TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
8.05K subscribers
8.05K photos
1.35K videos
2.03K files
2.27K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi 💡

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida alohida qabul kvotalari orqali o‘qishga kirishi mumkin.

Sayt orqali ariza berish: https://xotin-qizlar.uz/public/forms/application_otm_v2

Tabiiy fanlar faniga oid yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring:
➡️ @sciense_uz
#BILASIZMI 💡

🔰“Tabiiy fan – bu dalillarga asoslangan tizimli metodologiyaga rioya qilgan holda tabiiy va ijtimoiy dunyoni bilish va tushunishga intilish hamda shu bilimlarini amaliyotga tadbiq etish”.

©️Tabiiy fanlar bo‘yicha Kengash, 2022 yil

Tabiiy fanlar faniga oid yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring:
➡️ @sciense_uz
​​#Bilasizmi

O‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi

1.Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

2.O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

3.Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

4.TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

5.Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

6.O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

7.Respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

8.Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

9.Birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

10.Asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

11.Ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

12.Pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

13.Belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

14.Oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

15.Qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

16.Oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

17.Pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

18.Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

19.Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

O‘qituvchi ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi. Aynan bir xil ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan bir nechta o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.

Asos: «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

“Kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.

Bugungi bayram bilan barcha ayollarimizni tabriklaymiz!!! 💐💐💐

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#Bilasizmi

❗️Oʻquvchilarni darsdan sababsiz chiqarib yuborish yoki darsga sababsiz kiritmaslik mumkin emas

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-sonli buyrugʻida mazkur me’yorlar belgilangan.

Pedagog va xodimlarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

▪️jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
▪️oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
▪️“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
▪️dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
▪️taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
▪️taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;
▪️muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
▪️taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating👇🏻
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
#Bilasizmi 💡

❗️Maktab o'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating👇🏻
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
#bilasizmi 💡| IQLIM MINTAQALARI

▫️Ekvatorial Yer ekvatori va uning ikki yonida joylashgan hududlar

▫️Subekvatorial (2 ta)Ekvatorial iqlim mintaqasidan shimolda va janubda, 5° -20° kengliklar oralig'ida

▫️Tropik (2 ta)Shimoliy va janu
biy yarimsharlarning 20° -30° kengliklari orasi

▫️Subtropik (2 ta)Tropik mintaqa
bilan mo'tadil mintaqa oralig'ida 30° - 40° kengliklar orasi

▫️Mo'tadil (2 ta)40° -60° shimoliy kengliklar va 42° - 55° janubiy kengliklar orasidagi geografik mintaqa

▫️Subarktika (Subantarktika) Qutbiy doiralar atrofidagi sovuq mintaqa

▫️Arktika (Antarktika)Qutblar atrofidagi sovuq mintaqa

Obuna bo‘ling 👉 @geografiyavatalim
Forwarded from Pedagoglar
#Bilasizmi

❗️Oʻquvchilarni darsdan sababsiz chiqarib yuborish yoki darsga sababsiz kiritmaslik mumkin emas

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-sonli buyrugʻida mazkur me’yorlar belgilangan.

Pedagog va xodimlarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;
muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Maktab o'quv xonalari harorati necha gradus bo'lishi kerak?


Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, ta'lim muassasidagi ayrim xonalar harorati quyidagicha bo'lishi lozim:

Sport zalida muntazam ravishda harorat 18º C – 20º C, havoning namligi 50 – 60 foiz;

Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#bilasizmi 💡

❗️21 dekabrdan 22 dekabrga o‘tar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir bo‘ladi.

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/joinchat/EWXCGdYT9vs0ODFi
#Bilasizmi 💡

Geografik xaritada Yer yuzasining butun yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin.

Masalan, dunyo xaritasida Yer yuzasi butun tasvirlansa, materiklar va okeanlar xaritasida esa alohida bir materik yoki okeanlar tasvirlanadi. Tabiiy Geografik o‘lkalarning xaritalarida esa Yerning ma’lum bir kichik qismi tasvirlanadi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#Bilasizmi 💡
Dunyoning siyosiy xaritasi (umumgeografik xarita)

Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Masalan, tabiiy va siyosiy xaritalar

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#Bilasizmi 💡
Dunyoning tabiat zonalari
(mavzuli xarita)

Mavzuli xaritalar ma’lum bir mavzuga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, tabiat zonalari, iqlim, foydali qazilmalar, o‘simliklar, sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi ekinlari va boshqalar.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#Bilasizmi 💡

Agar mavzuli xaritalarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha komponentlar tasvirlangan bo‘lsa, bunday xaritalar kompleks xaritalar deb ataladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#Bilasizmi 💡

▪️Har bir geografik xarita ma’lum bir mavzuni yoki bir nechta mavzularni aks ettiradi. Aytaylik, dunyoning tabiiy xaritasi yordamida quruqlik va okeanlar relyefi haqida yoki dunyoning siyosiy xaritasi yordamida esa jahon davlatlarining geografik o‘rni va chegaralari haqida ma’lumot olish mumkin.

▪️Demak, geografik bilimlarimizni boyitib borish uchun bizga ko‘plab turli mavzu va mazmundagi xaritalar zarur bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda, xaritalar muayyan dastur asosida tizimli ravishda to‘plam holiga keltiriladi. Bunday xaritalar to‘plami atlas deb ataladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#Bilasizmi

Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?


Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Yangi tartibga ko'ra pedagoglarga malaka toifa berish tartibi bo'yicha quyidagi o'zgarishlar amalga oshirildi:

Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan bo'ldi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan bo'ldi;

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan bo'ldi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi 💡

Har yili 22 aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Yer kuni - bizning umumiy uyimiz bo'lgan kun nishonlanadi.

Bayram 2009 yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida (A / RES / 63/278 sonli rezolyutsiya, BMTning 50 dan ortiq davlat a'zolari tomonidan homiylik qilingan) 22 aprel kuni tayinlangan va 2010 yil boshidan nishonlanish boshlangan.

Bosh Assambleyaning 63-sessiyasining raisi Migel d'Escoto Brokman ushbu Xalqaro kunning qarorida Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz ekanini tan olish, insoniyatni hayot bilan ta'minlashni e'tirof etishni BMTning Atrof-muhit bo'yicha konferentsiyasida qabul qilingan majburiyatlarni tasdiqlashini 1992 yilda Rio-de-Janeyroda e'lon qildi. Shuning uchun hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o'rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg'unlikni ta'minlash kerak.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi 💡

Har yili 22 aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Yer kuni - bizning umumiy uyimiz bo'lgan kun nishonlanadi.

Bayram 2009 yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida (A / RES / 63/278 sonli rezolyutsiya, BMTning 50 dan ortiq davlat a'zolari tomonidan homiylik qilingan) 22 aprel kuni tayinlangan va 2010 yil boshidan nishonlanish boshlangan.

Bosh Assambleyaning 63-sessiyasining raisi Migel d'Escoto Brokman ushbu Xalqaro kunning qarorida Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz ekanini tan olish, insoniyatni hayot bilan ta'minlashni e'tirof etishni BMTning Atrof-muhit bo'yicha konferentsiyasida qabul qilingan majburiyatlarni tasdiqlashini 1992 yilda Rio-de-Janeyroda e'lon qildi. Shuning uchun hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o'rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg'unlikni ta'minlash kerak.

👉🏻 @geografiyavatalim

Bizni kuzating:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube