❤️‍🔥SIMRAN❤️‍🔥
7 subscribers
99 photos
327 videos
72 links
Senga jonm fido senga jon fido
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 🎵💥🌷SHE'RIYAT 💥SHAYDOLARI 💥🎵 (Xavola Bot)
Кел энди, севгин деб кутган юракни
Соғинч гирдобига бекитиб қўйдим
Келмайсанми дея, кутиб йўлингни
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Боғланиб қолибди сенга хаёллар
Мингдан ошиб кетди хар хил саволлар
Сени кутаверган, интизор кўнглим
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Соғинчим кўзимдан ёшларин тўкиб
Ишқингни ёлғондан қўйяпти сўкиб
Йўлатмай кўнглимга зарра нафратни
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Термулиб қидирган махзун кўнглимдан
Қани бир чиқсайдинг борар йўлимдан
Сўнгги умргача тутиб қўлимдан
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Айрилиқ эзмасин, ўзинг йўл берма
Ўзга нигохларга сира гул терма
Вафойинг бўлгандим, қошингда кулиб
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Сен келгач, маконим музлатиб қўйдим
Кўнглимга кирмоқчи бўлган йўлларни
Сенга атаб абадий бекитиб қўйдим
Армонни қайгадир йўқотиб қўйдим

Нилуфар Саидовна
09 август 2026 йил

Муаллиф номисиз кўчирилмасин

🎵💥🌷SHE'RIYAT 💥SHAYDOLARI 💥🎵


@Sheriyat_shaydola_1
Forwarded from AZIZA DADAJONOVA
Audio
🆔 Matn ustiga bosib nusxa oling:

Ko‘nglim...

Dardlari dunyoga sig‘magan ko‘nglim,
Sadosiz o‘z qalbin tig‘lagan ko‘nglim.
Xech kimga aytmasdan hasratu dardin,
Dunyoga kulib turib yig‘lagan ko‘nglim.

Hasrating fosh bo‘lsa kim kuyar asli,
O‘zingdek gunohkor bu inson nasli.
Qanday yig‘laysan-u qanday kularsan,
Qalbingdir na baxor na kuzak fasli.

Jismiga olovni sig‘dirgan ko‘nglim,
Nimtalab o‘z bag‘rin tildirgan ko‘nglim.
Kimgadir bermasdan ozor-u - tashvish,
Vujudin armonga ko‘ndirgan ko‘nglim.

Dardlari dunyoga sig‘magan ko‘nglim...

Sanobar Yusupova.Ijroda Aziza Dadajonova
Channel photo updated
Forwarded from AZIZA DADAJONOVA
Audio
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
𝕐𝕒𝕢𝕚𝕟𝕝𝕒𝕣𝕚𝕞𝕘𝕒
𝔻𝕚𝕝 𝕀z𝕩𝕠𝕣𝕚𝕞 Sohibjon aka uchun Fotimajon opa nomlaridan

🕊🕊🕊🕊Tabrik🕊🕊🕊🕊🕊

𝕐𝕒𝕢𝕚𝕟𝕝𝕒𝕣𝕚𝕟𝕘𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕙𝕒𝕞 𝕦𝕝𝕒𝕤𝕙𝕚𝕟g

🕋🕊 🕊🕋
                   

   💥💥💥💥💥💥💥💥


10-08-2026
𝙏𝙚𝙡 : +998996340892


✯┄┅┅✿❀🎁❀✿┅┅┄

𝙔𝙖𝙦𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙜𝙖
🎙◄꯭◂꯭⏤‌꯭𖣘♕︎ 𝘿𝙞𝙡 𝙄z𝙭𝙤𝙧𝙞𝙢 ♕
👇👇👇👇👇
https://t.me/wxhy5

https://t.me/wxhy5
1
Forwarded from Instagram Bot | Musiqalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️@Instagrambot orqali yuklab olindi🚀 📥
* * *


Менинг сенгинадан гинам йўқ бирам,
Узр сўрайверма...
Етар!
Бўлдида!
Мен гуллаган бўлсам, айбдор кўклам,
Сенинг бор гуноҳинг Худо олдида!

Содда, гўл кўнглимдан аламим бор, чин,
Ишқ деган дардга ҳам ранжларим бисёр!
Энди пушаймоннинг қўлида қамчин,
Оловдан бут чиққан бир ўзингсан,ёр!

Садпора, серситам кунларга кўндим,
Тўфони тўхтаган уммондек тинчман.
Баҳор ёмғиридек ёғдиму, тиндим.
Ҳаммасин унутмоқ учун ўтинчман!

Сенинг гуноҳинг йўқ...
Билсанг, аслида,
Саробни сув дея сипқорган ўзим.
Энди мухаббатнинг кузак фаслида,
Ҳазон ҳис кўнглимга тилайман тўзим!

Қуёш деб ўйладим гулханни кўриб,
Юрак ўчар ўтдан куйиб қолдида!
Ишқ ҳам шам мисоли милтираб туриб,
Баландин ёниб берар ўчиш олдидан!

Менинг сенгинадан гинам йўқ бирам,
Узр сўрайверма...
Етар!
Бўлдида!
Мен гуллаган бўлсам, айбдор кўклам,
Сенинг бор гуноҳинг Худо олдида!

Малика Тавфиқ

08.08.2020.


@Malika_Salimova_sheriyati
Forwarded from ꧁꯭🌸꯭ꦿ꯭🦋꯭ᬁ꯭𝗠꯭𝗮𝗹꯭𝗶꯭𝗸꯭𝗮꯭ᬁ꯭🐣꯭ꦿ꯭🍫꯭꧂
Assalomu alaykum, azizlarim, qadrdonlarim! 🌷

Yangi tong otibdi nurga burkangan,
Dillar ezgulikka mehrga to‘lgan.
Bugungi kuningiz xayrli bo‘lsin,
Har bir qadamingiz omadga to‘lsin. 🤲

Uyg‘ongan har bir dil shodlik topsin,
Har bir xonadonga fayzu baraka kirsin.
Kimning ko‘nglida bir ezgu niyat bo‘lsa,
Bugun o‘sha niyatiga yetish nasib bo‘lsin. 🌸

Tonggi salomimni yo‘llayman sizga,
Samimiy tilaklar qo‘shib so‘zimga.
Sog‘lik hamroh bo‘lsin har bir kuningiz,
Quvonchdan porlasin go‘zal yuzingiz. 😊

Ota-onalarimiz omon bo‘lsin,
Farzandlar baxtiga quvonchlar kelsin.
Do‘st-u qadrdonlar davrasi butun,
Har bir kunimiz bo‘lsin go‘zal va butun. ❤️

Kimdir bugun kulib uyg‘ongan bo‘lsa,
Kimdir bir yaxshi xabar kutgan bo‘lsa,
Yaxshi xabar bilan kelsin bugungi kun,
Dillardan uzoq bo‘lsin g‘am-u mahzun.

Rizqingiz ziyoda, umringiz uzun,
Ko‘nglingiz xotirjam, qalbingiz butun.
Yaratgan asrasin har biringizni,
Baxt-u saodat bezasin yo‘lingizni. 🤲

Shu go‘zal tongda barchaga bir salom,
Mehr bilan aytilgan samimiy kalom.
Assalomu alaykum, azizlar, qadrdonlar!
Bugungi kuningiz muborak bo‘lsin! 🌹
Forwarded from ꧁꯭🌸꯭ꦿ꯭🦋꯭ᬁ꯭𝗠꯭𝗮𝗹꯭𝗶꯭𝗸꯭𝗮꯭ᬁ꯭🐣꯭ꦿ꯭🍫꯭꧂
Assalomu alaykum, azizlar, qadrdonlar! 🌷

Tongingiz xayrli, kuningiz fayzli bo‘lsin,
Ko‘ngillarga quvonch, yuzlarga kulgu to‘lsin.
Har bir xonadonda tinchlik bo‘lsin,
Bugungi kun barchamizga omad olib kelsin! 🤲

Barchangizga samimiy salomimni yo‘llayman!
Assalomu alaykum, azizlarim! 🌸
Forwarded from AZIZA DADAJONOVA
Audio
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
𝕐𝕒𝕢𝕚𝕟𝕝𝕒𝕣𝕚𝕞𝕘𝕒
𝔻𝕚𝕝 𝕀z𝕩𝕠𝕣𝕚𝕞 Singillari Mahliyoxon uchun Dilmurod akadan

🕊🕊🕊🕊Tabrik🕊🕊🕊🕊🕊

𝕐𝕒𝕢𝕚𝕟𝕝𝕒𝕣𝕚𝕟𝕘𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕙𝕒𝕞 𝕦𝕝𝕒𝕤𝕙𝕚𝕟g

🕋🕊 🕊🕋
                   

   💥💥💥💥💥💥💥💥


12-08-2026
𝙏𝙚𝙡 : +998996340892


✯┄┅┅✿❀🎁❀✿┅┅┄

𝙔𝙖𝙦𝙞𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙜𝙖
🎙◄꯭◂꯭⏤‌꯭𖣘♕︎ 𝘿𝙞𝙡 𝙄z𝙭𝙤𝙧𝙞𝙢 ♕
👇👇👇👇👇
https://t.me/wxhy5

https://t.me/wxhy5
tosh deb aytding... 
kecha yig‘ladim, 
yashayapman.... yuraksizmanmi? 
keraklilik ichida uxlab – 
men o‘zimga keraksizmanmi? 
bahor... 
endi gullamoq payti, 
men kurtakka aylanmog‘im shart. 
burni qonab ketdi fevralning – 
sal o‘rnidan turib oldi mart.
kaftlarimga sig‘mas mazmunim, 
dard – chuqurga itarilgan it. 
kim bo‘ldim men so‘zlarni g‘ajib – 
senga izhor bitmagan yigit...
ko‘nglim qattiq. diydam muzlagan. 
gulga berdim ko‘zdagi namni. 
axir qanday haydayin uydan – 
oyoqlari kesilgan g‘amni? 
sening ko‘zing kamalak yorib – 
nur ekadi tashna qonimga. 
g‘urur meni to‘rga o‘tkazib – 
og‘riq tortar dasturxonimga. 
kunlar... 
bilasanmi tabiat – 
uzun qo‘llarini uzatdi. 
men ketmoqchi bo‘ldim baridan – 
ortimdan jim o‘zim kuzatdi. 
ho‘l tamaki... 
gugurtim yonmas.. 
derazadan ko‘chaga boqdim. 
nega seni ko‘ra olmayman? 
alamimdan kiprikni yoqdim.. 
to‘rtta qibla ichida hamon, 
tilga bosdim o‘tkir tishimni. 
qonga bo‘yab yubordi xotir – 
tilib tashlab jilmayishimni. 
nafaqat men, balki derazam 
muzlab borar... 
sen sezasanmi? 
ayoz bo‘lib oynangga borsam – 
menga bir bor gul chizasanmi?
hayot bizni sahnaga tashlab, 
qarsak chalib qo‘yadi zimdan. 
sen shodmisan zafar qozonsam? 
yig‘laysanmi mag‘lubligimda? 
nish urmoqda, qara, maysalar, 
tovonimga sochini surtib. 
she'r yozadi dilga ulangan – 
barmog‘imni qalamim turtib. 
dalli bo‘ldim, 
ehtiros bilan, 
qo‘shiq aytdim, tun ko‘zgu chiroy. 
shundan beri daraxt qizarar, 
shundan beri kiyinmaydi oy. 
sevgi nima? 
qurigan labim – 
savol bilan namlandi xiyla. 
yurak sevish uchun yaralgan 
yuraksizni sev, 
meni o‘yla... 
garchi izhor etmayman yonib, 
garchi baxtga qurmayman ham in, 
garchi zahar ichmayman qonib, 
garchi hamma ko‘ylagim – xudbin. 
garchi sensiz ololdim nafas, 
garchi mag‘rur ulg‘aydim qadim. 
men mehrga aylandim butkul... 
tosh deb aytding... 
kecha yig‘ladim...

Abdulazizxon Akramov
Forwarded from 🎵💥🌷SHE'RIYAT 💥SHAYDOLARI 💥🎵 (🕌⃦꯭⃝⃔⃕🕋⃘꯭⃝⃦ᬼ꯭ ꯭𝐑𝄄꯭꯭𝄄꯭A𝄄꯭꯭𝄄꯭V𝄄꯭꯭𝄄꯭❤️‍🩹𝄄꯭𝄄꯭𝐀𝄄꯭꯭𝄄꯭𝐍𝄄꯭꯭𝄄 𓋥꯭꯭🖤)
👉ЎЗИМГА ЎХШАЙМАН👈

Урушсам сочларин юлгим келади,
Баъзан йиғлаб туриб кулгим келади.
Бир қалбда бир ўзим бўлгим келади,
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Ранжисам барчасин қўяман илиб,
Яшайман қадримни, ҳаддимни билиб.
Онам мени туққан ягона қилиб
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Қушлар кўп. Бахт қуши биттадир хумо,
Юлдузлар кўп лекин ой танҳо аммо.
Сизни кўп қийнаган битта муаммо
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Чигалдир. Мушкулдир кўнгилда торим,
Эримас қовоқдан ёғилган қорим.
Боримча суйганга бераман борим
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Озорлар ўчмайди шунчаки гардмас,
Оғриқлар вақтинча. Азоблар дардмас.
Мард бўлмоқлик учун эр бўлмоқ шартмас
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Ўзгача қарашим-фикрим ўзгача,
Товбаларим бўлак. Зикрим ўзгача!
Ёниб турар мудом меҳрим кўзгача
Ўхшасам ўзимга ўхшайман фақат!

Ўчмайди юракка мен босган изим,
Ўзгалар тилида ўзгача сўзим.
Менга фақатгина ўхшайди қизим
Мен эса ўзимга ўхшайман фақат!

НИЛУФАР ТЕМУР қизи
Forwarded from ➢꯭꯭⃝⃘⃕꙰꙲🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲꙰꯭❥꯭𝐌꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ𝐋꯭ཽ𝐈꯭ཽཽ𝐊꯭ཽ𝐀꯭꯭ཽ➢꯭꯭⃝⃘⃕🌸꯭‎꙰⃝⃘⃔꙲. to
🌷 Assalomu alaykum, qadrli insonlar! 🌷

Barchangizga xayrli tong, fayzli va barakali kun tilayman! ☀️

Bugungi kuningiz quvonchli xabarlar, chiroyli uchrashuvlar va yoqimli lahzalarga boy bo‘lsin. Har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka, har bir qalbga xotirjamlik nasib etsin. 🤲

Tongingiz tabassum bilan otsin, kuningiz omad bilan davom etsin, kechangiz esa shukr va xursandchilik bilan yakun topsin. 🌹

Barchangizga sog‘lik, baxt, omad va ko‘ngil xotirjamligini tilayman!
Bugungi kuningiz kechagidan-da go‘zal bo‘lsin! 💐

☀️ Xayrli tong, azizlar! ❤️