Seul Global Markazidagi tajribam
3.39K subscribers
1.1K photos
46 videos
58 files
305 links
Kanalning asosiy maqsadi - Seul Global Markazida bir necha yillik tajribam asosida SIZning Koreya jamiyatida yetuk chet ellik fuqaro sifatida rivojlanishingizga hissa qo'shishdan iborat.(Shahnoza)

Murojaat uchun: infokor220@gmail.com
Download Telegram
Vatanimdan uzoqda yashar ekanman, mamlakatimizda bo’layotgan har bir yangiliklarni kuzatishga harakat qilaman. Tanishlardan, do’stlardan o’zgarishlar haqida so’raganimda, mamlakatimiz qurilishlar bilan obod bo’layotganini aytishadi.
Bugungacha ko’p davlatlarda bo’ldim. Men uchun biror davlatning rivojlanishini belgilovchi omil bu - ko’priklar, baland binolar yoki yuqori texnologiyadagi shaharlar emas. Men mamlakat rivojini bolalar o’limining kamligiga nisbatan belgilayman.

UNICEF xalqaro bolalar tashkilotining rasmiy ma’lumoti bo’yicha, 2018-yili respublikamizda besh yoshga to’lmagan bolalarning o’limi 22mingdan ko’p qayd qilinibdi. Shuncha norasida bolalar vafot etgan! Yaponiya aholisi 126milliondan ortiq. Ulardagi bu raqam har yili 2500 nafar ekan. Yaponiyaning aholisi bizning aholidan to’rt barobar ko’p. Boshqa davlatga qarasak, masalan, Janubiy Koreya. O’tgan yili 3mingga yaqin besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi qayd qilingan.

Bizdagi raqam nega ocharchilikda yashayotgan Afrika davlatlaridagi kabi yuqori? Nega? Rahbarlarning, boshqaruvdagi insonlarning aybi deysizmi?

Minglab bolalarning o’limiga hammamiz mas’ulmiz. Barchamiz aybdormiz. Mast holatda ulov boshqargan haydovchi aybdor, puli yo’qligi uchun bemorlarga qaramagan shifokor aybdor, iste’mol mahsulotlarini yaroqsiz qilib ishlab chiqarayotgan tadbirkor aybdor, chorvasini sun’iy semirtirgan fermer aybdor, poraxo’r xodimlar aybdor, o’quvchilarning bilim olishiga emas, diqqatini kiyinish va intizomiga qaratgan o’qituvchilar aybdor! Ya’ni siz-u biz, hammamiz aybdormiz. Chunki o’z vazifamizni chin dildan bajarmaymiz.

Boshqalar mas’uliyatli bo‘lganda, boshqalar insofli bo‘lganda, boshqalar halol bo‘lganda emas, har bir inson, men va siz, o‘zimiz shaxsan bu sifatlarga
ega bo‘lishga intilganimizda va bo‘lganimizda rivojlanamiz...
Manba: Sanjar Xo’ja “Qadam” kitobi 143-bet
@seul_global_markazi
Авваллари ҳамма сингари 10-15 йилда бизни давлатимиз ҳам ривожланиб кетади. Ҳали ёш давлат,мустақил бўлганимизга кўп бўлмади деб ўйлаб юрардим.
Бугун бир илмий ишини Ўрта Осиё давлатлари ҳақида ёқлаган Иқтисодчи профессорни гапини эшитдиму,жудаям яхши кўриб,орзу қилиб юрган ўйинчоғини ололмаган ёш боладек ғамгин бўлиб қолдим.
Яъни: ЯПОНИЯ ДАВЛАТИ АГАР ҲОЗИР 2020 ЙИЛДА ТЎХТАСА,ҲАММА ФАОЛИЯТИ ЎСИШДАН ТЎХТАБ ҲОЗИРГИ ҲОЛАТИДА ТУРСА,ЎЗБEКИСТОН 170 ЙИЛДА ЕТИБ ОЛАР ЭКАН ЯПОНИЯНИ ДАРАЖАСИГА.
Ҳайрон бўлиб ўша профессордан сўрадим: Японлар қандайдир 30-40 йилда эришган натижасига биз 170 йилда етамизми?
-Ҳа, агар ҳозирга темпда кетсаларинг шундай.

Кайфиятдан асар ҳам қолмади. Бошқа савол бергин келмади. Турқини ҳам кўргим келмади. Шу одамни. ( Ҳудди, у одам айбдордек). Салкам икки аср орқада яшаябмиз экан. Демак, газ,чироқ яна бир қанча муаммолар бўлиши табиийдек туюлиб кетди манга.

https://t.me/BahodirIskandarov
Kaminaning ijodidan. Ayniqsa stress olgan paytda yaxshi yordam beradi.
To'g'risini aytsam, menga stress haqida tushuncha Koreyaga kelib paydo bo'lgan. Menimcha O'zbekistondagi 'siqilyapman' so'zi Koreyadagi 'stress olyapman' sinonimiga almashildi.)))
@seul_global_markazi
Forwarded from FARZAND TARBIYASI 🌙
❗️ Farzandingizga dori olayotganda e’tiborli bo‘ling!

Bolangizni biror shifokorga ko‘rsatganingizda, dori yozsa, joyining o‘zida o‘sha dorining boshqa analoglari ham bormi deb albatta so‘rang. Odatda keng tarqalgan kasallar uchun dorilarning analoglari albatta bo‘ladi. Vrachlar baʼzida shunday dorini yozadiki, uni bir nechta dorixonadan qidirib zo‘rg‘a topasiz. Qanday qilib nisbatan kengroq tarqalgan kasallik uchun dori faqat sanoqli dorixonada bo‘lishi mumkin? Aqlni ishlating.

Ikkinchidan, har bir analogni internetdan qidiring, qaysi davlatlar ishlatishga ruxsat berganiga qarang. Baʼzida shunday dorini aytishadiki, uni faqat O‘zbekistonda foydalanishga ruxsat berishgan bo‘ladi. Rivojlanganroq, korrupsiya kamroq davlatlarda ruxsat berilgan bo‘lsa, o‘sha analogni olishga harakat qiling. Nomi faqat O‘zbekiston saytlarida chiqqan, faqat O‘zbekistonda ruxsat berilgan dorilardan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, u dorini avval hech qachon olmagan bo‘lsangiz.

Yana bir yo‘li. Agar vrach shu doridan boshqasi yo‘q deb turgan bo‘lsa, boshqa vrachga ham ko‘rsating. Katta ehtimol bilan bunaqa vrachlar yoki ular ishlaydigan klinika va farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida kelishuv bor bo‘lishi mumkin.

Dorixona sotuvchisidan dori tavsiya qilishini so‘rash o‘ta ketgan ahmoqlik. Sotuvchi hech qachon siz uchun masʼuliyatni bo‘yniga olmaydi. Qaysi dorini ko‘proq o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘shani tavsiya qilib yuborishi mumkin.

Davlat fuqarolarning sifatli doriga bo‘lgan huquqini yetarlicha himoya qila olmayotgan ekan, ehtiyot bo‘lavergan yaxshi. Odamlarning vijdoniga ishonish kerak emas, pul uchun har narsadan qaytilmaydigan zamon va makonda yashayapmiz.

Xurshid Yo'ldoshev

👉 @bola_tarbiyasi
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
"Dok-1 Maks" dorisi sababli o‘lgan bolalar soni 19ta bo‘ldi. Bu faqatgina rasmiy ma'lumot. Aslida nechta, siz tahmin qiling.

Bolalarning aybi nima edi?
Aybi O‘zbekistonda tug‘ilganimi?

Lekin... Lekin, Tibbiyot vaziri ishdan olinmadi. Hech bir amaldor xalqdan kechirim so‘ramadi. Katta va asosiy aybdorlar jazolanmadi. Motam e'lon qilinmadi. Aksincha, bayramga tayyorgarliklar avjida.

Endi bir savol:
19ta boladan bittasi Prezident nevarasi bo‘lganida nima qilinardi? Vaziyat hozirgidek bo‘larmidi?

Menimcha yo‘q. Vazir ham, dori mafiyasi kattalari ham qamalardi. Yetti sulolasi mahallada bosh ko‘tarolmaydigan bo‘lardi. Mol-mulki musodara qilinardi.

Shunday ekan, "xalqim, adolat, tenglik" kabi gaplar minbarda aytilsa, safsataning g‘irt o‘zidir. Eng kamida men uchun!

@sanjar_xoja
O’zi bugun boshqa post ustida ishlamoqchi bo’lib turgan edim. Lekin O’zbekistondagi bolachalar bilan bog’liq fojia ruhiyatimga ta’sir qildi.
To’g’risi, O’zbekistondagi siyosat haqida fikr bildiradiganlar ko’p chiqadi deb o’ylamagandim. Telegram yoki facebook sahifalarimizni Koreyadagi yangiliklar bilan o’zlarini chegaralamasdan, bir vaqtning o’zida yurtida ham nima sodir bo’layotganligi haqida fikr yuritadiganlar, mulohaza qiladigan hamfikrlarni ko’rib xursand bo’ldim. Boringizga shukur!! Musofir yurtda doim Alloh panohida bo’ling!!!
@seul_global_markazi
2023-yildan boshlab E-9 viza egalariga 10yillik viza muddati berilishi haqida
@seul_global_markazi
2023-yildan boshlab D-2 vizasidan E-9 vizasiga o’zgartirish haqida
@seul_global_markazi
Forwarded from Distance_korea
Koreya hukumati 2023-yildan boshlab IT mutaxassislari uchun yangi turdagi Vizani taqdim etmoqchi.

Ushbu Viza turi robototexnika, biotexnologiya va boshqa axborot texnologiyalari yo'nalishida, o'z sohasining yetuk mutaxassislarini Janubiy Koreyada ishlay olishlari uchun taqdim etiladi.

Ushbu Viza E-7 viza ostida yaratilayotgan yangi kategoriyadagi viza hisoblanib, u E-7-S deb nomlanadi.


"Bizning kelajakda immigratsiya siyosatidagi asosiy yo'nalishimizlarimizdan biri, yuqori texnologiyalar sanoati uchun malakali ishchi kuchlarini jalb qilish va ularni Koreyaning rivojlanishiga ixtiyoriy ravishda hissa qo'shishlariga undashdir. Shu bilan birga, ayni paytda Janubiy Koreyada noqonuniy qolishni qat'iyan taqiqlaymiz va tartibni saqlaymiz", deydi Adliya vaziri Xon Dong Xong.
Manba

Hujjat va apostil ishlari uchun : 010-3313-2992. Obid.
@obid2992

@distance_korea