Scripter Uz
670 subscribers
80 photos
9 videos
1 file
81 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Epizod uz
🎥 Sevimli Vinsent (2017)

Ushbu film umrining sakkiz yillik davri mobaynida shoh asarlarni yaratib ketgan va modern san'atning otasi deya tan olingan rassom Vinsent van Gog haqida hikoya qiladi. To'g'rirog'i, uning sirli o'limi haqidagi detektiv-drama filmdir. To'liq taqriz.

Sub: uzb🇺🇿
Ovoz: eng🇬🇧
IMDb: 7,8🌟

Donat uchun

@epizod_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshi serial va eng yaxshi multserial. O'xshash sahnalar.

📝@Scripter_uz
U: Bir ishq tarixi (Her, 2013)
#romance #sci_fi #drama

Ko‘pdan beri o‘zimni shu darajada yolg‘iz his qilmagan edim.

“U” filmi syujetiga ko‘ra: Teodor ismli yolg‘iz yozuvchi, foydalanuvchining har qanday so‘rovlariga javob berish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning, yangi texnik ishlanmasini sotib oladi. Operatsion tizim mukammal ishlangan bo‘lib, undagi sunʼiy intellekt deyarli odam bilan bir xil. Xuddi Alisani ideal versiyasi kabi. U siz ham o‘zini yolg‘iz his qiladigan Teodor ushbu tizim yoqtirib qoldi va oradan vaqt o‘tgach u bilan operatsion tizim o‘rtasida roman paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri aynan shu joyi kulgili tuyulish mumkindir, lekin ssenariy shu darajada yaxshi yozilganki, siz filmning atmosferasiga kirib ketganingizni sezmay qolasiz. Ha albatta film yeng yaxshi ssenariy yo‘nalishi bo‘yicha Oskarni ham qo‘lga kiritgan. Spayk Djons'ning filmi shunisi bilan qiziqki u insoni yolg‘izlik ummoniga sho‘ng‘itib, sizni yumshoq va issiq odeyal bilan o‘rab oladi. Bunga misol tariqasida filmda foydalanilgan rang uyg‘unlikni aytishimiz mumkin. Filmda palitralar sifatida ochiq va iliq ranglardan foydalanishgan, bu esa o‘z o‘rnida muxlislarga o‘zini yaxshi va xotirjam his qilishiga imkon beradi. Bundan tashqari endilikda meni sevimli operatorlarim orasida chuqur joy olgan Xoyte Van Xoytet'ni ishini aʼlo darajada bajargan. Filmning deyarli barcha kadrlari chiroyli va bu ham filmga o‘zgacha maʼno beradi.

Aktyorlar ham o‘z rollarini zo‘r ijro qilishgan. To‘g‘risi har safar Xoakin Feniks filmlarini ko‘rganda, ushbu inson naqadar ko‘p qirralik ekaniga hayron bo‘lib boryapman. Katta shaharda butunlay yolg‘iz qolgan, ko‘ngilchan yozuvchi obrazi juda zo‘r chiqqan. Xususan bosh qahramonga ushu kasb berilgani ham odamni hayron qoldiradi. Inson o‘zi baxtsiz bo‘lib, boshqalarni baxtini saqlab qolishda yordam beradigan obrazni gavdalantirgan. Yana bir ajabli tomoni, shu darajada sunʼiy intellekt rivojlangan paytda, xat yozish vazifasi nima bo‘lsa ham inson bajarib kelayotganidadir. Buni ijodkorlar inson va sunʼiy intellekt orasidagi farqiga qilingan ishoralardan biri deb tushundim. Filmga maʼno jihatdan qaraydigan bo‘lsak asosan juftliklarda bo‘ladigan muammolar ochib berilgan. Qanchalik ikki inson o‘rtadagi sevgi mustahkam bo‘lmasin, turmush yumushlari va ijtimoiy qiyinchiliklar bunga putur yetkazishi mumkinligiga ishora bo‘lgani aniq. Ammo filmning bu daraja achchiq kontekstli syujetiga qaramay, film oxirda siz yuzingizda tabassum va ko‘zlaringizda quvonch bilan yakunlashingiz mumkin.

Tarjimon - Batirkhann Nakibov.

Film treylerini tomosha qilish

Taqriz 'Katta og'a' telegram kanalidan olindi.
​​U: Bir ishq hikoyasi (Her, 2013)

Audio: En
Sub: Uz, En, Ru

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
#news

2023-yilgi Venetsiya festivali yakunlandi. G'olib esa 'Bechoralar' filmi uchun grek rejissyori Yorgos Lantimos deb topildi.

Bundan tashqari, eng yaxshi rejossyor uchun 'Kumush sher' mukofoti Yapon kinemotografi Ryusuke Hamaguchiga, eng yaxshi ijro mukofotlari Cailee Spaeny(Sofia Coppolaning 'Priscilla') va Peter Sarsgaard(Michel Franconing 'Memory')larga topshirildi.

📝@Scripter_uz
Scripter Uz
​​Neft (There will be blood, 2007) Audio: En Sub: Uz, En, Ru #toliqmetrajli 📝@Scripter_uz
Kstati, kinoning dublyaji chiqibdi. Film o'zim uchun eng qadrli bo'lib qolgan kartinalar sirasidan. TV versiyasini ko'rdim. Jaxlim chiqib o'tirdim kino davomida ba'zi sahnalar rasvo qilingani uchun. Avvaliga o'ylagandim, bu yerda bir necha marta diniy mavzu ham ketgan, buni TVga olib chiqish uchun hali unaqa katta 'dux' yo'q deb o'ylagandim. To'g'ri o'ylabman, eng muhim, kinoning eng shirali joylarini kesib tashlashibdi. Ne tavsiyu.
Scripter Uz
Kstati, kinoning dublyaji chiqibdi. Film o'zim uchun eng qadrli bo'lib qolgan kartinalar sirasidan. TV versiyasini ko'rdim. Jaxlim chiqib o'tirdim kino davomida ba'zi sahnalar rasvo qilingani uchun. Avvaliga o'ylagandim, bu yerda bir necha marta diniy mavzu…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kinoning qozoqcha dublyajidan. Qozoqlarning o'zi hali rasmiy chiqmagan degan xabar olgandim ammo original ijro bilan tenglasha oladigan darajada chiqqan ish. A biznikida bo'lsa prosto kesib qo'yilgan bu sahna.

- Day-Lewisning Oskar berilgan ijro sahnasi? Yo'q ko'rmadik.
Eyforiya. 2-mavsum. (2022)

🍻1. Jannat darvozalari yopilguncha kirib olishga harakat qilish.

Ovoz: Eng
Sub: Uz, Eng, Rus

@scripter_uz
Forwarded from Enigma Uz
Ustoz va murabbiylar kuni muborak boʻlsin qadrli hayot yoʻlimiz shamchiroqlari!

@Enigma_Uz
Ziddimasih (Antichrist, 2009) 18+
#drama #thriller #horror #erotica

Ota-ona jinsiy aloqa qilayotgan paytda ularning farzandi derazadan yiqilib halok bo'ladi. Ona chuqur depressiyaga tushadi, ota esa onani davolashga harakat qiladi.

Kino haqida uzundan-uzun revyu yozmoqchi emasman. Lars Von Trier'ning 2009-yilda namoyish qilingan shedevrlaridan biri. San'at asari.

Film 18, balki undan ham yuqoriroq yoshdagilar uchun tavsiya etiladi. Kuchli senzurasiz sahnalar mavjud.

Film treylerini to'liq tomosha qilish

@scripter_uz
Ziddimasih (Antichrist, 2009)

18+
Audio: En
Sub: Uz, En

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
O'chirg'ichbosh (Eraserhead, 1977)
Rej: David Lynch

Rejissyorning ismiyoq filmni ko'rish kerakligini aytib turibdi.

Inson ko'rishi mumkin bo'lgan eng noodatiy va g'alati filmlar sirasidan.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

@Scripter_uz
​​O'chirg'ichbosh (Eraserhead, 1977)

Audio: En
Sub: Uz, En

#toliqmetrajli

📝@Scripter_uz
Forwarded from Full Film Jacket🎬
​​#subtitir_tarjima
"Psixo)" (1960)

Rejissiyor Alfred Hitchcock Robert Blochning 1959-yili chop etilgan asari "Psixo)" asosida aynan shu nom bilan "Psixo)" 1960-yilda filmining yaratilishiga zamin yaratadi. Shubhasiz uning bu ishi o'ziga hos va durdona asarning kino tarixida o'chmas iz qoldiradi. Rejissiyor bizga dastlabki psixalogik trillerdan birini taqdim qiladi.


Film Feniks shahrida yashovchi Marion Crane ismli kotib qizning qilimishidan boshlanadi. Iloji boricha filmga spoyler bermaslik uchun shu yerida tasnif berishni to'xtataman. Hatto, Alfred Hitchcock film premyerasidan avval insonlar spoylerr qilmasliklari uchun deyarli barcha "Psixo" kitobini sotib olgan ekan.
Hitchcockning o'ziga hos uslubi, insonlarni ekran qarshida ushlab turishi, hayajonga solishi, operatorlik ishining maromidaligi va musiqalarning to'g'ri tanlashi nafaqat yaxshi atmosferani balki, mahorat darsini ham beradi desam bejiz bo'lmaydi.
"Psixo" oddiy qo'rqinchli film bo'lib qolmasdan shu bilan bir qatorda inson ruhiyatini va ong osti jarayonini o'rganishi bilan ham boshqa qo'rqinchli filmlardan ajralib turadi. Ayniqsa Marion Crane rolini ijro etgan Janet Leigh va Norman Bates roli bilan kinomanlarga tanish bo'lgan Anthony Perkins mahorat bilan qahramonlarining ruhiy holatini mohirona ochib berishgan.
Shunday qilib, "Psixo" filmi vaqt sinovida shu kungacha o'tib kelib IMDb saytidagi "Eng top 100 ta filmlar" ro'yxatidan joy olgan. Alfred Hitchcock va uning "Psixo" filmi hani-hanuzgacha bugun kun kinematografiyasiga ta'sir o'tkazib kelmoqda.

Film tarjima faoliyatimda birinchi ish. Shuning sababli donat qilib qo'llab-quvvatlasiz degan umiddaman.

Belgilangan mablag': - 150 ming so'm

💳Karta raqamni shu yerda qoldiraman:
9860170103946407 Alimjonov Muhammadjon
Donat uchun oldindan rahmat.

@Fullfilmjacket
- Keyingi uztitr uchun film tanlang:
«Men, Tonyaman» [eng: I, Tonya 2017] — biografik, monumental, sport haqidagi komedik film. Kreyg Gillespi boshchiligidagi film "figurnoye kataniye" bo'yicha sportchi Tonya Maksin Xardingning hayotidan hikoya qiladi.

@scripter_uz
«Malla» [eng: Blonde 2022] — Endryu Dominik rejissyorligidagi biografik, psixologik drama bo'lib, 50-yillarning taniqli yulduzi Merilin Monro hayoti haqida hikoya qiladi. Film Joys Kerol Outsning xuddi shu nomdagi asarining ekranizatsiyasi bo'lsa-da, u aktrisaning to'liq biografiyasini yoritib bermaydi. Balki, uning hayotidagi muhim hodisalarni badiiy tomonlama talqin qiladi.

@scripter_uz
«Xavfli element» [eng: Radioactive 2019] Mariya Sklodovskaya-Kyuri hayoti haqida hikoya qiluvchi dramatik filmdir. Marjan Satrapi tomonidan Loren Redniss'ning "Xavfli element: Mariya & Pyer Kyuri: Sevgi va Halokat haqidagi hikoya" ("Radioactive: Marie & Pierre Curie: A Tale of Love and Fallout") asari asosida suratga olingan. Filmdan Mariyaning bo'lajak eri va tadqiqotchi hamkori Pyer Kyuri bilan tanishishi, poloniy va radiyning kashf etilishi va Pyerning halokatli o'limi haqida bilib olasiz.

@scripter_uz
Bir zamonlar... Golivudda (Once upon a time... in Hollywood, 2019)
Rej: Quentin Tarantino

Rejissyor Kventin Tarantinoning shoh asarlaridan biri hisoblanadi. O'z so'zlariga ko'ra u ishlagan eng yaxshi film. Kino 60-yillarda mashhur va unutilish arafasida turgan kinoyulduz Rik Dalton (Leonardo DiCaprio) va uning kaskadyori Kliff Buz (Brad Pitt) ning Los-Angelesdagi sarguzashtlari haqida. Bu bilan parallel ravishda Sheron Tate (Margot Robbie) ning ham hikoyasi aks etadi.

📝@Scripter_uz