self-development notes🌱
21 subscribers
446 photos
15 videos
36 links
I’m Aziza - a future islamic personal-development coach, founder of several unicorns, investor, philanthropist, author of dozens of books and women’s fitness trainer. In shaa Allah mother of 6 kids, loving and a beloved wife (in shaa Allah🥰)
Download Telegram
Bugun bizga ruhsat tegib juda ulug’ joylarga bordik, I’ll share soon🥹
❤2👍2🥰1
Imom al-Buxoriy maqbarasi Samarqanddan 25 km uzoqlikda joylashgan Xartang qishlog’i, hozirgi Chelak tumanida joylashgan.

Buxoriy 810-yil Buxoroda tug’ilgan.

Yoshligidan ilm uchun safarga chiqqan va deyarli butun islom olamini kezib chiqqan.

16 yoshida Haj uchun Makkaga boradi va shu yerda qolib, ilm olishni boshlaydi. Keyinchalik Madinaga o‘tib, o‘zining mashhur kitobi — Al-Jome' as-Sahihni yozishni boshlaydi.

Shundan so‘ng ilm izlab:
— Basra
— Kufa
— Bag‘dod
— Nishopur
— Damashq
— Misr
— Marv

kabi yirik ilm markazlarida bo‘ladi.

U 1000 dan ortiq ustozlardan ilm olgan va har bir hadisni juda qat’iy tekshirgan.
👍2❤1
🤗
❤2👍1🥰1
Imom al-Buxoriy hadisni qanday saralagan?

U 600 000 ga yaqin hadisni bilgan,
lekin faqat taxminan 7 000 tasinigina Al-Jome’ as-Sahihga kiritgan.

Sababi — juda qat’iy tekshiruv edi.

Har bir hadis uchun:
— roviylarning halolligi va xotirasi tekshirilgan
— ular bir-biri bilan uchrashganmi aniqlangan
— mazmuni boshqa ishonchli manbalarga solishtirilgan

Mashhur voqea:

Imom al-Buxoriy bir odamdan hadis olish uchun yo‘lga chiqadi.
U odamni kuzatib borarkan, bir holatni ko‘radi:

Odam otini chaqirish uchun qo‘lida yem bordek qilib aldab chaqiradi.
Aslida esa qo‘lida hech narsa yo‘q edi.

Shunda Imom al-Buxoriy undan hadis olmaydi va shunday deydi:

“Hayvonni aldagan odam, Rasululloh nomidan ham yolg‘on gapirishi mumkin.”
👍2❤1
Imom al-Buxoriy qabri nega Samarqandda?

🌱 Imom al-Buxoriy aslida Buxoroda tug‘ilgan bo’lsada lekin hayotining oxirida Buxoroni tark etishga majbur bo‘ladi.

Sababi — Buxoro amiri bilan kelishmovchilik:
amir undan alohida dars berishni so‘raydi,
Imom al-Buxoriy esa:

“Ilmning oldiga odamlar keladi, ilm odamlarning oldiga bormaydi.”

deb rad etadi.

Natijada u Buxorodan chiqib ketadi.

⸻

🌿U Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘iga boradi
va umrining oxirini shu yerda o‘tkazadi.

870-yilda shu yerda vafot etadi
va o‘sha yerga dafn qilinadi.

⸻

🤲 Rivoyatlarga ko‘ra, vafotidan oldin u kishi juda og‘ir holatda bo‘lgan
va Allohdan huzuriga tezroq olishni so‘ragan.

Ko‘p o‘tmay, duosi ijobat bo‘ladi.
❤1👍1
Shunday qilib faxrimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy rohimahulloh haqida hammamiz bilishimiz shart bo’lgan ma’lumotlarni shu yerda yakunlayman.

Menga barcha ilmlardan ko’ra hadislar o’zgacha yoqadi, o’zgacha qalbimga ta’sir qiladi.

Agar o’zlari ham qiziqsa farzandlarimning birini muhaddis olim bo’lishlarini judayam xohlayman.

(Ne’matlar bizni loyiqligimizga qarab berilganda bu dunyoda balki olimlar tug’ilmas edi, O’zining Kariym sifatiga suyanib so’rayveramiz🤲)
❤1👍1🥰1
Ko’rishguncha Samarqand!

Samarqandda 12 kunga yaqin bo’lib, bugun xayrlashdik.

Safarimiz o’zgacha mashaqqatlarga boy bo’ldi, lekin alhamdulillah shifoli bo’ldi🌿

Bir safar 20 kitob o’qigandanda ko’proq hayot saboqlarini beradi deganlaridek judayamm ko’p saboqlar oldim.

Barchasi uchun alhamdulillah, 2026 ni full of travel qilayotgan Allohimga shukrlar bo’lsin😁
👍2❤1👏1
feeling good 🌱
insanely happy to be surrounded by craaaazy super cool people, true talents that always work on themselves, never afraid of trying one more time, vibing a great energy, always look at the bright side, seek the opportunities and try their best when you ask help

that’s a blessing alhamdulillah❤️‍🔥

*some shots taken by good people at Bo’stonliq on the way to inspire 150 girls to build startups🌱
** ehh qizlar, biz bir bo’sh qolmaydikdaa 😂
❤1👍1
Sahardan osib qo’ygan edim, keyin ishlar bilan chiqib ketgandim.

Vah, qaynatma sho’rvani juda yaxshi ko’ramandaa😇
👏2