Sevgi haqida sherlar
6.48K subscribers
427 photos
516 videos
2 files
394 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @bank_of_islam
@Zahriddin2004
Download Telegram
Muhabbati armon oshiqlarning...

Yuragida kemtigi bor, dogʻi bor,
Bahorlari xazon boʻlgan bogʻi bor,
Yelkasida qaddin ekkan togʻi bor,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Soxta boʻlar kulgulari yuzlarida,
Ayriliqning yoshlari bor koʻzlarida,
Sogʻingani seziladi soʻzlarida,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Boʻysinmaydi oʻzlariga hayoli ham,
Koʻzlaridan mehr izlar ayoli ham.
Lek yuragin oʻrtar doim bir buyuk gʻam,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Aylangandi muhabbatning asiriga,
Sevgisini osib, koʻngil zanjiriga,
Ayriliqda koʻngli toʻlmas taqdiriga,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Farzandiga sevganini ismin qoʻyib,
Tadirlarni peshonaga yozsa oʻyib,
Xoʻrsinadi yurak bagʻri ishqdan kuyib,
Muhabbati armon boʻlgan oshiqlarning.

Islombek Murodillayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
CHIROYLIGIM

Kulgulari soyligim,
Qoshi kamon yoyligim.
Oʻzing pinxon boyligim,
Sevgilim chiroyligim.

Koʻnglimga oʻt soldingda,
Menga yoqib qoldingda.
Oy hijolat oldingda,
Sevgilim chiroyligim.

Koʻngling oq koʻzing qora,
Ortingda koʻp ovvora.
Uzun soching favvora,
Sevgilim chiroyligim.

Labing lolagʻunchalar,
Oppoq yuzlar kunchalar.
Yaxshisaney bunchalar,
Sevgilim chiroyligim.

Tilingdan tomar boling,
Chap yuzingda bor holing.
Oʻzinga mos roʻmoling,
Sevgilim chiroyligim.

Oxuday shoʻx halaksan,
Men yer boʻlsam falaksan.
Oʻn olti yosh malaksan,
Sevgilim chiroyligim.

Oshiqlaring talashgan,
Izlaringda qalashgan.
Koʻrsam koʻzim qamashgan,
Sevgilim chiroyligim.

Dilda mangu borimsan,
Yolgʻizimsan yorimsan.
Mening begʻuborim san,
Sevgilim chiroyligim.

Odilbek Qodirov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

Assalomu aleykum, Sayyudul ayyom Hajj ul masokin Juma Muborak! 🕌🕊

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
ALAM QILSIN ENDI SIZGA ALAM QILSIN.😉

Rad etingiz sevgimizga nazar qilmay.
Kuygan dilni kuydirdingiz oshiq bilmay.
Dugonangiz yoqdi beray koʻngildan joy.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Maqtab aytay qoshi qaro koʻzlarini.
Mayin dilga yoqib ketgan soʻzlarini.
Koʻray qay hol ekan endi oʻzlarini.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin

Oshiq boʻlgan dilimizni otdingiza.
Tutganimiz boʻldi har kun gullar uza.
Afsuslarda qolavering goʻzal qiza.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Toʻsmagayman intiq boʻlib yoʻlingizni.
Tutaman deb zor boʻlmayman qoʻlingizni .
Dugonangiz yonidamiz koʻring bizni.
Alam qilsin endi sizga alam qilsin.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Qizlar dugonalardan ehtiyot boʻlamiz🤫🤫🤫🤫

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🎊🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR!🕋

🌺 Allohdan xonadoningiz ahilligi-tinchligi davomli bo‘lishini;

🌺 O‘zingiz, ota-onangiz va sizga aziz bo‘lgan barcha yaqinlaringizni mag‘firat qilishini so‘rayman!

🌺 Alloh har bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib qilsin!

🌺 Oxiratda tutgan ro‘zangiz sizni Rayyon darvozasidan jannatga olib kirsin!

🌙 ARAFA MUBORAK BO‘LSIN! 🤲

Allohning salomi
Payg‘ambar ﷺning duolari
Qur’onning nuri
Arafaning tarovati kun davomida siz bilan bo‘lsin!🥰❤️

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
BORLIGIMCHA SEVA
OLASANMI?

Xudo olsa  qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim,
Borligimcha seva olasanmi?

Soyam boʻlib, izimdan qolmay,
Qoʻllarimdan tuta olasanmi?
Oddiyligim yuzimga solmay,
Borligimcha seva olasanmi?

Ketsam olis kelishim kutib,
Vafoli yor boʻla olasanmi?
Sinovlardan birma-bir oʻtib,
Borligimcha  sevolasanmi?

Koʻksing uyib, ismimni yozib,
Va yashirib quya olasanmi?
Meni juft-u halolim boʻlib,
Borligimcha seva olasanmi?

Xudo olsa qaytib omadim,
Bergunicha kuta olasanmi?
Yerga egmay togʻdek qomadim
Borligimcha seva olasanmi?

Ikki dunyo gulim sen meni,
Borligimcha seva olasanmi?

📚- Karimbek Asatullayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevgilim qurbon hayit muborak bo'lsin
💞💞💞💞💞💞💞💞💞💞
Каналга обуна бўлинг ⤵️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
     http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Бахтли жуфтликлар саҳифаси
*  *  *
Yo'q.
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Ranjimayman agar pishirgan
Ovqatlarim yoqmasa ham hech.

Ranjimayman men dazmol urgan,
Ko'ylaklarning topsang qatini.
Erkak zotin qahri hech qachon,
Yengmas ayol muhabbatini.

Ehtimolki, ketsang chidarman,
Qismat deya bariga ko'ngum.
Ammo ko'zyosh to'kkan chog'imda
Yupatmasang keladi o'lgim.

Chunki ayol ko'zyosh to'kkan chog',
Taslim bo'lar eng buyuk kuch ham.
Bori aybi kechiriladi
Yigit aytsa: Yiģlama, erkam.

Yo'q .
Adashding,
Topa olmading,
Ranjimadim kelganingga kech.
Men yig'ladim.
Sen yupatmading,
Tamom bo'ldi eng so'nggi ilinj.

© Gulrux Xudoyorova
🎙MAHBUBA
🎁 500 kishiga 220.000$ ni shunde bo'lib bervorisharkan vaqt kam qoldi 🔥

⚡️ Hoziroq kirib bosamiz goo👇

Link:
https://t.me/pixelversexyzbot?start=259088971
Begona bo‘ldingiz endi.

Ketdingiz boqmasdan ko‘zimni yoshlab.
Tunda oyday to‘lin bo‘ldingiz endi.
O‘zganing yorisiz bugundan boshlab,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sevgimni kuy qilib kuylashim gunoh
Ismingiz pichirlab so‘ylashim gunoh.
Hatto sizni endi o‘ylashim gunoh
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Kechagi kun o‘tmish ko‘zimni yoshlab
Alvido dedingiz ko‘zimni yoshlab.
Bizning ertamiz yo‘q bugundan boshlab
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Boysizda tillo-zar sizda bor endi.
Sizga keng bu dunyo bizga tor endi.
Erkalab quchadi o‘zga yor endi.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Erkalab o‘zimni derdim yomonim.
Zulmat sari chorlar to‘rtta tomonim.
Eng buyuk o‘shalmas mangu armonim.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Chindan sevgan edim bo‘lib devona.
Bugun xiyonatdan yurak g‘amxona.
Men ham endi sizga mangu begona.
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Oq libosda oydek to‘ldingiz endi.
Xazon bo‘lib guldek so‘ldingiz endi.
Endi siz bevafo o‘zganing yori,
Siz menga begona bo‘ldingiz endi.

Sobitjon Eshtemirov. 06.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Senga

Mayli,
Sog‘inchlarim qiynasin, mayli
Ko'ksimda uyg'onsin eng ajib hislar.
Bir umr seni deb yashasam mayli,
Nigohim har yondan bir seni izlar.

Mayli,
Yonimda qol, ketmagin mayli,
Qalbimni quvonchga to'ldirgin shu on.
Hayoldan bir soniya chiqmagin mayli,
Ehhh erkam.., sevishing aytasan qachon?!

Mayli,
Dunyolarni tutmagin mayli,
Yurakdan so'zlagin tinglayman holos.
Qancha kut desang ham kutayin, mayli,
Majnunim! Rahm qil laylingga bir oz!

Mahbuba
Hoʻp jonim 🤭

Senga mehrim koʻp jonim,🤗
Orzularim toʻp jonim,🥰
Faqat araz qilmagin...🥹
Nima desang hoʻp jonim!😉

Aylanding dil sha'niga,🫶
Oshigʻing jon taniga,💝
"Ket"dan oʻzga bariga,☹️
Nima desang hoʻp jonim 😇

Aylanib ketdi boshim,🙃
Mohim, aziz quyoshim,🌞
Oʻzimni bagʻritoshim,😛
Nima desang hoʻp jonim!🥰

Asabni qilma tarang,🤯
Chidab yuribman arang,😥
Dil boʻldi ishqdan garang,🤫
Nima desang hoʻp jonim!😘

Mayli dedim oʻzinga,☺️
Porlab boqqan koʻzinga,😍
Koʻnaman har soʻzinga,😚
Nima desang hoʻp jonim!💋

Yuragim boʻldi asir,❤️
Quraylik ishqdan qasr,🏰
Sevaman jondan ahir,
Nima desang hoʻp jonim!💌

Mumtozbegim

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
https://t.me/metaland_bot/click?startapp=259088971

Tez kirib pul ishlaymiz Notcoining yangi koʻrinishi
***

Koʻnglingga bahordek kirolsam edi,
Umringda quyoshdek kulolsam edi,
Ishqingning sohibi boʻlolsam edi,
Hijron otashida kuysa ham jonim,
Boʻlmasayding faqat buyuk armonim.

Kunlarim tugamas yillarim uzun,
Senga yetmoq dushvor yoʻllarim uzun,
Ey shirin iztirob, eng goʻzal huzun,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Hayotim boshlasam qaniydi boshdan,
Bu achchiq ayriliq tushmasdi boshga,
Oʻzgani sevolmam men sendan boshqa,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Mening bor dardlarim arir kulgungdan,
Nurlarla qorishiq harir kulgungdan,
Bir oshiq hayoti qarir kulgungda,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

Taqdirga tan berib aytaymi vido?
Sen kimga fidosan, men kimga fido?
Koshki birlashtirsa ikkimiz Xudo,
Ishqing otashida kuysa-da jonim,
Boʻlmasayding faqat koʻnglim armoni.

2015-yil

Jahongir NOMOZOV

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz