❤️‍🔥SIMRAN❤️‍🔥
7 subscribers
99 photos
328 videos
73 links
Senga jonm fido senga jon fido
Download Telegram
Онамга...

Онам. Онажоним соғиндим сизни,
Ифорингиз истаб бу жоним ҳалак.
Кечиринг мендайин ношукур қизни,
Кўз ёшимга гувоҳ тун ва кенг фалак.

Кундузлар ниқобдир табассум учун,
Юзимга шодликнинг расмин чизаман.
Аммо, кўнглимдаги ситамлар узун,
Армон уммонида мангу сузаман.

Онажон. Мен битта ўжар қизингиз,
Онанинг қадрини билмаган гумроҳ.
Қароғимдан кетмас мушфиқ юзингиз,
Менга бугун чексиз аламлар ҳамроҳ.

Юрибман сиз берган номимни ёзиб,
Исмимни шеърларим сўнгига тиркаб.
Аммо, юрагимнинг шамоли тўзиб,
Кечирмас айбларим юзимга пуркар.

Сўқир кўзларимда ҳаёт сийрати,
Таъналар қиймалар ношуд жисмимни.
Онажон, минг узр! Умрим қиймати
Оқлолмас Санобар деган исмимни...

Санобар Юсупова.

🎵💥🌷SHE'RIYAT 💥SHAYDOLARI
Forwarded from ➢꯭꯭⃝⃘⃕꙰꙲🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲꙰꯭❥꯭𝐌꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ𝐋꯭ཽ𝐈꯭ཽཽ𝐊꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ➢꯭꯭⃝⃘⃕🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲. to
🌅 Assalomu alaykum, qalbi go‘zal insonlar!
Bugun tong quyosh bilan emas, yaxshi niyatlar bilan otsin. 🤲
Har biringizning ko‘nglingizga xotirjamlik,
xonadoningizga fayz-u baraka,
qadamlaringizga omad hamroh bo‘lsin. 🌸
Bugungi kuningiz kechagidan chiroyli,
ertangi kuningiz esa bugungidan go‘zal bo‘lsin!

Malika
Forwarded from ➢꯭꯭⃝⃘⃕꙰꙲🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲꙰꯭❥꯭𝐌꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ𝐋꯭ཽ𝐈꯭ཽཽ𝐊꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ➢꯭꯭⃝⃘⃕🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲. to
🌅 Assalomu alaykum, azizlar!

Bugungi tongingiz qalbingizga quvonch,
ko‘nglingizga xotirjamlik,
xonadoningizga fayz-u baraka olib kelsin. 🤲

Har bir qadamingiz omadga,
har bir niyatingiz yaxshilikka,
har bir kuningiz go‘zal xotiralarga ulanib ketsin. 🌸

Bugun yuzingizdan tabassum,
qalbingizdan umid,
hayotingizdan chiroyli insonlar arimasin. ❤️

Tongingiz xayrli, kuningiz fayzli,
kayfiyatingiz esa doimo a’lo bo‘lsin! 🌷😊
Malika
🌅 Assalomu alaykum, azizlar!

Bugungi tongingizga oddiy salom emas, qalbdan chiqqan bir tilak olib keldim. 🌿

Har biringizning bugungi kuningiz kechagidan chiroyliroq, ko‘nglingiz kechagidan xotirjamroq bo‘lsin. Yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan fayz-u baraka, qalbingizdan yaxshi umidlar arimasin. 🤲

Bugun eshigingizni yaxshi xabarlar taqillatsin, yo‘lingizdan omad chiqsin, qalbingiz esa “bugun ham shukr qilishga sababim bor”, deb quvonsin. 🌸

Barchangizga xayrli tong, fayzli kun va chiroyli kayfiyat tilayman! ☀️💐
Malika