Sevgi haqida sherlar
7.03K subscribers
434 photos
525 videos
2 files
434 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @Kamol_oka
@Zahriddin2004
Download Telegram
ALAM QILSIN ENDI SIZGA ALAM QILSIN.😉

Rad etingiz sevgimizga nazar qilmay.
Kuygan dilni kuydirdingiz oshiq bilmay.
Dugonangiz yoqdi beray koʻngildan joy.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Maqtab aytay qoshi qaro koʻzlarini.
Mayin dilga yoqib ketgan soʻzlarini.
Koʻray qay hol ekan endi oʻzlarini.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin

Oshiq boʻlgan dilimizni otdingiza.
Tutganimiz boʻldi har kun gullar uza.
Afsuslarda qolavering goʻzal qiza.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Toʻsmagayman intiq boʻlib yoʻlingizni.
Tutaman deb zor boʻlmayman qoʻlingizni .
Dugonangiz yonidamiz koʻring bizni.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Qizlar dugonalardan ehtiyot boʻlamiz🤫🤫🤫🤫

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🎊🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR!🕋

🌺 Allohdan xonadoningiz ahilligi-tinchligi davomli bo‘lishini;

🌺 O‘zingiz, ota-onangiz va sizga aziz bo‘lgan barcha yaqinlaringizni mag‘firat qilishini so‘rayman!

🌺 Alloh har bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib qilsin!

🌺 Oxiratda tutgan ro‘zangiz sizni Rayyon darvozasidan jannatga olib kirsin!

🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN! 🤲

Allohning salomi
Payg‘ambar ﷺning duolari
Qur’onning nuri
Arafaning tarovati kun davomida siz bilan bo‘lsin!🥰❤️

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
BORLIGIMCHA SEVA
OLASANMI?

Xudo olsa  qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim,
Borligimcha seva olasanmi?

Soyam boʻlib, izimdan qolmay,
Qoʻllarimdan tuta olasanmi?
Oddiyligim yuzimga solmay,
Borligimcha seva olasanmi?

Ketsam olis kelishim kutib,
Vafoli yor boʻla olasanmi?
Sinovlardan birma-bir oʻtib,
Borligimcha  sevolasanmi?

Koʻksing uyib, ismimni yozib,
Va yashirib quya olasanmi?
Meni juft-u halolim boʻlib,
Borligimcha seva olasanmi?

Xudo olsa qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim
Borligimcha seva olasanmi?

Ikki dunyo gulim sen meni,
Borligimcha seva olasanmi?

📚- Karimbek Asatullayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevgilim qurbon hayit muborak bo'lsin
💞💞💞💞💞💞💞💞💞💞
Каналга обуна бўлинг ⤵️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
     http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Бахтли жуфтликлар саҳифаси
*  *  *
Yo'q.
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Ranjimayman agar pishirgan
Ovqatlarim yoqmasa ham hech.

Ranjimayman men dazmol urgan,
Ko'ylaklarning topsang qatini.
Erkak zotin qahri hech qachon,
Yengmas ayol muhabbatini.

Ehtimolki, ketsang chidarman,
Qismat deya bariga ko'ngum.
Ammo ko'zyosh to'kkan chog'imda
Yupatmasang keladi o'lgim.

Chunki ayol ko'zyosh to'kkan chog',
Taslim bo'lar eng buyuk kuch ham.
Bori aybi kechiriladi
Yigit aytsa: Yiģlama, erkam.

Yo'q .
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Men yig'ladim.
Sen yupatmading,
Tamom bo'ldi eng so'nggi ilinj.

© Gulrux Xudoyorova
🎙MAHBUBA
🎁 500 kishiga 220.000$ ni shunde bo'lib bervorisharkan vaqt kam qoldi 🔥

⚡️ Hoziroq kirib bosamiz goo👇

Link:
https://t.me/pixelversexyzbot?start=259088971
Begona bo‘ldingiz endi.

Ketdingiz boqmasdan ko‘zimni yoshlab.
Tunda oyday to‘lin bo‘ldingiz endi.
O‘zganing yorisiz bugundan boshlab,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sevgimni kuy qilib kuylashim gunoh
Ismingiz pichirlab so‘ylashim gunoh.
Hatto sizni endi o‘ylashim gunoh
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Kechagi kun o‘tmish ko‘zimni yoshlab
Alvido dedingiz ko‘zimni yoshlab.
Bizning ertamiz yo‘q bugundan boshlab
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Boysizda tillo-zar sizda bor endi.
Sizga keng bu dunyo bizga tor endi.
Erkalab quchadi o‘zga yor endi.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Erkalab o‘zimni derdim yomonim.
Zulmat sari chorlar to‘rtta tomonim.
Eng buyuk o‘shalmas mangu armonim.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Chindan sevgan edim bo‘lib devona.
Bugun xiyonatdan yurak g‘amxona.
Men ham endi sizga mangu begona.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Oq libosda oydek to‘ldingiz endi.
Xazon bo‘lib guldek so‘ldingiz endi.
Endi siz bevafo o‘zganing yori,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sobitjon Eshtemirov. 06.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Senga

Mayli,
Sog‘inchlarim qiynasin, mayli
Ko'ksimda uyg'onsin eng ajib hislar.
Bir umr seni deb yashasam mayli,
Nigohim har yondan bir seni izlar.

Mayli,
Yonimda qol, ketmagin mayli,
Qalbimni quvonchga to'ldirgin shu on.
Hayoldan bir soniya chiqmagin mayli,
Ehhh erkam.., sevishing aytasan qachon?!

Mayli,
Dunyolarni tutmagin mayli,
Yurakdan so'zlagin tinglayman holos.
Qancha kut desang ham kutayin, mayli,
Majnunim! Rahm qil laylingga bir oz!

Mahbuba
Hoʻp jonim 🤭

Senga mehrim koʻp jonim,🤗
Orzularim toʻp jonim,🥰
Faqat araz qilmagin...🥹
Nima desang hoʻp jonim!😉

Aylanding dil sha'niga,🫶
Oshigʻing jon taniga,💝
"Ket"dan oʻzga bariga,☹️
Nima desang hoʻp jonim 😇

Aylanib ketdi boshim,🙃
Mohim, aziz quyoshim,🌞
Oʻzimni bagʻritoshim,😛
Nima desang hoʻp jonim!🥰

Asabni qilma tarang,🤯
Chidab yuribman arang,😥
Dil boʻldi ishqdan garang,🤫
Nima desang hoʻp jonim!😘

Mayli dedim oʻzinga,☺️
Porlab boqqan koʻzinga,😍
Koʻnaman har soʻzinga,😚
Nima desang hoʻp jonim!💋

Yuragim boʻldi asir,❤️
Quraylik ishqdan qasr,🏰
Sevaman jondan ahir,
Nima desang hoʻp jonim!💌

Mumtozbegim

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
https://t.me/metaland_bot/click?startapp=259088971

Tez kirib pul ishlaymiz Notcoining yangi koʻrinishi
***

Koʻnglingga bahordek kirolsam edi,
Umringda quyoshdek kulolsam edi,
Ishqingning sohibi boʻlolsam edi,
Hijron otashida kuysa ham jonim,
Boʻlmasayding faqat buyuk armonim.

Kunlarim tugamas yillarim uzun,
Senga yetmoq dushvor yoʻllarim uzun,
Ey shirin iztirob, eng goʻzal huzun,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Hayotim boshlasam qaniydi boshdan,
Bu achchiq ayriliq tushmasdi boshga,
Oʻzgani sevolmam men sendan boshqa,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Mening bor dardlarim arir kulgungdan,
Nurlarla qorishiq harir kulgungdan,
Bir oshiq hayoti qarir kulgungda,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Taqdirga tan berib aytaymi vido?
Sen kimga fidosan, men kimga fido?
Koshki birlashtirsa ikkimiz Xudo,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

2015-yil

Jahongir NOMOZOV

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Unutib bo'lmas

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Qalbim tug'yonlari so'rayveradi.
Qochib ham qaylarga ketasiz mendan...
O'chmas xotiralar qiynayveradi.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Muhabbat dilimni asirga olgan.
Ayting mendan ketib nima topasiz...
Shundoq ham bu yurak firoqdan tolgan.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Sizga bergan mehrim edi o'zgacha.
Menga xush yoqqansiz, bir ertaknamo...
Chiroyingiz a'lo qoshdan, ko'zgacha.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Axir unutishni yo'qdir chorasi.
Balki siz unutib ketarsiz erkam...
Lek meni azoblar dardim nolasi.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Tunda yulduzlardir mening dardkashim.
Kunduzlar qon yutib, zor qumsagancha...
Sog'inaman sizni / sizni dilkashim.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas,
Bahorda ochilgan qizg'aldog'imsiz.
Meniku qanchalar sevdiz bilmadim...
Qalbimda asragan qalb ardog'imsiz.

Siz ketmang foydasiz, unutib bo'lmas!

Mehriddin  Baqoyev.
18. 06. 2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🔥Seva olmaysan

Seni deb yashayman emasku? xato,
Aybingiz, shu edi! deya olmaysan.
Ishongin so'zimga sevgilim hatto,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

Zardalar ichinda bag'ring tilmasam,
Ortiqcha gap so'zga nazar qilmasam,
To'g'risin aytaman bilsam bilmasam,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

Bu hayot bizlarning g'amimiz yemas,
Yiqilsang kel suyab qo'yaman demas,
Rostidur yoqish yo maqtanish emas,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

Qo'limdan ushlasang yo'llolmas xatar,
Qadringa yetmasam ketasan agar,
Muhabbat ishqim zo'r kuchli shu qadar,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

Ko'rmayin hech qachon ko'zlaringda nam,
Yoninga kelmasin dard yokida g'am,
Tan ol ikki dunyo bir bo'lganda ham,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

Ista yuragingdan so'ra bossa yon,
Javobin eshitgin chiqmasidan jon,
Sarvar Mirzoyingman! aniq, hech qachon,
O'zingni men kabi seva olmaysan.

MuallifSarvar Mirzo
29.06.2024
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

Sarvar Mirzo

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Ketma iltimos!

Oʻzgarib qolyapsan kun oʻtgan sari,
Sezyapman, serdirmay yuribman holos.
Negadir oʻzingdan tutyapsan nari?
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Razolat yuraging tilib tursa ham,
Omadni kutaver, qilaver ihlos.
Yuraging oʻzga deb urib tursa ham,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Yurakkinam oʻldi, tuygʻular oʻldi,
Dilni dilsizlikdan aylagin halos.
Qaragin Mumtozing yonib, kul boʻldi,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Hayolim tubida mangu yashaysan,
Ismingni takrorlab turadi boz-boz,
Zulmatdan qutqarar nurga oʻxshaysan,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Shu qadar oshiqman, shu qadar telba,
Suyganim, kuyganim, oʻlganligim rost.
Oʻzimni qoldirib ozorli yoʻlda,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Koʻzimdan yomgʻirlar shitirlar eshit,
Qalbimdan qalbinga yetkazay ovoz.
Yoʻlingda uchrasa lang ochiq eshik,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

Siringni dilingga yutar boʻlsang ham,
Bitta noma bitgin, bitta satr yoz.
Oʻtkinchi dunyodan oʻtar boʻlsang ham,
Faqat hayotimdan ketma iltimos!

✍️ Mumtozbegim

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Сиз менинг оғриқли жароҳатимсиз

Юракни ғам ташвиш егаллаб олган.
Бир яхши, бир ёмон фароғатимсиз...
Севгимиз туш бўлиб есимда қолган.
Сиз менинг оғриқли жароҳатимсиз...

Аламлар ўтида куймоқда бағир,
Ичганим заҳардек ютганим тахир,
Етолмай висолга севгандим! аҳир,
Сиз менинг оғриқли жароҳатимсиз...

Мен ўша ноилож хўрлик ютувчи,
Бир даво ахтариб унсиз кутувчи,
Ишқ доғи азобми? жондан ўтувчи,
Сиз менинг оғриқли жароҳатимсиз...

Тақдирим ҳар кўйга солган-ку деманг,
Кўзларим йўл қараб толган-ку деманг,
Барибир ўтмишда қолган-ку деманг,
Сиз менинг оғриқли жароҳатимсиз...

Бахт сизни танлади нечун бизнимас,
Бу йўлдан юрмоқлик тақдир изнимас,
Сарвар Мирзоман-у мен лек сизнимас,
Сиз менинг оғриқли жарохатимсиз...

МуаллифСарвар Мирзо
04.07.2024
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин

Sarvar Mirzo

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
NEGA BUNCHA ARAZ  QILASAN

Chiqarmaysan nechu hech sado,
Ishqingda sen qilding-ku gado,
Bu ketishda bo‘laman ado,
Nega buncha araz qilasan?


Nima qildim aytaqol senga?
Kelmaydimi hech rahming menga?
Tegmadimi yolg‘izlik jonga?
Nega buncha araz qilasan?


Ginalarni hech foydasi yo‘q,
Sevgi shunday qoidasi yo‘q,
Bo‘ldi mendan ko‘ngling bo‘lsin to‘q,
Nega buncha araz qilasan?


Qo‘ng‘iroqqa javob beraqol,
Osmondamas yerda yuraqol.
Arazlashni mendan ko‘raqol,
Nega buncha araz qilasan?


Hammamiz ham omonat jonmiz,
Momo Havodan tug‘ishgan qonmiz,
Bugun bormiz ertaga yo‘qmiz,
Nega buncha araz qilasan?


Nima qildim aytaqol senga,
Kelmaydimi hech rahming menga,
Tegmadimi yolg‘izlik jonga,
Nega buncha araz qilasan?

✍️ Karimbek Asatullayev
04.07.2024


http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz

Reaksiya bosib keting azizlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammamiz singanmiz. Yagona masala, siniqlari biznikiga mos tushadigon odamlarni topish...💔

Reaksiya bosib keting azizlar

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umr...

Yoshligimda maʼnosi yoʻq sheʼrlarim,
Bugun koʻrsam maʼnolarga toʻlib qopti.
Daraxtlarga yetmas edi qoʻllarim,
Bugun boʻyim olmalarga yetib qopti.

Goʻzallikka oshno boʻlgan koʻzlarim,
Yaxshi yomon kimligini bilib qopti.
Yoshlik davrim birga surgan oʻsha doʻstlarim,
Qaddu basti kamon misol boʻlib qopti.

Menga majnun boʻlib yurgan oshiq yigit,
Unda koʻnglim borligini bilib qopti.
Qizdiryapti muhabbatning alangasi,
Yoshimiz ham 18ga toʻlib qopti.

Bir sarhisob qilsam agar dardlarimni,
Boshimizga ancha tashvish kelib qopti.
Qodoq qoʻllar silar endi sochlarimni,
Onamizni yoshlari ham oʻtib qopti.

Meni shaydo qilgan yorim yuzlariga,
Yoshi oʻyib ajinlar ham tushib qopti.
Bolasini koʻtarardi yelkasida,
Bugun boʻyi boʻyimizga yetib qopti.

Esingdami birga ekkan gullarimiz,
Koʻzing yashnar, Goʻzal chaman boʻlib qopti,
Umr oqar daryo derlar ishonmasdim
Yoshimiz ham oʻttizlarga yetib qopti.

Aytgin doʻstim bizni kimdan kamimiz bor,
El qatori bizda ham bir gʻamimiz bor,
Eslatmanglar bizda ham eh koʻnglimiz bor,
Yoshimiz ham 50larga yetib qopti.

Koʻrolmasman xira tortgan koʻzlarimni,
Qara bolam ajin bosgan yuzlarimni,
Qarimanda eshitmaysiz soʻzlarimni,
Bugun doʻstlar ajal vaqti yetib qopti.

✍️ Qoʻziyeva Maftuna

Reaksiya bosib keting azizlar

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pul topsang Onani oyoq kiyimlariga qara foxishani narxiga emas 🏹

Reaksiya bosib keting azizlar

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM