Shohzod Polatov | ScaleUp
2.3K subscribers
174 photos
29 videos
6 files
52 links
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada 2017-yili “Poyitaht: Abdulhamid” premyerasi oldidan ko’cha sahnalariga guvoh bo’lgan edim. Odamlar to’planib, aktyor bilan rasmga tushgan. Shovqin, hayajon, hamma gaplashgan. O’shanda tushungan edimki, bu shunchaki targ’ibot emas; bu xalqning madaniy kodiga urilgan zarba. Endi esa “Amir Temur” filmi targ’ibotida huddi shu sahna O’zbekistonda boshlanmoqda.

ScaleUp | @scaleupuz
1🤯5😐4🤝4
Muammo xotirangizda emas, qo'lingiz bo'sh bo'lmaganidadir. Mashina haydayapsiz, g'oya keladi, lekin yozolmaysiz. Uchrashuvdasiz, muhim gap aytildi, yozishga noqulay. Kechqurun eslamoqchi bo'lasiz – afsus. Bu dangasalik emas, bu imkonsizlik. Miya g'oyani faqat 7 soniyaga saqlaydi. Keyin boshqa narsa keladi – va u yo'qoladi. Men Plaud Note Pro bilan bir haftadir gaplashib yuraman; u yozadi, tahlil qiladi, vazifa yaratadi. Uchrashuv tugashi bilan protokol tayyor. G'oya kelganda – u hech qachon yo'qolmaydi. Bu shunchaki qurilma emas, bu sizning ikkinchi miyangiz. #tavsiyaqilaman

ScaleUp | @scaleupuz
2👍16🔥43
Mutaxassisni bir savolda sinab ko'rish mumkin

Ko'pchilik yangi xodim yoki mutaxassis olganda shunday o'ylaydi:
"Avval unga ish beray, keyin ko'ramiz."
Bu - eng keng tarqalgan xato.

Men ham bir payt shu xatoga tushganman. Odam yaxshi ko'rindi, tajribasi bor, gapirsa ishonasiz. Lekin ishga kirganidan keyin birinchi hafta - faqat kutdi. Ikkinchi hafta - savol berdi. Uchinchi hafta - men unga yo'l ko'rsatib yurdim.
Oxiri men xodim oldimmi yoki xodim meni oldi - bilmadim.

O'shandan beri har qanday mutaxassisga ikkita savol beraman:
⚪️Agar bugun noldan ish boshlansa - birinchi 30 kun nima qilasiz ?
Bu savol menga uning tafakkurini ko'rsatadi.
Agar u "ko'raman, o'rganaman, sizdan so'rayman" desa - bu mutaxassis emas, bu bajaruvchi.
Haqiqiy mutaxassis esa darhol aytadi:
"Birinchi hafta - mavjud holatni audit qilaman. Ikkinchi hafta - eng katta muammoni topaman. Uchinchi-to'rtinchi hafta - bitta natija ko'rsataman."
U sizdan ish kutmaydi - u o'zi ish yaratadi.

⚪️Agar hozir siz ishlayotgan soha kerakmas bo'lib qolsa - nima qilasiz ?
Bu - eng muhim savol.
Bu savolda men uning adaptatsiya qila olish qobiliyatini ko'raman.
Qo'rqadimi? Muzlaydimi? Yoki ko'zlari yorishib ketadimi?
Haqiqiy mutaxassis qo'rqmaydi - chunki u sohani emas, muammoni hal qilishni o'rgangan.

Bugun bozor juda tez o'zgarmoqda.
Ertaga sun'iy intellekt, innovatsiya, yangi texnologiya -
Kim faqat bir narsani bilsa, o'sha narsa eskirganda u bilan birga eskiradi.
Sizga kerak bo'lgan odam - javob biladigan emas,
savol qo'ya oladigan odam.


Siz ishga qabul qilishda bu savollarni berasizmi ?

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥14👍4
Korxonada eng ko’p uchraydigan xato: noto’g’ri savolga to’g’ri javob izlash.
“Avval jamoa kengaysinmi yoki infratuzilma?” - bu savol ko’rinishda mantiqiy, aslida esa tuzog’i bor.

Kecha rahbarlar bilan strategik muhokamada aynan shu masala chiqdi. Marketing hajmi oshirilmoqda, yangi odam kerak deyildi. Lekin men to’xtadim - chunki bu savolga avval boshqa savol bilan javob berish kerak:
Siz hozir qaysi o’sish bosqichadasiz?

Birinchi
bosqichda - avval odam.
Tizim hali shakllanmagan. Bu bosqichda ko’p narsani ko’tara oladigan, o’zi yo’l yasaydigan odam kerak. Infratuzilma keyin - odam nima ishlashini ko’rsatib beradi.

Ikkinchi bosqichda - avval infratuzilma.
Yaxshi mutaxassis ham yomon tizimda 3–4 oyda yonib ketadi. Aybdor qilinadi. Ketadi. Holbuki muammo odamda emas - tizimda edi.

Uchinchi bosqichda - ikkalasi parallel.
Lekin bu bosqichga ko’pchilik tayyorgarliksiz kiradi va og’ir to’laydi.

Amaliy holat: 1000 dan 2100 ga.
Sig’imi 1000 ta o’quvchi bo’lgan ta’lim korxonasi 2100 taga o’smoqda - bu 2x+ o’sish. Savol tug’ildi: avval o’qituvchi va administratorlarni olib kelishmi yoki infratuzilmani kengaytirishmi?
Javob aniq - avval infratuzilma.

Sababi oddiy: 2100 o’quvchiga mo’ljallangan tizim tayyor bo’lmasa, 50 ta yangi o’qituvchi ham muammoni hal qilmaydi. Tartibsiz tizimga tushgan iste’dodli mutaxassis charchaydi, ketadi - va aybdor qilinadi. Holbuki muammo tizimda edi.
Bu holda infratuzilma faqat bino emas. Asosan:
1. Dars jadvali tizimi - 2100 o’quvchi uchun slot boshqaruvi va resurs taqsimoti
2. Qabul va onboarding jarayoni - yangi o’quvchi qanday keladi, kim qabul qiladi, birinchi hafta qanday o’tadi
3. O’qituvchi yuklamasi standarti - 1 o’qituvchiga nechta o’quvchi, chegarasi qayerda, ortiqcha yuk qanday nazorat qilinadi
4. Administratsiya vakolati - kim nimani hal qiladi, rahbarga har narsani olib kelmaslik uchun tizim qanday qurilgan
5. Moliyaviy model - 2100 ta o’quvchi bilan xarajat va daromad nisbati qayta hisoblangan, har bir kadrga byudjet aniqlangan.

Shundan keyin - o’qituvchi va administrator soni o’zi aniq bo’ladi. Chunki tizim ko’rsatadi: har 30 o’quvchiga 1 o’qituvchi, har 200 o’quvchiga 1 administrator - va hokazo. Taxmin emas, hisob-kitob.

Ta’lim brendida kengayish uchun 5 asosiy ko’rsatkich:
1. O’quvchi jalb qilish narxi (CPL/CAC) - har bir lead yoki ro’yxatdan o’tgan o’quvchiga ketgan xarajat. Nazorat qilinmasa - odam emas, byudjet ketadi.
2. O’quvchi ushlab turish darajasi (Retention Rate) - yangi o’quvchi olib kelish mavjudni ushlab turishdan 5–7 marta qimmat. Kengayish faqat yangi o’quvchi bilan emas - mavjudlarni saqlab o’sish bilan keladi.
3. Bir o’quvchidan tushgan yillik daromad (LTV) - o’quvchi o’rtacha qancha davom etadi va shu davr ichida qancha to’laydi? LTV past bo’lsa - kengayish tejamkor emas, zararli.
4. Referral ulushi - yangi o’quvchilarning qancha foizi tavsiya orqali kelgan? Bu ko’rsatkich 30–40% dan past bo’lsa - brend ishonchi hali kengayishga tayyor emas.
5. Operatsion sig’im (Capacity Utilization) - mavjud o’qituvchi, xona, vaqt slotlari qancha to’lgan? 70–80% dan past bo’lsa - yangi filial emas, mavjud resursni optimallashtirish vaqti.

Kengayishdan oldin o’zingizga bering bu savolni:
Yangi odam kelsa - u aniq nima qiladi? Kim boshqaradi? Natija qanday o’lchanadi?
Javob yo’q bo’lsa - hali odam emas, tizim vaqti.

ScaleUp | @scaleupuz
2🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jony Ive x Ferrari bilan qilgan narsani ko'rib, bir narsa yodimga tushdi

Men Apple mahsuloti chiqqanda birinchilardan xabar berardim - ustozim Abbosxon akaga, keyin Javlon aka Asatullaevga. Soatlab gaplashardik. Bu mahsulotlar haqida emas - bu qarash haqida edi.
Ive shu qarashni boshqa sohaga olib kirdi.
Ferrari - tezlik, kuch, italyancha ehtiros.
Ive - minimalizm, nafislik, keraksiz hamma narsani olib tashlash'.
Ikki dunyo. Bir hamkorlik.
Natija ? Futuristik dizaynerlar ham o'ylamagan narsa - Ferrari ichida Apple estetikasi.

Ive menga bitta signal berdi:
Siz qaysi sohada mutaxassis bo'lishingizdan qat'iy nazar - boshqa sohaning eng yaxshi aqlini loyihangizga olib kiring.

U Ferrari muhandislaridan mashina dizayni o'rganmadi. U o'zining boshqa ko'zini ularga olib keldi.

Siz ham o'z loyihangizga qaysi sohadan begona ko'z olib kelish haqida o'ylab ko'ring!

ScaleUp | @scaleupuz
27👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Byudjetimizning 90% ni to'g'ri joyga tikdik. Kafe yopildi.

Sog'lom ovqatlanish kafesi ochdik. Oshpazlar - shahardagi eng yaxshilari. Har bir taomni o'zimiz tatib ko'rdik, sifatini o'zimiz yeyadigan standartda tekshirdik. Qozog'istondan keramika idishlari olib keldik. Oshxonani to'liq nerjaveykadan qildik - ichkarida birorta plastmassa buyum yo'q edi. Lokatsiya ham aniq tanlangan - shu taomnomani ko'taradigan auditoriya yashaydigan joy. Hamma narsa joyida edi.

Biz yopildik.

Keyin hisobladim. Butun byudjetimizning 90% dan ortig'i - Product, Price, Place ga ketgan edi. Promotion ga 10% ham qolmagan. Biz uchta oyoqda yugurishga harakat qildik. Har oyning oxirida bir xil muammo - cashflow. Bir xil savol - nega kelishmayapti? Kelishmadi, chunki ular bizni bilmaydi.

Instrument: 4P Marketing Mix
Bu Jerome McCarthy tomonidan 1960-yilda yaratilgan klassik framework. 65 yil o'tdi - hali ham ishlaydi. Lekin ko'p tadbirkor uni noto'g'ri tushunadi:
"Mahsulot. Narx. Joy. Reklama. Bo'ldi."

Bu - 4 ta so'z. Bu framework emas. 4P - bu 4 ta strategik savol:

- Product
Nima sotyapsiz? - bu oson savol. Qiyin savol: mijoz nimani sotib olyapti? Taomni? Yo'q - u tajribani, sog'liqni, o'zi haqida yaxshi tuyg'uni sotib oladi.

- Price
Qancha turadi? - bu oson. Qiyin savol: narx mijozga qanday signal beryapti? Arzonmi - "sifatsiz bo'lsa kerak". Qimmatmi - "mos kelmaydi". Arziydimi - "olaman".

- Place
Qayerda sotyapsiz? - bu oson. Qiyin savol: mijoz qaror qabul qiladigan joydamisiz? Faqat jismoniy lokatsiya emas - Instagram, Telegram, do'st tavsiyasi ham "Place".

- Promotion
Reklama beryapsizmi? - bu oson. Qiyin savol: mijoz sizga ishonib kelgunga qadar qancha marta ko'rgan? Marketingda qoida bor: odam sizni o'rtacha 7 marta ko'rmagunicha sotib olmaydi.

Mening xatoim qayerda edi ?
Men 4P ni ketma-ket qildim:
Product → Price → Place → Promotion. Aslida 4P - bu bir vaqtda boshqariladigan tizim. Bitta oyoq qisqa bo'lsa - stol qimirlaydi. Promotion ga pul qolmasa - eng yaxshi mahsulot ham ko'zga ko'rinmay qoladi.

Bugungi qoida - o'zimga: har qanday loyiha boshlashdan oldin byudjetni 4 ga bo'laman. Teng emas, lekin birorta "P" 10% dan past tushsa, qayta ko'rib chiqaman. Chunki bozor sifatli mahsulotni emas - ko'rinadigan mahsulotni sotib oladi.

Xulosa: raqobat kuchsiz sohada, yangi bozorda, cheklangan byudjet bilan ishlaydigan tadbirkor uchun - 4P hali ham eng ishonchli kompas. Faqat uni 4 ta quti sifatida emas, 4 ta savol sifatida ishlating. Va hech qachon Promotion ni oxirida qoldirmang. Men qoldirdim.
Bir kafe shuni o'rgatdi.

ScaleUp | @scaleupuz
2🔥15👍5🤯2
AI yuta olmaydigan biznes qolganmi?

Bir paytlar biznesda noyoblik uzoq yashar edi.
Montajchining uslubi – 2 yil, operator rakurslari – 3 yil, sotuv taklifi – 1 yil, mahsulot dizayni – yarim yil.
Hozir? Hammasi telefonimizda. Kim AI bilan yaqin bo'lsa, barchasi bir tunda hal bo'ladi.
Lekin bitta soha bor – uni AI yuta olmaydi.
Odam ovqatlanishi kerak. Odam birov bilan o'tirishi kerak. Odam eslashi kerak.

Raqamlar gapirsin

"Mustafa" 7 yil bo'ldi. 3 yil oldinga nisbatan aylanma 6 barobar oshdi. Joylar soni o'sha-o'sha.
Nega? Chunki Toshkentda vaqtning qiymati o'zgardi. Uyda ovqat qilish "qimmat", ko'chada yeyish "arzon" bo'lib qoldi. Odamlar endi taomni emas – vaqtni sotib olishmoqda.
Shuning uchun bu yil biz yana kengayamiz: yangi "Mustafa" nuqtasi va alohida konsepsiyada coffee-club – barcha qahva turlarini jamlagan, interyeri bilan odamni ushlab turadigan joy. Nega? Chunki kelajakda g'olib bo'ladigan biznes – odamga "yana kelgim kelyapti" deya oladigan joy, deb o'ylayman.

10 yillik kuzatuvim: joy sizning qaroringizni sotadi
Meni taniganlar ko'pchilik biladi: har doim mendan restoran va kafelar haqida so'rashadi, maslahat beraman va qayta o'tkazaman; o'zim ham yaxshi ko'raman.
Men kunimning yarmini shahardagi kafelarda o'tkazaman. Bu mening ofisimdek bo'lib qolgan.

Uchta qoida chiqardim:
⚪️Muhim uchrashuvda joy – taklifingizning 30%. Shartnoma imzolanmasdan oldin mijoz joyni tahlil qiladi va hissiyotga ega bo'ladi.

⚪️Oila bilan borilgan joy – bolangizning xotirasi bo'ladi. 20 yildan keyin u shuni eslaydi.

⚪️Chet ellik mehmon bilan – siz shaharni emas, o'zingizni taqdim qilasiz.

An'anaga sodiq biznes – kelajakning eng qimmat aktivi

Keyingi postda shahardagi 10 ta mavzuga doir kafelar ro'yxatini beraman.
⚪️ Million dollarlik shartnomaga mos joylar
⚪️ Jamoa bilan brainstorm uchun energiyali makonlar
⚪️ Oila bilan – bolaga ham, kattaga ham mos
⚪️ Chet ellik mehmonga – Toshkentni ko'rsatadigan
⚪️ Yolg'iz o'tirib fikr yig'ish uchun
⚪️ Birinchi uchrashuvga – bosim qilmaydigan
⚪️ Eski do'st bilan – yoshlik ta'mini eslatadigan
⚪️ Ertalabki nonushta + kelishuv
⚪️ Kechki norasmiy muzokara
⚪️ Mahalliy brendlarning "yashirin qahramonlari"

Har biri haqida: nega shu yerda, qachon, kim bilan, qancha budjet, qanday taassurot qoldiradi.

Qiziq bo'lsa – pastga 🔥 qo'ying.
100 ta 🔥 bo'lsa – ertaga yozaman. Ichida siz bilmagan kamida 5 tasi bor. Kafolat beraman.

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥172👍62
Toshkentdagi 40+ kafe va restoran: qaysi vaziyatga qaysi joy?

"Qayerda uchrashamiz ?" - ba'zida bu savol shartnomaning, do'stlikning, hatto munosabatning taqdirini hal qiladi.
Noto'g'ri joy - noto'g'ri energiya. Noto'g'ri energiya - noto'g'ri natija.
Men Toshkentdagi joylarni vaziyatga qarab ajratib chiqdim. Har birining o'z ta'mi, muhiti va xarakteri bor.

Qanday qidirish kerak: Har bir nomni Yandex Xarita yoki Google Maps'ga yozing - manzil, ish vaqti, menyu va foydalanuvchi sharhlari bir joyda chiqadi.

Million dollarlik shartnomaga mos joylar
⚪️Resto - Toshkentning markazi. Tadbirkorlar va top-menejerlar uchun qulay hudud.
⚪️Gunaydin - turk standartidagi xizmat. Mramor go'shtining sifati bilan mashhur.
⚪️A Ristorante - qimmatbaho avtomobillar garaji ichida joylashgan. Jiddiy suhbatlarga mos restoran. Alohida menyuda hatto avtomobil narxlari ham berilgan.
➡️Maslahat: Stolni 1 kun oldin band qiling. "Alohida, tinch burchak bormi?" deb so'rang.

Jamoa bilan brainstorm uchun energiyali makonlar
Fikrlar oqadigan joy - yorug', ochiq, biroz shovqinli, lekin energetik.
⚪️Traveler's Cafe - Rossiyaning mashhur brendi franshizasi. Ijodkorlarning ikkinchi ofisi. Har burchakda yangi g'oya tug'iladi.
⚪️Socials - yoshlar yig'iladigan joy. Energiya o'zi keladi.
⚪️Big Chefs - katta stollar, tez xizmat, ajoyib menyu. Jamoa uchun ideal.
⚪️Union Cafe - "ish qilsa bo'ladigan" kafe. Egalari ham katta "Angel investor"lardan.
➡️Maslahat: 4-6 kishilik stol band qiling. Rozetka bor joyni so'rang.

Oila bilan - bolaga ham, kattaga ham mos
Bola zerikmasligi kerak. Ota-ona tinch ovqatlanishi kerak. Ikkalasi bir vaqtda.
⚪️Go'sht Mirobod - oilaviy format, milliy ta'm. Bola ham yeydi, do'dasi ham.
⚪️Jungle Family - bolalar uchun haqiqiy sarguzasht. Har kuni soat 20:00 da bolalar uchun alohida tadbirlar.
⚪️Yunga Family - haqiqiy dengizchilar muhiti. Bolalar uchun qiziqarli tadbirlar va taomlar barchaga mos.
➡️Maslahat: Dam olish kunlari 12:00 dan oldin boring - bolalar zonasi keyin to'lib ketadi.

Chet ellik mehmonga - Toshkentni ko'rsatadigan
"Wow, bu O'zbekiston-ku!" deyishi kerak mehmon.
⚪️Muzey Plova - plovning tarixi va ta'mi bir joyda.
⚪️Kamolon Osh (Labzak) - an'analarga xos haqiqiy osh. Tavsiyam: bir laganda 5 xil hudud oshini buyurtma qiling - mehmonni hayron qoldiradi.
⚪️Lali - asl Buxoro taomnomasi. Milliy, tizimli servis va esda qoladigan atmosfera.
⚪️Caravan - mehmonlarga xos muhit. Interyer o'zi - foto zona. Ayniqsa eski mebellar va kechki jonli musiqa alohida mavzu.
➡️Maslahat: Tushlikka olib boring. Kechqurun ba'zilari o'z jozibasini yo'qotadi.

Yolg'iz o'tirib fikr yig'ish uchun
Telefonni o'chiring. Daftarni oching. Fikrlar o'zi keladi.
⚪️Rassvet - yaxshi qahva, yuqori atmosfera va frilanserlar hududi.
⚪️Iconic Cafe & Boutique - estetika va tinchlik muvozanati. Mualliflik shirinliklari, boy atmosfera.
⚪️Bufet 17 - "yashirin" joy. Bilganlar biladi. Atmosferasi yuqori, joylashuvi qulay.
⚪️Shavi Coffee - gruziyalik mehmonlar, yorqin qahva, ajoyib muhit. Bir lokatsiyada buncha kofemanlar yig'ilgan joy yo'q.
⚪️Master Coffee (Oybek) - ishlash uchun ideal. 3-4 soat o'tirsangiz ham hech kim "ko'z qiymaydi".
➡️Maslahat: Ertalab 9:00 - 11:00. Kompyuteringiz va o'qiyotgan kitobingiz esdan chiqmasin.

Birinchi uchrashuvga - bosim qilmaydigan
Rasmiy emas, lekin jiddiy. Ikkovi uchun ham qulay.
⚪️Oila - ajoyib oilaviy muhit, professional xizmat, mualliflik menyusi.
⚪️Papakha - Kavkaz ta'mi, erkin muhit, kechki go'zal Toshkent manzarasi. Veranda oldidan stol buyurtma qiling.
⚪️TomYumBar - Osiyo ta'mi, yoshlarga mos. Juda yengil va yorqin atmosfera.
➡️Maslahat: Kechki ovqat vaqtini tanlang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍5🔥4
Eski do'st bilan - yoshlik ta'mini eslatadigan
Menyu emas - xotira muhim bu yerda.
⚪️Dilshod Shashlik - haqiqiy jaydari shashlik. Do'stlar bilan maroqli uchrashuv nuqtasi.
⚪️Pelmennaya - haqiqiy chuchvara sevuvchilar atmosferasi. Bizdek 33-34 yoshdagilar uchun nostalgiya.
⚪️Xamirli - yoshligimizdagi uy taomlari. Do'stingiz va oilangiz bilan esda qolarli muhit.
⚪️Chorsu ovqat bozori - haqiqiy suhbat atmosferasi. Do'stlar bilan borib Nodir akaning shashliklari, Aziza opaning somsalari bilan esda qolarli hissiyot nuqtasi.
➡️Maslahat: Anchadan beri gaplashmagan, telefondan uzilishni hohlaydiganlar uchun aynan mudao.

Ertalabki nonushta + kelishuv
Kun boshidagi gap - eng samarali gap. Miya toza, fikr aniq.
⚪️Breadly - haqiqiy estetik nonushta. Menga alohida Benedict va uy muhitida tayyorlangan yogurti yoqadi.
⚪️Benedict - nomi haqiqatga mos. Eggs Benedict zo'r.
⚪️Efendi - turk nonushtasi. Sifati o'zgarmas, 7:00 dan to'liq nonushta menyusi tayyor atmasferasi nostalgik nuqta.
➡️Maslahat: 8:30 ga belgilang. 10:00 gacha asosiy qarorlar chiqadi.

Kechki norasmiy muzokara
⚪️Khanate - Xorazmning asl oshxonasi. Ajoyib atmosfera. Taomnomada tengi yo'q tuxumbaraklar va tobida pishirilgan baliq.
⚪️Miramandi - arab oshxonasi sevuvchilar uchun. Do'stlar davrasida va norasmiy holatlarda juda yoqadigan menyu. Alohida Basbusa shirinligi va Chef Mandi - bu joyning kaliti.
➡️Maslahat: 19:30 - 21:00. Musiqa baland bo'lmagan burchakni tanlang.

Mahalliy brendlarning "yashirin qahramonlari"
Reklamasi yo'q. Instagram'i yo'q. Lekin bilganlar aynan shu yerga boradi.
⚪️Paxta ko'cha shashlik - juda ajoyib ta'mga ega shashliklar. Jaydari va uy muhitini sog'inganlar uchun ayni mudao.
⚪️Qorasaroy Honim - asli chig'atoylik oilaviy uy kafesi. Bir qasqon keladigan portsiyadagi mazali honimlar.
⚪️Qorasaroy lag'monxonasi - o'zim Qorasaroyda tug'ilib o'sganim uchun biz ko'p boradigan joy. U radiusdagilar qadrlaydigan maskan.
➡️Maslahat: Navigatorsiz boring. Yordam kerak bo'lsa ayting - lokatsiyasini yuboraman.

Qanday foydalanish kerak bu ro'yxatdan:
🔴Saqlab qo'ying - Telegram'da "Saved Messages"ga yuboring.
🔴Qidiring - joy nomini Yandex Xarita yoki Google Maps'ga yozing. Manzil, ish vaqti, menyu, sharhlar - bir joyda.
🔴Band qiling - jiddiy joylarga 1-2 kun oldin qo'ng'iroq qiling.
🔴Tajribani baham ko'ring - borganingizdan keyin izoh yozing, men ham o'qiyman.

Joy tanlash - bu strategiya.
Shartnoma stoldan boshlanadi.
G'oya atmosferadan tug'iladi.
Do'stlik eski ta'mdan mustahkamlanadi.
To'g'ri joy - to'g'ri natija.

Qaysi joy sizning ro'yxatingizda yo'q, lekin bo'lishi kerak ? Izohda yozing👇

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍9🔥8
Bundanda qisqa yozib bo’lmadi 😅
1😁7👏1
CX, UX, UI - yangi joy ochildi. Men ko’rdim. Kirdim.

Yaqinda Instagram’da reklama chiqdi. Yangi joy ochilibdi.
Rasmlari chiroyli, taomlari estetik, interyer Instagram bop. Ko’rib qornim ochdi. “Mana bu - yangilik” dedim ichimda.
Bu UI edi. Va u ishladi.

Profilga bosdim. Manzil bor, lekin joy band qilish tugmasi yo’q. Direct habardan yozdim - bir soat javob yo’q. Bio’dagi link ishlamaydi. Menyu faqat highlight’da, narxlar yarim ko’rinadi.
Bu UX edi. Va u ishlamadi.

Lekin men baribir bordim. Chunki rasmlari menga yoqib qolgan edi.

Eshikni ochdim. Ichkarida hech kim yo’q. 5 daqiqa kutdim, oxiri o’zim stol topdim.
Menyu kelguncha 7 daqiqa. Suv 10 daqiqa. Taom 40 daqiqa, qaynoq emas. Ofitsiant ismini aytmadi, tabassum yo’q, “yoqdimi?” deb so’ramadi.
Chiqayotganda “yana keling” ham yo’q. Ertasi kuni xabar yo’q, so’rov yo’q, chegirma yo’q.
Bu CX edi. Aniqrog’i, uning yo’qligi.

Men u joyga boshqa bormayman. Yaqinlarimga tavsiya qilmayman. Storiy’ga qo’ymayman.
Ular esa keyingi oy reklamani yana ko’paytirishadi.

Bir daqiqa to’xtab, oxirgi 5 yilda Toshkentda qancha joy yopilganini eslab ko’ring. Kafelar, salonlar, fitneslar, do’konlar. Minglab.
Egalaridan sabab so’ralsa:
“Joy yomon ekan”
“Pul kelmi qoldi”
“Reklama ishlamadi”
Lekin haqiqiy sabab deyarli har doim uchta narsadan biri:
Birinchisi - ko’rinmadi.
Ikkinchisi - ko’rilgan, lekin kelolmadi.
Uchinchisi - kelgan, lekin qaytmadi.
Boshqa sabablar shuning ustidan kiyilgan kiyim, xolos.

UI bo’lmasa, sizni hech kim ko’rmaydi.
UX bo’lmasa, ko’rgan odam ham kelolmaydi.
CX bo’lmasa, kelgan odam qaytmaydi va do’stiga “u yerga borma” deydi. Bitta yomon tajriba - 10 ta yo’qotilgan mijoz.

Sizning raqobatchingiz interyeri pastroq, taomi oddiyroq, narxi qimmatroq bo’lishi mumkin.
Lekin uning band qilish tugmasi 30 soniyada ishlasa, xosti mijozning ismini eslab qolsa va ertasi kuni “qalay edi?” deb so’rasa - mijoz uning oldiga ketadi.
Siz reklamaga pul to’lab turasiz. U storiy’lar bilan o’sib boradi.
6 oydan keyin siz “bozor og’ir” deysiz. U ikkinchi filialni ochadi.

Yopilgan har bir joy - bitta hikoya.
Egasi logotipga 2 oy sarfladi, ofitsiantni 2 kun o’qitdi. 50 million reklamaga to’ladi, DM’ga 6 soat javob bermadi. Taom narxini 3 marta o’zgartirdi, biror mijozdan “qanday tajriba bo’ldi?” deb so’ramadi.

UI sizni “qiziq ekan, boray” qiladi.
UX sizni “osongina bordim” qiladi.
CX sizni “do’stim, bu joyni ko’rishing kerak” qiladi.
Birinchisi - ko’rinish.
Ikkinchisi - kirish.
Uchinchisi - qaytish.
Uchchalasi yo’q bo’lsa, hozir ochilayotgan joy keyingi yil yopilgan joylar ro’yxatida bo’ladi.
Va egasi yana aytadi: “bu bozor bizgamas ekan ”

Scaleup | @scaleupuz
👍16🔥4
Narxni tushirish - bu marketing emas, bu taslim bo’lish.

Ko’pchilik tadbirkor savdo tushganda birinchi qiladigan ish - chegirma, aksiya e’lon qilish. Lekin haqiqat shuki: narx mijozning “qimmat” degan e’tirozini hal qilmaydi. U faqat sizning qiymatingizni o’zingiz bilmasligingizni ko’rsatadi.
Mijoz qimmat deganda aslida shuni aytmoqda: “Men bu narxga arziydigan sababni ko’rmayapman.”
Yechim - narxni tushirish emas, qiymatni oshirish.
- Mahsulot atrofidagi kontekstni boyiting (qadoqlash, taqdimot, joy)
- Natijani soting, xususiyatni emas
- Mijoz “kim” bo’lishini ko’rsating, sotib olgandan keyin

Shohona creative group loyihamizda bir qoidani o’rgandim: narxini oqlay olmaydigan biznes - narxini tushirib ham omon qolmaydi.
Chegirma - strategiya emas, taktika. Va u faqat qiymat aniq bo’lganda ishlaydi.

Scaleup | @scaleupuz
2🔥19👍3
AI sizni almashtirmaydi !

Sizni - AI ni o’rgangan kasbdoshingiz almashtiradi. U siz bilan bir xil tajribaga ega. Lekin uning qo’lida qurol bor. Sizning qo’lingizda esa eski usullar.

Savolni biroz o’zgartiring:
“AI meni ishimdan ayiradimi?” - bu noto’g’ri savol
To’g’ri savol bu:
“Mening sohamda AI qayerda meni tezlashtiradi?”
Javobini topsangiz - qiymatingiz oshadi.
Topmasangiz - bozor sizni asta-sekin unutadi.

Bugun bir oz vaqt ajrating, qog’oz oling va yozing:
⚪️Mening ishimda AI qayerda foydali bo’lishi mumkin?
⚪️Qaysi vazifani 10 barobar tez bajaradi?
⚪️Qayerda men kuchliman, qayerda u kuchli?
Shu uchta savolga bergan javobingiz - sizning kelajakdagi narxingiz.

Bozor o’zgardi. Tan oling. Endi shunchaki mutaxassis emas - AI bilan ishlay oladigan mutaxassis yutadi.
Tanlov sizning qo’lingizda !

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥17👍4
150,000 dollar yo'qotib o'rgangan saboq

Tadbirkorlar orasida eng qimmatga tushadigan qarashlardan biri:
Yevropada ishlayapti - bizda ham ishlaydi.
Amerikada trend - birinchi bo'lib olib kiraman.
Hech kimda yo'q - men birinchi bo'laman.
Men ham shu yo'lni bosib o'tganman. Natija - 150K+ dollar yo'qotish.
Bugun bu xulosalarni mutaxassis nazariyasi sifatida emas, shaxsan to'lagan haqim sifatida baham ko'raman.

Asosiy xato - madaniy kodni hisobga olmaslik.
Atrofingizdagi 100 kishi bir narsani sotib olayotgani - bu shahar aholisining xulqi emas. Bu sizning pufagingiz ichidagi xulq.
Inson har doim o'z miyasining chegarasida fikrlaydi. Tadbirkor sifatida bizning vazifamiz - bu chegaradan chiqib, raqamlarga tayanish.

Qaror qabul qilishdan oldin 3 ta savol:
Foydalanish chastotasi
- Mijoz mahsulotni haftada / oyda / yilda necha marta ishlatadi?
Yiliga 1-2 marta ishlatiladigan mahsulot, agar maqsadli qatlam aylanmani qoplamasa - biznes-model emas.

Investitsiya qaytishi
Kichik va o'rta biznes uchun mantiqiy chegara - 1-3 yil.
3 yildan oshsa, riskni qoplaydigan asoslar juda kuchli bo'lishi kerak.

Marja vs qiymat
Marja siz berayotgan qiymatga mos kelishi shart. Past marjada katta hajm - bizning bozorda har doim ham mumkin emas.

Yangi velosiped o'ylab topish shart emas. Borini qayta loyihalashtiring.
⚪️Sut - shisha butilkada
⚪️Kefir - sovet davri butilka dizaynida
⚪️Suxarik - sous bilan komplektda

Yorqin misol - Rolton va Ramen.
Mahsulot mohiyati o'sha-o'sha: tez tayyorlanadigan makaron. Lekin ramen yutdi, chunki:
⚪️tayyorlanish uslubi qayta o'ylab topildi
⚪️sous va maza komplektlari qo'shildi
⚪️qadoqlash va taqdimot premium bosqichga chiqdi
Innovatsiya - har doim "yangi narsa" emas. Ko'pincha - mavjud narsani yangicha taqdim etish.

Tanlov sizniki.
Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥17👍5👏4
#holidayvibes

Yil boshida katta maoshlik ishimdan ketdim.

Qaror oson bo'lmagan. Lekin bugun - hotirjam va mas'uliyatimdan roziman.
Nimalar bo'lyapti hozir:
⚪️Maktab loyihamiz 3 barobar kengaydi. 1500 nafar o'quvchi qabul qilish strategiyasi ustida ishlayapmiz.
⚪️Marketing va sotuv jarayonlariga AI agentlarni o'rnatish - yangi yo'nalish, yangi qiyinchiliklar.
⚪️Bir nechta loyihalarda konsultant sifatida natijalar yaratdik.
⚪️Online dars berib, shogirtlar jamoasini shakllantiryapman.
⚪️Coffee club'larda suhbatlar - eng yaxshi g'oyalar shu yerda tug'iladi.
⚪️Katta tennisga jiddiy kirishdim. ⚪️Hozirgi kitob: Dan Kennedy - "No B.S. Sales Success" (rus tilida "Жёсткие продажи").
⚪️"The Diary of a CEO" - bironta epizodni o'tkazib yubormayapman.

Va bir kuzatuv: bugungi paytda 24 soat ichida ma'lumot aktualligi o'zgaryapti. Ko'rinishi, ma'nosi, ta'siri - tez. Shuning uchun hech qanday xulosani hazm qilmasdan oldin tekshirish kerak.

Telefondan haftalik report keldi: kuniga o'rtacha 7 soat 30 daqiqa. Lekin men o'zimni baxtsiz his qilmayapman. Demak, masala soatda emas - nimaga sarflayotganingda.

Yaqinda o'zimga bitta savol berdim:
"Agar hozir shug'ullanayotgan ishim ertaga hech kimga kerak bo'lmasa, men nima qilaman?"

Javobini topdim: coffee roaster olib, o'zim qovurib, kofe «сомелье» bo’lgan bo'lardim. Bu - hozirgi eng katta qiziqishim.

O'zimda, hotirjamlikda topganim.
Va aynan shu javob menga ko'p narsani tushuntirdi. Chunki bu savol - qo'rquvni emas, erkinlikni ochadi. Sen hozirgi ishingni yo'qotishdan qo'rqyapsanmi yoki uni chinakam yaxshi ko'rasanmi - javob shu yerda.

Bu postdan nimani olib ketishingiz mumkin:
Hayotingizning har 3-6 oyida o'zingizga shu savolni bering:
"Agar bugungi ishim ertaga kerak bo'lmasa, men nima qilardim?"
Javob sizga uchta narsani ko'rsatadi:
⚪️Hozirgi ishingiz - chinakam tanlovmi yoki shunchaki inertsiyami?
⚪️Ichingizdagi haqiqiy qiziqish - qayerda?
⚪️Qaysi yo'nalishda harakat qilsangiz, hotirjamlik keladi?

Olloh bizga o'zimiz xohlaganimizdan ko'ra afzal reja tuzadi;

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥18💯12🤝8👍6
30 kun. 30 ta instrument.
Marketing va sotuv psixologiyasi.


Har biri kitobdan o’qilgan, loyihada sinab ko’rilgan va natija bergan. Endi navbat sizda.

Sizni nima kutyapti:
⚪️Nega menyudagi eng qimmat taomni deyarli hech kim buyurtma qilmaydi - lekin u o’sha yerda turishi shart ?
⚪️Nega “10% tejang” emas, “10% yo’qotyapsiz” deganingizda mijoz 2 baravar tez harakatga keladi?
⚪️Nega serial aynan eng qiziq joyida tugaydi va siz uxlay olmay qolasiz?

Har birining ortida aniq psixologik qonuniyat bor. Men ularni nazariya + amaliy misol bilan ochib beraman.

Har kuni, bir vaqtda. Birinchisi - ertaga.

O’tkazib yubormang.Bu ma’lumot foydali bo’ladigan soha egalariga ham yuboring.

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥32👍7
1/30
Yakor effekti

Bir savol bilan boshlayman:
Sizga 1 daqiqa ichida javob bering - Amir Temur 70 yoshdan oshib vafot etganmi yoki yo’q?

Endi: u necha yoshda vafot etgan deb o’ylaysiz?

Ko’pchilik 65–70 oralig’ida deb javob beradi. Sababi - men miyangizga “70” raqamini tashladim. U yakor bo’lib qoldi. Sohibqiron 68 yoshda vafot etgan - va sizning taxminingiz aynan o’sha 70 atrofida aylandi.

Mana shu - Yakor effekti.

Inson birinchi ko’rgan raqamni haqiqat nuqtasi deb qabul qiladi va undan keyingi barcha qarorlarni o’shanga nisbatan o’lchaydi. Mantiq emas - birinchi taassurot hukm yuritadi.

Endi amaliyot. Real misol:
Bir loyihamda mahsulotning bitta tarifi bor edi - sotuv sust. Biz mahsulotni o’zgartirmadik, narxni ham. Faqat yoniga 3 baravar qimmat “Premium” paket qo’shdik.

Natija? Asosiy mahsulot birdan arzon bo’lib ko’rindi va sotuvi sezilarli oshdi. Premium’ni deyarli hech kim olmadi - lekin uning vazifasi sotilish emas edi. Uning vazifasi - yakor bo’lish.

Mijoz 3 millionni ko’rgandan keyin 1 million unga tekindek tuyuladi.

Buni har kuni bozorda ham ko’rasiz:

Kechiginda uydigilar ham aytib qoldi: sotuvchi “Bu palto 2 million” debdi, siz uni hozir ayni jaziramada olsangiz 1 million 200 mingga olasiz - “yutdim” deb o’ylashyapti. Holbuki asl narxi 900 ming bo’lishi mumkin. Sotuvchi birinchi raqamni tashladi - va siz hamma narxni o’shanga nisbatan o’lchadingiz.

Qayerda ishlaydi:
⚪️Menyu: eng qimmat taomni birinchi qo’ying - qolgani arzon ko’rinadi
⚪️Taklif: “Avval 5 mln edi → endi 2.9 mln” (eski narx - yakor)
⚪️Muzokarada birinchi raqamni doim siz ayting, raqib emas

Mijoz narxni “qimmat” yoki “arzon” deb o’zi hal qilmaydi. U siz qo’ygan yakorga qarab hal qiladi.

Yakorni o’zingiz tashlamasangiz - uni raqobatchingiz tashlaydi. Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq. Soha mutahassislari uchun tayyor “guide” bo’ladi.

Scaleup | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥166👍12😁1
2/30
Aldov varianti (Decoy effect)

Yangi iPhone olganda hammamiz bir tuzoqqa tushganmiz.
128 GB kam tuyuladi. 512 GB qimmat. O'rtada 256 GB turadi va siz "mana shu aqlli tanlov" deb uni olasiz. O'sha payt o'zingizni yutgandek his qilasiz. Aslida esa Apple aynan sotmoqchi bo'lgan variantni oldingiz. Tasodifan emas, shunday o'ylab qo'yilgani uchun.
Gap shundaki, miyamizda "qimmat" degan mutlaq o'lchov yo'q. Biz har doim bir narsani ikkinchisiga qiyoslab baho beramiz. Yonida nima turishiga qarab xuddi shu narx ham qimmat, ham arzon ko'rinadi.

Aldov varianti shu zaiflikdan foydalanadi. U sotilish uchun emas, yonidagini chiroyli ko'rsatish uchun qo'yiladi.

Har kuni ichadigan kofengizda ham shunday. Kichik 18 ming, o'rta 25 ming, katta 27 ming. O'rta bilan katta orasida atigi 2 ming farq. Siz "ikki ming qo'shsam ko'proq olaman-ku" deb kattasini olasiz. Aslida o'rta variant shu yerda sotilish uchun emas, sizni kattaga itarish uchun turibdi.

Qoida oddiy. Aldov varianti siz sotmoqchi bo'lgan taklifga o'xshash, lekin undan biroz yomonroq bo'lishi kerak. Shunda miya "buning o'rniga ana u yaxshiroq" deydi va o'zi siz xohlagan tomonga ketadi.
Yakordan farqi ham shu. Yakorda bitta raqam butun idrokni belgilaydi. Aldovda esa gap raqamda emas, variantlarni yonma-yon qo'yishda.

Mijoz hech qachon eng arzonini yoki eng qimmatini tanlamaydi. U faqat eng oqilona ko'ringanini tanlaydi. Qaysi variant oqilona ko'rinishi esa sizning qo'lingizda.
Tanlovni mijozga qoldirsangiz, demak siz emas, qiyoslash sahnasi sotyapti.

Ertaga 3/30
Nega 100 ming yo'qotganingiz, 100 ming topganingizdan ikki baravar og'riydi ?


Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
2🔥90😁4👏3👍1
3/30
Yo’qotish og’rig’i

Bir tajriba qiling. Cho’ntagingizda 100 ming bor edi, yo’qotib qo’ydingiz. Endi tasavvur qiling, kutilmaganda 100 ming topib oldingiz. Ikkalasi bir xil summa. Lekin yo’qotish og’rig’i topish quvonchidan ancha kuchli to’g’rimi ?

Bu his sizga xos emas, hammamizga xos. Daniel Kahneman buni o’lchab chiqqan. Inson miyasi yo’qotishni yutuqdan taxminan ikki baravar kuchli his qiladi. Ya’ni 100 ming yo’qotganda his qilgan og’riqni qoplash uchun, sizga 100 ming emas, 200 ming topish kerak bo’ladi.

Mana shu sotuvning eng kuchli quroli. Chunki odamni biror narsa olishga undashdan ko’ra, mavjud narsasini yo’qotmaslikka undash osonroq.

Premier Electronics misolida ko’ring. Mijoz kir yuvish mashinasini tanladi, lekin ikkilanyapti. Sotuvchi “bu mashina yaxshi” deb maqtasa, bu zaif gap. Aksincha “bugun aksiya oxirgi kuni, ertaga bu narx 800 ming ko’tariladi” desa, mijoz endi mashina olmaslikni emas, 800 mingni yo’qotishni o’ylaydi. Qaror tezlashadi.

Yana bir joyi kafolat va sug’urta. Premier’da televizor sotib olayotganda “ekran sinsa, tekin almashtiramiz” degan qo’shimcha himoyani sotish oson. Chunki mijoz allaqachon o’zini televizor egasi deb his qilyapti va uni sindirib qo’yish qo’rquvi bor narsadan ayrilish og’rig’iga aylanadi. U ortiqcha pul to’lab bo’lsa ham o’sha og’riqdan qochadi.

Eng muhimi, formulani to’g’ri quring. “Bu kursni oling” emas, “bu yilni boy bermang”. “Sotib oling” emas, “qo’ldan chiqarmang”. “Yutasiz” emas, “yo’qotmaysiz”. Bir xil taklif, lekin yo’qotish tilida aytilgani har doim kuchliroq turadi.

Faqat bir ogohlik bor. Bu qurol kuchli, demak undan ehtiyot bo’lib foydalaning. Soxta taqchillik yoki yolg’on muddat bir marta ishlaydi, keyin mijoz ishonchini yo’qotadi. Yo’qotish qo’rquvi real bo’lsagina uzoq ishlaydi.

Odamlar yutish uchun emas, yo’qotmaslik uchun harakat qiladi. Taklifingizni mijoz nima yutishi haqida emas, nimadan ayrilishi haqida gapiradigan qilib quring.

Ertaga 4/30 Egalik effekti.
Nega bir narsani qo’lga olib ko’rgan yoki sinab ko’rgan odam, uni qaytarib berishni istamay qoladi?

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
2🔥62👍1
4/30
Egalik effekti

Bir narsani sotmoqchimisiz? Avval uni mijozning qo’liga bering.

Men buni o’z biznesimda necha marta sinaganman va natija har safar bir xil. Odam biror narsani qo’lga olib ko’rsa, tatib ko’rsa, sinab ko’rsa, u endi sotib oluvchi emas, egadan ayriluvchiga aylanadi. Inson esa hech narsadan ayrilishni yoqtirmaydi.

Mana shu egalik effekti.Eng tushunarli manba - Kahnemanning “Thinking, Fast and Slow” kitobi, u yerda alohida bob bor. Asosiy g’oya shu: odam qo’lidagi narsaga, hatto bir daqiqa oldin qo’lga kiritgan bo’lsa ham, haqiqiy narxidan ortiqroq qiymat beradi. Egalik tuyg’usi paydo bo’lishi bilanoq, undan ayrilish o’tgan postdagi yo’qotish og’rig’iga aylanadi.

Eng yaqqol misol bizning an’anaviy bozorlarimizda. Sotuvchi yelkangizdan ushlab “keling, tatib ko’ring” deydi, qo’lingizga bir bo’lak qovun yoki bir don uzum tutqazadi. Bu oddiy mehmondo’stlik emas, bu nozik psixologiya. Siz tatib ko’rib, yoqtirgan zahoti, o’sha mahsulot ongingizda allaqachon “meniki” bo’lib qoladi. Va shu nuqtada narx ikkinchi o’ringa tushadi. Endi siz arzon-qimmatni emas, yoqtirgan narsadan ayrilmaslikni o’ylaysiz. Ko’pchilik aynan shu sabab, kerak bo’lmasa ham, savdolashmasdan sotib oladi.

Mustafa misolida ham men buni har kuni ko’raman. Mehmon hali asosiy taomni buyurtma qilmasidan, dasturxonga issiq non, salat, kichik mezalar keladi. Mehmon ularga qo’l urgan zahoti, u allaqachon o’sha ovqatlanish jarayonining egasiga aylanadi. Yangi taomni “bir luqma tatib ko’ring” deb taklif qilsak, mehmon bir marta tatisa bas, taom uning ongida “meniki” bo’lib qoladi va buyurtmaga aylanish ehtimoli keskin oshadi.

Premier Electronics esa buni butun do’kon mantiqiga aylantirgan, demo zonalar orqali. Televizor devorda, mijoz pultni qo’liga oladi, kanal almashtiradi. Muzlatgich eshigini ochib yopasiz. Hammasi bir maqsadga xizmat qiladi. Mahsulotni vitrinadan chiqarib, mijozning qo’liga, tanasiga, his-tuyg’usiga topshirish. Demo zonada bir marta ishlatib ko’rgan odam, do’kondan chiqayotganda uni qo’ldan chiqargandek his qiladi va aksariyat hollarda sotib oladi.

Bu yerda bir narsani qattiq ta’kidlayman. Egalik effekti faqat mahsulot haqiqatan yaxshi bo’lsagina ishlaydi. Yomon taomni tatib ko’rsatsangiz yoki sifatsiz texnikani sinab ko’rsatsangiz, bu sotuvni emas, rad etishni tezlashtiradi. Demak bu qurol mahsulotingizga ishonchingiz bo’lganda eng kuchli ishlaydi.

Strategik tomondan men buni shunday ko’raman. Sotuvning og’irlik markazini gapirishdan tatib ko’rishga ko’chirish kerak. Bepul namuna, demo zona, sinov muddati, ochiq dars, bularning hammasi bitta mexanizmga xizmat qiladi - mijozni iloji boricha tezroq egaga aylantirish. Egalik paydo bo’lgan joyda sotuv allaqachon yakunlangan bo’ladi.

Mijozni ishontirmoqchi bo’lsangiz, dalil keltirmang, qo’liga bering. Inson o’ziniki deb hisoblagan narsani himoya qiladi. Sizning vazifangiz, mahsulotni iloji boricha erta uning qo’liga topshirish.

Ertaga 5/30 Ijtimoiy dalil.
Nega bo’sh restoranga hech kim kirmaydi, navbat turgan joyga esa hamma yopiriladi? Odam o’zi qaror qila olmaganda, boshqalarning tanloviga ergashadi va biz buni sotuvda tizimli ishlatamiz.

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
2🔥45👍1