Session is mission
1.36K subscribers
96 photos
6 videos
195 files
98 links
🌐 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Be part of us and save your money for your education.
Download Telegram
Diplomatiya baza.docx
23.7 KB
Exeldagi bazaning word versiyasi
📍 Oʻtirish mumkin , lekin turish mumkinmas, konyak bilan desert yeyish mumkin, lekin choy ichish mumkinmas 🌝

Ayol va erkak birga oʻtirish mumkin, liker va konyak bilan desert tortiladi.
11;00 da kirib chiqqanlar
Iloji boʻlsa qanday savollar tushganini ushbu chatga https://t.me/sessionchat1 yozing
Uzbda Diplomatik boshliq darajalar 3 ta ekan.

Diplomatik belgilar 11 ta
Savollar muhokamasi-> bu yerda 👉 https://t.me/sessionchat1
Diplomatiya asoslari fanidan oʻta oldingizmi?
Anonymous Poll
87%
Ha , oʻtdim
13%
Qayta topshirishda, albatta, oʻtaman
1
505713554-Intermediate-Unit-Tests.pdf
908.5 KB
Ingliz tillidan intermediat unit testlar. Yakuniy shundan tuziladi 90%.

Kanal linki - https://t.me/+-uobrF-2o4M0ZDIy
Biz sizlarga ishonamiz 🤝
Upper Intermediate testlari javoblari
👍1
Ingliz tili yakuniy imtihoni uchun zaruriy manbaalar;

👉 Intermediate - https://t.me/c/2072855763/768

👉 Upper - intermediate - https://t.me/c/2072855763/773

👉 Advanced - https://t.me/c/2072855763/769

Kanal linki ; @sessionismission
⁉️ Bu kamchiliklar faqat " Diplomatiyadami" yoki "Oliy taʼlim " da hammi ?

✓ Mana , 1- kursni tamomlash arafasidamiz, lekin hech oʻylab koʻrdingizmi abituriyentlik davrdagi ilmga chanqoqlik shashtini oʻzimda saqlab qola oldimmi yoxud bir yil nimalarga erishdim va nimalardan ayrildim deb ? Yoʻq, albatta, hammamizning fikr-u xayolimiz sessiyadan eson-omon oʻtib olsam boʻldi degan paradox bilan qoplangan . Bunga kim sababchi? Oʻzimizmi yoki universitet va tizim? Keling bir tahlil qilib koʻraylik...

! Qancha ilmlilar va "ilmlilar" orasidan saralanib eng nufuzli sanalgan Diplomatiyaga qabul qilindik, taʼlim sifati va shart-sharoit qolgan univerlarga qaraganda haqiqatan yaxshi boʻlsa-da, ammo koʻngilni ranjitadigan holatlar ham talaygina , buni 3 ta misol orqali yoritib berishga harakat qilaman;

1) Kredit-modul tizimi . Bu tizimni barchamiz yaxshi bilamizki, ya' ni u bizning taʼlim olishda erkin tanlov eshiklarini ochish kerak. Ammo u o'zbeklashdi . Kredit tizimi oʻz ishini qoyil-maqom bajarib , talabalardan jarağ-jarağ pul olishni uddalayapti, lekin modul-chi?. Tizim hokimiyatning ham , talabaning ham istagini amalga oshirish kerakmasmidi. Biz erkin taʼlim olishimiz uchun , oʻqituvchilarni va fanlarni mustaqil tanlash imkoniyatiga ega emasmidik. Ayni shu sababli , oʻzim ham baʼzi fanda sifatsiz oʻqituvchi qoʻliga tushib qoldim, rosti oʻsha fandan bezib ketdim. Register officega ancha yugur -yugur qildim , ammo oddiygina "yoʻq, mumkin emas" javobini oldim. Axir , men kontrakt to'layotgandim, sifatsiz oʻqituvchilar oyligi uchun.

2) Sifatsiz "fanlar doktori" va "professor"lar. Haqiqatan, sifatli va oʻz ishiga masʼuliyatli , jonkuyar pedagoglar ham talaygina ( " ребята") , ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor , unvoni "dotsent, professor, fanlar doktori" lekin dars oʻtish mahorati faqatgina leksiyada yaxshi uxlashimiz uchun yordam beradiganlari ancha-muncha topiladi. Oʻsha "professor"lar dars davomida ham ijtimoiy tarmoqlarida ham faqat oʻzini maqtash yoki qaysi nevarasini yaxshi koʻrishini, ularning rasmlarini joʻnatish bilan ovvora, lekin u oʻtayotgan fan bizning "спец" fanimiz edi..... Shaxsan oʻzim ham shunday holatni boshimdan kechirganim uchun, koʻnglim bezib ketdi, va rosti oʻsha fan leksiyasiga semestr boshida bir va oxirida bir marotaba kirdim. Bu nimaga olib keladi, bitta narsa u ham boʻlsa, talabaning taʼlim olishdan koʻngli sovushi. Shu "спец" fanimizdagi chalasavod "professorlar " oʻrniga, yetuk Hamid Sodiq , Muhammadali Eshonqulov yoki boshqa oddiy boʻlsa ham oʻz kasbining ustalari kirsa, qaysi talaba darsdan qochadi yoki óqimaydi deysiz? Hammamizda ishtiyoq qayta alangalanardi.Ammo oʻzimizda ham haq-huquqmizni talab qilish sovuqqonligi yetishmadi.

3) Tadbirbozlik. Universitetimizdagi "kattalarning" aytishicha , agar tadbirlarda faol qatnashib , ijtimoiy hayotda faol boʻlsak , ertaga vazirlikka kirishimiz oson boʻlarkan. Bir qiziqib men ham tadbirga qatnashamanmi desam, " Sizni ertaga boʻlib oʻtadigan UWED dance , UWED disco tadbirlariga taklif etamiz " . Bularni eshitib mayli vazirlikka omasa ham mayli degan fikrni ichimdan oʻtkazdim. Biz raqqos kiyimlarni kiyib sahnada yallamo-yallo qilish uchun tun-u kun oʻqidikmi? Yana bir misol keltiraman , " Cross culture" tadbirida xalqlar madaniyatini namoyish qildi. Ammo bizda madaniyat, urf-odat bu davlatning raqsi degan notoʻgʻri sterotip mavjud. Hindcha sari kiyib olib yoki gruzincha liboslar bilan sahnada oʻynashdan bizga qanaqadir taʼlim va ilmiy jihatdan manfaat bormi? Shuning oʻrniga nima uchun Yaponiya madaniyati bunday koʻrinishga keldi ?Qanday qilib hindlar tabobatda bunday darajaga yetdi ? degan narsalarni ochib berish bizga manfaatli emasmidi?

📍 Bularni oʻqib siz noshukur ekansiz, shunday universityda oʻqiysiz deganlar topiladi. Ha yaxshi jihatlari moʻl, ammo yuqoridagi kamchiliklar taʼlim olishimizda oyogʻimizdan bolta urayotgani ayni haqiqat.

Baribir Univerimiz eng kuchlisi.

Yuqoridagi fikrlarga sababchi boʻlgan video -> https://youtu.be/eGp6VIVzyIk?si=lfu3hgEJvGtNUhls ,albatta koʻring!

⁉️ Ayb kimda ekanligini oʻzingiz xulosa qiling.

© N.I
👍93💯3👎1
Qayta topshiruvchilar uchun kerakli ma'lumotlar .

👉 Macroeconomy - https://t.me/sessionismission/720

👉 Rus tili 1-semestr - https://t.me/sessionismission/740?single

👉 Rus tili 2-semestr- https://t.me/sessionismission/744

👉 Falsafa - https://t.me/sessionismission/835?single

👉 Ingliz tili 2-semestr- inter- https://t.me/sessionismission/768
Upper - https://t.me/sessionismission/773?single

👉 Diplomatiya asoslari - https://t.me/sessionismission/757

👉 Siyosatshunoslik 1-https://t.me/sessionismission/400

Agarda yana qaysidir fandan maʼlumot kerak boʻlsa , izohda qoldiring.

@sessionismission
🔥4
Session is mission pinned « Qayta topshiruvchilar uchun kerakli ma'lumotlar . 👉 Macroeconomy - https://t.me/sessionismission/720 👉 Rus tili 1-semestr - https://t.me/sessionismission/740?single 👉 Rus tili 2-semestr- https://t.me/sessionismission/744 👉 Falsafa - https://t.me/se…»