Shohzod Polatov | ScaleUp
2.29K subscribers
176 photos
29 videos
6 files
52 links
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
Teambuilding - pul sarflash emas. Buni menga 6 yashar qizim isbotladi.

Bir kuni uyga kelsam, qizim jizzaki. Ataylab men o'tirgan xonaga kirib, jahlini ko'rsatib chiqib ketdi. Nima qilsam ham norozi.
Birinchi kuni ozgina jahlim chiqdi: "Ada ishdan kelganda bunaqa qilmaydi". Ertasiga yana o'sha holat. Bu safar qattiqroq gapirdim. Ish tig'iz edi, tanganing ikkinchi tomonini ko'rolmadim.

Ishga borib o'tirdim, lekin ichim notinch. Xatolarimni tahlil qila boshladim. Tarbiyami muammo? Yoshi shunaqami? Hamma tahlillarim bitta eshikka olib bordi:
Oxirgi marta qizim bilan ikkimiz - faqat u va men - qachon vaqt o'tkazganimni eslolmadim.

O'sha kuni ishxonadan chiqib ketdim. Bog'chasidan o'zim oldim. Yuzidagi kulguni ko'rsangiz edi - ichidan to'lib chiqdi. Navigatorlikni to'liq unga topshirdim: qayerga boramiz, nima qilamiz - hammasini u hal qildi.
Shundan keyin o'sha "jizzakilik" boshqa qaytmadi.
Muammo tarbiyada emas edi. Muammo e'tiborda edi.

Endi savol: bu voqeaning teambuildingga nima aloqasi bor?
To'g'ridan-to'g'ri. Xodim ham xuddi shunday e'tibor kutadi. Berilmagan e'tibor ortidan kelib chiqadigan nizolar, norozilik, sababsiz ketishlar - hammasi o'sha jizzakilikning katta versiyasi.

Xodim ishning ko'pligidan yoki KPI bajargani uchun kompaniyani sevib qolmaydi. Kompaniyani ishdan tashqaridagi suhbatlar, hissiyotlar va insoniy munosabat sevdiradi. Teambuilding - aynan shu muhitni yaratadigan instrument. Bu bonus emas, havo va suvdek zarur.

Bizdagi kichik va o'rta korxonalar madaniyatida esa rahbarlar ko'pincha bu muammoni ko'rmaydi.
Xodim ketadi - "yoshlar chidamsiz" deymiz.
Nizolar chiqadi - "jamoa yomon" deymiz.

Qizim menga bitta darsni o'rgatdi: bola yomon bo'lmaydi, e'tibor yetmaydi. Xodim ham.

Balki siz kompaniyada yaxshi "ota" bo'lmayotgandirsiz. Xatoni avval o'zingizdan qidiring.

Jamoangiz bilan oxirgi marta ishdan tashqari qachon o'tirgansiz ?

Scaleup | @scaleupuz
11💯10🔥6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu reels shunchaki reklama emas - pozitsiya. Nodavlat maktablar bozori ‘rus sinfisiz o’quvchi yig’ilmaydi’ qo’rquvida yashaydi. Biz shu qo’rquvni his emas, raqam bilan yengishga qaror qildik: mutaxassislik tili allaqachon ingliz, qadriyat esa faqat ona tilida singadi.

Bozorga emas, faktga ergashing.

Scaleup | @scaleupuz
🔥15👍52💯1
28/30
Hikoya ustunligi

Va'da qilgandim. Mana sizga ikkita narsa.
Birinchisi, jadval. Maktabimizda 1,400 o'quvchi. Bitiruvchilar nufuzli universitetlarga kirgan. Natijalar yuqori.
Ikkinchisi, hikoya. Uch yil oldin bir ota o'g'lini olib keldi. Bola o'qishni xohlamas, ko'zida uchqun yo'q edi. Otasi ham deyarli umidini uzgan. Bugun o'sha bola olimpiada g'olibi va meni har ko'rganda, ustoz, endi o'zim o'qishni xohlayman, deydi.

Rostini ayting. Bir yildan keyin qaysi birini eslaysiz? Raqamlarnimi yoki ko'zida uchqun yo'q bolanimi?
Mana shu Hikoya ustunligi. Miya faktni saqlamaydi, hikoyani saqlaydi. Hikoya ichida aytilgan ma'lumot quruq faktdan yigirma barobar yaxshi eslab qolinadi. Yigirma barobar. Bu kichik farq emas, boshqa qurol.

Sababi chuqur. Hikoya eshitganda miyada faqat til markazi emas, his, harakat, tasvir markazlari ham yonadi. Siz hikoyani eshitmaysiz, unda yashaysiz. Fakt esa bitta xonada qoladi va eshik yopilishi bilan o'chadi.

Yana bir siri bor. Faktga odam bahslashadi. Eng yaxshisimiz desangiz, mijoz ichida isbotla deydi. Hikoyaga esa bahslashib bo'lmaydi. Bir ota o'g'lini olib keldi deganingizda, mijoz e'tiroz bildirmaydi, tinglaydi. Hikoya himoya devorini aylanib o'tib, to'g'ri yurakka boradi.

Endi og'riqli joyi. Ko'p biznes o'zida oltin hikoyalar borligini bilmaydi. Sizda yillik mehnat, qulagan va turgan paytlar, o'zgargan mijozlar taqdiri bor. Lekin saytingizda nima yozilgan? Sifatli mahsulot, professional jamoa, individual yondashuv. Quruq jadval. Eng qimmat boylik omborda chang bosib yotibdi.

Bir narsani aniq aytaman. Mijoz mahsulot sotib olmaydi, mahsulot haqidagi hikoyani sotib oladi. Soat vaqt ko'rsatadi, lekin odam soatni emas, uning tarixini taqadi.

Chegara ham bor. Hikoya rost bo'lsin. To'qilgan hikoya bir kun ochiladi va o'shanda hech qanday jadval sizni qutqarolmaydi. Sizga yolg'on to'qish kerak emas, sizda bor hikoyani topish kerak. Har bir biznesda u bor.

Faktlar ishontiradi, hikoyalar esda qoladi va sotadi. Raqamni tashlamang, uni hikoya ichiga joylang. Bir ota, bir bola, bir o'zgarish va oxirida bitta raqam. Mana shu formula yodda qoladi.

Mutaxassislar uchun instrument - uchta hikoya zaxirasi. Bugun o'tirib uchta rost voqeani yozing. Mijoz o'zgargan voqea. Siz xato qilib o'rgangan voqea. Nega bu ishni boshlaganingiz. Har birini to'rt qismda yozing: qahramon, muammo, burilish, natija. Har biriga bitta aniq raqam qo'shing. Keyin reklamada, uchrashuvda, saytda quruq fakt o'rniga shularni ishlating. Bir oyda qaysi kontent ko'proq eslab qolinganini o'zingiz ko'rasiz.

Ertaga 29/30 Goodhart tuzog'i - marketologlar uchun eng og'riqli gap. Like ko'p, ko'rish million, obunachi o'syapti. Lekin sotuv nol. Qayerda xato? O'lchov maqsadga aylanganda butun tizim qanday buziladi ?

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥10
Energiya topilmaydi. U ishlab chiqariladi.

2 hafta sportdan dam oldim (kichik operatsiyadan keyin shunday tavsiya berildi). Soatim tiklanishni 100% deyapti. Soatga ishonamiz - kelasi haftadan sportga qaytaman.
Tanaffusdan oldingi jadvalim shunday:
⚪️tennis: kun ora, ertalab 5:00–6:00 (haftasiga 4 soat)
⚪️fitnes: qolgan kunlari, 18:00–20:00 (6 soat)
Jami - 10 soat.

Bu menga nima beradi ?

Javobdan oldin bitta savol: energiya, kayfiyat, ishga ishtiyoq qayerdan keladi ?
Ko'pchilik ularni ertalab o'z-o'zidan paydo bo'ladigan narsa deb o'ylaydi: bo'lsa - «bugun formadaman», bo'lmasa - «kayfiyat yo'q».

Aslida tanamiz bu zavod. Har bir vazifa uchun aniq bo'limi bor: kayfiyatga gormonlar, energiyaga yurak va mushaklar, fokusga miya. Bu bo'limlar o'z-o'zidan ishga tushmaydi. Ularni uchta tugma yoqadi: iroda, kuch, intizom.

Bahonalarni ko'p eshitaman: «ishim ko'p», «o'tirishlarim ko'p», «ulgurmayman».
Jadvalimga qaytib qarang: ertalabki 5:00 - hech kimning ish vaqti emas. Kechki 18:00–20:00 esa ko'pchilikda baribir telefonga ketadi. Vaqt sizda yetarli. Yetishmayotgani - xohish.

Kafolat beraman: shu intensivlikni tizimga aylantirsangiz - suhbatlarda ko'proq kuladigan, ishida muammo emas, imkoniyat ko'radigan, jismoniy va aqliy o'sishni har hafta his qiladigan odamga aylanasiz.

Xuddi shu soatlarni vertikal videolarga bersangiz natija teskari: hammada hamma narsa bordek, sizda esa hech narsa yo'qdek tuyulaveradi. Bu ham energiya, faqat minus ishorasi bilan.

Intizomni kuchaytiring, tizimli intensivlikni yo'lga qo'ying - qo'ygan maqsadingizga yetasiz.
Energiyasi baland odamlar omadli emas. Ular shunchaki o'z zavodini ishga tushirib qo'ygan.

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🏆4🔥3