Scripter Uz
666 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
81 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
​​Eyforiya. 1-mavsum. (2019)

🔗6. Keyingi epizod

Ovoz: Eng
Sub: Uz, Eng, Rus

@scripter_uz
​​Eyforiya. 1-mavsum. (2019)

🔫7. Depressiya vaqtida siyishning mashaqqat va sinovlari.

Ovoz: Eng
Sub: Uz, Eng, Rus

@scripter_uz
Bugun serialning birinchi mavsumi yakuni..

Tanishlar va do'stlaringizni taklif qiling
📝@Scripter_uz
​​Eyforiya. 1-mavsum. (2019)

🚝8. Va bu yerni inson qadami yetmaydigan joy qilib tashlab ketardim.

Ovoz: Eng
Sub: Uz, Eng, Rus

@scripter_uz
Eyforiya
#mundarija

1-mavsum

1-qism | Parvoz
2-qism | Hurmat uchun harakat
3-qism | E'tibor qaratish
4-qism | Qo'rqoq
5-qism | Bonni va Klayd
6-qism | Keyingi epizod
7-qism | Depressiya vaqtida siyishning mashaqqat va sinovlari.
8-qism | Va bu yerni inson qadami yetmaydigan joy qilib tashlab ketardim.

Serial haqida fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring!

📝@Scripter_uz
200 ta bo'ldik!

Hammaga katta raxmat. Reklama qilib berganlarga alohida tashakkur.

Bugungi Qurbon hayit bayramingiz ham muborak bo'lsin.

📝@Scripter_uz
Tanamni yo'qotdim (J'ai perdu mon corps, 2019)
#adventure #fantasy #drama #animation

Naufel yoshligidan kosmonavt va pianinochi bo'lishni orzu qilardi. Taqdir unga qarama qarshi ishladi va pitsalarni yetkazib beruvchi yosh yigitga aylandi. Lekin, bir kuni u Gabrielni sevib qoladi va hikoya boshlanadi. Shaharning boshqa tarafida esa, tanasidan ajralgan qo'l yana uni topib, birlashish uchun qidirib yurardi.

2019-yil. Kinemotografiya olamida yana bir ulkan yillardan biri. Xuddi shu yili, fransuz ijodkorlari Netflix bilan hamkorlikda esa bu animatsion filmni tomoshabinlarga taqdim qilishadi.

Animatsiya o'zini go'zal vizuali bilan tomoshabinni ko'zini quvontiradi. Ayniqsa, bu vizual o'smirlikdagi sevgini ochib berish uchun xizmat qilsa undanda yaxshi, chunki bu davrda inson uchun barcha narsa rangli va go'zal ko'rinadi.

IMDb: 7.5
Kinopoisk: 7.5
ScripterUz: 8.5

Film treylerini tomosha qilish

📝@Scripter_uz
​​Tanamni yo'qotdim (J'ai perdu mon corps, 2019)

Audio: Fr
Subtitr: Uz, Fr, Ru, En

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Midsommar (2019)
#horror #thriller #mystery #drama

Deni bir nechta do'stlari va yigiti bilan Shvetsiyaga borishga qaror qiladi. Ular yetib borishganda go'zal tabiat, musaffo osmon, toza havo va do'stona oddiy odamlar ularni qarshi olishadi. Ammo, bu vaqtinchalik edi. Ozginadan so'ng, bu xalq va joyning haqiqiy daxshatlari boshlanadi.

Ari Aster'ni o'zini tanimaydigan kinoga ozgina qiziquvchi odam ham uning aynan shu filmidan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda bir marta bo'lsa ham ko'rgan.

Kartina haqida uzoq gapirishning hojati yo'q. Syujetning o'zi kutilmagan va keskin burilishlarga boy. A buni vizuali bo'lsa alohida mavzu. Aster ranglardan foydalanishda kuchli mahoratini namoyon qilgan.

IMDb: 7.1
Kinopoisk: 6.5
ScripterUz: 8.5

Flm treylerini tomosha qilish

📝@Scripter_uz
🥁
​​Yoz chillasi (Midsommar, 2019)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Tarjima film va epizodlarni ochich uchun MxPlayer dasturidan foydalanish kerak.
Scripter Uz pinned «Tarjima film va epizodlarni ochich uchun MxPlayer dasturidan foydalanish kerak.»
Lobster (The lobster, 2015)
#romance #thriller #drama

David sevgisiz yashaydi. Bir voqea sodir bo'ldiyu, shahar qonunlariga ko'ra u mehmonxonaga borib joylashtirildi. Mehmonxonaning noodatiy tarafi shuki, undagi odamlar o'z juftini o'sha yerdan topishlari zarur, agar uddalay olishmasa, ular o'zlari xohlagan hayvonga aylantiriladi.

Yorgos Lantimos o'zi noodatiy filmlar suratga olishga usta. Avvalroq, 'The Favourite' filmi tomoshabinlar e'tiboriga tushgan bo'lsa, bu yil 'Poor Things' filmi premyera qilinish arafasida turibdi. Kolin Farrel ijrosidagi bu kartina esa go'zal vizualga ega bo'lgan, eng yaxshi melodrama sifatida e'tirof etiladigan, voqealari distopik olamda sodir bo'ladigan film. Uning asosiy mavzusi esa - Sevgi. Jamiyatning sevgi nomli tuyg'uga nisbatan turli xil fikrlari satira ostiga olingan.

IMDb: 7.1/10
Kinopoisk: 7.0/10
ScripterUz: 9.0/10

Film treylerini tomosha qilish

@Scripter_uz
Forwarded from Enigma Uz
"PORLASH" (1980) R

#premyera #horror #drama

"Porlash" filmi Stiven Kingning 1977-yilgi shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Bosh rollarni Jek Nikolson, Shelli Dyuval va Denni Lloyd kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Film yozuvchi Jek Torrans qish mavsumida yopiq bo'ladigan Overluk mehmonxonasi uchun qorovullikni qabul qilib, oilasi bilan birga mehmonxonaga ko'chib o'tganidan keyin yuz beradigan metafizik voqealar haqida hikoya qiladi. Jekning g'ayritabiiy sezgilarga ega bo'lgan yosh o'g'li ularning mehmonxonada yolg'iz emasliklarini, o'tmish va kelajakdan kelgan ruhlar bilan yashashlarini ko'radi va ota-onasini bunga ishontirishga harakat qiladi. Oila qor bo'roni tufayli tog'lar o'rtasida joylashgan mehmonxonada qamalib qolganida esa, Jekni g'ayritabiiy mavjudotlar egallab oladi va sekin-sekin aqldan ozishni boshlaydi.

Tomoshabinlarni ko'p o'yga solgan "Porlash" filmi 5ta xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgan, siz sevib tomosha qiladigan film yaratuvchilari sevib tomosha qiladigan, "kult" darajasining eng yurori pog'onalarida turadigan film. Filmni 18 yoshdan kichiklar ko'rishi tavsiya etilmaydi.

IMDb: 8,4
KinoPoisk: 7.8
Enigma Uz: 9,5


Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi:
https://youtu.be/RFsvBeCo1a4

✖️✖️✖️✖️✖️

Kanalimizda 3-donat film. Shartlar oʻsha-oʻsha. Qanchalik tez belgilangan mablagʻni yigʻsak, shunchalik tez filmni eʼtiboringizga havola etamiz.
Mehnatimizni qoʻllab-quvvatlang! Sizning har bir soʻmlaringiz qadrga ega.

Belgilangan mablagʻ: 150 ming soʻm.

Donat haqida batafsil:
@choychaqauz

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!