif: Komila Qiz.
03.08.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Muhum emas...!


Sevgani borla yurakchani bosing 🥰


@sevgi_haqida_sherlarimiz
Atalmagansiz.

Ayro bitilganmi taqdiri azal,
Birga bo‘lmoq uchun yaralmaganmiz.
Shunchaki kunikdim kechiring guzal,
Nahotki siz menga atalmagansiz.

Sizga qancha yaqin borganim sari.
Bizga torlik qildi bu yerning shari.
Shunchaki bildim kech befoyda bari,
Allohdan siz menga atalmagansiz.

Bizga atalgani shu bo‘lsa bori.
Nahotki qishlarning erimas qori.
Oq libosda endi o‘zganing yori,
Guzalim siz menga atalmagansiz.

Sizni sevib bo‘ldim, ishqdan devona,
Nahot siz o‘zgaga endi parvona.
Siz menga, men sizga, endi begona,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.

Kurashdim bariga o‘zingiz guvoh.
Bizni ayirdilar o‘zgalar ey voh.
Qismatdan nolisam bo‘ladi gunoh,
Allohdan siz menga atalmagansiz.

Eng shirin o‘shalmas armonsiz toki.
Chin sevgi ayriliq bilsam guyoki.
Adashib uchrashib qoldikmi yoki?
Bildimki siz menga atalmagansiz.

Inson kunikadi ne ham qilardi,
Allohdan men uchun yaralmagansiz.
Bunday bo‘lishini kim ham bilardi,
Shunchaki siz menga atalmagansiz.

Sobitjon Eshtemirov. 11.08.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
Maktubda sogʻindim deya-yoz💌❤️

Fikrlar va reyaksiyalar kutib qolaman ♥️😊

Asta yuborib qoʻyamiz💌😉

✍️MurodAli Alisherovich
🎙️MurodAli Alisherovich
So'nggi qadam- yo'q bunda imkon.
Ayrilmoqqa bo'ldikmi rizo ?
Ishqqa dastxat qo'ygandik bizlar
Nechun baxtga qo'ymadik imzo ?

Yo'llar turfa, manzillar olis
Bir nuqtada tutashmas illo.
Uchrashmoqqa qo'ygandik dastxat
Visol uchun chekmadik imzo.

Ortda qoldi muhabbatimiz
Sevgimizga boylandi nizo.
Unutmoqqa qo'ygandik dastxat
Baxtsizlikka qo'ymaylik imzo.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kanalimiz obunachilari Telegram akauntingiz qachon ochilganini bilmoqchimisiz unda mana shu silka orqali bilishingiz mumkin. Bemalol gruppalarga tarqatib sinab ko'ring hamda Telegramingiz qachon ochilganiga guvohi bo'ling. Bemalol foydalaning xavfsiz ushbu silka. Masalan menga 9 yil bo'ldi.

MANZIL:
👇👇👇👇
https://t.me/dogshouse_bot/join?startapp=Kk7ZFKRJR-WcShsU3AcTjw
YOʻQOTDIM SENI

Tundek yuragimda tong kabi otib,
Mudroq hislarimni uygʻotding meni.
Tez porlab, yana tez ketyabsan botib,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

Bogʻlarning yantoqzor boʻlgani shumi?,
Daryolarga zahar toʻlgani shumi?
Yigitlik orzuim oʻlgani shumi?,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

Kulaver, tabassum yarashar senga,
Goʻzalsan, suqlanib qarashar senga.
Zardan guldastalar oʻrashar senga,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

Kuyinma jafolar qilib joningga,
Hohlayman borishni hozir yoningga.
Lek borsam dogʻ tushar ekan nomingga,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

Koʻz yoshlarim borib toʻkayin qayga?,
Yo ruju qoʻyaymi sharob-u mayga?
Yur qochib ketaylik ikkimiz oyga,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

Boʻldi bas, chidayman bariga endi,
Sevgini yer yutsin qaʼriga endi.
Chunki ketding mendan nariga endi,
Nahot topmay turib yoʻqotdim seni?

OʻRMONJON XOLYIGITOV

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Sogʻindingmi..?
deding bir kuni🕊

Sogʻindingmi, deding bir kuni,
Bilasanmi sogʻinch nima ayt!!?
Sensiz oʻtmas bir lahza tunni,
Soʻrab koʻrgin zulmat choʻkkan payt.

Tongdan soʻra,Quyoshdan soʻra,
Yoding oʻchmas,soʻra koʻnglimdan,
Yaratgandan sogʻliging tilab,
Duo qildim har sahar dildan.

Maktublarim bitilgan daftar,
Ochiladi har kun betma bet,
Aytolmagan soʻzlarim yigʻlab,
Talpinadi shoshgancha yeldek.

Sensiz oʻtgan yillarim guvoh,
Aza tutgan qaygʻular aytsin,
Hayol degan xotira nogoh,
Sen bor onlar meni yupatsin.

Senga oddiy soʻzdir ehtimol,
Aslidachi,qudratli mohir,
Balki sogʻinch,oddiygina hol,
Menga esa,dardimdan ogʻir.

Sogʻindingmi deding bir kuni,
Bilasanmi sogʻinch nima ayt...!!?

Nodira Ikramhojayeva

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🥀SOGʻINGANIM KIMGA AYTAY

Dardlarimni soylar sizga aytay toʻyib,
Boshginamni ulkan toshga sekin qoʻyib,
Yoʻqsa hijron chap koʻksimni olar oʻyib,
Sogʻinganim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Otashlarim oʻchirishing qishlar keling,
Bardoshimga bardosh qoʻshar tushlar keling,
Qanotingiz sekin pastlab qushlar keling,
Sogʻinganim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Soʻzim tinglang samodagi oy, yulduzlar,
Olislarga termulib zor toldi koʻzlar,
Hasratimga sherik boʻling keling sizlar,
Sogʻinganim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Meni deya yurak, bagʻrin tilarmidi,
Qiyo boqib, bir yaxshilik qilarmidi,
Bagʻritoshlar sevgi nima bilarmidi,
Sogʻinganim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Yona,yona toʻlib ketdi jabrlarim,
Bora, bora tugayapti sabrlarim,
Yordam bering menga qaynoq satrlarim,
Sogʻinganim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Muhabbatim qiziqtirmay qoʻygan uni.

Maktuba SHAYDO
16/08/2024 y

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Hayotning har darsi - har yangi tugun,
Pushaymon bo'lmadim bilganlarimdan.
Zarbaning eng zo'ri kelarkan bir kun
Eng yaxshi tanigan, bilganlaringdan...

Reaksiya bosib keting azizlar 🔥

@sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SENI JUDA SOG'INDIM❤️

Tunlarim oʻtib bedor,
Kutdim seni intizor,
Qiynab meni, qilma xor,
Seni juda sogʻindim.

Eshitgin mening ohim,
Kechir, boʻlsa gunohim,
Senda bilgin nigohim,
Seni juda sogʻindim.

Boʻlmagin-da bagʻritosh,
Koʻzlarimda toʻkma yosh,
Erkalatib, qoʻygin bosh,
Seni juda sogʻindim.

Boʻldi bermagin jabr,
Kelmaydi xabar na bir,
Allohdan soʻrab sabr,
Seni juda sogʻindim.

Qaysi bir gunoh uchun?
Qiynaysan nega, nechun?
Ahvolim koʻrgin bugun,
Seni juda sogʻindim.

Ne boʻlsa ham kelib ayt.
Kelgin jonim endi qayt.
Senga takror yozdim bayt,
Seni juda sogʻindim.

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoniy)


@sevgi_haqida_sherlarimiz
Yuragim dogʻli,dogʻli,
Shikoyatim ming varogʻli,
Sogʻinchlarim endi soʻrogʻli,
Eslamasam eslamaysan yor....

Yomgʻir yogʻsa mayda maydalab,
Yurak soʻrar qayta - qaytalab,
Yoki tunda yoki ertalab ,
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...

Tushlarimga kirar edingku,
Meni yaxshi koʻrar edingku
Sogʻindim deb qoʻyar edingku
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor.

Sevdim degan soʻzlaring qani,
Shu edida menga yoqqani,
Qani oʻsha Dildoram qani
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor..

Yoki tunda yoki saharlab
Yoki rostdan yoki ataylab
Lablarimga qoʻyib asta lab
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor..

Yuragim dogʻli dogʻli
Shikoyatim ming varogʻli
Sogʻinishing edi marogʻli
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...

Qoʻllaringdan tutay astalab,
Gullar tutay dasta dastalab
Ozoringdan qolmay xastalab
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...

Qoʻyib meni oʻzingga bogʻlab
Ketma endi yuragim dogʻlab
Sevgin meni yurgin ardogʻlab
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor....

Yuragimga ishqingni joylab
Tushimga kir kutaman poylab
Kutay mayli xaftalab oylab
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...

Ey koʻzlari misli gulgʻuncha
Sevay seni dunyo turguncha
Tushimga kir tonglar otguncha
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor

Sensizlikka bormi choralar
Yuragim ham pora poralar
Ey koʻzlari qora qoralar
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor....

Qilma endi menga zardalar
Bergin menga shirin daldalar
Yolgʻonmidi aytgan vaʼdalar
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...

Oʻzing menga eng yaqin dilkash
Bu qalbimga solma endi gʻash,
Hammadana qilamana rashk
Sogʻinmasam sogʻinmagan yor...

Bir umrga boʻlgin yonimda
Yaxshi yomon xar bir onimda
Sevay seni joni jonimdan
Sogʻinmasam sogʻinmaysan yor...


Dilim ...

@sevgi_haqida_sherlarimiz