self-development notes🌱
20 subscribers
446 photos
15 videos
36 links
I’m Aziza - a future islamic personal-development coach, founder of several unicorns, investor, philanthropist, author of dozens of books and women’s fitness trainer. In shaa Allah mother of 6 kids, loving and a beloved wife (in shaa Allah🥰)
Download Telegram
🤗
❤2👍1🥰1
Imom al-Buxoriy hadisni qanday saralagan?

U 600 000 ga yaqin hadisni bilgan,
lekin faqat taxminan 7 000 tasinigina Al-Jome’ as-Sahihga kiritgan.

Sababi — juda qat’iy tekshiruv edi.

Har bir hadis uchun:
— roviylarning halolligi va xotirasi tekshirilgan
— ular bir-biri bilan uchrashganmi aniqlangan
— mazmuni boshqa ishonchli manbalarga solishtirilgan

Mashhur voqea:

Imom al-Buxoriy bir odamdan hadis olish uchun yo‘lga chiqadi.
U odamni kuzatib borarkan, bir holatni ko‘radi:

Odam otini chaqirish uchun qo‘lida yem bordek qilib aldab chaqiradi.
Aslida esa qo‘lida hech narsa yo‘q edi.

Shunda Imom al-Buxoriy undan hadis olmaydi va shunday deydi:

“Hayvonni aldagan odam, Rasululloh nomidan ham yolg‘on gapirishi mumkin.”
👍2❤1
Imom al-Buxoriy qabri nega Samarqandda?

🌱 Imom al-Buxoriy aslida Buxoroda tug‘ilgan bo’lsada lekin hayotining oxirida Buxoroni tark etishga majbur bo‘ladi.

Sababi — Buxoro amiri bilan kelishmovchilik:
amir undan alohida dars berishni so‘raydi,
Imom al-Buxoriy esa:

“Ilmning oldiga odamlar keladi, ilm odamlarning oldiga bormaydi.”

deb rad etadi.

Natijada u Buxorodan chiqib ketadi.

⸻

🌿U Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘iga boradi
va umrining oxirini shu yerda o‘tkazadi.

870-yilda shu yerda vafot etadi
va o‘sha yerga dafn qilinadi.

⸻

🤲 Rivoyatlarga ko‘ra, vafotidan oldin u kishi juda og‘ir holatda bo‘lgan
va Allohdan huzuriga tezroq olishni so‘ragan.

Ko‘p o‘tmay, duosi ijobat bo‘ladi.
❤1👍1
Shunday qilib faxrimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy rohimahulloh haqida hammamiz bilishimiz shart bo’lgan ma’lumotlarni shu yerda yakunlayman.

Menga barcha ilmlardan ko’ra hadislar o’zgacha yoqadi, o’zgacha qalbimga ta’sir qiladi.

Agar o’zlari ham qiziqsa farzandlarimning birini muhaddis olim bo’lishlarini judayam xohlayman.

(Ne’matlar bizni loyiqligimizga qarab berilganda bu dunyoda balki olimlar tug’ilmas edi, O’zining Kariym sifatiga suyanib so’rayveramiz🤲)
❤1👍1🥰1
Ko’rishguncha Samarqand!

Samarqandda 12 kunga yaqin bo’lib, bugun xayrlashdik.

Safarimiz o’zgacha mashaqqatlarga boy bo’ldi, lekin alhamdulillah shifoli bo’ldi🌿

Bir safar 20 kitob o’qigandanda ko’proq hayot saboqlarini beradi deganlaridek judayamm ko’p saboqlar oldim.

Barchasi uchun alhamdulillah, 2026 ni full of travel qilayotgan Allohimga shukrlar bo’lsin😁
👍2❤1👏1
feeling good 🌱
insanely happy to be surrounded by craaaazy super cool people, true talents that always work on themselves, never afraid of trying one more time, vibing a great energy, always look at the bright side, seek the opportunities and try their best when you ask help

that’s a blessing alhamdulillah❤️‍🔥

*some shots taken by good people at Bo’stonliq on the way to inspire 150 girls to build startups🌱
** ehh qizlar, biz bir bo’sh qolmaydikdaa 😂
❤1👍1
Sahardan osib qo’ygan edim, keyin ishlar bilan chiqib ketgandim.

Vah, qaynatma sho’rvani juda yaxshi ko’ramandaa😇
👏2
Kitobchi ilovasi sovg’asi.

Bu ilova kitob magazinlari marketpleysi ekan ya’ni online qaysi kitob magazinida qanday kitob bor va narxlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo’ladi.

Hozirda ikki boshqa kitoblarni o’qiyabman, ularni tugatib albatta yana bir marta “Atomic Habits”ni o’qib chiqmoqchiman✊

Adashmasam bundan 3 yil oldin o’qigan edim.
Namozlarimda ancha xushu’ yo’qolgan, bir namozda dunyoni nechchi bir hayollari aqlimdan o’tyabti.

Va bu ko’nglimni juda g’ash qilyabti.

Nima yordam berishi mumkin, fikr almashsak.
Namozdagi xushu’ — bu qalbning Alloh oldida sokin, siniq, hushyor va bo‘ysungan holatda turishidir. Ya’ni inson namozda faqat tanasi bilan emas, qalbi bilan ham Allohga yuzlangan bo‘ladi.

Keyingi video xabarlarda qanday qilib namozda xushu’ni oshirish bo’yicha qilgan kichik research’im topilmalari va sizlardan kelgan tavsiyalarni bo’lishaman👇
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM