Scripter Uz
675 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
83 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Donat uchun:

9860080379931787
Umidjonov Behruzbek nomida.

πŸ“@Scripter_uz
❀6πŸ‘3
Muhokama ochiq. Marhamat.
❀4
Bu oy uchun tavsiyalar:

1. Oqsoch (The Handmaiden, 2016)
2. Kumushsimon tuman (Silver hazer, 2023)
3. Xudoning o'z mamlakati (God's own country, 2017)
4. Qizlar qizlar qizlar (Girls girls girls, 2021)
5. Mandarin (Tangerine, 2016)
6. Sen va tun (You and the night, 2013)
7. Kamikaze yuraklar (Kamikaze hearts, 1986)
8. Yosh soul isyonkorlari (Young Soul rebels, 1991)
9. Petra von Kant'ning achchiq ko'z yoshlari (The bitter tears of Petra von Kant, 1972)
10. Foks va uning do'stlari (Fox and his friends, 1975)

πŸ“@Scripter_uz
❀9πŸ‘2πŸ”₯1
"Kinoteatrlar kinonamoyishlarini turli tezliklarda taklif qilishi kerakmi? O'zim odatda kinolarni 1.5x tezlikda ko'raman, bu esa o'z navbatida kinoteatrga borishni ozgina zerikarli qilishi mumkin.

#muhokama

Men kinolarni tezlashtirilgan holatda ko'raman. Odatda 1.5x, lekin ba'zida 1.25ga ham tushishim mumkin. Judayam kam holatlarda lekin onda-sonda 1.75 yoki 2x tezlikka chiqaman.

Xullas, kinoteatrga borganimda va kino o'z tezligida namoyish qilinayotganda "slou moushn"da (yoki sekinlashtirilgandek) tuyiladi. Shu sabab tufayli umuman kinoteatrga bormaydigan boshqa menga o'xshaganlar ham mavjudligiga ishonchim komil. Bu esa meni o'yga toldirdi, namoyishlar turli tezliklarda taklif qilinsa-chi? Misol uchun 1x tezlikda namoyish, 1.5x va 2x tezliklarda namoyish.

Fikrlar?"
πŸ‘Ž35❀3πŸ‘3
O'ynashmachoq (Funny games, 1997)
Rej: Mixael Haneke

1990-yillar Yevropa kinosining eng muammoli, shafqatsiz va noqulay filmlaridan biri.

Film syujeti sodda asosga qurilgan: Oila dam olishga shahardan chetga chiqishadi, ikki xushmuomala yigitlar kelib ulardan yordam so'rashadi.

Rejissyor 4-devorni buzish orqali tomoshabinga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, ularga zo'ravonlikdagi rollarini belgilab berish bilan birga an'anaviy hikoya uslublariga qarshi chiqadi. Film toni undagi voqealar bilan o'chakishgandek, bosiq va muloyim ushlangan. Bundan tashqari, film nafaqat jismoniy balki hukmronlik yo'lida psixologik manipulyatsiya va hissiy nazorat ishlatilishini ham ko'rib chiqadi.

Umuman olganda, mediadagi zo'ravonlik va tomoshabinning unga munosabatini tanqid qiluvchi asar.

Kino donatga qo'yilmoqda. Summa: 90.000 so'm.

Quyidagi raqamga donat qilishingiz mumkin:
9860080379931787
Umidjonov Behruzbek nomida.

Keyinchalik qo'shimcha ma'lumotlarni @scripterdonat kanalidan olishingiz mumkin.

Film treylerini ko'rish uchun bosing.

πŸ“@Scripter_uz
πŸ”₯13❀1
​​​​O'ynashmachoq (Funny games, 1997)

Audio: De
Sub: O'z, De, En

Tarjimon: Azizbek Yusupboyev

πŸ“@Scripter_uz
πŸ”₯13❀4❀‍πŸ”₯1