Seul Global Markazidagi tajribam
3.39K subscribers
1.1K photos
46 videos
58 files
305 links
Kanalning asosiy maqsadi - Seul Global Markazida bir necha yillik tajribam asosida SIZning Koreya jamiyatida yetuk chet ellik fuqaro sifatida rivojlanishingizga hissa qo'shishdan iborat.(Shahnoza)

Murojaat uchun: infokor220@gmail.com
Download Telegram
Savol: Immigratsiya ruxsatini olmasdan ishladim, korxona pulimni bermayapti. Mehnat vazirligiga ariza qilsam, immigratsiya sistemasida ko'rinmaydimi?
@seul_global_markazi
Bugun 민폐 tushunchasi haqida yozmoqchiman.

민폐 so’ziga 나무위키da yozilgan ta’rifni havola etaman: 민폐(民弊)라는 말의 사전적인 뜻은 민간에게 끼치는 폐해다. 흔히 개인 또는 다수에게 피해를 주는 행동을 말한다.

Tarjimasi: 민폐 deb boshqalarga yetkaziladigan zararga aytiladi. Odatda biron bir shaxsga yoki ko’pchilikka zarar yetkaziladigan holatlarda bu so’z ishlatiladi.

Nimaga bu mavzuni yoritmoqdaman, sababi jamiyatimizda ko’pchilik o’zi bilmagan holda boshqalarga zarar yetkazib yuradi. Bunga misollar:

1.Biron bir yig’ilishga aytilgansiz, lekin aytilgan paytdan yarim soat yoki bir soat kechikib yetib bordingiz. Bu harakatingiz bilan siz aytilgan joyga o’z vaqtida yetib borganlarga zarar yetkazgan bo’lasiz. U odamlar sizni kutishlari kerak bo’ladi va rejalar orqaga surilishiga sabab bo’ladi. Bu orqali u odamlarning qimmatli vaqtini o’g’irlagan bo’lasiz. Bu 민폐 deyiladi.
Odamlarni kuttirishga qo’shimcha qiladigan bo’lsam, hech qachon samolyotga va KTXga kechikmaysiz, sababi samolyot va KTX sizni kutib turmaydi va ancha pulingiz ketgan bo’ladi. O’rtoqlarni esa kuttirsangiz ham bo’ladi, chunki pulingiz ketmagan.

2.Biron bir shifoxonaga soat nechigadir boraman deb vrach qabuliga yozilgansiz. Siz koreys tilini bilmaganingiz uchun shifoxona siz uchun o’zbek tilini biladigan tarjimonni ham o’sha paytga chaqirtirib qo’ygan, albatta shifoxona tarjimonni pulga chaqirgan. Vrach qabuliga esa siz bormadingiz, sababi esingizdan chiqqan edi yoki boshqa muhimroq ishlaringiz chiqib qolgani uchun shifoxonaga bormaslikka qaror qildingiz. Bu haqda esa shifoxonani ogohlantirib ham qo’ymadingiz. Bu harakatingiz bilan siz shifoxonaga, vrachga va tarjimonga zarar keltirdingiz. Hammaning qimmatli vaqtini o’g’irladingiz. Agar bora olmasligingizni bir necha soat oldin aytib qo’yganingizda edi tarjimon ham ovora bo’lib uyerga bormagan bo’lar edi. Bu ham 민폐 deyiladi.

3.Biron bir tanishingizning shaxsiy telefon nomerini o’zidan so’ramasdan boshqa odamga berdingiz. U odam esa tanishingizga telefon qildi yoki sms yozdi va u tanishingiz begona nomerdan telefon yoki xabar kelganini ko’rib ko’ngli xijil bo’ldi. Sababi u tanishingizga odatda begona raqamdan telefon yoki xabar kelmaydi. Bu holatda siz u tanishingizga zarar keltirdingiz(Bu ham 민폐 deyiladi). Sababi telefon raqam shaxsiy ma’lumot hisoblanadi va shaxsiy ma’lumotni u odamni o’zidan ruxsatsiz tarqatish yaxshi emas. Shaxsan o’zim eng yaqin odamimam boshqa tanishimni telefon raqamini so’rasa, avval u tanishimga yozib o’zidan ruxsat so’rayman, keyingina beraman, agar u tanishim raqamimni bermang desa bermayman. Bu narsa oddiy etika hisoblanadi.

4.O’zingiz nelegalsiz va Koreyada qonuniy yurgan o’rtog’ingizga siz uchun o’z nomiga mashina olib berishini iltimos qildingiz. U o’rtog’ingiz ham o’zbekchilik deb sizni iltimosingizni bajardi. Lekin necha oy o’tib mashinani avariya qildingiz. O’z nomiga sizga mashina olib bergan o’rtog’ingiz necha oy davomida boshi og’rib, militsiyaga qatnashiga to’g’ri keldi. Shu harakatingiz orqali siz o’rtog’ingizga kattagina zarar keltirdingiz, ya’ni 민폐 끼치다 qildingiz.

Bunaqa misollar yozsam judayam ko’p. Shunchaki shu boshqalarga zararim tegmasin,민폐 끼치다 qilmay degan tushuncha bilan yashasak hayotimiz yanada go’zallashar, odobimiz bilan boshqalargayam o’rnak bo’lar edik.

✍️Post muallifi: Feruza Buranova
Fbdagi "Uzbekistan students in Korea" sahifasidan olindi.

@seul_global_markazi
G'arbda islomni ko'rdim, musulmonlarni ko'rmadim.

Sharqda musulmonlarni ko'rdim, islomni ko'rmadim.


Iqtibos muallifi esimda yo'q.
@seul_global_markazi
Mana masalan, bolalar uchun chiqarilgan "Oltin olma" degan ertak kitobidan bir hikoya.

"Aholining ko'pi musulmonlar bo'lgan o'zimizda nahot bolalar uchun shunday kitoblar chiqsa?!" deb yoqqangizni ushlaysiz. Yana boshqa tilda emas, o'zbek tilida!

Qani bu yerda milliy qadriyat!
Qani bu yerda islomiy qadriyat!
Qani bu yerda haqiqiy musulmon ummatiga xos sifat!
Qani bu yerda sharm-hayo!
@seul_global_markazi
Forwarded from SALOM KOREYA kanali
📣 Janubiy Koreyada 2024-yilning Ramazon Hayiti 10-aprel (chorshanba) kuni

Koreya Musulmonlari Federatsiyasi (KMF)ning rasmiy xabariga ko'ra Koreyada 2024-yilning Ramazon Hayiti 10-aprel (chorshanba) kuni deb e'lon qilindi.

Koreyada 2024-yil uchun fitr sadaqasi (fitr zakoti) har biri kishiga eng kamida 9,000 von deb belgilandi. Fitrni Hayit namozigacha beriladi.

Manba: [link]

Kelayotgan Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin, azizlar!

———————————
🔸 Hayit namozini o'qish tartibi: [video]

🔸 Koreyadagi masjidlar: [link]
(borishdan oldin tekshirib oling)

🔸 Koreyada masjidlar manzilini topishning oson yo'li: [link]
———————————

Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea

Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya

Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup

Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin~
Musofir yurtda tutgan ro'zalaringiz va amallaringiz ilohim ijobat bo'lsin~
@seul_global_markazi
Insonning farishtalardan ustunligi nimada deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
39%
Ibodatda
67%
Ilm-ma'rifatda
Haqiqatan ham, Alloh Baqara surasining 33-oyatida insonni farishtalardan ustunligini ilm-ma'rifatda deb ta'kidlaganini ko'rishimiz mumkin.

Aslida islomda ilmga nisbatan diniy yoki dunyoviy deb ajratilmagan. Bo'lmasa bizdan Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Ulug'bek kabi olimlar chiqmas edi.
@seul_global_markazi
Forwarded from SALOM KOREYA kanali
📌 2024-yilning Ramazon oyi davomida o'tkazilgan onlayn suhbatlarning audio-qaydlari

Koreyaga kelgan yurtdoshlarimizning viza va immigratsiya bilan bog'liq muammoli murojaatlari bo'yicha shu yilning Ramazon oyi davomida ularga maslahat va yechim berish, hamda to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatish maqsadida @SalomKoreya guruhida bir necha marta jonli suhbat o'tkazilgan edi.

Mana shu suhbatlarda qatnasha olmaganlar uchun va umuman keyinchalik ko'pchilikka yana ham ko'proq foydasi tegishi uchun ularning audio-qaydlarini quyida jamlab keltiramiz.

Bu suhbatlarda hozirda juda ko'pchilik duch kelayotgan va hali yana duch keladigan muammolar haqida gap ketgan. Vizaga nafaqat ta'sir qiladigan, balki uni bekor qilib yuborishgacha olib boradigan muammolardan uzoqroq yurish uchun ham hammasini eshitib chiqishni tavsiya qilamiz.

🎙 1-suhbat (link)

🎙 2-suhbat (
link)

🎙 3-suhbat (
link)

🎙 4-suhbat (
link)

*Eslatmat❗️
Suhbat davomida tilga olingan ayrim tartib-qoidalar, qonunlar vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Viza masalalari bo'yicha eng oxirgi ma'lumotni har doim 1345 orqalli olish mumkin. 1345 xizmatidan bepul va samarali foydalanish haqida quyidagi linkdagi alohida jonli suhbatning 1-qismida ancha ma'lumot berilgan.

#murojaatlar

Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea

Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya

Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup

Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
Forwarded from SALOM KOREYA kanali
D-2, D-4 유학생 시간제 취업 (아르바이트).pdf
1.8 MB
Talabalar Koreyada qonuniy ishlay oladimi?

D-2, D-4 유학생 시간제 취업 (아르바이트) 허가


Ushbu postga ilova qilingan PDF faylda:
🔸 haftalik soatbay ishlash uchun immigratsiyadan oldindan ruxsat olish shartlari,
🔸 tartib-qoidalari,
🔸 ruxsat olish talab qilinmaydigan holatlar,
🔸 ruxsat berilmagan va cheklangan sohalar,
🔸 kerakli hujjatlar,
🔸 noqonuniy ishlashning oqibatlari haqida ma'lumot keltirilgan.

Unutmang‼️
"Talabalar haftasiga ma'lum soat ishlashi mumkin" degan gap ruxsat olmay, istagan ishida, istaganicha ishlashi mumkin, degani emas.

#시간제취업 #parttime

Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea

Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya

Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup

Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
Talabalarning ta'limga bo'lgan munosabatlari va pushaymonliklari

SGMda ishlagan vaqtimda talabalarning pushaymon bo'lganliklari, qaytadan vaqtni qaytara olmasliklari, yordam bergim kelsa ham, yordam berolmasligimni bilib, "Qaniydi, shular ertaroq maslahat so'raganlarida edi" deb qolardim.

Shunga shu haqiqatni yana bir qator eslatish maqsadida tajribamdagi real voqealarni bo'lishyapman. Shu yo'lda bo'lsangiz,hali kech bo'lmasdan, tezroq qaytishingizni tilab qolaman.

1."O'rtog'im bilan 배달 (yetkazib berish xizmatida) ishladik. To'g'risi, 2oyga topadigan pulni 1oyga topdik, "keyin shu ish tog'ri keldi" deb ishlab yursak kecha birdan immigratsiya xodimlari kelib hammani so'roq qildi. Afsuski, anchadan beri ishlayotganlarni jarimasi ko'p chiqadi, davlatdan chiqib ketishishiga to'g'ri keladi deb aytyapti".

2."Zavodda kechasi ishlardim, kunduzi o'qishga qiynalardim, "shu zavodda yaxshi topayapmanku" deb o'qishni yig'ishtirib qo'ydim. Lekin uyga boraman desam yana nima qilishni bilmay qolyapman. Uylanish vaqti ham bo'lib qoldi, lekin O'zbekistonga borsam, na bir diplomim bor, na bir boshqa, nima bilan shug'ullanaman hayronman. Shunga bormay yuribman".

3." Kontrakt pulini to'lashga qiynaldik. Bitta advokat aka "G-1 vizaga o'zgartirib beraman, bemalol ishlab yurasiz, muhimi nelegal emassiz, keyin yana bemalol D-2 o'tkazasiz" degan gapiga ishonibman. Keyin bilsam, umuman almashtira olmas ekanman".

Xulosa o'zingizdan.

@seul_global_markazi
Noqonuniy ishlaganlik jarimasi haqida
@seul_global_markazi
​​18+

• Бугун сизларга айтиб бермоқчи бўлган ҳикоям "Қиш сонатаси" ҳақида. Бундан бир ойларча олдин, ишдан чиқиб поездда уйга қайтаябман. Ёнимда 3 та Корейс миллатига мансуб 2 та йигит ва битта қиз кетаябди. Уларни ёнида битта Европалик йигит ҳам бор. Инглиз тилида гаплашиб кетишаябди.

• Уларни гапларини эшитиб, Японияда талаба эканликларини иш топишга қийналишаётганларини тушундим. Бир яхшилик қилгим келиб кетиб, уларга гап бошладим.

• "Ҳелло, мабодо иш топишда қийналаётган бўлсанглар мен ишга олишим мумкин" дедим. Бу гапимни эшитиб, онасини кўрган гўдакдек кўзлари чарақлаб кетди. Гаплашдик. Ташриф қоғозимни (Визиткамни) бердим. Эртаси куни телефон қилишиб, сухбат кунини белгиладик. Сухбат бўлди ва Парт тайм (Соатбай) ишга олдим.

• Мен уларни исмини эслаб қололмаганим учун, Жунсанг, Менхи ва битта чиройли Корейс қизини Юн хи деб чақирар эдим.
Бир ойча ишлаб, яхши пул топишди. Кейин учаласи мени ўтиришга таклиф қилишди. Борсам: "Сизга қандай рахмат айтишни билмаябмиз, рахмат маъносида пулми, совғами, кўнглингизда нимадир бўлса айтинг, учаламизни номимиздан берамиз" дейди.

• Уларни бу гапини эшитиб: "Жунсанг билан Менхи сизлардан ҳеч қандай совға керакмас, фақат шу Юн хини совға қилиб беринглар" десам, қаҳ-қаҳ отиб кулишди. Кейин ҳазилдан ташқари: " Сизлардан менга ҳеч нарса керакмас, фақат битта илтимосим: Биламан ҳаммаларингиз, Японияда Университетни битириб, Кореяга қайтасизлар, Кореяда яхши-яхши жойларда ишлайсизлар. Ўша пайти, Японияда бир Ўзбек бизга ёрдам берган эди деб ўйлаб, Кореяда бирорта қийналиб қолган Ўзбекни кўрсаларингиз ёрдам беринг. Кореяда Ўзбеклар жуда кўп. Ишонаманки ҳаётингизда бир марта бўлса ҳам имкон бўлади ёрдам беришга" дедим. Ҳаммаси ёрдам беришга ваъда беришди.

• Қиссадан ҳисса, дунёнинг кўп жойларида катта-катта жойларда ишлаётган, яхши натижаларга эришган юртдошларимиз бор. Сизлар ҳам кам-камдан бўлса ҳам шундай пропаганда билан шуғуллансангиз, миллатимиз имиджига, миллатимиздаги чет элда қийналганларга озгина бўлса ҳам ёрдам бўлар эди. Ман ўзим кичкина жойда ишласамда, Рус, Корейс, Европалик, Ветнамлик ва бошқа кўплаб миллатларга ёрдам бериб, ҳаммасини қулоғига шунақа гапни қуяябман. Сизлардек катта натижаларга эришганлар ҳам шундай қилишса, нимадир фойдаси бўлар, ёки мен ҳақманми?😀
Бўлди, пост шу жойда тугайди. Энди бир яхши қўшиқ эшитиб ухлайман:

ОЛИСДАГИ МАҲМАДОНА ЭЙ ҚАРИ ОЛЧОҚ,
БИЗГА ҚАНДАЙ ЯШАМОҚНИ ЎРГАТМАГИН СЕЕННННН))

Ким холасини ва аммасини яхши кўрса лайк боссин)
1)O'zingiz haqida qanday fikrdasiz?
(Farzandingiz o'zi haqida qanday fikrda?)

2)Siz haqingizda boshqalar qanday fikrda?
(Farzandingiz haqida boshqalar qanday fikrda?)
@seul_global_markazi
Shu ikkita savoldan qaysi biri ko'proq diqqatingizni tortadi?
Anonymous Poll
80%
1-savol
23%
2-savol