Jami daromad xaridorlar tomonidan to'langan va tovarni sotuvchilari tomonidan olingan summadir. TR formulasini toping.
Anonymous Quiz
21%
TR = P /Q
9%
TR= Q*P/2
5%
TR= 2Q/P
65%
TR= Q*P
ishlab chiqaruvchilar ma’lum narx bo’yicha bozorda sotishni ko’zda
tutgan va sota oladigan muayyan tovarning miqdori. Atamani toping
tutgan va sota oladigan muayyan tovarning miqdori. Atamani toping
Anonymous Quiz
9%
Talab
74%
Taklif
6%
Elastiklik
10%
Bozor iqtisodiyoti
Taklifga ta’sir etuvchi omillar notoʻgʻri berilgan javobni aniqlang
Anonymous Quiz
16%
soliq va subsidiyalar o’zgarish
14%
ishlab chiqaruvchilar soni o’zgarishi
58%
Iste’molchilarning didi
13%
texnologiyalar o’zgarishi
Agar davlat tomonidan o’rnatilgan maksimal narx bozordagi
muvozanat narx darajasidan pastda bo’lsa,?...
muvozanat narx darajasidan pastda bo’lsa,?...
Anonymous Quiz
68%
Tovarning taqchilligi kuzatiladi
8%
Minimal narx pasayadi
22%
Tovarning ortiqcha ishlab chiqarilishi kuzatiladi
2%
Maximal narxga yetadi
Agar davlat narxning minimal
darajasini belgilasa va u bozordagi muvozanat narx darajasidan balandroq bo’lsa,....?
darajasini belgilasa va u bozordagi muvozanat narx darajasidan balandroq bo’lsa,....?
Anonymous Quiz
10%
Tovar ayirboshlash hajmi pasayadi
15%
Tovar taqchilligi yuzaga keladi
72%
Tovar ortiqcha ishlab chiqarilishi kuzatiladi
3%
Tovarga boʻlgan talab ortadi
👍1
✅ UWED talabalari uchun 24-28-yanvar kunlari dam olish kuni. 29-yanvar dushanbadan darslar boshlanadi.
⁉️ Ushbu muddat davomida ( ya'ni 24-28-yanvar kunlari) imtihondan yiqilgan talablar uchun qayta topshirish imtihonlari boʻlib oʻtadi. Agar yana oʻzgarish boʻlsa xabar beraman

Nechta imtihondan oʻta oldingiz?
Qayta topshiruvchilar uchun fanlar yuzasidan oʻqilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni tashlab qoʻyaman.

Anonymous Poll
27%
4 ta fandan oʻtdim, 1 ta fandan yiqildim.
20%
3 ta fandan oʻtdim, 2 ta fandan yiqildim .
13%
2 ta fandan oʻtdim, 3 ta fandan yiqildim .
6%
1 ta fandan oʻtdim, 4 ta fandan yiqildim.
33%
Hammasidan oʻtdim .
💔22👍8🥰5😢3😁2👌1
Eng yomoni nima, bilasizmi? "Ajib yangi dunyo", "1984", "Farengeyt 451" kabi antiutopik asarlarni o'qir ekansiz, qandaydir to'qib chiqarilgan, mavjud bo'lmagan, xayoliy jamiyatni emas, ayni paytda o'zimiz yashab turgan jamiyatni ko'rasiz. Bulardagi umumiy xususiyatlar quyidagicha:
1. Shiorlar ko'p bo'ladi. Qayerdaki shior ko'p bo'lsa, bilingki, o'sha yerda korrupsiya ko'p, degan gapni bundan ming yillar oldin Konfutsiy aytib ketgan.
2. Rahbar oldida doim daftar - ruchka bilan shay turiladi. Prezident ishtirokidagi majlislarda, u salom berayotganidayoq muk tushib olib konspekt qilayotgan so'laqmonday odamlarni eslang.
3. Ziyolilar emas, san'atkorlar omma e'tiborida bo'ladi. Bizda olimlarni hech kim tanimaydi, lekin Jahongir Otajonov, yoki Ahad Qayumni hamma biladi. Omma muhokama qilayotgan narsalar juda mayda.
4. Tadbirbozlik juda ko'p bo'ladi. Ma'naviyat markazi, Yoshlar Ittifoqi kabilarning hayotdan maqsadi tadbir uyushtirish. "Ajib yangi dunyo" da eng quyi qatlam uchun doimiy bayramlar uyushtiriladi. Xalq yengil narsalar, o'yin - kulgi bilan chalg'itilib davlat talon - taroj qilinadi.
5. Kuch ishlatar tizimga katta oylik va vakolat beriladi. Bizdagi harbiylarga berilgan imtiyozlarni sanab sanog'iga yetib bo'lmaydi. Organning vazifasi xalqqa xizmat qilish, ularning xavfsziligini ta'minlash emas, ommani ushlab turish, qo'rqitish hisoblanadi.
6. Kitob o'qishga qarshilik qilinadi. Bu eng muhimi. Masalan, so'ngi yillardagi kitobxonlikni rivojlantirish haqidagi prezident farmonlari, sovringa mashina qo'yilgan Yosh kitobxon tanlovi kabilarga qarab, go'yoki bizda kitob o'qish rag'batlantirilayotganday tuyuladi. Lekin statistikaga qarasangiz boshqa narsani ko'rasiz.
O’zbekistonda kutubxonalarning (+axborot resurs markazlari) soni:
2000 - yilda: 6027 dona
2020 - yilda: 400 dona
Bulardan, shaharlarda:
2000 - yilda: 1013 dona
2020 - yilda: 361 dona
qishloqlarda:
2000 - yilda: 5014 dona
2020 - yilda: 39 dona (!!)
Ya’ni, 20 yilda kutubxonalarimizning soni 93%ga (!) qisqargan.
Tasavvur qilyapsizmi? Kutubxonalarni yo'qotish tizimli ravishda va muntazam amalga oshirilib kelinyapti. Bugun kitob o'qib o'tirgan bola, ertaga bugun TV ko'rib o'tirgan bolani boshqaradi degan balandparvoz gaplarga ishonmang. Bu faqat sog'lom jamiyatlardagina bo'ladi. Bizning tuzumda esa bilimli, keng dunyoqarashli kadr kerak emas. Bunday kadr hamma narsa xato ketayotganini tushunib qoladi, kimlargadir xalal beradi, qolganlarning ko'zini ochib qo'yishi mumkin. Shuning uchun bundaylar sig'dirilmaydi, ishlagan joyida ko'karishga qo'yilmaydi, faol harakatga o'tsa ta'qib qilinadi.
Yoki Zakovat o'yinlariga ajratilgan 50 millard ilmga e'tiborday tuyuladi. Lekin Zakovat intellektual ko'ngilxushlik, xolos. U rivojlantirish shart bo'lgan biror fundamental soha emas. Bu pullar korrupsiya bo'yicha kuchli o'ntalikka kiruvchi davlatga, yalpi ichki mahsulot jon boshiga to'g'ri kelishi bo'yicha Afrikaning eng qoloq davlatlari bilan bir xil ulushga ega aholiga real biror foyda olib kelmaydi.
Baribir o'qing. Faqat dunyoqarashni o'stirish orqaligina haqiqatni anglay olamiz. Kitob o'qib ertaga kimnidir boshqarmasligingiz mumkin, lekin kamida sizni qanchalik o'yin qilib boshqarishayotganini, aldashayotganini, butun millat ongsizlashtirilayotganini ko'rasiz. Tepadagilarning qornini qappaytirishga yo'naltirilgan mexanizmning bir bo'g'ini bo'lib xizmat qilayotganingizni, hozirgi ko'plab orzularingiz, maqsadlaringiz aslida o'zingizga kerak emasligini, iste'molchilik jamiyati tomonidan miyaga singdirilgan narsalarga umringizni sarflayotganingizni tushunib yetasiz.
Chirigan jamiyatimizning haqiqiy ahvolini ko'rmoqchi bo'lsangiz Jorj Oruelning "1984", "Molxona", Rey Bredberining "Farengeyt 451 , Oldos Hakslining "Ajib yangi dunyo" kitoblarini qattiq tavsiya qilaman. Asl demokratik jamiyatni ko'rmoqchi bo'lsanggiz Grigoriy Petrovning "Oq nilufarlar yurtida" kitobini o'qing. Bularning barini qaysidir shaklda o'zbek tilida topsa bo'ladi.
© Kitobxon.
@zafarsarisafar

⚡13😢3🤷♂1🔥1💯1🫡1🗿1
Political_Declaration_setting_ou.pdf
407.8 KB
Дипломатия, сиёсатшунослик, халқаро муносабатлар талабалари учун.
Дипломатия_асослари.pdf
4 MB
Anvar Qosimov - "Diplomatiya asoslari"
Diplomatik terminlar izohli lugati I.Shamsimuxamedov.pdf
7.5 MB
🌐 Diplomatik terminlar izohli lugʻati va shu sohaga doir ma'lumotlar jamlanmasi.
@sessionmission
@sessionmission
👍10❤4
⚡ RASMAN!
9-aprelda oʻtkazilishi kerak boʻlgan " Kitobxonlik tanlovi" 8-aprelda 15:00 da EKO Kutubxonada oʻtkaziladi.
✅ Tanlov boʻlib oʻtish vaqti: 8- aprel 15:00 da .
❌ Avval taʼkidlab oʻtilganidek , tanlov dastavval fakultetlar aro oʻtkazilib har bir fakultetdan eng kuchli jamoa universitet bosqichida ishtirok etish kerak edi. Nizom oʻzgardi! Barcha fakultetlar birgalikda bellashadi. Bunda har uchchala oʻrin ham XM fakultet boʻlishi mumkin, yoki boshqasi.
✅ 2-shartda Jadidlar hayoti va ijodidan 30 ta savol tuzilish kerak edi. Endilikda , ushbu savollar tarkibiga "TEMUR TUZUKLARI" dan ham savollar qoʻshiladi.

🤣2😁1😢1🍌1
📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi!
🔹1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – RedMi planshet;
🔹4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔹5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔹“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – RedMi smartfon.
Tanlovda ishtirok etish👇
https://t.me/kitobtanlovbot?start=981526764
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🔹1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – RedMi planshet;
🔹4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔹5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔹“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – RedMi smartfon.
Tanlovda ishtirok etish👇
https://t.me/kitobtanlovbot?start=981526764
⚡ Bugun "Roman- German va Sharq tillari " kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan xorijiy tillar taqdimotida 11 ta xorijiy tillar haqida ma'lumot berib oʻtildi.
✅ 1- bosqich talabalari oʻrtasida xorijiy tillar tanlovi taxminan bir haftadan soʻng LMS platformasida boʻlib oʻtadi.( Tanlov kuni va vaqti kafedra tomonidan e'lon qilinadi)
📍Kvotalar fakultetlar miqyosida taqsimlanadi.

Ikkinchi xalqaro til sifatida qaysi tilni tanlashni maqsad qilgansiz?
Anonymous Poll
7%
Turk tili 🇹🇷
8%
Koreys tili 🇰🇷
6%
Yapon tili 🇯🇵
10%
Ispan tili 🇪🇦
18%
Arab tili 🇸🇦
5%
Italyan tili 🇮🇹
10%
Fransuz tili 🇲🇫
2%
Fors tili 🇮🇷
24%
Nemis tili 🇩🇪
11%
Xitoy tili 🇨🇳
Diplomatiya asoslari fani uchun maxsus: Muzokaralar olib borishning milliy va hududiy xususiyatlari:
Amerikacha -- ularda professionalizmga xos xususiyat mavjud, aloqasi yo'q odamlar uchrashuvga kiritilmaydi ular mustaqil qarorlar qabul qilishga moyil, ularga o'ta rasmiy muhit yoqmaydi, baʼzan muzokara jarayonida shiddatli va hatto tajovuzkor siyosat olib borishadi.
Ingilizcha -- inglizlar tayyorgarlik masalalariga juda kam vaqt ajratadi, ular keskinlikdan qochishga harakat qilishadi va asosan suhbatni katta mavzudan emas balki sport, ob-havo va siyosat bilan boshlashni ma'qul koʻrishadi.
Fransuzcha -- ular uchun muzokara keskin suhbatlar asosida bo`lishi oddiy holat, lekin muloyimlik hazilkashlik xushmuomalalik kabi fransuzlarga xos jihat saqlanib qoladi va ertaroq kelishib olishga harakat qilishadi.
Nemischa -- ularning suhbati o'ta quruqligi, muloqot vaqti qatʼiy belgilanganligi bilan ajralib turadi va ular o'ta hisob-kitobli, jiddiy bo'ladi, agar muzokara jarayonida ikkilansangiz taklifingizdan ertaroq voz kechganingiz maʼqul.
Yaponcha -- dastlab ikkinchi darajali masalalar hal qilinadi, keyin bosh masalaga o'tiladi, chalgʻish umuman mumkin emas, muzokarada rahbardan tortib oddiy vakilgacha ishtirok etadi va o'z takliflarini berib o'tadi. Yaponlar sizni diqqat bilan tinglaydi va yana gapirishga undaydi, lekin ko'pchilik buni rozilik alomati sifatida ko'rishadi lekin unday emas.
J. Koreyacha -- koreyslar qarshi tomon bilan hamjihatlik oʻrnatilishi bilan ustunlikni o'z qoʻliga olishga harakat qiladilar, ular hamkorlarini tushunmayotganini bildirmaslikka urinadilar ular qarshi tomon fikriga qo'shilmasligi yoki uning nohaqligi haqida ochiq gapirmaydi va ulardan ham shu holatni kutishadi.
Xitoycha -- xitoyliklar qarshi tomonning tashqi koʻrinishi va oʻzini tutishiga katta eʼtibor qaratishadi, shuningdek ular qarshi tomon vakillari ichidan eng faol va oʻzlari uchun xayrixoh boʻlganlarini ajratib oladi va ana shu kishilar orqali qarshi tomonning nuqtai nazariga ta'sir koʻrsatishga harakat qiladi.
Arabcha -- mahalliy anʼanalarga rioya qilish, ularga hurmatini ifodalash arablar bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishning shartlaridan biridir. Arab olamining mamlakatlaridagi ko'pgina biznesmenlar uchun milliy g'ururchisi xos xususiyatdir. Shuning uchun ular o'z mamlakati tarixi milliy mustaqilligi bilan bog'liq masalalarga katta e'tibor beradi.
"Zamonaviy ishchanlik protokoli va etiketi" kitobidan qisqacha tushuncha.
©Rasulov A. va Tojiyev Sh.
@Sessionmission 👈 kanalimiz
Hamkor kanallar: @Tarixchim_01 🤝 @zafarsarisafar