SEVAR MANSUR ( SHE'RIYAT OLAMI)
77 subscribers
137 photos
12 videos
73 links
Sizda tanish ko'p bizchi, Ishq olamda yetimmiz.
🗒 Zakas she'r yozdirish uchun
💲🎤SEVAR MANSUR🎤 +99895 805 94 95
Download Telegram
🔲 MING SINOV🔲

To'ldi-ku umr kosam.
Ko'zdan oqqan yoshimga.
Sizlarga dilim yorsam.
Ming sinov bir boshimga.

Eshitmas kechirimlar.
Bormikin-a yechimlar.
Taqdir shu bo'lsa agar.
Ming sinov bir boshimga.

Rohat bor qiyin ishda.
Qor so'ra bermas qishda.
U insofsiz kishida.
Yo'liqtirma qoshimga.

Tushda ko'ribman o'zim.
Tavba tazarru so'zim.
Najot so'ray ber izm.
Ming sinov bir boshimga.

Soyda yurdim kemadek.
Ko'nglimga beribon erk.
Bariga qo'yayin chek.
Ming sinov bir boshimga.

Sukunat bir dam tutib.
Qultum suv bazo'r yutib.
Yaxshi kunlarni kutib.
Lol qoldim bardoshimga.

Mehnating sari yugur.
Barcha ishingga ulgur.
Qalqon bo'l Sevar Mansur.
Otgan omad toshimga.
✏️@sevarmansur📜
KO'RMAGANNING KO'RGANI BU.

Uch omaddan birin ushlab.
Olsa xudo bergani bu.
Yursa nonin yarim tishlab.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Tasodifan ketsa boyib.
Obi zamga yuzin chayib.
Bu yurish ularga xaif.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Xo'p berilar maishatga.
Hech qaytarib bo'lmas ortga.
Chidolmaslar yengil dardga .
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Kecha o'zi muhtoj edi.
Kiyim yo'q, qorni och edi.
Boshqalar: na iloj dedi.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Bor gunohga cho'mib o'tsa.
Kulib, ko'zin yumib o'tsa.
Hayron bo'lma orin sotsa.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Seni otda it qopar deb.
Kular bazo'r pul topar deb.
O'ziga shuni bildi ep.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.

Sevar Mansur xo'rsinmagin.
Ko'zingdan otilar chaqin.
Bir bor xudoyimga degin.
Ko'rmaganning ko'rgani bu.
✏️@sevarmansur📜
✴️SENGA KERAKMANMI?💯

Adashganda ham yo'ldan.
Izingda halakmanmi?
Aytgin menga chin dildan.
Men senga kerakmanmi?

Osmonda qolib ketma.
Orzuim olib ketma.
So'zlarimni unutma.
Men senga kerakmanmi?

Ba'zan diling bo'm-bo'shdek.
Ba'zida dil sarxushtdek.
Ko'z ochib bo'lmas tushdek.
Men senga kerakmanmi?

Muhabbatda tarix bor.
G'am anduxda forig' bor.
Sen bor menda borliq bor.
Men senga kerakmanmi?

Sinov san taqdirimga.
Qarshi chiqmay ahdimga.
Quloq solgin arzimga.
Men senga kerakmanmi?

Boqding dil o'lar bo'ldi.
Bo'lari bo'lar bo'ldi.
Paymonasi ham to'ldi.
Ayt senga kerakmanmi?

Sevar Mansur bir qara.
Barcha sanamdan sara.
Ayt qoshlari qop qora.
Men senga kerakmanmi?
✏️@sevarmansur📜
💟💲ISHQ BALOSI💲💟

Yurib bir go'zal izinda.
Tanildim el orasinda.
Aksim namoyon ko'zinda.
Qoldim ishqni balosinda.

Qadamma qadamim bossam.
Ne bo'lsa bari mujassam.
Nozigim qaydasan desam.
Qoldim ishqni balosinda.

Bo'lib qoldim ishqqa mahbus.
Qilgan niyatlarim holis.
Tushunmadi yorim afsus.
Qoldim ishqni balosinda.

Ado qilar bir qarasa.
Berardim jonim so'rasa.
Bemor holimga yarasa.
Qolmasdim ishq balosinda.

Charchamayman vaslin yozib.
Tandan qonim oqar sizib.
Bu yuragim ketding ezib.
Goh qoldim o'zimdan bezib.
Qoldim ishqni balosinda.

Boshga musibat yog'dirma.
Menga buncha azob berma.
Menga loyiqmassan dema.
Qoldim ishqni balosinda.

Ko'zga raxmat ko'rdi seni.
Oshiq g'arib qildi meni.
So'zim muddaosi ya'ni.
Qoldim ishqni balosinda.

Sevar Mansur sodda bilib.
Qilding asir afsun qilib.
Chin muhabbatga intilib.
Qoldim ishqni balosinda.
✏️@sevarmansur📜
❗️ ♻️SHUKR QIL DO'STIM♻️❗️
Shu kunlarga yetib keldik.
Qancha dovon osha do'stim.
Bosh toshga tekkanda bildik.
Shukr qilib yasha do'stim.

Kerak emasdir man-manlik.
Yana bittasi tubanlik.
Suyakdan quritar ilik.
Shukr qilib yasha do'stim.

Bir musofir g'anim bo'lsak.
Hammani bir ko'zda ko'rsak.
Yaxshi inson deydi o'lsak.
Shukr qilib yasha do'stim.

Qaylardadir xavotir bor.
Tong otarmi deya bir bor.
Chumoliga yo'qdir ozor.
Shukr qilib yasha do'stim.

Har qadamda imkoniyat.
Yetmish xilda noz-u ne'mat.
Shunga ham nolisang uyat.
Shukr qilib yasha do'stim.

Inson bo'lish boshi adab.
Ko'ngilga tig' qo'yma qadab.
Sevar Mansurda bor bir gap.
Shukr qilib yasha do'stim.
✏️@sevarmansur📜
🔰💠KO'RDIM SENI💠🔰
Ko'rdim seni kuz faslida.
Xazon bo'lib tushdi barglar.
Qo'lda qalam bor aslida.
Vasliga bitdim g'azallar.

Ko'z ko'rganiga ishonar.
Sevib qoldimey shu qadar.
Endi ko'ksimga tig' botar.
Bu hol yo'q edi azallar.

Sevdim yorim g'oyiblardan.
So'rang bir yuragi bordan.
Oyoq osting qilay zardan.
Hayron qolsin ey go'zallar.

Barg yerlarga yoydi sepin.
Bag'riga bosdi yer tubin.
Go'zalimning ta'mi labin.
Tenglasha olmas asallar.

Qachon bitarkan dil yaram.
Ishqga bo'lgum abad qaram.
Ishq olamin darmoni kam.
Bordir tuzalmas kasallar.

Sevar Mansur ko'rgan husn.
Jimirlatdi -ku jussasin.
Yaxshi ishing har bittasin.
Ko'ngil tubiga yozarlar.
✏️@sevarmansur📜
✏️📝YOZ QALAMIM📝✏️

Yoz qalamim dardim yoz.
Dildan to'kilsin ohim.
Dardginamdan et xalos.
Bor sirimga guvohim.

Yoz qalamim sevgim yoz.
Yor vaslin qumsaganim.
Lekin bitta iltimos.
Bir qiyo boq dilbarim.

Yoz qalamim baxtim yoz.
Otam onam sog' omon.
Bir umr qilay e'zoz.
Dard kelishi dargumon.

Yoz qalamim ahdim yoz.
Go'zal farishta uchrat.
Guldan qilay poyondoz.
So'zida bo'lsin hikmat.

Yoz qalamim faxrim yoz.
O'zbek degan nomim bor.
Ota bobodan meros.
G'ayrat shijoat va or.

Yoz qalamim qarzim yoz.
Yurtga burch sadoqatim.
Yaxshiga qilay ixlos.
Ko'nglim shuni istadim.

Yoz qalamim mehrim yoz.
Sevar Mansur lol qolsin.
Umring bo'lmasin sayoz.
Sendan uzun yo'l qolsin.
✏️@sevarmansur📜
🎤💐🎗YOR VASLI 🎗💐🎤
Go'zal lolam xushbichim.
Bir kun olarman o'chim.
Man sanga bas kelishga,
Yetarmikin a kuchim.

O'ynading ho'p boq boqa.
Ushlab qoldimey yoqa.
Mohigulim sen sabab,
Tushib qoldim sirtmoqa.

Orzularim yo'q atma.
Sevmiman deb do'q atma.
Sevmasang sevma jonim.
Izimdan gap tarqatma.

Pardoz qilgansan chala.
Sepgansan turli balo.
Diydorlashaylik jonim,
Joyimiz Ichan qal'a.

Kunda har hil makrlar.
Ko'tara olmas yerlar.
Qayga bekinding jonim.
Hatto topmas hakkerlar.

Ey umrim kushandasi.
Tushunmam fe'ling bazi.
Nag'malaring ko'p jonim.
Bu nasi ayt bu nasi.

Xipcha bel bo'yi baland.
Oppoq yuz, so'zlari qand.
Sevar Mansur nazmida.
Chiroying tug'ma talant.
✏️@sevarmansur📜
⛽️🔊🀄️⌚️ INSOF ⌚️🔊🔈🎴

Kelib ahvolingni so'rmas.
Afsus nodonliging qursin.
Men aytganim bilan bo'lmas.
Insofni o'ziga bersin.

Qayga bo'lsa suqting burun.
Kelsang boshlanar izg'irin.
Supurmaydi yotgan yerin.
Insofni o'ziga bersin.

Bo'ldi ekan to'ysa qorni.
Yig'ishtirib qo'yar orni.
Foyda yo'q tinglamas zorni.
Insofni o'ziga bersin.

Chaqding doim uni bunga.
Yolg'on so'zing yo'yding chinga.
Vijdonim qiynaldi shunga.
Insofni o'ziga bersin.

Sevar Mansur fikr so'ra.
Pul o'rniga zikr so'ra.
Laganbardorlikdan ko'ra.
Insofni o'ziga bersin.
✏️@sevarmansur📜
🌻 🌹🌷SENDAY MALAK YO'Q🌷🌹🌻
Go'zallar ko'p qadamda.
Lekin senday malak yo'q.
Mehr bo'lar odamda.
Hech mehringdan darak yo'q.

O'ldiray dedi nozing.
Qahraton bo'lar yozing.
Ko'rib yangi libosing.
Mendek sarson halak yo'q.

Tannoz bo'lib o'zingcha.
Bo'lmay qolding hech kimcha.
Axir sevdim borimcha.
Senda hatto yurak yo'q.

Bir kun deyarsan:Kechir.
Boshlanar pichir pichir.
Bor ayblaring birma-bir.
Elay desam elak yo'q.

U guldan bu gulga man.
Hech uchib qo'nmaganman.
Abad seni deganman.
Boshqa biri kerak yo'q.

Bir kunda ming hil g'oya.
Noz qilsang bas kifoya.
Ko'z yoshim ketdi zoya.
Olay desam chelak yo'q.

Ishq bog'ida pishgansan.
Mayidan xo'p ichgansan.
Go'yo oydan tushgansan.
Oyda yarim bo'lak yo'q.

Chayon yomon zahri deb.
Keldi fursat vaqti deb.
Sevar Mansur baxti deb.
Chin dildan bir tilak yo'q.
✏️@sevarmansur📜
📖🖌NIYAT HOLIS BO'LSA.✒️📖
Yolg'iz o'zing qilganda his.
G'am anduxing cho'ktirib tiz.
Umr yo'ling bo'lar olis.
Niyating bo'lganda holis.

Elda oshirar nufuzing.
Sarg'ayib qolmaydi yuzing.
Halol yeysan non-u tuzing.
Niyating bo'lganda holis.

Baxt uyingdan hatlab o'tar.
Dushmanlaring dodlab o'tar.
Jur'at qilib kelmas xatar.
Niyating bo'lganda holis.

Musibatlar qochar sendan.
Pichog'i chiqmaydi qindan.
Ostonang bo'lar oltindan.
Niyating bo'lganda holis.

Surasan qarilik gashtin.
Telpak hech tushmaydi boshdin.
Foyda ko'proq qarindoshtin.
Niyating bo'lganda holis.

Ko'z quvonar, dil bo'lar shod.
Boshing silar ko'kdagi zot.
Bir ko'chishda qilarsan mot.
Niyating bo'lganda holis.

Qadding raso tetik bo'lar.
Salom bersang alik bo'lar.
Sevar Mansur yetuk bo'lar.
Niyati bo'lsa gar holis.
Umr yo'li bo'lar olisss!
✏️@sevarmansur📜
🎉🎈🎊YANGI YIL🎊🎈🎉
Juda fursat oz qoldi.
Orziqib kutgan sana.
Soatlar torin chaldi.
YANGI YIL keldi mana.

Tashqarida qor parcha.
Uyda yasalgan archa.
Bir yil kutgandir barcha.
YANGI YIL keldi mana.

Kimdir tayyorlar norin.
Dasturxonga to'k borin.
His qildingmi iforin.
YANGI YIL keldi mana.

Qizlar olgan yasanib.
Yigitlar qalbi yonib.
Ishonchini qozonib.
YANGI YIL keldi mana.

Qorbobo qorqiz kelar.
Sovg'alarin ulashar.
Archalarga osib zar.
YANGI YIL keldi mana.

Chiroyli bo'lar turmush.
Ko'payadi uy yumush.
Ko'ngillarni etib xush.
YANGI YIL keldi mana.

Muborak bo'lsin bayram.
Kulib yuringiz har dam.
Nihoyat qutlug' qadam.
YANGI YIL keldi mana.

She'r bilmasang qo'shiq ayt.
Niyatlaring qo'shib ayt.
Sevar Mansur jo'shib ayt.
YANGI YIL keldi mana.
✏️@sevarmansur📜
💟💯✴️TABASSUM QIL✴️💯💟
Tabassum qil menga bir.
Dilim yayrasin shu tob.
Dunyoda hech jahongir.
Ko'rmas sendek mohitob.

Tabassum qil, kulgiching.
Bor alamim yo'q qilsin.
Bilaman yetar kuching.
Mudom baxting kuldirsin.

Tabassum qil, xandon ur.
Ilon chiqsin inidan.
Qiyo boqib holin so'r.
Oshiqning bir kunidan.

Tabassum qil doimo.
Sherik bo'lsin baxt iqbol.
Qayta tug'ilmas xudo.
Bunday so'zi shirin bol.

Tabassum qil sol nazar.
Sevar Mansur g'arib-chun.
Ko'ngling naqshini bezar.
Ori joni sen uchun.
📜@sevarmansur✏️
📶BIR KO'RGANIMDA SHUNI📶

So'z kelar qator bo'lib.
Hol so'rganimda shuni.
Qoldim man bedor bo'lib.
Bir ko'rganimda shuni.

Yurakdan urib ketdi.
Tomog'im qurib ketdi.
Qalb oyna sinib ketdi.
Bir ko'rganimda shuni.

Ko'zni oldi quyoshdek.
Naqsh o'yilgan toshdek.
Ishq dardiga qo'ydim chek.
Bir ko'rganimda shuni.

Tilim aylanmay qoldi.
Boshimga ne kun soldi.
Butun aqlimni oldi.
Bir ko'rganimda shuni.

Avvalroq tug'ilsaydim.
Farhodga do'st bo'lardim.
O'l desa gar o'lardim.
Bir ko'rganimdan shuni.

Jar solibon olamga.
Loyiq deyman bu nomga.
O'xshatdim-ey madamga.
Bir ko'rganimdan shuni.

Ibtidoim yor vasli.
Yo go'zal tutdi kasri.
Gulladi baxtim qasri.
Bir ko'rganimdan shuni.

Sevar Mansur mast bo'lgan.
Ishqqa qastma-qast bo'lgan.
Oshiq bo'lganin bilgan.
Bir ko'rganidan shuni.
✏️@sevarmansur📜
🌅🇺🇿VATAN HIMOYACHILARIGA.🇺🇿🌃

Bilsang yaqin do'stkan yurt.
Yuzlab millat o'sgan yurt.
Shaningga tushirmay qurt.
Umringni qoplamay murt.
Vatanni qil himoya.

Sodiq bo'lsang kifoya.
Hech kuning qilma zoya.
Dushmanga turib qoya.
Issiqda bo'lib soya.
Vatanni qil himoya.

Erki baland o'zbeksan.
Qaddi baland o'zbeksan.
Jonga payvand o'zbeksan.
Aylanay shu o'zbekdan.
Vatanni qil himoya.

Ota so'zidek aziz.
Ona ko'zidek aziz.
Qirqga bo'lib bir magiz.
Yegan ota-bobomiz.
Vatanni qil himoya.

Yovga qilma oshnolik.
Hech ko'rmaysan ro'shnolik.
Haq yo'lga bo'lib sherik.
Lahza tortmasdan hadik.
Vatanni qil himoya.

Tinchlikga ko'z tegmasin.
Bugun juda ulug' kun.
Yulduzli musaffo tun.
Ayamagan bor budin.
Vatanni qil himoya.

Yurtni qo'riqlar mardlar.
Shunga obod sarhadlar.
Ko'pdir orzu maqsadlar.
Bosibon dadil shaxtlar.
Vatanni qil himoya.

Yurtboshimizga raxmat.
Shuncha mehr muhabbat.
Deydilar:Bo'lma loqayd.
Sevar Mansur to abad.
Vatanni qil himoya.

14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan butun halqimizni, mard jasur o'g'lonlarimizni chin qalbimdan tabrikliman. Vatanimizning tinchligiga ko'z tegmasin.✏️@sevarmansur📜