Forwarded from Катта Оға 🎬
Тан олинмаган, параноидальный шедевр. 🎛
Фрэнсис Форд Копполанинг мутлақ муаллифлик фильми бўлиб, у ушбу фильмни суратга олиш учун 6 йилдан кўпрок кутган. "Чўқинтирган Ота" муваффақиятли чиққандан сўнг эса, унда ваниҳоят фильмни суратга олиш учун имконият туғилган.
"Суҳбат" 1974 г.
Фильм Гарри Коул исмли кузатувчилик билан шуғулланадиган шахс ҳақида ҳикоя қилади. Буюртмачининг ишига бурун суқмаслик қоидаси бўйича иш кўрувчи қахрамон, кунлардан бир кун ўз қоидасини бузади ва қўлидаги материаллар кимнингдир ҳаётига хавф солиши мумкин деган хаёлга боради.
1975 йил 47-"Оскар" маросимида "Суҳбат" энг яхши фильм сифатида "Оскар"га номзоди қўйилган. Аммо, Коппола, худди шу йили чиққан ўзининг бошқа, "Чўқинтирган Ота 2" фильмига ғалабани "қўлдан бой берган". Бунга қарамай фильм, Канн кинофестивалида "Олтин Палма Япроғи"ни қўлга киритган.
Гарчи фильм сценарийси олдинроқ ёзилган бўлса-да, у айнан АҚШ тарихидаги энг йирик можаролардан бири, Уотергейт можароси авж олган йил премьера қилинган. Ушбу можаро Ричард Никсон даврида давлат томонидан одамларни кузатилгани тўғрисида бўлиб, АҚШ тарихида илк бор президент ўз хоҳиши орқали истеъфога чиқиши билан якунланган.
Фильма биринчи навбатда, маҳоратли режиссура ва сценарий билан олдинги поғоналарни банд қилувчи фильм ўта қизиқарли ва мазмунли қилиб суратга олинган. Гарчи фильм темпи бироз секин бўлса-да, ундаги саспенс ва таранглик томошабиндан узоқлашмайди. Бу айниқса бош қаҳрамонга ўхшаган перфексионистларга жуда ёқиши турган гап.
2024-йил апрель ойида ушбу фильм премьерасига 50 йил бўлади. Бундан ташқари, бу йил Фрэнсис Форд Коппола ўзининг "Мегалополис" филми билан шунча йиллик танаффусдан сўнг кино саноатига қайтиши хам синефиллар қалбига ғулғула солгани йўқ гап эмас. Шундай бир пайтда, унинг кинодурдоналаридан бирини эслаш айни муддао.
Фильмни премьераси бугун ва уни "Enigma Uz" ва "Катта Оға" каналларида томоша қилишингиз мумкин.

Forwarded from Enigma Uz
BECHORALAR
Poor Things, 2023 R
#premyera #comedy #drama #romance
Gʻalati bir olim tomonidan hayotga qaytarilgan yosh ayol kasbi huquqshunos boʻlgan odam bilan dunyo boʻylab aqlni shoshirib qoʻyuvchi sayohatga otlanadi, toʻgʻrirogʻi, qochib ketadi. O'z borligʻining andishasidan yiroq boʻlgan qahramonimiz, tenglik va ozodlik tarafdori bo'lish niyatida rivojlanib borishining ajoyib sayohatiga guvoh boʻlamiz.
Tarmoqlarda treyleri paydo boʻlgandan tortib to Oskarda Oppenhaymerdan eng oliy nominatsiyadagi sovrinni tortib olishiga sal qolguncha odamlar ogʻzidan tushmagan 2023-yil xitidan endi oʻzbek tilida bahramand boʻlishingiz mumkin. Boshqa haypli filmlardan farq qilib, tushunish judayam oson boʻlmagan gʻalati filmning bu darajada mashxur boʻlishi koʻngilni quvontiradi aslida. Bu insonlar haqiqiy sanʼat asarini qadrlashni boshlaganliklaridan dalolat.
Xullas, koʻp gapirmaymiz film haqida. Oyda-yilda bir film koʻradigan odamlarni ham "qani, bir koʻraylikchi nima ekan bu" deya oʻziga jalb qila olgan film tarjimasi shu kunlarda boshlanadi.
Tarjima murakkabligi sabab sizlardan tarjimonni qoʻllab quvvatlashingizni iltimos qilamiz. Donat summasini 200 ming soʻm qilib belgiladik. Bundoq olib qaralganda, 2000+ obunachilar uchun hech boʻlmasa 5ming soʻmdan tashlaganda ham yigʻib qoʻyiladigan mablagʻ oʻylashimcha sizlar uchun qiyinlik qilmaydi.
Donat uchun:
Filmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!

9860040102482839
J/TFilmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.
@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
Telegram
Enigma Uz
Bugun maestro, provakator Lars von Trier o'zining 68-tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
Rejissyorning 'Ziddimasih' filmi kanal tomonidan tarjima qilingan.
Tarjimani ko'rish uchun bosing.
📝@Scripter_uz

Yettinchi qit'a (Der siebente Kontinent, 1989)
Dir: Michael Haneke
#drama #thriller
Mixael Hanekening ilk mustaqil filmi va karyerasining debochasi desa bo'ladi. Shuningdek, 'Muzlatish trilogiyasi'ning birinchi qismi ham hisoblanadi.
Kino oddiy avstriyalik oilaning hayoti haqida hikoya qiladi. Birinchi ko'rishda, birinchi emas, shundoq ham kino juda zerikarli bo'lib tuyiladi, shunchaki ovqatlanish sahnalari 5 daqiqalab davom etadi. Aynan shunday uzoq, zerikarli va ezma sahnalar bilan tomoshabin kino atmosferasiga kirib, unda azoblanadi.
Kino haqida uzoq vaysashimning keragi yo'q, o'zinglar ko'ringlar. (Hali o'zim ham deshifrlamaganman)
Film treylerini tomosha qilish uchun bosing.

YouTube
The Seventh Continent - Der siebente Kontinent 1989 (trailer)
Yettinchi qit'a (Der siebente Kontinent, 1989)
Audio: De
Sub: Uz, En, De
Tarjimon: Behruz Umidjonov
📝@Scripter_uz
Audio: De
Sub: Uz, En, De
Tarjimon: Behruz Umidjonov
📝@Scripter_uz
Telegram
ScripterBaza
Yettinchi qit'a, 720p
Jek nima qildi? (What did Jack do, 2017)
Rej: David Lynch
#comedy #detective
Devid Linch 2006-yilgi Inland Empire filmidan keyin to'liq metrajli film olmagan. O'zini boshqa sohalarda sinab ko'rish uchun kinoni tashlagan, lekin butunlay emas. Rejissyor bir nechta qisqa metrajli filmlar ham ishlagan, shulardan bittasi 2017-yilda Netfliks bilan hamkorlikdagi 'Jek nima qildi?' filmi.
Hikoya gumonlanuvchi maymuncha Jek va detektivning suhbatini o'z ichiga oladi. Film 17 minut.

Jek nima qildi? (What did Jack do? 2017)
Audio: Eng
Sub: Uzb, Rus, Eng va h.k.
Tarjimon: Behruz Umidjonov.
📝@Scripter_uz
Audio: Eng
Sub: Uzb, Rus, Eng va h.k.
Tarjimon: Behruz Umidjonov.
📝@Scripter_uz
Telegram
ScripterBaza
Jek nima qildi?, 2017, 720p
Forwarded from Катта Оға 🎬
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yulduzchali reaksiyani ochib qo'ydim, qo'llab-qo'ltiqlasanglar bo'ladi endi reaksiya bilan ham🌝
Jek qurgan uy (The house that Jack built, 2018)
Rej: Lars von Trier
Film haqida bugun kechroq yoki ertaga taqriz chiqadi.
Qisqacha aytilganda, film san’atning qorong‘u tomonini aks ettiruvchi mushohada, unda ijod va vayronkorlik o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketgan. U go‘zallik ortidagi vahshiylikni, tasavvur va zo‘ravonlik o‘rtasidagi nozik chegarani tadqiq qiladi. Har bir akt orqali asar mukammallik qiymatini savolga tutadi, va san'at va shafqatsizlik uyg'unlashgan dunyoni namoyon etadi.
Kino donatga qo'yilmoqda. Summa: 300.000 so'm.
Quyidagi raqamga donat qilishingiz mumkin.
9860080379931787
Umidjonov Behruzbek nomida.
Keyinchalik qo'shimcha ma'lumotlarni @scripterdonat kanalidan olishingiz mumkin.
Film treylerini ko'rish uchun bosing.

THE HOUSE THAT JACK BUILT Official Trailer (2018) Uma Thurman, Matt Dillon, Lars von Trier Movie HD
THE HOUSE THAT JACK BUILT Official Trailer (2018) Uma Thurman, Matt Dillon, Lars von Trier, Riley Keough Movie HD
© 2018 - Zentropa
Comedy, Kids, Family and Animated Film, Blockbuster, Action Cinema, Blockbuster, Scifi Movie or Fantasy film, Drama... …
© 2018 - Zentropa
Comedy, Kids, Family and Animated Film, Blockbuster, Action Cinema, Blockbuster, Scifi Movie or Fantasy film, Drama... …
Forwarded from Катта Оға 🎬
Санъатнинг шафқатсиз ўйини 🤐
2018-йил Канн кинофестивалида фильм қўйилганда залнинг ярми ундаги зўравонликларни кўриб, чидай олмасдан чиқиб кетган, қолган ярми эса фильм тугагандан кейин 7 дақиқа қарсак чалиб турган экан.
"Дом, который построил Джек" (+21)
#тавсия #артхаус #психологическиетриллер
Бош қаҳрамонимиз ҳамроҳи Вёрдж (Вергилий)нинг айтишича, жаҳаннамгача бўлган йўлда ҳали ҳеч ким жимлик сақлаб юра олмаган экан. Шунинг учун cериали қотил бўлган бизнинг қаҳрамонимиз ҳам йўл давомида ўз ҳаётидан 5 та ҳодиса (қотиллик билан боғлиқ) ва уларга бўлган ўз муносабатини айтиб беради.
Одатий фильмлардан фарқли равишда бунда бизни қаҳрамоннинг дунёқараши қўрқитади. Ҳа, фильмдаги воқеалар бешафқат бўлса-да, қаҳрамоннинг уларга бўлган муносабати ундан-да қўрқинчли. Чунки у ўз қилган ишларини асослаб беради. У ўзини ижодкор деб ҳисоблайди, қилган қотилликларини эса санъат асари. Нима сабабдан бундай тўхтамга келганини, нимага қотилликларини ижод намунаси деб ҳисоблашини фильмни томоша қилиб билиб олишингиз мумкин.
Деярли ҳар бир фильми инсон ва инсоний қадриятларга чақириқ бўлган, уларни сўроқ остига қўйган Ларс Фон Триернинг ушбу картинаси ижодидаги энг шоҳона асарлардан бири деб айтиш мумкин. У қайсидир маънода автобиографик, чунки қаҳрамон билан биргаликда режиссёрнинг ўзини ҳам санъатга бўлган муносабати ёритиб берилган. Тўғри фильм оғир. Бекорга жанрлари орасида психологические триллер деб ёзилмаган. Яьни картина нафақат асабларингизни қитиқлайди, балки сизнинг танангизга игна санчиб кўради. Аммо бундай услубда фильм суратга олиш, томошабинга шапалоқ тушириш орқали унинг миясидаги фойдаланилмаган тўқималарни ишга тушириб юбориш катта маҳорат деб ҳисоблайман.
Эътиборингиз учун раҳмат!
Телеграм канал Катта Оға 🎬

- Bleykning yo'lbars va qo'zichoq haqidagi she'rlarini bilasizmi?
- Bleykdan yuzaki xabarim bor, aytib bersang yo'q demas edim.
- Xudo qo'zini ham, yo'lbarsni ham yaratdi. Qo'zi ma'sumlik bo'lsa, yo'lbars-vahshiylik. Har ikki qism ham mukammal va zarur. Yo'lbars qon va qotillik evaziga yashaydi, qo'zini g'ajiydi. Ijodkor tabiati ham shunday.
- Bleykni Iblis Injilni o'qiydigandek o'qiysan. Axir, bechora qo'zi eng ulug'vor san'atga aylanish uchun ham o'limni tilamagan edi-ku.
- Qo'ziga san'atda abadiy yashash sharafi tuxfa qilindi, san'at esa ilohiydir.
Jek qurgan uy, 2018
Film donatga qo'yilgan. Ma'lumot uchun bosing.

Soyalar simfoniyasi🎥🎉
Bugun, 17-noyabr kinemotografiyaning buyuk ijodkorlaridan biri, filmlari bir vaqtning o'zida inson qalbini chuqur kesib o‘tuvchi tig‘ hamda undagi tartibsizlikdagi go‘zallikni yorituvchi malham kabi bo'lgan Martin Skorsezening 82-tug'ilgan kuni.
Rejissyorning kinolar uchun qo'shgan hissasi beqiyos. Nyu-york ko'chalaridagi neon bilan to'yingan Taksistning yolg'izligidan tortib, Gudfellasning hayotiy ritmlarigacha, Skorseze yorug‘lik va soya bilan bo'yaydi, kamerasi axloq va orzularning nozik chiziqlarini tasvirga oladi. Uning nuqsonli, ehtirosli va jonli qahramonlari ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi ingichka arqonda ekanligimizni eslatib turadi.
Skorsezening 2ta filmi kanalimizda tarjima qilingan. Ularni ko'rish uchun quyidagilarni bosing:
Taksist
Quturgan buqa

Qadrli ScripterUz obunachilari!
Ushbu yil kanalda bir nechta filmlar chiqarishga muvaffaq bo'ldik. Ular:
Quturgan buqa
Noma'lum
To'liq Metalli Jiket
Yettinchi qit'a
Jek nima qildi?
Ishq og'ushida
Va hozirda "Jek qurgan uy" filmiga donat jarayoni davom etyapti. (Jarayon sekin bo'lgani va donat qilganlarni kuttirmaslik uchun yaqin orada film tashlanadigan alohida kanal ochiladi).
2024-yilda biz bilan birga bo'lganingiz uchun tashakkur. Agar film tarjimalarida g'alizliklar va noaniqliklar bo'lgan bo'lsa uzr so'raymiz va keyingi tarjimalarda ushbu xatolarni barchasini tuzatishga qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz
Yangi yil barchangizga muborak bo'lsin.

Kanal ochildi va film tashlandi. Donat endi yoki noyabrda qilganlar @ScripterUzAloqa_bot'ga chekni tashlab, bemalol kirishlari mumkin.