Session is mission
1.36K subscribers
96 photos
6 videos
195 files
98 links
🌐 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Be part of us and save your money for your education.
Download Telegram
Bugun "Roman- German va Sharq tillari " kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan xorijiy tillar taqdimotida 11 ta xorijiy tillar haqida ma'lumot berib oʻtildi.


1- bosqich talabalari oʻrtasida xorijiy tillar tanlovi taxminan bir haftadan soʻng LMS platformasida boʻlib oʻtadi.( Tanlov kuni va vaqti kafedra tomonidan e'lon qilinadi)

📍Kvotalar fakultetlar miqyosida taqsimlanadi.

@sessionmission
Diplomatiya asoslari fani uchun maxsus: Muzokaralar olib borishning milliy va hududiy xususiyatlari:

Amerikacha -- ularda professionalizmga xos xususiyat mavjud, aloqasi yo'q odamlar uchrashuvga kiritilmaydi ular mustaqil qarorlar qabul qilishga moyil, ularga o'ta rasmiy muhit yoqmaydi, baʼzan muzokara jarayonida shiddatli va hatto tajovuzkor siyosat olib borishadi.

Ingilizcha -- inglizlar tayyorgarlik masalalariga juda kam vaqt ajratadi, ular keskinlikdan qochishga harakat qilishadi va asosan suhbatni katta mavzudan emas balki sport, ob-havo va siyosat bilan boshlashni ma'qul koʻrishadi.

Fransuzcha -- ular uchun muzokara keskin suhbatlar asosida bo`lishi oddiy holat, lekin muloyimlik hazilkashlik xushmuomalalik kabi fransuzlarga xos jihat saqlanib qoladi va ertaroq kelishib olishga harakat qilishadi.

Nemischa -- ularning suhbati o'ta quruqligi, muloqot vaqti qatʼiy belgilanganligi bilan ajralib turadi va ular o'ta hisob-kitobli, jiddiy bo'ladi, agar muzokara jarayonida ikkilansangiz taklifingizdan ertaroq voz kechganingiz maʼqul.

Yaponcha -- dastlab ikkinchi darajali masalalar hal qilinadi, keyin bosh masalaga o'tiladi, chalgʻish umuman mumkin emas, muzokarada rahbardan tortib oddiy vakilgacha ishtirok etadi va o'z takliflarini berib o'tadi. Yaponlar sizni diqqat bilan tinglaydi va yana gapirishga undaydi, lekin ko'pchilik buni rozilik alomati sifatida ko'rishadi lekin unday emas.

J. Koreyacha -- koreyslar qarshi tomon bilan hamjihatlik oʻrnatilishi bilan ustunlikni o'z qoʻliga olishga harakat qiladilar, ular hamkorlarini tushunmayotganini bildirmaslikka urinadilar ular qarshi tomon fikriga qo'shilmasligi yoki uning nohaqligi haqida ochiq gapirmaydi va ulardan ham shu holatni kutishadi.

Xitoycha -- xitoyliklar qarshi tomonning tashqi koʻrinishi va oʻzini tutishiga katta eʼtibor qaratishadi, shuningdek ular qarshi tomon vakillari ichidan eng faol va oʻzlari uchun xayrixoh boʻlganlarini ajratib oladi va ana shu kishilar orqali qarshi tomonning nuqtai nazariga ta'sir koʻrsatishga harakat qiladi.

Arabcha -- mahalliy anʼanalarga rioya qilish, ularga hurmatini ifodalash arablar bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishning shartlaridan biridir. Arab olamining mamlakatlaridagi ko'pgina biznesmenlar uchun milliy g'ururchisi xos xususiyatdir. Shuning uchun ular o'z mamlakati tarixi milliy mustaqilligi bilan bog'liq masalalarga katta e'tibor beradi.

"Zamonaviy ishchanlik protokoli va etiketi" kitobidan qisqacha tushuncha.
©Rasulov A. va Tojiyev Sh.

@Sessionmission 👈 kanalimiz

Hamkor kanallar: @Tarixchim_01 🤝 @zafarsarisafar
🎯 Let's get ready to hit upcoming session
👇 Rus tili