Публикация статей дёшево и качественно!
135 subscribers
643 photos
5 videos
44 files
539 links
✔️Scopus jurnallari
✔️OAK (VAK) jurnallari
✔️Xorijiy nufuzli jurnallar
✔️Xalqaro ilmiy konferensiyalar


Tarjima xizmati
Xorijdan taqriz olish
Grantlar
Bibliograph
✔️Proofreading va boshqa xizmatlar
Download Telegram
🔊Yangi Scopus jurnallarni siz mualliflarimizga taqdim etamiz !
SCOPUS jurnaliga arzon narxlarda maqolangizni nashr qiling.
📚Jurnal nomi:Civil Engineering and Architecture
ISSN: 2332-1091 (Print)
ISSN: 2332-1121 (Online)
🇱🇷Davlat:United States
Maqola qabul qilish sohalari:
1.Engineering
2.Architecture
3.Civil and Structural Engineering
Quartile:Q3
🔝 SCOPUS bazasidagi holati:https://www.scopus.com/sourceid/21100901948
🌐 Jurnalning web-sayti: https://www.hrpub.org/journals/jour_info.php?id=48
Proofreading xizmati mutlaqo bepul.
Murojat:
https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
Как сделать индекс Хирша более высоким?
1.Печатайте те статьи, которые написаны лично вами, и которые имеют большое значение для науки.
2.Начиная путь исследователя, старайтесь писать материалы в соавторстве с известными людьми, имеющими высокие показатели в науке.
3.Публикуйте статьи не только в журналах ВАК, но и в изданиях на английском языке (Web of Science, Scopus).
4.Выполняйте обмен ссылками со своими коллегами.
5.Уделяйте должное внимание библиографическому списку, оформляйте его по правилам.
5.Подавая заявку на публикацию научного труда, проверьте, правильно ли написаны ваши личные данные.
6.Следите за индексацией ваших работ в разных базах.
Выполнение этих простых правил не только поможет повысить вам h-индекс, но и повысит ваш авторитет среди представителей научных кругов!
👩‍💻Sizga tarjimon kerakmi?

🔊Maqolangizni nufuzli jurnallar hamda konfrensiyalarda chop etish niyatingiz bor, ammo tarjima qilishni bilmaysizmi?

Boshqa turdagi tarjimalarga ehtiyojingiz bormi?

Biz sizga o'z xizmatlarimizni taklif etamiz!👍

🇺🇿O'zbekcha 🔛 🇺🇸 Inglizcha
Ruscha 🔛 🇺🇸 Inglizch

Muhimi bizda barchasi
Sifatli
Arzon
Tez

Albatta biz bilan bog'laning
Murojaat uchun:Telegram: https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
Yuqori IMPACT FACTOR li xalqaro jurnallarga maqola chop qiling va bepul SERTIFIKATGA ega bo’ling!
Faqat bizda arzon narxlar!
Journal nomi: International Engineering Journal For Research & Development (IEJRD)

📃ISSN Online: 2349-0721

🌐Jurnal sayti: http://iejrd.com/index.php/%20/index

📈Impact Factor: 7.169

📌Agarda sizning maqolangiz ingliz tilida bo'lmasa bizda tarjima xizmati mavjud.

♻️Qabul yo'nalishlari: Barcha muhandislik va komputer texnologiyalari sohasi

👁‍🗨Journal nomi: International Engineering Journal For Research & Development (IEJRD) jurnali quyidagi xalqaro online platformalarda indekslangan:
Google Scholar
Global Impact Factor
Index Copernicus
DOAJ
ORCID
DOI
Publons
va boshqa nufuzli bazalarda
Murojat:
Telegram: https://t.me/N101120
🔊New SCOPUS journal
📚Journal Title: Annals of Surgical Treatment and Research
📠Journal Abbreviation:Ann Surg Treat Res
Frequency:Monthly
Publisher: Korean Surgical Society
Language: English
pISSN: 2288-6575
eISSN: 2288-6796
DOI Prefix: 10.4174/astr
Continues: Journal of the Korean Surgical Society
🌐Broad Subject Term(s):General Surgery
MeSH (NLM):General Surgery
Surgical Procedures, Operative
🔦🔦
Contact:https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
Yuqori IMPAKT FACTOR jurnaliga maqola chop qilib bir vaqtni o’zida bepul CERTIFIKAT ga ega bo’lmoqchimisiz, unda bu jurnal siz uchun
Jurnal nomi:International Journal of Progressive Sciences and Technologies
🌐Jurnal sayti: https://ijpsat.ijsht-journals.org/index.php/ijpsat/index
📝Agar maqolangiz uzbek yoki rus tillarida bo'lsa, bizda tarjima xizmatlari ham mavjud!!!
Maqolalarga qo’yiladigan talablar:
1️⃣Abstract
2️⃣Keywords
3️⃣Introduction
4️⃣Materials
5️⃣Methods
6️⃣Results
7️⃣Discussion
8️⃣Conclusion
9️⃣Literature
Proofreading xizmati mutlaqo bepul.
Telegram: https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
🔊📚 SCOPUS Xalqaro jurnallardan biriga maqola chop qilmoqchimisiz,unda biz sizga navbatdagi Scopus bazasidagi jurnalni taklif qilamiz!
👩‍💻Biz siz uchun doim izlanishda azizlar.
Jurnal nomi: international journal of biology and biomedical engineering
Davlat:Amerika
ISSN: E-ISSN: 1998-4510;
Nashriyot:North Atlantic University Union NAUN
🌐Maqola qabul qilish sohalari:Biochemistry, Genetics and Molecular Biology
Biochemistry, Genetics and Molecular Biology (miscellaneous)
Chemical Engineering
Bioengineering
Engineering
Biomedical Engineering
Medicine
Medicine (miscellaneous)
💻web-sayti:https://www.naun.org/wseas/cms.action?id=3041
🔦Scopus bazasidagi holati:https://www.scopus.com/sourceid/21100381259
Maqolalarni ko'rib chiqish vaqti 1.5 oy va o'rtacha nashr qilish jarayoni 45 kunni tashkil qiladi.
Murojat:
Telegram: https://t.me/N101120
❗️ОАК ro'yxatidagi jurnallarga chop qiling
biologiya
kimyo
tibbitot,
texnika
geografiya
iqtisod
sa'natshunoslik

03.00.00 - БИОЛОГИЯ ФАНЛАРИ
1. International Journal of Genetic Engineering (АҚШ)
2. International Journal of Virology and Molecular Biology (АҚШ)

02.00.00 - КИМЁ ФАНЛАРИ
1. International Journal of Materials and Chemistry (АҚШ)
2. American Journal of Polymer Science (АҚШ)

14.00.00 - ТИББИЁТ ФАНЛАРИ
1. American Journal of Medicine and Medical Sciences (АҚШ)

05.00.00 - ТЕХНИКА ФАНЛАРИ
1.International Journal of Research in Science, Engineering and Technology (Индия)

11.00.00 - ГЕОГРАФИЯ ФАНЛАРИ
1.Nature and Science (АҚШ)

08.00.00 - ИҚТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ
1. Journal of Management Value & Ethics (Индия)

17.00.00 - САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИ
1.European Journal of Art (Австрия)
Murojat:https://t.me/N101120
🇱🇷 OAK AMERIKA
Arzon narxlar faqat bizda!
Narxi:150$ .Agar 2 tadan ortiq maqola bersangiz yana ham arzon narxlarda chop qilamiz.Shoshiling imkonyatni qo'ldan boy bermang.
14.00.00 - TIBBIYOT FANLARI uchun OAK ro‘yxatidagi Amerikaning American Journal of Medicine and Medical Sciences ilmiy jurnaliga maqolalar qabul qilish davom etmoqda.

📠Nashriyot nomi: American Journal of Medicine and Medical Sciences
p-ISSN: 2165-901X
e-ISSN: 2165-9036
h5-index: 8, h5-median: 11

📚Jurnalning rasmiy veb sayti: http://www.sapub.org/Journal/articles.aspx?journalid=1079

🖊Maqolalar uchun proof reading xizmati mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

🎊Shoshiling! Siz ham maqolalaringizni qisqa muddat ichida OAK jurnallarida chop qiling!

Murojaat:
https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
🇱🇷 OAK AMERIKA
Arzon narxlar faqat bizda!
Narxi:145$ .Agar 2 tadan ortiq maqola bersangiz yana ham arzon narxlarda chop qilamiz.Shoshiling imkonyatni qo'ldan boy bermang.
KIMYO FANLARI uchun OAK ro‘yxatidagi Amerikaning International Journal of Materials and Chemistry ilmiy jurnaliga maqolalar qabul qilish davom etmoqda.
p-ISSN: 2166-5346
e-ISSN: 2166-5354
📚Jurnalning rasmiy veb sayti: http://journal.sapub.org/ijmc
🖊Maqolalar uchun proof reading xizmati mutlaqo bepul amalga oshiriladi.
🎊Shoshiling! Siz ham maqolalaringizni qisqa muddat ichida OAK jurnallarida chop qiling!
Murojat:
Bog'lanish@N101120
Telegram kanalimiz:ScopusPublish
Email bestpublication20@gmail.com
Maqolangizni Scopus jurnalida chop qilmoqchimisiz?
🌐Maqolangizni yuqori ko'rsatkichli tematik Scopus jurnallarida chop qiling!
📄 Jurnal nomi:International Journal of Mechanics
🇺🇸 Davlat: America
Maqola qabul qilish sohalari:
Engineering
Computational Mechanics
Electrical and Electronic Engineering
Mechanical Engineering
Mechanics of Materials
Physics and Astronomy,Physics and Astronomy (miscellaneous)
Maqolani ko'rib chiqish vaqti 3-4 hafta davom etadi.
👩‍💻 Maqolalar quyidagi namuna asosida qabul qilinadi:
Title of the Article
Authors Name
Affiliation of Authors (department, faculty, university, city and country)
E-mail address
Abstract (50-100 words)
Key words (8-12 words)
Introduction
Materials and methods
Result and discussion
Conclusion
References

🔝 SCOPUS bazasidagi holati: https://www.scopus.com/sourceid/19700166617
💻 Jurnalning web-sayti: https://www.naun.org/cms.action?id=2828
Murojat:
Telegram: https://t.me/N101120
Email bestpublication20@gmail.com
Diqqat Stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning o‘zgargan miqdordagi stipendiyalarini to‘lash bilan bog‘liq to‘siqlar olib tashlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy va innovasion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 27 avgustdagi 545-son qarori 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori ilovasi «Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari» tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari o‘zgargan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ishlab chiqishlari bekor qilinib, bazaviy lavozim maoshlari o‘zgarganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari» o‘zgarishi belgilandi.

Bu bilan, stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning o‘zgargan miqdordagi stipendiyalari hamda ularning ilmiy rahbar/konsul'tantlariga mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq to‘siqlar olib tashlandi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'limdan keyingi ta'lim to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Xususan:

🔹«Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsul'tant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsul'tantlarga ilmiy yoki ta'lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

🔹Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta'lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

🔹Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me'yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsul'tantlar tayinlanishi mumkin.»

Mazkur qarorning avvalgi tahririda fan doktorlariga bir vaqtning o‘zida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsul'tant qilishlari, ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy rahbarlik yoki ilmiy konsul'tant faoliyati samaradorligi tahlili asosida Kollegial organ tavsiyasiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida faqat ikki nafar tayanch doktorantga va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar etib biriktirilishi mumkin edi.

Davlat byudjetidan ilmiy va ta'lim tashkilotlari akkreditasiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan o‘rinlar Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyasiya) o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi

Bu bilan kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari shaffofligi ta'minlanishi, shuningdek, salohiyatli talabgorlar saralanishi belgilanmoqda.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ф а р м о н и
Талаба ёшларни ўз устида мунтазам ишлаш ва илмий-тадқиқот фаолияти билан шуғулланишга ундаш, уларнинг истеъдодларини намоён этиш ва ижодий қобилиятларини ривожлантириш, билимли ва иқтидорли ёшларни янада қўллаб-қувватлаш, шунингдек, 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастурида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида:

1. 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:

а) Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат стипендияси квотаси:

таянч докторантурада таҳсил олаётган докторантлар ва магистратура босқичи талабалари учун икки баробарга оширилиб, тегишлича 10 та ва 22 та этиб;

бакалавриат босқичи талабалари учун эса ҳар бир олий таълим муассасасига 1 тадан этиб белгилансин;

б) Қорақалпоғистон Республикасидаги олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган иқтидорли талабаларни рағбатлантириш мақсадида Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон ва Қорақалпоғистон халқ ёзувчиси Тўлепберген Қаипбергенов ҳамда Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон ва Қорақалпоғистон халқ шоири Ибройим Юсупов номли давлат стипендиялари жорий этилсин;

в) Ўзбекистон Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари давлат олий таълим муассасаларининг қўшма таълим дастурлари асосида таҳсил олаётган ҳамда республикада фаолият юритувчи хорижий олий таълим ташкилотларининг филиаллари ва нодавлат олий таълим ташкилотлари бакалавриат босқичи талабалари учун ҳам татбиқ этилсин.

2. Белгилаб қўйилсинки:

Ўзбекистон Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари танловларининг дастлабки босқичи олий таълим муассасаси томонидан ўтказилади ва танловнинг навбатдаги босқичига тавсия этиладиган талабгорлар тегишли олий таълим муассасасининг профессор-ўқитувчилари ва талабалари иштирокида аниқланади;

Ўзбекистон Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари танловлари Вазирлар Маҳкамаси томонидан тасдиқланган тартибга мувофиқ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигида ташкил этиладиган комиссиялар томонидан ўтказилади;

қўшма таълим дастури асосида давлат олий таълим муассасасини, республикада фаолият юритувчи хорижий олий таълим ташкилотининг филиалини ёки нодавлат олий таълим ташкилотини тамомлаган Ўзбекистон Республикаси Президенти ёки номли давлат стипендияси соҳиби бўлган талабалар ҳам давлат олий таълим муассасаси магистратурасига бакалавриатнинг таълим йўналишига мос ва турдош мутахассислик бўйича кириш имтиҳонларисиз қўшимча давлат гранти асосида қабул қилинади.

3. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги:

бир ой муддатда Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисосликлари рўйхати ҳамда Олий таълим йўналишлари ва мутахассисликлари классификаторига мувофиқ таълим соҳаларини инобатга олган ҳолда таянч докторантурада таҳсил олаётган докторантлар ва магистратура босқичи талабалари учун Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳамда бакалавриат босқичи талабалари учун номли давлат стипендияларининг танлов йўналишлари рўйхатини тасдиқласин;

ҳар йили бакалавриат босқичи талабалари учун Ўзбекистон Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари квоталари бўйича таклифларни олий таълим муассасалари кесимида Вазирлар Маҳкамасига тасдиқлаш учун киритиб борсин;

тизимида олий таълим муассасаси мавжуд вазирлик ва идоралар билан биргаликда Ўзбекистон Республикаси Президенти ва номли давлат стипендиялари танловларининг дастлабки босқичи олий таълим муассасалари томонидан шаффоф, адолатли ва юқори савияда ўтказилишини таъминласин.

4. Мазкур Фармонда белгиланган чора-тадбирларни амалга ошириш учун зарур маблағлар 2021 йилда Ўзбекистон Республикасининг республика бюджетидан биринчи даражали бюджет маблағларини тақсимловчи сифатида тегишли вазирлик ва идораларга ажратилган маблағлар доирасида молиялаштирилади, 2022 йилдан бошлаб эса Давлат бюджети параметрларида назарда тутилади.
5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1993 йил 5 февралдаги “Ўзбекистоннинг ўқувчи ёшларини рағбатлантириш чоралари тўғрисида”ги ПФ–555-сон Фармонига иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.

6. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги манфаатдор вазирлик ва идоралар билан биргаликда икки ой муддатда қонунчилик ҳужжатларига мазкур Фармондан келиб чиқадиган ўзгартириш ва қўшимчалар тўғрисида Вазирлар Маҳкамасига таклифлар киритсин.

7. Мазкур Фармон ижросини самарали ташкил қилишга масъул ва шахсий жавобгар этиб олий ва ўрта махсус таълим вазири А.Х. Тошкулов ҳамда Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази директори М.М. Каримов белгилансин.

Фармон ижросини назорат қилиш, масъул вазирлик ва идоралар фаолиятини мувофиқлаштириш Бош вазир ўринбосари Б.А. Мусаев ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг маслаҳатчиси А.А. Абдувахитов зиммасига юклансин.