Scripter Uz
669 subscribers
80 photos
9 videos
1 file
81 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Enigma Uz
Ustoz va murabbiylar kuni muborak boʻlsin qadrli hayot yoʻlimiz shamchiroqlari!

@Enigma_Uz
Ziddimasih (Antichrist, 2009) 18+
#drama #thriller #horror #erotica

Ota-ona jinsiy aloqa qilayotgan paytda ularning farzandi derazadan yiqilib halok bo'ladi. Ona chuqur depressiyaga tushadi, ota esa onani davolashga harakat qiladi.

Kino haqida uzundan-uzun revyu yozmoqchi emasman. Lars Von Trier'ning 2009-yilda namoyish qilingan shedevrlaridan biri. San'at asari.

Film 18, balki undan ham yuqoriroq yoshdagilar uchun tavsiya etiladi. Kuchli senzurasiz sahnalar mavjud.

Film treylerini to'liq tomosha qilish

@scripter_uz
Ziddimasih (Antichrist, 2009)

18+
Audio: En
Sub: Uz, En

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
O'chirg'ichbosh (Eraserhead, 1977)
Rej: David Lynch

Rejissyorning ismiyoq filmni ko'rish kerakligini aytib turibdi.

Inson ko'rishi mumkin bo'lgan eng noodatiy va g'alati filmlar sirasidan.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

@Scripter_uz
​​O'chirg'ichbosh (Eraserhead, 1977)

Audio: En
Sub: Uz, En

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Forwarded from Full Film Jacket🎬
​​#subtitir_tarjima
"Psixo)" (1960)

Rejissiyor Alfred Hitchcock Robert Blochning 1959-yili chop etilgan asari "Psixo)" asosida aynan shu nom bilan "Psixo)" 1960-yilda filmining yaratilishiga zamin yaratadi. Shubhasiz uning bu ishi o'ziga hos va durdona asarning kino tarixida o'chmas iz qoldiradi. Rejissiyor bizga dastlabki psixalogik trillerdan birini taqdim qiladi.


Film Feniks shahrida yashovchi Marion Crane ismli kotib qizning qilimishidan boshlanadi. Iloji boricha filmga spoyler bermaslik uchun shu yerida tasnif berishni to'xtataman. Hatto, Alfred Hitchcock film premyerasidan avval insonlar spoylerr qilmasliklari uchun deyarli barcha "Psixo" kitobini sotib olgan ekan.
Hitchcockning o'ziga hos uslubi, insonlarni ekran qarshida ushlab turishi, hayajonga solishi, operatorlik ishining maromidaligi va musiqalarning to'g'ri tanlashi nafaqat yaxshi atmosferani balki, mahorat darsini ham beradi desam bejiz bo'lmaydi.
"Psixo" oddiy qo'rqinchli film bo'lib qolmasdan shu bilan bir qatorda inson ruhiyatini va ong osti jarayonini o'rganishi bilan ham boshqa qo'rqinchli filmlardan ajralib turadi. Ayniqsa Marion Crane rolini ijro etgan Janet Leigh va Norman Bates roli bilan kinomanlarga tanish bo'lgan Anthony Perkins mahorat bilan qahramonlarining ruhiy holatini mohirona ochib berishgan.
Shunday qilib, "Psixo" filmi vaqt sinovida shu kungacha o'tib kelib IMDb saytidagi "Eng top 100 ta filmlar" ro'yxatidan joy olgan. Alfred Hitchcock va uning "Psixo" filmi hani-hanuzgacha bugun kun kinematografiyasiga ta'sir o'tkazib kelmoqda.

Film tarjima faoliyatimda birinchi ish. Shuning sababli donat qilib qo'llab-quvvatlasiz degan umiddaman.

Belgilangan mablag': - 150 ming so'm

💳Karta raqamni shu yerda qoldiraman:
9860170103946407 Alimjonov Muhammadjon
Donat uchun oldindan rahmat.

@Fullfilmjacket
- Keyingi uztitr uchun film tanlang:
«Men, Tonyaman» [eng: I, Tonya 2017] — biografik, monumental, sport haqidagi komedik film. Kreyg Gillespi boshchiligidagi film "figurnoye kataniye" bo'yicha sportchi Tonya Maksin Xardingning hayotidan hikoya qiladi.

@scripter_uz
«Malla» [eng: Blonde 2022] — Endryu Dominik rejissyorligidagi biografik, psixologik drama bo'lib, 50-yillarning taniqli yulduzi Merilin Monro hayoti haqida hikoya qiladi. Film Joys Kerol Outsning xuddi shu nomdagi asarining ekranizatsiyasi bo'lsa-da, u aktrisaning to'liq biografiyasini yoritib bermaydi. Balki, uning hayotidagi muhim hodisalarni badiiy tomonlama talqin qiladi.

@scripter_uz
«Xavfli element» [eng: Radioactive 2019] Mariya Sklodovskaya-Kyuri hayoti haqida hikoya qiluvchi dramatik filmdir. Marjan Satrapi tomonidan Loren Redniss'ning "Xavfli element: Mariya & Pyer Kyuri: Sevgi va Halokat haqidagi hikoya" ("Radioactive: Marie & Pierre Curie: A Tale of Love and Fallout") asari asosida suratga olingan. Filmdan Mariyaning bo'lajak eri va tadqiqotchi hamkori Pyer Kyuri bilan tanishishi, poloniy va radiyning kashf etilishi va Pyerning halokatli o'limi haqida bilib olasiz.

@scripter_uz
Bir zamonlar... Golivudda (Once upon a time... in Hollywood, 2019)
Rej: Quentin Tarantino

Rejissyor Kventin Tarantinoning shoh asarlaridan biri hisoblanadi. O'z so'zlariga ko'ra u ishlagan eng yaxshi film. Kino 60-yillarda mashhur va unutilish arafasida turgan kinoyulduz Rik Dalton (Leonardo DiCaprio) va uning kaskadyori Kliff Buz (Brad Pitt) ning Los-Angelesdagi sarguzashtlari haqida. Bu bilan parallel ravishda Sheron Tate (Margot Robbie) ning ham hikoyasi aks etadi.

📝@Scripter_uz
Qishga bir kun qoldi.

📝@Scripter_uz
Muqaddas tog' (1973)
Rej: Alejandro Jodorowsky

📝@Scripter_uz
Scripter Uz
Muqaddas tog' (1973) Rej: Alejandro Jodorowsky 📝@Scripter_uz
Kino va tarjima haqida qisqacha.

Yozilganidek, Jodorowskyning 73-yilda chiqqan 'psychedelic' filmi. Kinoda din, dinni suiste'mol qilish, va insoniyatning asl yuzini ochishga qaratilgan bir nechta aktlar bor.

Tarjimani o'ziga kelsak. Kino asosiy adminstrator tomonidan tarjima qilinyapti. Tarjima jarayoni uzoqqa bormaydi, bugun yoki ertaga bitadi. Buning asosiy sababi, kinoda so'zlar ancha kamligi. So'nggi paytda ancha liniyalari kam filmlarni tarjima qilyapman, sababi kanal uchun vaqt ajrata olmayapman. Rahmat.

📝@Scripter_uz
​​Muqaddas tog' (The holy mountain, 1973)

Audio: En
Sub: Uz, En

📝@Scripter_uz
Kechqurun derazani oldida ko'rishga klassik tavsiya.

📝@Scripter_uz
​​Bir zamonlar... Golivudda (Once upon a time... in Hollywood)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

Tarjimon: Azizbek Yusupboyev

P.s: Kartinani eng so'nggi soniyalarigacha ko'rish tavsiya etiladi.

📝@Scripter_uz
Bugun 'The Exorcist' filmi namoyish qilinganiga roppa-rosa 50 yil bo'libdi. Ko'rib qo'yinglar, tavsiya.

📝@Scripter_uz