Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument.
21 tasi tayyor. 9 ta eng kuchlisi oldinda.
ScaleUp arxividagi tayyor checklist:
⚪️ Yakor effekti
⚪️ Decoy (aldov varianti)
⚪️ Yo'qotish og'rig'i
⚪️ Egalik effekti
⚪️ Ijtimoiy dalil
⚪️ Taqchillik
⚪️ Veblen effekti
⚪️ IKEA effekti
⚪️ To'lov og'rig'i
⚪️ Eksklyuzivlik
⚪️ Tanlov falaji
⚪️ Ramka effekti
⚪️ Von Restorff
⚪️ Avtoritet
⚪️ Qarz hissi
⚪️ Yoqimli kutilmaganlik
⚪️ Charm pricing (9 effekti)
⚪️ Default effekt
⚪️ Zeigarnik effekti
⚪️ FOMO
⚪️ Pratfall effekti
Har birida: nazariya + real loyihadan misol + qayerda qo'llash.
Oldinda - 9 ta eng kuchli instrument.
Mening kafolatim:
Bu 30 ta instrumentni ongli o'rganib, o'z mahsulotiga qo'llagan mutaxassis bozorda raqobatbardosh taklif bera oladi - buni shaxsan kafolat beraman.
Mahsulot, narx, paket, taklif tarkibi - hammasi boshqacha ko'rinadi.
21 ta post arxivda - bugundan o'qish mumkin.
9 ta yo'lda - bittasini ham o'tkazib yubormang.
Scaleup | @scaleupuz
21 tasi tayyor. 9 ta eng kuchlisi oldinda.
ScaleUp arxividagi tayyor checklist:
Har birida: nazariya + real loyihadan misol + qayerda qo'llash.
Oldinda - 9 ta eng kuchli instrument.
Mening kafolatim:
Bu 30 ta instrumentni ongli o'rganib, o'z mahsulotiga qo'llagan mutaxassis bozorda raqobatbardosh taklif bera oladi - buni shaxsan kafolat beraman.
Mahsulot, narx, paket, taklif tarkibi - hammasi boshqacha ko'rinadi.
21 ta post arxivda - bugundan o'qish mumkin.
9 ta yo'lda - bittasini ham o'tkazib yubormang.
Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29👍3🤝2
Chegirma - eng qimmat marketing vositasi
Oddiy matematika:
Mahsulot narxi - 100 000 so'm.
Tannarx - 70 000 so'm.
Foyda - 30 000 so'm.
Endi 10% chegirma berdingiz. Narx 90 000 bo'ldi. Tannarx o'zgarmadi - 70 000.
Foyda endi 20 000 so'm.
Ya'ni siz mijozga 10% berdingiz, lekin o'zingiz foydaning 33% ini yo'qotdingiz.
Marja pastroq bizneslarda bu 40-50% gacha chiqadi.
Savol: shu 33% yo'qotish o'rniga, o'sha pulni qiymat yaratishga sarflasangiz-chi ?

👍14🔥6
22/30
Yangilik effekti (Novelty Effect)
Bir savolga rostini ayting. Telefoningiz ishlab turibdi. Kamerasi yaxshi, batareyasi chidaydi. Lekin yangi model chiqqanda nega ichingizda bir nima qimirlaydi ? Kerak emasligini bilasiz. Lekin "yangi" degan so'zning o'zi sizni tortadi.
Mana shu Yangilik effekti. Miya "yangi" signaliga dofamin bilan javob beradi - bu zavq emas, zavq va'dasi. Ajdodlarimiz uchun yangi hudud, yangi meva - omon qolish imkoniyati edi. Bugun o'sha instinkt yangi qadoq, yangi menyu, yangi model oldida ishga tushadi.
Tanganing ikkinchi tomoni og'riqliroq. Miya yangilikka qanday tez yonsa, o'rganib qolganiga shunday tez so'nadi. Eng sevimli taomingizni har kuni yesangiz, ikki haftada mazasini sezmay qolasiz. Taom o'zgarmadi, miyangiz uni "yangilik" ro'yxatidan o'chirdi.
Mana shu yerda ko'p biznesning yashirin og'rig'i. Mijoz ketdi - nega? Xizmat yomonlashmadi, narx oshmadi. Hech narsa o'zgarmadi. Muammo aynan shu - hech narsa o'zgarmadi. Mijoz norozi bo'lib emas, zerikib ketdi. Zerikkan mijoz shikoyat qilmaydi, indamay yangi joyga ketadi.
Sodiqlik haqidagi eng katta xato: "mijoz mendan mamnun, demak qoladi".
Yo'q. Mamnunlik - pasport, yangilik - viza.
Mijoz o'rganib qolgani uchun emas, sizda hali ochilmagan narsa borligini his qilgani uchun qoladi.
Kuchli brendlar ataylab ritm quradi. Mavsumiy menyu, cheklangan kolleksiya, yangi format.
E'tibor bering - asosiy mahsulot o'zgarmaydi. O'zgaradigan narsa chetdagi kichik yangilik, lekin aynan o'sha mijoz miyasidagi "bu joy tirik" tuyg'usini ushlab turadi.
Lekin chegara bor. Yangilik poydevorga tegmasin. Asosiy mahsulotni tinimsiz o'zgartirsangiz, ishonch buziladi. Hech narsani o'zgartirmasangiz, qiziqish o'ladi. Formula shu: o'zak qat'iy, chetlar tirik.
Mijoz zerikkanini aytmaydi, indamay ketadi. Uni kutmang. Sifatingizni tosh kabi saqlang, lekin atrofida doim kichik harakat bo'lsin. Sodiqlik mamnunlikdan emas, "bu yerda hali ko'radigan narsam bor" degan tuyg'udan tug'iladi.
Mutaxassislar uchun instrument - yangilik ritmi. Bitta savolga javob bering: mijozingiz oxirgi marta sizda qachon yangi narsa ko'rgan?
Javob "eslolmayman" bo'lsa, mijozingiz ham eslolmaydi. Har oyga bitta kichik, arzon yangilik rejalashtiring - yangi pozitsiya, format, tajriba. Muhimi muntazamlik. Uch oy shu ritmda ishlang va qaytib kelish ko'rsatkichini o'lchang. Mijozni ushlab turadigan narsa - kecha bergan mukammalligingiz emas, ertaga ko'rsatadigan yangiligingiz.
Ertaga 23/30 Aniqlik effekti. Nega ko'p yillik tajriba hech kimni ishontirmaydi, lekin 3,247 mijoz degan raqam darrov ishonch uyg'otadi ?
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

🔥39👍6👏2
Puling kuyadi - dedi do'stim. Kuygani yo'q.
Kafe ochmoqchi bo'ldik. Birinchi hayolimga kelgan do'stimni chaqirdim. O'sha paytlar u mebel va qurilishni bilardi: puling kuyadi, ehtiyot bo'l, qiyin ish.
Yaxshi maslahatga o'xshaydi. Eng kamida tikiladigan pulni saqlab qolasiz. Faqat muammo - yopilgan kafelarni ko'rib, ochilib turganlarni ko'rmaganida.
Odam shunaqa. Faqat yiqilganni yoki yutqazganni ko'ramiz. O'rtadagi manzarani ko'rmaymiz.
Falonchi maktabni tashlab boyib ketdi. Ishlari yurishib ketdi deymiz. Afsus, tashlab kambag'al qolgan minglab odam-chi? Ularni kim sanaydi?
Shuning uchun har qanaqa maslahatga uchta savol beraman.
Birinchisi - kontekst qanaqa edi? Menim ahvolimga to'g'ri keladimi?
Ikkinchisi - u bitta keysni ko'rdimi yoki yuztasini?
Uchinchisi - yutgan odam nimadan voz kechgan? Buni kim aytadi?
Mustafa' turk oshxonasini ochganimizda ham shunaqa ovozlar bor edi. Mana, yetti yil bo'ldi, savdo o'sib turibdi.
Gap maslahat yomon degani emas. Gap shundaki, u faktdan emas, bitta odamning tor tajribasidan chiqadi. Men esa "menimcha" degan so'zsiz qattiq hukmga ishonmayman.
Sizga ham bo'lmaydi degan odam bo'lganmi ?

👍17🔥6🤔1
100 ta post va 10,000 ta obunachi: Instagram karusel postlari orqali qisqa, aniq ma'lumot, vosita va raqamlar bilan boshladik. Qo'llab-quvvatlasangiz - afsus qilmaysiz.
Va’da qilamiz: ekskluziv kontentlar ulashamiz!
@scaleup_uz

🔥19👍7🤝1
23/30
Aniqlik effekti
Ikki gapni yonma-yon qo'ying.
"Bizda tajribali o'qituvchilar va yaxshi natijalar bor."
"O'qituvchilarimizning oylik maoshi 45 million so'm. Maktab 13 million dollarlik xalqaro grant yutgan."
Birinchisini yuzta maktab aytadi. Ikkinchisini eshitganda ichingizda bir nima o'zgaradi. Hech kim bu raqamlarni tekshirmadi-ku. Lekin miya allaqachon ishondi.
Mana shu Aniqlik effekti. Miya yumaloq gapni reklama deb o'qiydi va o'tkazib yuboradi. Aniq raqamni fakt deb o'qiydi va ishonadi. Chunki yolg'onchi umumiy gapiradi. Aniq raqam esa buni faqat rostdan bilgan odam aytadi degan signal beradi.
Endi o'z amaliyotimdan keys. Bitta kampaniyada bitta 8 daqiqalik video ishlatdik. Ichida uchta raqam bor edi. O'qituvchilar oylik maoshi 45,000,000 so'm. Yutilgan grantlar 13,000,000 dollar. Oylik to'lov 5,700,000 so'm. Biz kuchli jamoa demadik, xalqaro daraja demadik. Raqam aytdik.
Natija. Lidlardan tashrif 40%. Tashrifdan shartnoma 70%. Bitta video 220 ta o'quvchi bilan shartnomaga sabab bo'ldi. Bironta va'da yo'q edi, faqat raqamlar. Hatto 5,700,000 so'mlik narxning ochiq aytilgani ham ishladi. Yashirmagan odam konversiyani baland oladi.
O'zimiz ham har kuni shunga pul beramiz. 99.9% mikrobni o'ldiradi. Nega 100 emas? Chunki 99.9 haqiqatga o'xshaydi, 100 reklamaga. 19 daqiqada yetkazamiz, bu tez yetkazamizdan kuchli. Miya har safar bir xulosa chiqaradi, bunchalik aniq bilgan odam rostdan qilgan.
Lekin teskari tomoni bor. Aniqlik uch joyda sizga qarshi ishlaydi. Tekshirilsa chiqmaydigan raqam, bitta yolg'on raqam fosh bo'lsa, qolgan rost raqamlaringiz ham o'ladi. Ortiqcha aniqlik, kichik do'kon 94.7 foiz mijozimiz mamnun desa, ishonch emas kulgi chiqadi. Kontekstsiz raqam, 13 million dollar nima uchunligi aytilmasa, havoda qoladi. Raqam yolg'iz ishlamaydi, hikoya ichida ishlaydi.
Instrument sifatida ishlatish oddiy. Ko'p mijoz emas, nechta. Tajribali jamoa emas, necha yil, nechta loyiha. Yaxshi natija emas, foizda, muddatda, pulda. Va bitta qoida, faqat isbotlay oladigan raqamni ayting. Raqamingiz bo'lmasa, to'qimang, o'lchashni boshlang.
Ishonch va'dadan emas, aniqlikdan tug'iladi. Mijoz sifatlaringizga emas, raqamlaringizga pul beradi. Matnlaringizdagi har bir yaxshi, ko'p, sifatli so'zi yo'qotilgan ishonch. O'rniga raqam qo'ying.
Mutaxassislar uchun instrument - raqamlash auditi. Sotuv sahifangizdagi barcha sifatlovchi so'zlarni yozib chiqing, tajribali, sifatli, ko'p, ishonchli. Har biriga savol bering, buni qaysi raqam bilan almashtira olaman? Uchta eng kuchli raqamni toping, pul, vaqt yoki miqdorda va eng ko'rinadigan joyga chiqaring. Bir oyda konversiyani solishtiring. Bizda shu tamoyil bitta video bilan 220 shartnoma berdi.
24/30 Halo effekti. Mijoz maktab darvozasiga qarab ta'lim sifati haqida, ofitsiant tabassumiga qarab oshxona tozaligi haqida hukm chiqaradi. Bu hukm 3 soniyada chiqadi va uni keyin o'zgartirish deyarli imkonsiz.

🔥27🤝2
Bugun farzandimni birinchi tennis darsiga oborib, bir gap eshitdim...
Voqea shunday: qizim 6 yoshda, o'g'lim 4 yoshda. Sport tanlaymiz deb 5 ta variant aytdim - taekvondo, suzish, tennis, karate, gimnastika. O'ylab ham o'tirishmadi. 2 sekundda ikkalasi baravariga: Tennis!
Bugun birinchi darsda trenerning birinchi savoli:
- Oldin o'ynab yurganmi?
Yo'q. Oldin o'ynamagan. Lekin oldindan o'ynashni xohlagan.
Mana shu farq hamma narsani hal qiladi. Xohlagan ish bo'lsa, inson unda yangi boshlovchiga o'xshamaydi - treneri ham buni birinchi daqiqada sezadi. Chunki xohish tajribadan oldin keladi. Tajribani vaqt beradi, xohishni esa hech kim berolmaydi.
Endi o'zimizga savol:
- Siz hozir o'zingiz xohlagan sohadamisiz?
- Vaqtingiz yaxshi ko'rgan ishingizga ketyaptimi?
Ikkala javob ham yo'q bo'lsa - bu bugun ariza yozing degani emas. Lekin bu savolni yana 5 yil chetga surib qo'yish - eng qimmat qaror.
Men buni o'z terimda sinaganman: katta maoshli ishdan ketish qarori ham aynan shu savoldan boshlangan.
Bolalar 2 sekundda javob beradi.
Kattalar 20 yil o'ylaydi.
Siz necha sekundda javob berasiz ? Izohlarda yozing.

🔥16⚡5💯4👍1
Bir yosh katta
Maktab paytlarim, kimdir mendan yoshimni so’rasa, har doim o’zimni bir yosh katta qilib ko’rsatardim.
Nega?
Chunki tengqurlarim menga har doim yosh, kichkina, dunyoqarashi tor bolalardek tuyulardi. Men esa o’zimni ulardan oldinda his qilardim.
Bir yosh -bu men uchun bir bosqich yuqori turish edi.
O’sha bola shoshib kattalikka intilardi.
Oradan yillar o’tdi.
Endi kimdir mendan yoshimni so’rasa, 34 ga to’lishimga bir oy qolgan bo’lsa ham, 32-33 da deb aytish odatga aylandi. O’zimdan bir-ikki yosh kamaytirib qo’yaman - o’sha vaqtdagi bolaning teskarisi.
O’shanda kattalikka shoshgan bola, endi yoshlikni ushlab qolmoqchi.
Bu nima bilan bog’liq ekan, deb o’yladim. O’zbekistondagi o’rtacha yoshga yaqinlashganimdanmi, yoki ko’ngil hech qachon qarilikni tan olishni istamasligidanmi :)
Bu nega esimga keldi bilasizmi?
O’g’limning tennis treneri unga dedi: “Sen kichkinasan, 4 yoshli bolani o’rgata olmayman.”
O’g’lim jahli chiqib: “Man aka!” dedi. Kimdir uni “kichkina” desa, “katta” deb turibdi.
O’zimni ko’rdim unda.
O’sha bir yosh katta ko’rsatgan bolani.
Eh, bolalik…
Aslida odam butun umr shu bir yosh bilan kurashar ekan - yoshligida tezroq katta bo’lishga oshiqadi, kattalikda esa bir yilni bo’lsa ham orqaga qaytarishga urinadi.
Faqat yo’nalishi o’zgaradi. Kurash esa hech tugamaydi.
#Hayrlikech

🔥28😁7🤔2🤯2
24/30
Halo effekti
Rostini aytaylik. Restoranga kirdingiz, hojatxonasi toza ekan. Ichingizda nima deysiz ? Demak oshxonasi ham toza. Lekin oshxonani ko’rmadingiz-ku.
Yoki teskarisi. Maktabga bordingiz. Darvozasi qiyshiq, hovlisi qarovsiz. Ta’lim haqida hali bir og’iz gap eshitganingiz yo’q, lekin qaroringiz allaqachon tayyor. Bu yerda o’qitish ham shunaqadir.
Mana shu Halo effekti. Miya bitta detaldan umumiy hukm chiqaradi. Bitta yaxshi belgi hammasini yoritadi. Bitta yomoni hammasiga chek qo’yadi. Eng alam qiladigani, bu hukm uch soniyada chiqadi. Keyin o’zgartirib bo’lmaydi. Miya o’z hukmini himoya qiladi, unga qarshi dalilni ko’rmaydi.
Nega bunday? Chunki miyaning hammasini tekshirishga vaqti yo’q. U bitta ko’ringan narsadan qolgan hammasini taxmin qilib qo’ya qoladi. Chiroyli kiyingan odam aqlli tuyuladi. Sekin ochilgan sayt sifatsiz xizmatga aylanadi. Ofitsiantning tabassumi oshxona tozaligiga kafolat bo’lib qoladi.
Mantiq bormi bunda? Yo’q.
Ishlaydimi? Har safar.
Endi og’riqli joyi. Siz mahsulotga million sarflaysiz. Yillab sifat ustida o’tirasiz. Mijoz esa bularning birortasini ko’rmaydi. U eshikni ko’radi. Telefonga kim qanday javob berganini eshitadi. Saytingiz necha soniyada ochilganini sezadi. Va shu uch-to’rtta mayda narsadan butun mehnatingizga baho qo’yib qo’yadi.
Mijoz mahsulotni sotib olmaydi. U mahsulot haqidagi birinchi ishorani sotib oladi. Ishora yaxshi bo’lsa, kamchilikni ham kechiradi. Yomon bo’lsa, mukammal mahsulotni ham ko’rmay o’tib ketadi.
Kuchli brendlar buni yaxshi biladi. Bank zali bejizga hashamatli emas, pulingiz xavfsizligiga birinchi dalil o’sha zal. Klinika qabulxonasi bejizga yaltiroq emas, bemor jarrohni emas, avval qabulxonani ko’radi. Bu bezak emas. Bu ishonchning birinchi g’ishti.
Lekin bir chegara bor. Halo faqat eshik. Ichkarida haqiqiy sifat bo’lmasa, chiroyli birinchi taassurot ikkinchi kelishgacha yetmaydi. Yaltiroq qadoqdan bo’sh quti chiqsa, mijoz ikki barobar qattiq ranjiydi.
Mijoz sizni o’rganib o’tirmaydi, bitta detaldan hukm chiqaradi. Demak o’sha detal tasodifiy bo’lmasin. Uch soniyalik hukmni tasodifga topshirdingizmi, butun biznesni tasodifga topshiribsiz.
Mutaxassislar uchun instrument - birinchi uch soniya auditi.
Mijoz siz bilan birinchi to’qnashadigan beshta nuqtani yozing. Reklama, sayt, telefon, eshik, birinchi salom. Har biriga begonaning ko’zi bilan qarang, iloji bo’lsa tanishingizdan so’rang. Eng zaifini toping va shu hafta faqat o’shani tuzating. Katta pul kerak emas, e’tibor kerak. Bir oydan keyin o’zingiz ko’rasiz, sotuvni oshirgan narsa yangi reklama emas, tuzatilgan birinchi taassurot bo’ladi.
25/30 Kognitiv yengillik. Bitta sir aytaman. Miya oson tushungan narsani rost deb qabul qiladi. Murakkab jumla, mayda shrift, chalkash sayt, hammasi miyaga bitta signal beradi: shubhali. Nega eng aqlli matn emas, eng oson matn sotadi? Ertaga o’qib, o’z matnlaringizga boshqacha qaraysiz.

🔥32👍2🤯1