Scripter Uz
671 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
81 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Lobster (The lobster, 2015)
#romance #thriller #drama

David sevgisiz yashaydi. Bir voqea sodir bo'ldiyu, shahar qonunlariga ko'ra u mehmonxonaga borib joylashtirildi. Mehmonxonaning noodatiy tarafi shuki, undagi odamlar o'z juftini o'sha yerdan topishlari zarur, agar uddalay olishmasa, ular o'zlari xohlagan hayvonga aylantiriladi.

Yorgos Lantimos o'zi noodatiy filmlar suratga olishga usta. Avvalroq, 'The Favourite' filmi tomoshabinlar e'tiboriga tushgan bo'lsa, bu yil 'Poor Things' filmi premyera qilinish arafasida turibdi. Kolin Farrel ijrosidagi bu kartina esa go'zal vizualga ega bo'lgan, eng yaxshi melodrama sifatida e'tirof etiladigan, voqealari distopik olamda sodir bo'ladigan film. Uning asosiy mavzusi esa - Sevgi. Jamiyatning sevgi nomli tuyg'uga nisbatan turli xil fikrlari satira ostiga olingan.

IMDb: 7.1/10
Kinopoisk: 7.0/10
ScripterUz: 9.0/10

Film treylerini tomosha qilish

@Scripter_uz
Forwarded from Enigma Uz
"PORLASH" (1980) R

#premyera #horror #drama

"Porlash" filmi Stiven Kingning 1977-yilgi shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Bosh rollarni Jek Nikolson, Shelli Dyuval va Denni Lloyd kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Film yozuvchi Jek Torrans qish mavsumida yopiq bo'ladigan Overluk mehmonxonasi uchun qorovullikni qabul qilib, oilasi bilan birga mehmonxonaga ko'chib o'tganidan keyin yuz beradigan metafizik voqealar haqida hikoya qiladi. Jekning g'ayritabiiy sezgilarga ega bo'lgan yosh o'g'li ularning mehmonxonada yolg'iz emasliklarini, o'tmish va kelajakdan kelgan ruhlar bilan yashashlarini ko'radi va ota-onasini bunga ishontirishga harakat qiladi. Oila qor bo'roni tufayli tog'lar o'rtasida joylashgan mehmonxonada qamalib qolganida esa, Jekni g'ayritabiiy mavjudotlar egallab oladi va sekin-sekin aqldan ozishni boshlaydi.

Tomoshabinlarni ko'p o'yga solgan "Porlash" filmi 5ta xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgan, siz sevib tomosha qiladigan film yaratuvchilari sevib tomosha qiladigan, "kult" darajasining eng yurori pog'onalarida turadigan film. Filmni 18 yoshdan kichiklar ko'rishi tavsiya etilmaydi.

IMDb: 8,4
KinoPoisk: 7.8
Enigma Uz: 9,5


Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi:
https://youtu.be/RFsvBeCo1a4

✖️✖️✖️✖️✖️

Kanalimizda 3-donat film. Shartlar oʻsha-oʻsha. Qanchalik tez belgilangan mablagʻni yigʻsak, shunchalik tez filmni eʼtiboringizga havola etamiz.
Mehnatimizni qoʻllab-quvvatlang! Sizning har bir soʻmlaringiz qadrga ega.

Belgilangan mablagʻ: 150 ming soʻm.

Donat haqida batafsil:
@choychaqauz

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
​​​​Lobster (The lobster, 2015)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shorts

Eyforiya serialidan bir nechta filmlar uchun reference'lar

📝@Scripter_uz
#news

Fezco roli ijrochisi Angus Cloud 25 yoshida, 31-iyul kuni vafot etdi.

📝@Scripter_uz
Neft (There will be blood, 2007)
#drama
Rej. Paul Thomas Anderson
#donat

O'tgan asrning boshlari. Deniel o'g'li bilan hamkorlikda neft biznesida inqilob qilish arafasida turibdi. Bir kuni, Pol Sandey ismli yigit yaxshi taklif bilan tashrif buyuradi.

2007-yil premyera qilingan ushbu film The Guardian nashriga ko'ra, 21-asrning eng yaxshi filmi deya tan olingan. Oskar uchun 8ta nominatsiyadan 2tasini qo'lga kiritgan. Kartina Upton Sinclair'ning 'Oil!' nomli romani asosida suratga olingan. Syujet insonni qiziqtirib qo'yishi turgan gap. Bundan tashqari, vizual taraflama filmning ustida ishlagan Robert Elswit tahsinga sazovar. Kaliforniyaning tog'lari, portlashlari, olov, zo'ravonlik, zulmat ila qoplangan neft quduqlarini aks ettirishlar uning ustida haqiqiy master ishlaganini namoyon qilib turadi. Bundan tashqari, ovozlar bo'yicha ishlagan Jonny Greenwood' kino uchun atmosfera berishda o'z mahoratini ko'rsatgan.

Kanalda ilk donat film. Kinoning tarjimasi allaqachon tayyor. U uchun sizdan qancha bo'lmasin farqi yo'q, 1000 so'm yoki 5000, o'z hissangizni qo'shish talab qilinadi. Donat uchun karta raqam, qancha summa qolgani va yig'ilgani haqida ma'lumotlarni @scripterdonat kanalidan topishingiz mumkin.

Tarjima uchun belgilangan mablag' - 150.000 so'm.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

📝@Scripter_uz
Filmdan kadrlar

📝@Scripter_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shorts

Yuqoridagi filmdan parcha. Bu sahnani kinolarga qiziqadigan deyarli barcha ko'rgan bo'lsa kerak. Bu qisqa videodan aktyor Daniel Day-Lewisning qanchalar rolga kira olganini va nega Oskar uchun loyiq ko'rilganini ko'rishingiz mumkin.

Lewis, Bosh qahramon, Deniel Plenvyu, ochko'z, maqsadi yo'lida hech narsada toymaydigan, boshqalarga ich-ichida katta nafrat saqlovchi, aqlli, murakkab va manipulyator personaj sifatida gavdalantiradi. Shuningdek, nafaqat Daniel Day-Lewis balki, boshqa aktyorlar ham o'z rolini qoyilmaqom qilib o'ynashgan. Misol uchun, Paul Dano. U asosan Ilay Sandey, diniy fanatik, ochko'z, ikkiyuzlamachi personajni katta mahorat ila ijro etgan.

📝@Scripter_uz
I'm God's lonely man...
You talkin' to me?

Taksist (Taxi driver, 1976)
#drama #crime
Rej: Martin Scorsese

Trevis, dengiz harbiy kuchlarida xizmat qilgan va Vietnam urushida qatnashgan sobiq askar, New-Yorkda taksist bo'lib ishlaydi. U butunlay yolg'iz va tabiiyki, urush uning aqli salomatligiga katta ta'sir o'tkazgan.

Kartina afsonaviy rejissyor Martin Scorsese tomonidan 1976-yilda premyera qilingan va bundan bir necha o'n yillar o'tib kult-klassikaga aylandi, va tomoshabinni rom qila olishda davom etyapti. Kinoda eng maqtovga arzigulik jihatlardan biri undagi vizual. Tungi New-York'ning neon yorug'iliklari ila yoritilgan jirkanch va yolg'izlik iforini berib turuvchi, jinoyatga to'lgan vaybi va shahardagi siyosiy saylovning kunduzgi ko'chalari. Filmning ajralib turuvchi yana bir tomonlaridan biri, tomoshabin bilan chuqur hissiy darajada aks-sado bera olish qobiliyatidir deyish mumkin. Bunga qo'shimcha tarzda, Robert De Nironing jamiyat chekkasida yashovchi, o'z atrofidagi dunyodan hafsalasi pir bo'lgan, ruhiy o'zini qiynab keluvchi taksi haydovchisini mahorat bilan ijro eta olgan. Filmda, shuningdek, rejissyorning o'zi ham kameoda chiqqan ]

Tarjimon - Azizbek Yusupboyev

Film treylerini ko'rish uchun bosing

📝@Scripter_uz
​​Taksist (Taxi driver, 1976)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Taxi.Driver.1976.1080p.BluRay.x265-RARBG.srt
112.4 KB
Filmda rus tilini qo'yish bilan muammo kelib chiqishi mumkin ekan. Buni ishlatsanglar bo'ladi.