Sevgi haqida sherlar
7.2K subscribers
453 photos
527 videos
2 files
459 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Bosh admin👉 @Kamol_oka

Admin @Zahriddin2004
Download Telegram
🔥Joni temirdanmas ayol zotining...

Sinovlar ichidan chiqar mardona,
Baʼzan ustidadir sabr otining...
Poʻlatdanmas qalbi joylashgan xona,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Hoy erkak bunchalar yuraklaring tosh,
Tinmay koʻzlaridan oqizasan yosh,
Yelka tut jim kelib qoʻysin unga bosh,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Shirin soʻz kifoya u uchun bilsang,
Quvonar qadrini osmonga ilsang,
Gunoh boʻlar uning bagʻrini tilsang,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Qadrini qarichlab yuradi goho,
Alamli hayollar suradi goho,
Bir chetda mungʻayib turadi goho,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Farzandlar oʻstirgan qoʻllaridan oʻp,
Sen sabab boʻlmasin alamlari toʻp,
Soʻrasang tashvishi senikidan koʻp,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Bahorga oʻraydi qalbdagi qishing,
Undan ustin emas xech qanday ishing,
Sira eshitmasin yomon mish-mishing,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Qalbini tinglagin qulogʻingni tut,
Erkaligin koʻtar, ozorlarin yut,
Usiz bu hayoting boʻlmas edi but,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Mexringni qoʻshib ber bir dasta gulga,
Axir gulni berar arzimas pulga,
Choʻriga oʻxshatma, oʻxshatma qulga,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Suv quysang hech guling soʻlmaydi doʻstim,
Usiz yarim koʻngling toʻlmaydi doʻstim,
Qadriga yetmasang boʻlmaydi doʻstim,
Joni temirdanmas ayol zotining...

Zohid Ziyo...

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Baxtli etay

Yuragimda bir qiz yashar devonaman
Har kun unga she'rlar yozib parvonaman
Ko'nglin izlab topolmayin sarsonaman
Seni sevib oshiq bo'lib qoldim netay
Ijozat ber seni o'zim baxtli etay

Oshiq bo'lib qoldim sening jamolinga
Kutar edim erishmoqlik visolinga
Iltimosim javob bergil savolimga
Seni sevib oshiq bo'lib qoldim netay
Ijozat ber seni o'zim baxtli etay

Doim birga bulamiz ey yori jonim
Kerak bo'lsa sening uchun beray borim
Bajarolsang aytay senga bitta zorim
Seni sevib oshiq bo'lib qoldim netay
Ijozat ber seni o'zim baxtli etay

Birga baxtli bulamizda men bormanku
Seni baxtli qilishimga tayyormanku
Rozimisan mening so'ngi qarorim shu
Seni sevib oshiq bo'lib qoldim netay
Ijozat ber seni o'zim bahtli etay

O'sha seni sevib qolgan Sarvaringman
O'y hayoli senda bo'lgan sevganingman
Qo'lingni ber men bilan sen baxtlimisan
Seni sevib oshiq bo'lib qoldim netay
Yur men bilan seni go'zal baxtga eltay

Sarvar Mirzo
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
***

Ulgurmasam holingiz sõrab.
Kõnglingizni mehrga õrab.
Kutib turmay yõlimga qarab.
Borolmasam siz yõqlab turing.

Yõqolmasdan bizda oqibat.
Soğinchlarni qilmayin qavat.
Eng bõlmasa yozib turib hat.
Borolmasam siz yõqlab turing.

Unutilib qolmasdan mehr.
Ekilmasdan õrniga qahr.
Yaqinlarmiz jigarday ahir.
Borolmasam siz yõqlab turing.

Yumushlarim olganda qavrab.
Soğinchlardan tursan kun sanab.
Imkon bõlsa holimiz sõrab.
Borolmasam siz yõqlab turing.

Bu dunyoda hamma ğanimat.
Hech kimsaga qilmagan shavqat.
Uzulmasin oramiz faqat.
Borolmasam siz yõqlab turing.

Hulkaroy Hojamovna.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
SEVGANDIM

Sahro boʻldim dengizey,
Parvo qilmadingizey.
Qadrim bilmadingizey,
Sizni yomon sevgandim.

Shiringina armonim,
Qalam qoshi kamonim.
Ey oʻzimning yomonim,
Sizni yomon sevgandim.

Yurak kuyar choʻgʻdayin,
Hijron botar oʻqdayin.
Dunyoda qiz yoʻqdayin,
Sizni yomon sevgandim.

Qiynamangiz qoʻyingiz,
Oʻzgaga hushroʻyingiz.
Bir haftada toʻyingiz,
Sizni yomon sevgandim.

Endi oʻlguncha tokim,
Koʻngilga hijron hokim.
Bitmas yurakda chokim,
Sizni yomon sevgandim.

Tuygʻulari poraman,
Kimga dardim yoraman.
Toʻyingizga boraman,
Sizni yomon sevgandim.

Qoldim qancha soʻrovga,
Sochim toʻldi qirovga.
Yor boʻldingiz birovga,
Sizni yomon sevgandim.

Bugun sogʻinch qoshimda,
Qancha mish mish boshimda.
Ex oʻntoʻqqiz yoshimda,
Sizni yomon sevgandim.

Odilbek Qodirov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
"O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin"


Hamma senga havas qilsin bo'lgin Inson,
Vaqt to'xtovsiz o'tib ketar topgin imkon.
Bilamizki, bu dunyoda barcha mehmon,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Mayli senga ishonmasin hatto do'sting,
Bo'lmasin hech bu dunyoda kam-u ko'sting.
Mehnat qilib kiyib yurgin qimmat po'stin,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Otang senga ishonib yo'l qarab turar,
Onaizor duolari sen-la yurar.
Pul bo'lmasa do'stlaring yoningdan surar,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Odamlarning gapiga hech quloq tutma,
G'iybat qilib charchashaydi mehr kutma.
Shu uchun ham harakatda bo'l unutma,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Olloh aslo xo'rlamaydi bunga ishon,
Nomardlarga bo'lib qolma tayyor nishon.
Xato qilma taqilmasin qo'lda kishan,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


To'g'ri bu ish oson emas bildim uni,
O'tmas ekan biror mashaqqatsiz kuni.
Lekin bo'lar doim sog'lom tan-u joni,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Qo'lda hunar tutgin, albat, kerak bo'lgay,
Bir kun kelar o'sha bilan kaming to'lgay.
Hasadgo'ylar alamidan kuyib o'lgay,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Yaxshilik qil to qo'lingdan kelgunicha,
Muhtojlarning cho'ntaklari to'lgunicha.
Hayot guling bir kun kelib so'lgunicha,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.


Musulmonning bu so'zlarin hazil bilma,
Mazaq qilib birovning ustidan kulma.
Namoz o'qi, ibodat qil, gunoh qilma,
Shunday yasha ko'rgan odam hayron qolsin,
O'tib ketsang bag'r-u dili vayron qolsin.

Muallif... Musulmon Rahmonqulov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Qarindoshlar shu o’yinda missia bajarselar 20$ Walletga tashaberadi u bugun erta o’ynaladi ishlab olilar

https://t.me/catizenbot/gameapp?startapp=r_2811_3447160
(Ushbu sheʼr uch kunlik farzandidan ayrilgan onaning iltimosiga binoan yozildi.)

Hech kim jannatiyga oʻxshamayapti,
Jannat boʻshab qolgandir balki.
Shuning uchun yaratkan egam,
Chaqaloq jonini olgandir balki,

Dunyo koʻrganiga uch kun boʻlmasdan,
Mitti jon begunoh oʻldiku oʻgʻlim,
Balki sen begunoh katta boʻlsang ham,
Doʻzax yomonlarga toʻldiku oʻgʻlim.

Ayting doʻzaxni qancha joyi bor,
Men oʻzim toʻldiray, ming bora oʻlib,
Kimdir sigʻmay qolib jannatga borsa,
Oʻgʻlim ketmas edi bagʻrimni yulib.

Hatto oq sutimdan totmasdan ketding,
Balki gunohlarim oʻtkandir sutga,
Rostan jannat boʻshab qoldimi axir,
Endi men jonimni otaymi oʻtga.

Ex, sakkiz milliard inson ichida,
Jannatiy uch kunlik chaqaloqmidi,
Balki bu men qilgan gunohlar uchun,
Tavba qil deb urgan shapaloqmidi.

Jannatning uylari boʻshab qolibdi,
Bilmadim bu dunyo qay holga yetdi,
Jannatda joy kabi, bizda gunoh koʻp,
Shu bois uch kunlik chaqaloq ketdi.

Islombek Murodillayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Seni unutaman.. dedim ming bora
Izlamayman dedim oʻzimga oʻzim.
Ne qilay izladi...tun kabi qora
Sening koʻzlaringni sogʻingan koʻzim.

Qaramaysan dedim boqmaysan boshqa,
Boʻlaklab tashladim suratlaringni.
Ming yillar naridan topib.. quchoqlab,
Tiriltirib oldi siyratlaringni.

Oʻchirib tashladim hamma xabarni,
Hamma hammasini koʻksimdan otdim.
Toparman degandim endi halovat,
Ammo oʻsha mahal...nedir yuqotdim.

Yoshlarim koʻzimdan shashqator boʻlib
Sogʼinch ummoniga tizilib ketdi
Bilmadim ne edi boʻgʼzimga toʻlib,
Koʻksimda nimadir uzilib ketdi.

Tanimdan madorim holsiz yiqildi,
Vujudim tamoman muzlay boshladi.
Holin yomonligin aytmoqchun yurak,
Sening raqamingni izlay boshladi.

Men seni qandayin unutaman yor.....

✍️ Zulfiya Raimova

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Muhabbati armon oshiqlarning...

Yuragida kemtigi bor, dogʻi bor,
Bahorlari xazon boʻlgan bogʻi bor,
Yelkasida qaddin ekkan togʻi bor,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Soxta boʻlar kulgulari yuzlarida,
Ayriliqning yoshlari bor koʻzlarida,
Sogʻingani seziladi soʻzlarida,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Boʻysinmaydi oʻzlariga hayoli ham,
Koʻzlaridan mehr izlar ayoli ham.
Lek yuragin oʻrtar doim bir buyuk gʻam,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Aylangandi muhabbatning asiriga,
Sevgisini osib, koʻngil zanjiriga,
Ayriliqda koʻngli toʻlmas taqdiriga,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Farzandiga sevganini ismin qoʻyib,
Tadirlarni peshonaga yozsa oʻyib,
Xoʻrsinadi yurak bagʻri ishqdan kuyib,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Islombek Murodillayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
CHIROYLIGIM

Kulgulari soyligim,
Qoshi kamon yoyligim.
Oʻzing pinxon boyligim,
Sevgilim chiroyligim.

Koʻnglimga oʻt soldingda,
Menga yoqib qoldingda.
Oy hijolat oldingda,
Sevgilim chiroyligim.

Koʻngling oq koʻzing qora,
Ortingda koʻp ovvora.
Uzun soching favvora,
Sevgilim chiroyligim.

Labing lolagʻunchalar,
Oppoq yuzlar kunchalar.
Yaxshisaney bunchalar,
Sevgilim chiroyligim.

Tilingdan tomar boling,
Chap yuzingda bor holing.
Oʻzinga mos roʻmoling,
Sevgilim chiroyligim.

Oxuday shoʻx halaksan,
Men yer boʻlsam falaksan.
Oʻn olti yosh malaksan,
Sevgilim chiroyligim.

Oshiqlaring talashgan,
Izlaringda qalashgan.
Koʻrsam koʻzim qamashgan,
Sevgilim chiroyligim.

Dilda mangu borimsan,
Yolgʻizimsan yorimsan.
Mening begʻuborim san,
Sevgilim chiroyligim.

Odilbek Qodirov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

Assalomu aleykum, Sayyudul ayyom Hajj ul masokin Juma Muborak! 🕌🕊

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
ALAM QILSIN ENDI SIZGA ALAM QILSIN.😉

Rad etingiz sevgimizga nazar qilmay.
Kuygan dilni kuydirdingiz oshiq bilmay.
Dugonangiz yoqdi beray koʻngildan joy.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Maqtab aytay qoshi qaro koʻzlarini.
Mayin dilga yoqib ketgan soʻzlarini.
Koʻray qay hol ekan endi oʻzlarini.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin

Oshiq boʻlgan dilimizni otdingiza.
Tutganimiz boʻldi har kun gullar uza.
Afsuslarda qolavering goʻzal qiza.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Toʻsmagayman intiq boʻlib yoʻlingizni.
Tutaman deb zor boʻlmayman qoʻlingizni .
Dugonangiz yonidamiz koʻring bizni.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Qizlar dugonalardan ehtiyot boʻlamiz🤫🤫🤫🤫

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🎊🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR!🕋

🌺 Allohdan xonadoningiz ahilligi-tinchligi davomli bo‘lishini;

🌺 O‘zingiz, ota-onangiz va sizga aziz bo‘lgan barcha yaqinlaringizni mag‘firat qilishini so‘rayman!

🌺 Alloh har bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib qilsin!

🌺 Oxiratda tutgan ro‘zangiz sizni Rayyon darvozasidan jannatga olib kirsin!

🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN! 🤲

Allohning salomi
Payg‘ambar ﷺning duolari
Qur’onning nuri
Arafaning tarovati kun davomida siz bilan bo‘lsin!🥰❤️

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
BORLIGIMCHA SEVA
OLASANMI?

Xudo olsa  qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim,
Borligimcha seva olasanmi?

Soyam boʻlib, izimdan qolmay,
Qoʻllarimdan tuta olasanmi?
Oddiyligim yuzimga solmay,
Borligimcha seva olasanmi?

Ketsam olis kelishim kutib,
Vafoli yor boʻla olasanmi?
Sinovlardan birma-bir oʻtib,
Borligimcha  sevolasanmi?

Koʻksing uyib, ismimni yozib,
Va yashirib quya olasanmi?
Meni juft-u halolim boʻlib,
Borligimcha seva olasanmi?

Xudo olsa qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim
Borligimcha seva olasanmi?

Ikki dunyo gulim sen meni,
Borligimcha seva olasanmi?

📚- Karimbek Asatullayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevgilim qurbon hayit muborak bo'lsin
💞💞💞💞💞💞💞💞💞💞
Каналга обуна бўлинг ⤵️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
     http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Бахтли жуфтликлар саҳифаси
*  *  *
Yo'q.
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Ranjimayman agar pishirgan
Ovqatlarim yoqmasa ham hech.

Ranjimayman men dazmol urgan,
Ko'ylaklarning topsang qatini.
Erkak zotin qahri hech qachon,
Yengmas ayol muhabbatini.

Ehtimolki, ketsang chidarman,
Qismat deya bariga ko'ngum.
Ammo ko'zyosh to'kkan chog'imda
Yupatmasang keladi o'lgim.

Chunki ayol ko'zyosh to'kkan chog',
Taslim bo'lar eng buyuk kuch ham.
Bori aybi kechiriladi
Yigit aytsa: Yiģlama, erkam.

Yo'q .
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Men yig'ladim.
Sen yupatmading,
Tamom bo'ldi eng so'nggi ilinj.

© Gulrux Xudoyorova
🎙MAHBUBA
🎁 500 kishiga 220.000$ ni shunde bo'lib bervorisharkan vaqt kam qoldi 🔥

⚡️ Hoziroq kirib bosamiz goo👇

Link:
https://t.me/pixelversexyzbot?start=259088971
Begona bo‘ldingiz endi.

Ketdingiz boqmasdan ko‘zimni yoshlab.
Tunda oyday to‘lin bo‘ldingiz endi.
O‘zganing yorisiz bugundan boshlab,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sevgimni kuy qilib kuylashim gunoh
Ismingiz pichirlab so‘ylashim gunoh.
Hatto sizni endi o‘ylashim gunoh
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Kechagi kun o‘tmish ko‘zimni yoshlab
Alvido dedingiz ko‘zimni yoshlab.
Bizning ertamiz yo‘q bugundan boshlab
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Boysizda tillo-zar sizda bor endi.
Sizga keng bu dunyo bizga tor endi.
Erkalab quchadi o‘zga yor endi.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Erkalab o‘zimni derdim yomonim.
Zulmat sari chorlar to‘rtta tomonim.
Eng buyuk o‘shalmas mangu armonim.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Chindan sevgan edim bo‘lib devona.
Bugun xiyonatdan yurak g‘amxona.
Men ham endi sizga mangu begona.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Oq libosda oydek to‘ldingiz endi.
Xazon bo‘lib guldek so‘ldingiz endi.
Endi siz bevafo o‘zganing yori,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sobitjon Eshtemirov. 06.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Senga

Mayli,
Sog‘inchlarim qiynasin, mayli
Ko'ksimda uyg'onsin eng ajib hislar.
Bir umr seni deb yashasam mayli,
Nigohim har yondan bir seni izlar.

Mayli,
Yonimda qol, ketmagin mayli,
Qalbimni quvonchga to'ldirgin shu on.
Hayoldan bir soniya chiqmagin mayli,
Ehhh erkam.., sevishing aytasan qachon?!

Mayli,
Dunyolarni tutmagin mayli,
Yurakdan so'zlagin tinglayman holos.
Qancha kut desang ham kutayin, mayli,
Majnunim! Rahm qil laylingga bir oz!

Mahbuba