Shohzod Polatov | ScaleUp
2.91K subscribers
206 photos
33 videos
8 files
57 links
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
Raqamdan qo’rqqan biznes, bozordan qo’rqishni boshlaydi

Oxirgi haftalarda Dashboard loyihamiz bo’yicha juda ko’p uchrashuv qilyapman. Online, offline - kuniga bir nechta. Va deyarli har birida bir xil manzarani ko’ryapman.

Rahbar o’tiradi. Biznesini yaxshi biladi. Jamoasini biladi, mahsulotini biladi, bozorini biladi. Lekin “o’tgan oy foydangiz nega tushdi?” degan savolga aniq javob bera olmaydi.
Taxmin bor. Sabab yo’q.
Va aynan shu joyda eng qimmat qarorlar tug’iladi.

Qanday bo’ladi: qo’lingizda bitta raqam bor - sotuv tushgan. Siz shu raqamga qarab sotuv menejeringizga bosim qilasiz. Skript yozdirasiz, plan qo’yasiz, jarima kiritasiz. Odam charchaydi, jamoada zo’riqish paydo bo’ladi.
Ikki oydan keyin ma’lum bo’ladi: sotuv tushmagan ekan - lidlar oqimi tushgan. Lidlar oqimi ham o’z-o’zidan tushmagan ekan - bitta kanalda lid narxi ikki barobar oshgan. Ya’ni muammo sotuv bo’limida emas edi. Siz esa ikki oy davomida noto’g’ri odamni davoladiz.

Bu - pul yo’qotish emas. Bu - vaqt yo’qotish. Pulni qaytarib topasiz. Vaqtni yo’q.

Ikkinchi tarafi bundan ham qiziq.
Suhbatlarda tez-tez shu javobni eshitaman:
“Yo’q, hozircha raqamlarni ochmaylik. Keyin muammo ko’rinib qoladi.”

Bir necha marta eshitgach tushundim: bu tasodif emas. Bu - tizimli qo’rquv.
Odam raqamdan qo’rqmaydi. Odam raqam ko’rsatadigan haqiqatdan qo’rqadi. Chunki raqam chiqishi bilan javobgarlik ham chiqadi. Kimdir “men bu bo’limni boshqaraman” degan gapini endi isbotlashi kerak bo’ladi.
Lekin mantiqni bir daqiqa sekin o’ylab ko’ring.

Raqam muammoni yaratmaydi. Raqam muammoni faqat nomlaydi.
O’sha muammo kecha ham bor edi, bugun ham bor. Har kuni pulingizni yeb turibdi. Yagona farq - siz bilasizmi yoki yo’q.

Ko’rmaslik muammoni yo’qotmaydi. Ko’rmaslik faqat sizni tinch uxlatadi. Bozor esa siz uxlaganda ham ishlab turadi.

Shuning uchun men bitta oddiy gapni takrorlayveraman: korxona ham check-up qilib turishi kerak.
Odam yiliga bir marta tekshiruvdan o’tadi. Nega? Kasal bo’lgani uchun emas - kasal bo’lib qolmasligi uchun. Erta ko’rilgan muammo arzon. Kech ko’rilgani qimmat.

Biznesda ham xuddi shunday. Oyiga bir marta o’z raqamlaringizga sovuqqonlik bilan qarash - bu zaiflik emas. Bu kuch.
Va hozirgi bozorda bu shunchaki maslahat emas. Raqobatchingiz sizdan aqlliroq bo’lmasligi mumkin. Mahsuloti ham sizniki darajasida bo’lmasligi mumkin. Lekin u ko’rsa, siz ko’rmasangiz - u yutadi. Chunki u haftasiga qaror qabul qiladi, siz choragiga bir marta.
Bu urushda g’alaba tezlikda emas. Aniqlikda.

Endi amaliy qismi. Postni o’qib, yopib qo’ymang.
Hoziroq telefoningizni oling va menejeringizga bitta savol yozing:
“O’tgan oy bitta mijoz bizga qanchaga tushgan?”
Soatga qarang.
• Javob 5 daqiqada keldi - tizimingiz bor.
• Ertaga keldi - tizimingiz zaif.
• “Hisoblab, keyin aytaman” deb yo’qolib qoldi - tizimingiz yo’q.

Qaysi variant chiqdi? Menga yozing.
Keyingi postda rahbarlar deyarli hech qachon o’lchamaydigan, lekin foydani eng ko’p yeydigan 3 ta ko’r nuqtani ochib beraman.

Scaleup | @scaleupuz
🔥16⚡6👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡13🔥6👍2
33 yoshdan keyin eng qo'rqinchli narsa - bu yosh emas, balki hayotning qanchalik tez o'tib ketishidir

Kechagina iyun edi, bugun esa avgustning o'rtasi. Bolaligimizda yoz kichik bir hayotdek edi, hozir esa bir ko'z yumib ochguncha u o'tib ketyapti. Ish, vazifalar, dedlaynlar va go'yo yana nimadir o'tkazib yuborgandek odam.

Ammo muammo yoz qisqarganida emas, shunchaki hayot juda bir xil bo'lib qolganida. Bolalikda har kuni yangi narsa sodir bo'lardi, shuning uchun vaqt boshqacha sezilardi. Kunlar bir-biriga o'xshash bo'lganda esa, xotira ularni bitta kichik faylga siqib qo'yadi: ish, uy, telefon, uyqu.

Shuning uchun sentabrgacha yozni quvib yetishga shoshilish kerak emas. Yaxshisi, shunchaki to'xtab, chuqur nafas olish, hech narsa rejalashtirmaslik kerak. Dam olish kunlari telefonni o'chirib qo'ying, tabiat qo'ynida sayr qiling, sport bilan shug’illaning, shaharda o'zingiz hech qachon bo'lmagan yangi yo'nalishni tanlang, nodatiy odamlar yeg’iladigan joylarga boring. Chunki ba'zida bizga ko'proq vaqt emas, balki vaqtni qaytadan payqashni o'rganish kerak bo'ladi.

Scaleup | @scaleupuz
🔥28💯10👍62
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡16👍7🔥2
Mijozga ishingiz qanchalik qiyin ekanligini aytishga harakat qilmang. Uning qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini, tungi uyqusizlik va bosimni tushuntirmang. Bu sizning fidoyiligingiz emas, balki "azob-uqubat" kabi eshitiladi va mijozda "Hamma narsa nazoratidami?" degan savol tug'iladi. Rostgo'ylik muhim emas, jarayonga ishonch kerak. Kuchli mutaxassislar sahna ortidagi qiyinchiliklarni, uyqusiz tunlar va vahimalarni sezdirmaydilar. Farq faqat natijada.

Scaleup | @scaleupuz
1🔥2916⚡5👍4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6⚡4👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡15🔥9👍4
Ayyorlik yoki bosim bilan emas, balki faqat tushunish orqali qanday qilib sotishni 5 qadami:

Birinchi qadam: gapirishni to'xtating.
Og'zingiz ochiq ekan, hech narsa o'rgana olmaysiz.

Ikkinchi qadam: haqiqiy muammoni toping.
Ko'pchilik odamlar xohlagan narsasini emas, balki ularning tashvishlarini hal qiladigan narsani sotib olishadi.

Uchinchi qadam: eshitganlaringizni takrorlang.
Hammasini to'g'ri tushunganingizga ishonch hosil qiling. Aynan shu yerda ishonch tug'iladi.

To'rtinchi qadam: gapirmang, ko'rsating.
Taklifingiz ularning hayotini qanday osonlashtirishini aniq namoyish eting.

Beshinchi qadam: "ha" deyishni osonlashtiring.
Bosim o'tkazmang, shunchaki mantiqiy bo'ling.

Scaleup | @scaleupuz
🔥20⚡4
Yangi tanishuvlarda shunchaki eslab qolingan emas, yodda qoladigan suhbatdosh bo'lish uchun bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish yetarli:

⚪️ Hikoyani toping: Uchrashuvdan oldin suhbatdoshingizning rezyumesini emas, uni nima qiziqtirishini surishtiring. Suhbat bir joyda to'xtab qolsa, shu narsa qutqaradi.
⚪️Ko'proq tinglang: 80% tinglab, 20% gapiring. To'g'ri savollar yoqimli qiladi, o'zingiz haqingizda o'rinli gapirish esa yaqinlashtiradi.
⚪️100% e'tibor bering: Telefonni bir chetga surib, ko'z to'qnashtiring. Hayotda chinakam e'tibor ko'rganlar kam - shuning o'ziyoq esda qolishga yetadi.
⚪️Me'yorida ochiling: Qadriyat va qarashlaringiz haqida gapiring, lekin birinchi uchrashuvdayoq hamma sirni to'kib solmang.
⚪️Jonli javob bering: Quruq mutaxassisman deyish o'rniga, nima bilan shug'ullanasiz va buni nega yaxshi ko'rasiz - shu haqda ayting. Bu suhbatga yangi rang beradi.

Hamma joyda ko'rinish boshqa, o'zgacha bo'lib esda qolish butunlay boshqa narsa.

Yaqinlaringizga ulashib qo’ying !

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16💯11
Eng qimmat qarorlaringiz qayerda tug’iladi?

Oxirgi 5 yillik kuzatuvim: birorta ham strategik yechim operatsion shovqin ichida tug’ilmagan. Bironta ham. Menga tez-tez aytishadi:
“Sizga mazza - shanba-yakshanba muammo bo’lsa ham yo’q bo’lib ketasiz.”

Ha. Bir necha yildan beri ataylab shunday qilaman.
Sabab oddiy: muammoning yechimini muammoning ichida turib topolmaysiz. Miya ham telefonga o’xshaydi - kesh to’lsa, qotadi. Xotira to’lsa, sekinlashadi. Farqi shundaki, telefonni tozalashni bilamiz, miyani esa yillab tozalamay ishlatamiz.

Oxirgi 10 kunda ta’lim loyihalarimizda mutaxassislar bu mavsumda bozorni o’zgartirganimizni, og’riqni aniq topganimizni va natija ham shuni tasdiqlayotganini aytishdi. Ular bilmagan bitta narsa - bu g’oyalarning manbai qattiq mehnat emas, xotirjamlik edi.

Ko’pchilik natijaga erisholmayotganining sababi mehnat kamligi emas. Xotirjamlik yo’qligi. 12 soat band miya bitta ham yangi fikr bermaydi.

Formula sinalgan: strategiyaga kuniga 2-3 soat, haftada 5 kun - yetadi. Qolgan vaqt - nazoratga. Dam olish kunlari esa miyani loyihadan butunlay uzing. Aynan o’sha 2 kunda yechimlar o’zi kela boshlaydi.

O’zingizga dam bering.
Bu dangasalik emas - bu strategiya.

Scaleup | @scaleupuz
1🔥3414💯6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥8🤔1
Mutaxassisning asosiy valyutasi: Ishonch

Mutaxassis uchun eng qimmatli aktiv - bu ishonch. Odamlar nima uchun Google / AI dan emas, aynan sizdan maslahat so‘rashadi ? Chunki ular sizning haqqoniyligingizni, bilmagan narsangizni bilaman demasligingizni yaxshi bilishadi. Bu ishonch esa ertaga real natija va daromadga aylanadigan yagona kapitaldir.

Ishonch qanday qozoniladi?
Marketing rahbari bo‘lib ishlagan davrimdagi bir voqea buni yaqqol ko‘rsatgan. Stolda 258.000$ reklama kampaniyasi loyihasi turardi. Rahbarga kirib aniq strategiyani aytdim:
“Shu aktivlikni yoqsak, rejamizni 90% bajaramiz va asosiy hududlarda savdo ko’rsatkichlarini saqlab qolamiz.”

Rahbar hisob-kitoblarga emas, ko‘zimga tikilib bitta savol berdi: “Agar effekt bermasa - zararga sherik bo‘lasanmi?”

Bu moliyaviy xavfni o‘lchash emas, qat’iyatni sinash edi. Unga shunday javob berdim:
“Zararga moddiy sherik bo‘lishim qiyin, lekin bir kvartal davomida loyihadan bir tiyin olmayman - tekinga ishlayman.”

Rahbar ko‘zimdagi ishonchni ko‘rdi va loyiha tasdiqlandi. Natija ham kutilganidek chiqdi - chunki men mahsulotni shunchaki sotmagan, unga o‘zim ham 100% ishongan edim.

Rahbarlar chiroyli slaydlarga emas, mas’uliyatni yelkasiga olishga tayyor mutaxassisga tayanadi.
Biznesda "Skin in the game" - har qanday quruq hisobotdan kuchliroq argument.

Ishonch bir soniyada qanday yo‘qoladi?
Aksincha, media loyihamning so’nggi davrlarida imkoniyatimdan katta mas’uliyatni zimmamga olar edim.
Ich-ichimdan resurs yetmasligini sezib tursam-da, mijozga: “Uddalaymiz”, - derdim. Bu sohadagi eng og‘ir xotiralarim aynan shu davrga to‘g‘ri keladi.

Xatolarni tahlil qilib, kuchli va zaif taraflarimni qayta ko‘rib chiqish kerak. Lekin bitta qoidani umrbod angladim: yo‘qotilgan ishonchni qaytarish ikki karra emas, o‘n karra ko‘p mehnat talab qiladi. Yillar davomida ter to‘kib yig‘ilgan obro‘ bitta yengiltak va’da tufayli yo‘q bo‘lishi mumkin.
E’tiqod va obro‘ga yolg‘on aralashdimi - u qadriyat emas, shunchaki pufakka (bubble) aylanadi. Ertami - kechmi u baribir yoriladi. Yorilgan pufakni esa qaytadan shishirib bo‘lmaydi.

Scaleup | @scaleupuz
🔥15⚡5💯3🏆3
Harakatda sabrsiz bo’l, natijada sabrli.

Ko’pchilik teskari qiladi.
Boshlashda sabrli:
- Hozir emas;
- Yana o’ylab ko’ray;
- Jamoa to’liq bo’lsin;

Natijada sabrsiz:
reklama 3 kun ishladi - foydasi yo’q;
kontent 2 hafta chiqdi - ishlamas ekan;

Shu bitta almashuv yillaringni yeydi.
To’g’ri tartib: reja 70% aniq bo’lsa - bugun boshla.
Boshlagandan keyin - natijaga o’z muddatini ber.

Reklama haftalarda, kontent oylarda, ishonch yillarda pishadi. Bu muddatni sabrsizlik qisqartirmaydi - faqat buzadi.

Kechikkan harakat uchun o’zingni jazola.
Kutilayotgan natija uchun o’zingga vaqt ber.

Scaleup | @scaleupuz
1⚡19🔥11💯3
Oxirgi paytlarda o‘zim ham, atrofimdagi ko‘pchilik ham bir narsani - tinimsiz yugurish, ish va majburiyatlar girdobida aslida nima muhim ekanini unutib qo‘yayotganimizni juda qattiq his qilyapman. Shu mavzuda o‘qib, yuragimdan o‘tgan bir haqiqatni sizlar bilan bo‘lishgim keldi.

Avstraliyalik hamshira Bronnie Ware umrining oxirgi haftalarini yashayotgan insonlar bilan ishlab, ulardan bitta savol so‘ragan:

Hayotingizda nimadan afsuslanasiz ?

Psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham, bu insonlarning oxirgi daqiqalardagi e’tiroflari - biz bugun yo‘l qo‘yayotgan eng katta xatolarimizning xaritasi. Mana o‘sha eng kuchli 5 ta afsus:

⚪️Boshqalar kutgan hayotni yashaganimiz. Eng katta og‘riq - o‘z orzularimizni chetga surib, jamiyat yoki yaqinlarimiz qoliplariga moslashib yashab o‘tish ekan. Odamlar ketish oldidan o‘z xohishlarini sinab ham ko‘rmaganidan kuyunishadi.

⚪️Haddan tashqari ko‘p ishlaganimiz. Buni parvarishdagi barcha erkaklar aytishgan. Hech kim o‘lim to‘shagida "ofisda ko‘proq o‘tirganimda edi" demagan. Aksincha, bolalarining ulg‘ayishini va yaqinlarining yonida bo‘lishni boy berganidan afsuslanishgan.

⚪️His-tuyg‘ularimizni ichimizga yutganimiz. Munosabatlar buzilmasligi, tinchlik bo‘lishi uchun ko‘p narsani aytmaganmiz. Lekin o‘sha bosilgan hissiyotlar oxir-oqibat insonni ichdan yeb bitiradi.

⚪️Do‘stlar bilan aloqani uzib yuborganimiz. Hayot qaynagan paytda ish va muammolar birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo so‘nggi daqiqalarda odamlar boylikni emas, yillar oldin yo‘qotgan qadrli do‘stlarini eslashadi.

⚪️Baxt tanlov ekanini kech anglaganimiz. Ko‘pchilik baxtni qandaydir shartlarga bog‘lab qo‘yadi. Aslida esa o‘ziga baxtli bo‘lishga ruxsat berish - bu har bir kunimizdagi ongli tanlov.

Bu ma’lumotni o‘qib, o‘zimga ham to‘xtash kerakligini aytdim. Biz ko‘pincha ertangi kun uchun deb bugungi hayotimizni, yaqinlarimizni va eng asosiysi - o‘zimizni yo‘qotib qo‘yyapmiz.

Siz oxirgi marta o‘zingiz xohlagandek, yuragingiz aytgandek yashaganingizni qachon his qildingiz ?

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥17⚡4👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BYD Yevropa bozoriga eshikni kim orqali ochganini bilarmidingiz?

7-may kuni Xitoy kompaniyasi bu reklamani e'lon qildi va ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi

Xitoy tomoni uchun biz bilgan "ingliz 007 agenti" juda muvafaqqiyatli bo'ldi, pulini keragidan ortiq oqlagan bo'lishi kerak

Lekin, Angliya va shu atrofdagilarda g'alati savollar uyg'ongan. Masalan ba'zilar:

Reklama haqida to'liqroq Kreativ reklamalar kanalida: https://t.me/+EPB_wSpoBDYzM2Zi
🔥13
Ta'tilga chiqsangiz, biznesingiz necha kun mustaqil yashaydi?

Javobni aytmang. Shunchaki bir raqam o'ylang - post oxirida unga qaytamiz.

20 yoshda akam bilan otamizning videostudiyasini qabul qilib oldik - keyinchalik u Shohona Creative Group bo'ldi. Aylanma o'sdi, jamoa kattalashdi. Lekin bitta narsa o'zgarmadi: har bir narx, har bir kelishuv men orqali o'tardi.

Studiya o'sayotgandek tuyulardi. Aslida o'sayotgani men edim.

Bu farqni Mustafa loyihamizni ochganimizda tushundim. Kafe men zalda bo'lsam ham, bo'lmasam ham ishlayveradi. Sodiq School'da ham shunday.

Farq iste'dodda emas. Farq - tizimda.

Mana bugun o'zingiz o'tkaza oladigan 4 ta tekshiruv:
⚪️Oxirgi haftada sizdan so'ralgan savollarni yozib chiqing: qaysi biri menga kelishi shart edi ?
Yarmidan ko'pi shart bo'lmasa - sizda biznes emas, navbat bor.
⚪️Har bir bo'lim uchun bitta savol: natijasini kim o'lchaydi ?
«Men» bo'lsa - bo'lim mustaqil emas. «Hech kim» bo'lsa - bo'lim umuman yo'q.
⚪️Ertaga bitta xodimingiz ketsa, o'rniga kelgan odam nimadan boshlaydi?
«Men tushuntiraman» bo'lsa - jarayon sizning boshingizda. Bosh esa omborxona emas.
⚪️Ikki hafta aloqasiz ta'til.
Qaytganingizda uch manzaradan biri bo'ladi. Hammasi to'xtagan. Hammasi eskicha ishlagan. Yoki bir nechta qaror sizsiz qabul qilingan va to'g'ri chiqqan.
Uchinchisi - tizim ishlayotganining yagona isboti.

Bu tekshiruvni doim qilaman. Har safar kamida bitta joyda «men» chiqadi - o'sha joy keyingi chorakning vazifasi bo'ladi.

Endi boshidagi raqamingizga qayting. O'zgarmadimi ?

Ishingizni shunday quringki, natija sizsiz ham o'ssin. Aks holda siz biznes qurmagansiz - o'zingizga ish o'rni ochgansiz.

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👏6⚡5🙏3
Iyunda 100 ga yaqin shartnoma. Iyulda 500. Avgustda 700 dan oshdi.
Ko'pchilik bunday raqamni ko'rsa, birinchi bo'lib byudjetni so'raydi. Biz esa butun yoz davomida ikkita boshqa raqamni kuzatdik.

Kelgan odamdan shartnomaga:
iyunda 15%, iyulda 45%, avgustda 80%.
Bir mijozning narxi: 1 250$, keyin 490$, keyin 92$.

Bu yerda sehr yo'q. Iyunda biz ko'proq odam chaqirishga urinardik. Keyin savolni almashtirdik: nega kelgan odam ketib qolyapti. O'sha savolga javob topgan kunimizdan boshlab narx o'zi tusha boshladi. Mijoz narxi 13 barobar kamaydi. Endi rostini ayting. Sizda shu uchta raqam bormi. Oyma-oy, yozib qo'yilgan holda. Agar yo'q bo'lsa, siz biznesni boshqarmayapsiz, unga umid qilyapsiz.

Bugun o'tiring va bitta oyni hisoblang. Bir soat yetadi. Ishoning, ko'rgan narsangiz sizni ancha vaqtga o'ylantiradi. O'sish ko'proq harakatdan emas, to'g'ri savoldan boshlanadi.

Shu raqamlarni hali sanamagan tanishingizga yuboring.

Scaleup | @scaleupuz
2⚡20🔥11👏9
Sotuvning birinchi qoidasi mijozga yoqish deb o’ylab yurdim. Yillar kerak bo’ldi tushunishimga: bu ikkinchi qoida ekan.

Birinchisi boshqacha. Avval siz mijozni yoqtirasiz va buni unga sezdirasiz. Odam buni sezgan zahoti himoyasini o’zi tushiradi. Chunki bizni yoqtirgan odam bizga yomonlik qilmasligini ichimizda bilamiz.

2024-yil fevral. Katta korxonaga suhbatga chaqirishdi. Boshqalar bunday paytda kompaniyani o’rganadi, men esa rahbarni o’rgandim. Qaror qabul qiladigan odam u edi, kompaniya emas.

Bitta narsa topdim. Biz bir mahalladan ekanmiz.

Suhbat quruq boshlandi. Savol, javob. Bir payt gap aylanib kelganda shu narsani aytdim. Rahbarning yuzi o’zgardi. Yarim soatga belgilangan suhbat to’rt soat davom etdi.

O’sha yerda ikki yil ishladim. Keyin bilsam, u kishi hech kim bilan bunaqa ochiq gaplashmas ekan. Meni boshqalardan ajratib turgani na diplom, na tajriba. Bitta umumiy nuqta.

Faqat bir shartim bor. O’sha nuqta rost bo’lsin. Mahallani to’qisangiz, birinchi savoldayoq qulaysiz va ishonch o’rniga shubha olasiz.

Katta uchrashuv oldidan taklifingizni emas, odamni o’rganing. Bitta rost umumiy nuqta yetadi.

Odamlar mahsulotga ha demaydi.
O’ziga o’xshagan odamga ha deydi.

Muzokaraga tayyorlanayotgan tanishingizga yuboring.

Scaleup | @scaleupuz
1⚡37🏆10💯9👍5
Biznesni barbod qilishning eng tez yo‘li - unga
to‘xtovsiz ravishda yangi KPI ko‘rsatkichlarini qo‘shishdir
!

Ko‘pgina tadbirkorlar nazoratni kuchaytirish uchun raqamlar ko‘p bo‘lishi kerak deb xato o‘ylashadi. Natijada har bir bo‘lim o‘zining alohida maqsadiga intiladi: marketing ko‘proq odam olib kelishi, sotuv bo‘limi tushumni ko‘paytirishi, call-centre esa muammolarni tezroq yopishi kerak bo‘ladi.

Vaqt o‘tishi bilan xodimlar biznesning umumiy manfaatiga zarar yetkazsa ham, o‘z rejalarini bajarish yo‘lini topishadi. Marketing sotib olmaydigan sifatsiz mijozlarni yig‘adi, sotuvchilar katta chegirmalar hisobiga foydasiz bitimlar tuzadi, call-centre esa muammo hal bo‘lmasidan turib murojaatni yopib yuboradi.
Hamma o‘z KPI ko‘rsatkichini bajaradi, lekin biznes baribir yutqazadi.

Vaziyatni to‘g‘rilash uchun quyidagilarga amal qiling:
⚪️Har bir KPI-ni biznesning real natijasiga bog‘lang. Shunchaki hisoblash oson bo‘lgani uchun quruq faollikni o‘lchamang.
⚪️Qarshi ko‘rsatkichni kiriting. Masalan, tushumni foyda bilan, yangi mijozlarni ularning sotib olish darajasi bilan, ish tezligini esa mijozning mamnunligi bilan birga baholang.
⚪️KPI xodimlarda qanday xulq-atvorni shakllantirayotganini kuzating. Odamlar siz nimani rag‘batlantirsangiz, aynan o‘sha narsani yaxshilashga intilishadi. Shuning uchun ko‘rsatkichning bajarilishi biznes uchun haqiqiy foyda keltirishi kerak.

KPI - bu shunchaki raqam emas, balki jamoangizga nima aslida muhimligini ko‘rsatib beruvchi yo‘riqnomadir.

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12💯10⚡3
93% konversiya raqamini men marketingning yutug'i deb aytolmayman. 234 tashrifdan 217 shartnoma - bu marketing, qabul va o'qituvchilar bir zanjirda ishlagani uchun chiqdi.

Bitta bo'lim yolg'iz zo'r ishlasa - bu ko'rsatkich.
Hamma bo'lim birga ishlasa - bu natija.

2-sentyabr: 1400 o'quvchi.
O'yin hali tugagani yo'q.


ScaleUp | @scaleupuz
1🔥21🏆8⚡5👍1
Biznesda eng xavfli gap:
Biz doim shunday qilib kelganmiz !

Ko'p kompaniyalar muammolarni tizim yo'qligidan emas, balki eski usullarga juda uzoq yopishib olgani uchun to'plashadi. Bir paytlar yaxshi foyda bergan reklama, g'oya yoki sotuv strategiyalari vaqt o'tib shubhasiz haqiqatga aylanib qoladi. Lekin bozor va mijozlar o'zgaryapti, texnologiyalar o'sib boryapti, eski ish uslubi esa o'sha-o'sha qolyapti. Oqibatda, oldin kompaniyani muvaffaqiyatli qilgan narsalar endi uni yiqita boshlaydi.

Boshqacha yo'l tutib ko'ring:
Birinchidan, yillar davomida o'zgarmagan ish usullaringizni qaytadan ko'rib chiqing. O'zingizga oddiy savol bering: "Agar bugun ishni noldan boshlaganimizda, yana shunday qilgan bo'larmidik?".

Ikkinchidan, odatni natijadan ajratishni o'rganing. Ish uslubini faqat o'rganib qolganingiz uchun saqlab qolmang. Agar u hali ham eng yaxshi natijani berayotgan bo'lsa, shundagina uni qoldiring.

Uchinchidan, yangilanishni ishning bir qismiga aylantiring. Har necha oyda bir marta nimani olib tashlash, qayerini avtomatlashtirish, soddalashtirish yoki almashtirish mumkinligini tekshirib turing.

Eng katta xavf ishlayotgan narsani o'zgartirishda emas, balki u doimiy ishlayveradi deb o'ylashdadir.

ScaleUp | @scaleupuz
13🔥7⚡4