Shohzod Polatov | ScaleUp
2.29K subscribers
176 photos
29 videos
6 files
52 links
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
26/30
Kontrast printsipi

Bir tajriba qiling. Bir qo’lingizni sovuq suvga, ikkinchisini issiq suvga soling. Keyin ikkalasini bitta iliq suvga tiqing. G’alati narsa bo’ladi. Bitta suv bir qo’lga issiq, ikkinchisiga sovuq tuyuladi. Suv o’sha suv. O’zgargan narsa - undan oldin nima bo’lgani.

Mana shu Kontrast printsipi. Miya hech narsani o’z holicha baholamaydi. Har doim oldingisiga solishtirib baholaydi. Ikkinchi ko’rsatilgan narsaning qiymati birinchisiga bog’liq.

Kiyim do’konida tajribali sotuvchi avval kostyumni sotadi, keyin ko’ylakni. Nega? Uch millionlik kostyumdan keyin uch yuz minglik ko’ylak arzimas tuyuladi. Teskari tartibda ko’ylak qimmat ko’rinardi va mijoz ikkilanardi. Mahsulot bir xil, narx bir xil, tartib boshqa - natija boshqa.

Uy sotuvchilar buni yillar oldin o’zlashtirgan. Avval qimmat va o’rtacha uyni ko’rsatishadi, keyin asosiy variantni. Oldingi ikkitadan keyin u ham arzon, ham chiroyli tuyuladi. Mijoz o’zi tanladim deb o’ylaydi. Aslida tanlovni tartib qilib berdi.

Yakor va Aldov bilan adashtirmang. Yakor - birinchi raqam idrokni belgilaydi. Aldov - yonma-yon turgan variantlar. Kontrast esa tartib haqida. Nima birinchi, nima keyin. Uchalasi bir oilada, lekin har birining o’z quroli bor.

Muzokarada bu oltin qoida. Katta so’rovdan boshlang. Rad etilsa, asl niyatingizni ayting. Birinchisining fonida ikkinchisi kichik va oqilona ko’rinadi, rozi bo’lish osonlashadi.

Chegara ham bor. Kontrast asl qiymatni bo’rttirish uchun emas, adolatli ko’rsatish uchun ishlatilsin. Yaroqsiz mahsulotni yomonroq fonda chiroyli qilib sotish bir marta o’tadi. Mijoz uyga borib solishtirganda hammasi ochiladi va siz bir sotuvga umrlik ishonchni almashgan bo’lasiz.

Mijoz narxga emas, farqqa qaraydi. Nimadan keyin nimani ko’rsatishingiz - sotuvingizning ko’rinmas ssenariysi. Uni tasodifga qoldirmang, o’zingiz yozing.

Mutaxassislar uchun instrument - tartib testi. Asosiy taklifingiz mijozga qaysi ketma-ketlikda yetib borishini yozing. Undan oldin mijoz nimani ko’radi? Hech narsa bo’lmasa, kontrast nuqtasi yarating: avval to’liq paket, keyin asosiysi. Avval muammoning narxi, keyin yechimning narxi. Bir hafta faqat tartibni o’zgartirib sinang, boshqa hech narsaga tegmang. Keyin konversiyani solishtiring.

Ertaga 27/30 Maqsad yaqinligi. Nega marafonchi eng charchagan paytida, oxirgi kilometrda tezlashadi? Mijozni harakatga keltiradigan ko’rinmas tortishish kuchini ochaman.


Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥15👍3👏3
Hozirgi xususiy maktablardagi qabul jarayoni menga nimani eslatyapti, aytaymi?

Ob-havo mayin. Yomg'ir maydalab yog'yapti, qo'lda issiq kofe va shu havoda kimdir konditsioner sotishga urinyapti. Shunday emasmi ? 😅

Bir suhbat esimga tushdi. Saidolimxon degan do’stim bor, texnika sohasida ishlagan, korporativ madaniyatni menga ko'p tushuntirgan. Bir gapi yodimda qolgan.

Konditsioner qachon sotiladi, bilasanmi, degandi. Odam kechasi havo yetmay uyqusi buzilganda. Ertalab turadi-yu, tushgacha uyiga o'rnatib oladi. Qolgan payt bu mahsulot esiga ham kelmaydi.

Kofe ustida shuni esladim va ichimda bir narsa yondi.
Maktab ham konditsioner-ku.
Ota-ona maktab haqida yil bo'yi o'ylamaydi. U qo'shnisining bolasi imtihondan yiqilganda o'ylaydi. Farzandining ko'zida zerikishni ko'rganda o'ylaydi. Kechasi uyqusi qochib, shu bolam katta bo'lib kim bo'ladi degan savol ichini kemirganda o'ylaydi.

Yo'l ikkita. Og'riq cho'qqisini poylash - qabul mavsumi, natijalar chiqqan kunlar, sentyabr oldidagi xavotir haftalari. Butun kuch shu nuqtalarga. Va og'riq yo'q paytda sotmaslik, lekin esda qolish. Toki o'sha uyqusiz kecha kelganda, ota-onaning miyasida birinchi bo'lib sizning nomingiz chiqsin.

Issiq kunni kutgan konditsionerchi yutadi. Lekin faqat kutgani uchun emas. Salqin kunlarda ham uni tanib turishgani uchun. Mijozingizning uyqusiz kechasini toping.

Sotuvni o'sha yerga qo'ying. Ishonchni - qolgan hamma kunga.

Scaleup | @scaleupuz
218💯9🔥7
27/30
Maqsad yaqinligi (Goal Gradient)

Va'da qilgandim, javob beraman. Nega marafonchi eng charchagan paytida, oxirgi kilometrda tezlashadi?

41 kilometr yugurgan odamda kuch qolmasligi kerak. Lekin marra ko'ringan zahoti oyoqlar o'zi tezlashadi. Kuch qayerdan keldi? Hech qayerdan. Kuch o'zgarmadi, masofa o'zgardi.
Mana shu Goal Gradient. Miya maqsadga yaqinlikni sezadi va yaqinlashgan sari ko'proq kuch ajratadi. Uzoq maqsad sust harakat beradi, yaqin maqsad zo'r berib intilish beradi.

Ommalashgan kofe kartangizni eslang. Yoki avto yuvish servisidagi kataklarni. Birinchi katakni bosdirishga hafta ketadi, karta sumkada yotadi. Lekin sakkizinchi katakdan keyin ataylab yo'lni o'zgartirib bo'lsa ham o'sha kofexonaga, avto yuvish shahobchasiga borasiz. Oxirgi ikki katak eng tez to'ladi. Kofe o'zgarmadi, siz maqsadga yaqinlashdingiz.

Bir tajriba buni chiroyli isbotlagan. Bir guruhga o'n katakli bo'sh karta berilgan. Ikkinchisiga o'n ikki katakli, lekin ikkitasi oldindan bosilgan. Ikkalasida ham o'nta xarid kerak, hisob bir xil. Lekin ikkinchi guruh kartani sezilarli tezroq to'ldirgan. Chunki ular noldan boshlamadi, allaqachon yo'lda edi.

Instrumentning butun siri shu ikki nuqtada. Mijozga progressni ko'rsating, ko'rinmagan yo'lda hech kim tezlashmaydi. Va mijozni noldan boshlatmang, birinchi qadamni siz qo'yib bering.

Amalda: sodiqlik kartasida ikki katakni oldindan bosing. Kursda birinchi darsni ro'yxatdan o'tishdayoq oching, profilingiz 20 foizga to'ldi deb ko'rsating. Mantiq bitta - odam o'zini yo'lning boshida emas, o'rtasida his qilsin.

Yana bir nozik joyi. O'nta xarid qiling deyish zaif. To'rttasi to'ldi, oltitasi qoldi deyish kuchli. Raqam emas, masofa harakatga keltiradi.

Chegara ham bor. Maqsad erishiladigan bo'lsin. Yigirma besh katakli karta bersangiz, mijoz masofani ko'rib umidini uzadi. Juda uzoq maqsad harakatga emas, taslim bo'lishga olib keladi.

Odam maqsadga yaqinlashgani sari tezlashadi. Mijozga yo'lni ko'rsating, masofani ko'rsating va birinchi qadamni sovg'a qiling. Noldan boshlagan sekin yuradi. O'rtadan boshlagan yugurib boradi.

Mutaxassislar uchun instrument - ikki katak qoidasi. Mijozingiz bosib o'tadigan har qanday yo'lni oling va uchta savol bering. Progress ko'rinadimi? Ko'rinmasa, ko'rsating. Nechta qadam qolgani aniqmi? Aniqmas bo'lsa, raqam qo'ying. Mijoz noldan boshlayaptimi? Bo'lsa, birinchi ikki qadamni oldindan bering. Bir oyda yakunlash foizini o'lchang. Eng katta o'sish odatda eng arzon o'zgarishdan keladi - ikkita bosilgan katakdan.

28/30 Sizga ikkita narsa beraman. Bitta jadval va bitta hikoya. Ikkalasida bir xil ma'lumot. Lekin bittasini ertagayoq unutasiz, ikkinchisini bir yildan keyin ham gapirib yurasiz. Qaysi biri va nega? O'tkazib yubormang.

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥18👍5
Teambuilding - pul sarflash emas. Buni menga 6 yashar qizim isbotladi.

Bir kuni uyga kelsam, qizim jizzaki. Ataylab men o'tirgan xonaga kirib, jahlini ko'rsatib chiqib ketdi. Nima qilsam ham norozi.
Birinchi kuni ozgina jahlim chiqdi: "Ada ishdan kelganda bunaqa qilmaydi". Ertasiga yana o'sha holat. Bu safar qattiqroq gapirdim. Ish tig'iz edi, tanganing ikkinchi tomonini ko'rolmadim.

Ishga borib o'tirdim, lekin ichim notinch. Xatolarimni tahlil qila boshladim. Tarbiyami muammo? Yoshi shunaqami? Hamma tahlillarim bitta eshikka olib bordi:
Oxirgi marta qizim bilan ikkimiz - faqat u va men - qachon vaqt o'tkazganimni eslolmadim.

O'sha kuni ishxonadan chiqib ketdim. Bog'chasidan o'zim oldim. Yuzidagi kulguni ko'rsangiz edi - ichidan to'lib chiqdi. Navigatorlikni to'liq unga topshirdim: qayerga boramiz, nima qilamiz - hammasini u hal qildi.
Shundan keyin o'sha "jizzakilik" boshqa qaytmadi.
Muammo tarbiyada emas edi. Muammo e'tiborda edi.

Endi savol: bu voqeaning teambuildingga nima aloqasi bor?
To'g'ridan-to'g'ri. Xodim ham xuddi shunday e'tibor kutadi. Berilmagan e'tibor ortidan kelib chiqadigan nizolar, norozilik, sababsiz ketishlar - hammasi o'sha jizzakilikning katta versiyasi.

Xodim ishning ko'pligidan yoki KPI bajargani uchun kompaniyani sevib qolmaydi. Kompaniyani ishdan tashqaridagi suhbatlar, hissiyotlar va insoniy munosabat sevdiradi. Teambuilding - aynan shu muhitni yaratadigan instrument. Bu bonus emas, havo va suvdek zarur.

Bizdagi kichik va o'rta korxonalar madaniyatida esa rahbarlar ko'pincha bu muammoni ko'rmaydi.
Xodim ketadi - "yoshlar chidamsiz" deymiz.
Nizolar chiqadi - "jamoa yomon" deymiz.

Qizim menga bitta darsni o'rgatdi: bola yomon bo'lmaydi, e'tibor yetmaydi. Xodim ham.

Balki siz kompaniyada yaxshi "ota" bo'lmayotgandirsiz. Xatoni avval o'zingizdan qidiring.

Jamoangiz bilan oxirgi marta ishdan tashqari qachon o'tirgansiz ?

Scaleup | @scaleupuz
11💯10🔥6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu reels shunchaki reklama emas - pozitsiya. Nodavlat maktablar bozori ‘rus sinfisiz o’quvchi yig’ilmaydi’ qo’rquvida yashaydi. Biz shu qo’rquvni his emas, raqam bilan yengishga qaror qildik: mutaxassislik tili allaqachon ingliz, qadriyat esa faqat ona tilida singadi.

Bozorga emas, faktga ergashing.

Scaleup | @scaleupuz
🔥15👍52💯1