❤️‍🔥SIMRAN❤️‍🔥
7 subscribers
99 photos
328 videos
73 links
Senga jonm fido senga jon fido
Download Telegram
🌅 Assalomu alaykum, azizlar!

Bugungi tongingizga oddiy salom emas, qalbdan chiqqan bir tilak olib keldim. 🌿

Har biringizning bugungi kuningiz kechagidan chiroyliroq, ko‘nglingiz kechagidan xotirjamroq bo‘lsin. Yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan yaxshi umidlar arimasin. 🤲

Bugun eshigingizni yaxshi xabarlar taqillatsin, yo‘lingizdan omad chiqsin, qalbingiz esa “bugun ham shukr qilishga sababim bor”, deb quvonsin. 🌸

Barchangizga xayrli tong, fayzli kun va chiroyli kayfiyat tilayman! ☀️💐
Malika
Shu hohishim shu didim bilan,
O‘zim bo‘lib tanladim seni.
Qabul qilsang kam ko‘stim bilan,
Menligimcha qabul qil meni.

Tan olaman juda felim tor,
Qalbinga ko‘p beraman ozor,
Lek senda ham kamchiliklar bor,
Menligimcha qabul qil meni.

Janjal qilib menga atayin,
O‘zgar dema kun o‘tgan sayin,
Men ham odam huddi sendayin,
Menligimcha qabul qil meni.

Azoblarda ishqda kuymasdan,
Yashay shirin jondan to‘ymasdan,
Menga har hil shartlar qo‘ymasdan,
Menligimcha qabul qil meni.

Uddalayman to‘g‘ri yurishni,
Kimga yig‘lab kimga kulishni,
O‘rgatmasdan qanday bo‘lishni,
Menligimcha qabul qil meni.

Yomondirman qancha yomondan,
Balki battar rangim somondan
Tushmaganman ahir osmondan,
Menligimcha qabul qil meni.

Rashk aralash xayolga cho‘mib,
Qo‘ysam seni savolga ko‘mib,
Ayblarimga shunda ko‘z yumib,
Menligimcha qabul qil meni.

Sevarsan deb yurganim uchun,
Ishonchimni berganim uchun,
Seni jondan sevganim uchun,
Menligimcha qabul qil meni.
🎙ATIRGULIM🌹
📝KOMILA QIZ





Senga òxshagani uchramasin hech😢