Shohzod Polatov | ScaleUp
2.3K subscribers
176 photos
29 videos
6 files
52 links
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
2026 marketing :
⚠️Kreativlar davri emas
⚠️Eng yaxshi reklama davri emas

✔️Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi
✔️Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi
✔️Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi

Nega qiziqmi ? ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
123👍5
Shohzod Polatov | ScaleUp
2026 marketing : ⚠️Kreativlar davri emas ⚠️Eng yaxshi reklama davri emas ✔️Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi ✔️Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi ✔️Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi Nega qiziqmi ? ⚡️
Nima bo'ldi?

2025-yil noyabr. Xotira moduli - $45.
2026-yil mart. Xuddi o'sha modul - $115.
4 oy. 246% oshdi. Kingston rasman tasdiqladi.
Siz hali ham eski narxda reklama qilyapsiz.

Sababi uchta:
- AI zavodlarni egalladi. Samsung, SK Hynix, Micron - barchasini AI xotirasiga yo'naltirdi. Samsung endi sizning do'koningiz uchun emas - ChatGPT serverlari uchun ishlayapti..
- Hormuz yopildi. 2-mart, 150+ kema to'xtab qoldi. Yuk tashish 3 barobar qimmatlashdi. Bu faqat neft emas - sizning omboringizga kelishi kerak bo'lgan har bir tovarning narxi.
- Gigantlar vahima qildi. Apple, Samsung, Tesla bozordagi barcha zaxirani sotib oldi. Kichik biznes uchun bozor bo'shab qoldi.

Logistika qimmatlashsa nima bo'ladi?
Yuk tashish narxi 3 barobar oshdi. Bu zanjir shunday ishlaydi:
- Tovar kechikadi. Haftalab emas - oylab. Siz mijozga va'da bergan sana - havoda qoladi.
- Tannarx oshadi. Siz bilmagan holda. Shartnoma imzolangan, tovar yo'lda, lekin narx o'zgardi. Kelganda hisob-kitob qilasiz - zarar.
- Reklama zarariga ishlaydi. Qancha ko'p sotsangiz - shuncha ko'p yo'qotasiz. Aylanma kapital muzlaydi.
Raqib ham qiynaladi - lekin kim zaxira qilgan bo'lsa, o'sha bozorni egallaydi. Bu imkoniyat, agar tayyor bo'lsangiz.

Marketing direktori nimaga e'tibor berishi kerak?
- Price listni emas - tannarxni kuzating. Har hafta. Avtomatik.
- Reklamani omborga ulang. Tovar tugasa - reklama o'chsin. Bu texnik vazifa, lekin marketing mas'ul.
- Yetkazib berish muddati - reklama xabari. "3 kunda yetkazamiz" va'dasi logistika inqirozida - eng qimmat xato.
- Mijozga sabab ayting. "Narx oshdi" emas - "global logistika narxi 3 barobar oshdi, biz ham moslashtirdik." Farqi ulkan.
- Lokal raqiblarni kuzating. Ular ham qiynalayapti. Kim birinchi moslashsa - o'sha bozorni oladi.

Yechim oddiy, lekin ko'pchilik qilmaydi:

- Omborga qarang - keyin reklama yoqing.
- Narxni har hafta yangilang - eski narx dushman.
- Narx oshganini yashirmang - sababini ayting. Mijoz ko'rib turibdi.
- Lokal bo'lsangiz - buni qichqiring. "Biz import zanjiriga bog'liq emasmiz."

2026-yilda marketing - kreativ emas, matematika.
Kimda tovar bor - o'sha sotadi.
Kim narxini real hisoblaydi - o'sha yutadi.
Kim sababini tushuntira oladi - o'sha mijozini saqlab qoladi.

Strategiyani qaytadan ko'rib chiqing !
ScaleUp | @scaleupuz
2🔥11🏆6👍2🤔2
Noto'g'ri deb o'ylasangiz - izohlarda ayting !
27
Ko‘p biznes marketingdan emas, tizimsizlikdan yiqilyapti

Hozir bozorda bitta xato keng tarqalgan:
savdo tushsa - marketing ayblanadi. Lekin amaliyot boshqa narsani ko‘rsatmoqda.

Ko‘p kompaniyalarda marketing ishlayapti:
reklama bor, trafik bor, qiziqish bor.Lekin natija yo‘q. Sabab oddiy - ichki tizim talabni pulga aylantira olmayapti.

Asosiy muammolar:
- mahsulot mavjud emas yoki kechikadi
- assortiment noto‘g‘ri shakllangan
- sotuv faqat “lokomotiv SKU”larga tayanadi
- logistika sekin
- servis va va’da mos kelmaydi
- bo‘limlararo koordinatsiya sust

Natijada:
sell-in bor, sell-out yo‘q.

Shu nuqtani aniq tushunish kerak:
Marketing muammoni yopmaydi.
Marketing muammoni ochib beradi.

Reklama ishlagan sari ichki zaifliklar tezroq ko‘rinadi.
Bugungi bozorda ustunlik:
- kreativda emas
- reklamada emas
Ustunlik:
- mahsulot mavjudligida
- operatsion tezlikda
- tizimli sotuvda
- mijoz ishonchida

To‘g‘ri savol:
“Qanday reklama qilamiz ?” emas.
“Kelgan talabni qanchalik samarali monetizatsiya qilyapmiz?”

Agar shu zanjir ishlamasa,
hech qanday marketing biznesni o‘stirmaydi.

ScaleUp | @scaleupuz
28👍6👏2
Nuqtalarni birlashtirish: Nega biz o‘zgarishlarni o‘z vaqtida sezmaymiz ?

Ba’zida hayotimizda shunday voqealar sodir bo‘ladiki, o‘sha paytda hammasi chalkash, mantiqsiz va hatto adolatsizdek tuyuladi. Nega aynan hozir? Nega aynan men bilan?
Lekin qiziq bir haqiqat bor: inson o‘zidagi eng katta o‘zgarishlarni aynan o‘sha jarayonning ichida turganda sezmaydi. Biz faqat vaqt o‘tib, bir necha yildan keyin orqaga qaraganimizdagina hamma narsani tushunib yetamiz.
Buni mashhur "nuqtalarni birlashtirish" prinsipi yoki “Stiv Jobs effekti” deyishadi.

Tasavvur qiling, hayotingizdagi har bir uchrashuv, har bir o‘qilgan kitob, hattoki har bir mag‘lubiyat - bu bittadan nuqta. Oldinga qarab yurganda bu nuqtalar bir-biriga bog‘lanmagandek ko‘rinadi. Lekin orqaga qarab tahlil qilsangiz, ular aslida bir-biriga ulanib, sizni bugungi darajangizga olib kelgan yagona zanjirni hosil qiladi.

Xo‘sh, bu tahlil bizga nima beradi?

Birinchidan, hozirgi qiyinchiliklarga bo‘lgan munosabat o‘zgaradi. Bugun sizni qiynayotgan muammo, aslida bir necha yildan keyingi muvaffaqiyatingiz uchun kerakli poydevor bo‘lishi mumkin. Ya'ni, hech bir voqea bekorga bo‘lmasligini anglaysiz.
Ikkinchidan, o‘zingizning muvaffaqiyat algoritmingizni topasiz. Qaysi qarorlaringiz sizni o‘stirganini, qaysi harakatlaringiz ko‘proq natija berganini ko‘rib, keyingi strategiyangizni bemalol tuza olasiz. Bu endi taxminlar emas, balki shaxsiy tajribaga asoslangan aniq reja bo‘ladi.
Eng asosiysi - xotirjamlik keladi. Agar siz o‘tmishdagi "yopiq eshiklar" aslida sizni yaxshiroq yo‘lga boshlaganini ko‘ra olsangiz, bugungi noaniqliklardan qo‘rqmay qo‘yasiz.

Sizda ham shunday bo‘lganmi? O‘sha paytda "hammasi tugadi" deb o‘ylagan nuqtangiz, aslida yangi va katta hayotingizning boshlanishi bo‘lib chiqqan vaziyatlar?

Menda ham aynan shunday bo‘lgan.

Eslasangiz, o‘z vaqtida bozorda yetakchi, aylanmasi va foydasi juda zo‘r bo‘lgan "Shoxona Creative Group" loyihasidan chiqqanimda, ko‘pchilik tushunmagan edi. "Bekor qilyapsiz, tayyor narsani tashlab ketyapsiz", degan gaplar juda ko‘p bo‘lgan. O‘sha paytda hammasi tushunarsizdek tuyulishi mumkin edi. Tark qilganimdan keyin 6 oydan kam bo’lmagan muddatda qarzga botganman, moliyaviy inqirozlarga uchraganman.

Lekin bugun orqaga qarab o‘sha nuqtalarni birlashtirib ko‘rsam, hammasi o‘z o‘rniga tushmoqda:
- Agar o‘sha paytda u yerdan chiqmaganimda, hozirgi ichki kuchim va potensialimni hech qachon topa olmasdim.
- Katta korxonalarda rahbarlik qilish tajribasiga ega bo‘lmasdim va 5 million dollardan yuqori byudjetlarni boshqarish mas’uliyatini his qilmasdim.
- Va eng muhimi - hozirgi kunda omadli ketayotgan o‘zimning umumovqatlanish loyihamni nolga teng bo‘lgan nuqtadan boshlab qura olmasdim.

Xulosa o’zingizdan. Tahlilni bugunoq boshlang.

ScaleUp | @scaleupuz
1🔥9💯32👍1
Oneliner: Bitta jumla bilan sotish

Ko’pchilik o’zini shunday tanishtiradi:
“Men marketing agentligi direktoriman.”
Tinglovchi eshitadi:
“Mana yana bir direktor…”

Muammo shu yerda.
Odamlar sizning lavozimingizga emas - o’z muammolariga yechim qidirishadi.

Oneliner formulasi:
Muammo + Mahsulot + Natija

“Sotuvlari o’smayotgan bizneslarga reklama strategiyasi tuzib, 3 oyda klientlar sonini ikki baravar oshirishga yordam beraman.”

Bu jumla nima qiladi?
- Mijoz o’zini taniydi
- Siz nima qilishingiz aniq
- Natija ko’rinib turibdi

Nima uchun bu ishlaydi?
Diqqat - Inson o’z muammosini eshitganda quloq tikadi. Lavozim emas, og’riqli nuqta gapirishini boshlang.
Soddalik - Murakkab tushuntirishlar mijozni charchatadi. Bitta aniq jumla esa “men shu narsani xohlayman” fikrini uyg’otadi.
Esda qolish - Kuchli oneliner - bu bepul reklama. Mijoz sizni boshqalarga tavsiya qilganda so’zma-so’z aytib beradi.

Amaliy vazifa:
O’zingizning Oneliner’ingizni yozing:
”[Muammo]ga duch kelgan [kim uchun]ga [nima qilaman] va [qanday natijaga olib chiqaman].”

Esda tuting: siz shunchaki mutaxassis emas - muammoni hal qilovchi gidsiz. Shunday ko’rsating.

ScaleUp | @scaleupuz
3🔥8👍52
Bugun qiziq bir suhbat bo’ldi…

Bir yaqinim shaxsiy kanalini ochgan, auditoriya yig’moqchi. Katta bloggerlardan tavsiya so’rabdi - hatto pul taklif qilibdi. Lekin yo’q debdi. Shu bilan birga o’sha bloggerni kanalida boshqa odamlar bemalol tavsiya qilingan ekan. Yaqinim bunga o’z xulosasini chiqaribdi: “Podpiskam ko’p bo’lganida tavsiya qilishardi, hozir mensishmayapti.”
Men unga to’xtatdim. “Mensishmayapti” emas bu - bu manfaat masalasi.

Tasavvur qiling: siz mashhur bir blogger. Har kuni 10-20 kishi “meni tavsiya qil” deb yozadi. Hammasiga ha desangiz - auditoriyangiz sizga ishonmay qo’yadi. Yo’q desangiz - “mensishmayapti” degan xulosa chiqarishadi. Lekin siz aslida oddiy bir savol berasiz o’zingizga: “Bu menga nima beradi?”
Shu savolga javob yo’q bo’lsa - javob ham yo’q.

Manfaat uch xil bo’ladi:
Moddiy - pul, sheriklik, foiz. Bu tushunarli, lekin ko’pincha bu ham yetmaydi. Chunki bloggerni reputatsiyasi uning asosiy aktivi. Siz unga 200 dollar bersangiz, u 200 ming auditoriyasiga “sifatsiz kontentni” tashlab bo’lmaydi.

Ma’naviy - obro’, iftixor, his. Masalan, bir yigit o’z kanalida mashhur bloggerni ustozi deb atab, uning eski postlarini tahlil qilib, har hafta kontent chiqargan. 3 oydan keyin o’sha blogger o’zi yozgan: “Bu yigitni kuzating, u mening fikrlarimni davom ettirmoqda.” Pul yo’q, lekin ma’naviy manfaat bor edi.

Jismoniy - vaqt, kuch, yengillik. Bir qiz katta bloggerni postlarini tahrirlashga, dizayn qilishga yordam bergan - bepul. 2 oydan keyin blogger: “Mana shu qiz mening barcha ishlarimi tartibga soldi, uni ham kuzating” deb tavsiya qilgan.

Eng muhim qismi, tavsiya qildimki:
Har qanday eshikka kirish uchun uch yo’l bor.

Birinchi yo’l - pulini to’la. Qimmat bo’lsa qimmat to’la. Bu to’g’ridan to’g’ri yo’l, lekin eng qisqa ta’sir qoladigan yo’l ham shu. Pul tugasa - tavsiya ham tugaydi.

Ikkinchi yo’l - kimdirning tavsiyasi orqali kir. Lekin bu oddiy “tanish” tavsiyasi emas. Shunday tavsiya bo’lishi kerakki, blogger rad eta olmasin. Ya’ni sizni tavsiya qilayotgan odam bloggerni uchun juda muhim bo’lishi kerak. “Do’stim bor, kanalini ko’r” - bu ishlamaydi. “Akam so’rayapti, o’zing bilasan” - bu ishlaydi.

Uchinchi yo’l - xizmatchi bo’lib kir. Bu eng qiyin, lekin eng mustahkam yo’l. Blogger nimadan qiynalayapti? Vaqtmi? Kontentmi? Dizaynmi? O’sha og’riqni toping. O’sha og’riqqa yechim bo’ling. U sizni majburlikdan emas - minnatdorlikdan tavsiya etadi. Va bu tavsiya boshqacha yangraydi auditoriyada ham.

To’rtinchi yo’l yo’q.

“Men yaxshi odam”, “kontentim sifatli”, “haqim bor” - bular sabab emas. Bozorda haqlilik emas, manfaat ishlaydi.
Suhbat shu yerda qizib ketdi…

Sizda ham shunday holat bo’lganmi - birovdan yordam so’radingiz, lekin “nima uchun yo’q” degan savolga tushunmaganmisiz?​​​​​​​​​​​​​​​​

ScaleUp | @scaleupuz
25👍5💯3
Siz ham 2-3 soatlik podcastdan qochib ketvossizmi?

Bilasizmi nima, biz yana o’sha davriga qaytib kelyapmiz:
Vaqt = Pul.
Franklin buni 300 yil oldin aytgan, sanoatlashuv davrida isbotlagan.

1 soatdan keyin o’tkazib-o’tkazib eshityapman - xuddi yoqtirmagan kinodek.

Endi shaxsiy fikrlar ham - qisqa, aniq, vaqtni hurmat qiladigan bo’lishi kerakmi diman.
Ha - ⚡️
Yo’q - 😑
238😐6👍2
Vizualizatsiyaning kuchi

Inson miyasining 50% dan ortig'i vizual ma'lumotni qayta ishlashga mo'ljallangan. Agar yechimingizning chizmasi, broshyurasi yoki taqdimoti bo'lmasa, sotuv ehtimoli keskin kamayadi.

ScaleUp | @scaleupuz
2🔥17👍5
Toshkentda impulsiv xarid o’ldi.
Sababi - ko’cha reklamasi yo’qoldi.

Odamlar mahsulotni Ijtimoiy tarmoqlarda, efirda ko’radi. Xohish paydo bo’ladi.
Lekin xohish - xarid emas.
Ilgari qanday ishlagan:
Instagram / Efir → ko’chada yana ko’rdi → do’konga kirdi → oldi.
Bu oxirgi turtki edi. Arzon emas, lekin ishlagan.
Endi o’sha turtki yo’q. Ko’chalar bo’sh. Brendlar ko’rinmaydi. Va iste’molchi do’konga kirish o’rniga - o’tib ketmoqda.

Savdo tushdi. Brendlar hayron.
Lekin muammo targetda emas, budjetda emas - marketing infratuzilmasining o’zida.

Yechim ikki xil:
- Tashqi reklamani tezroq shahar yagona brand kodida qayta qurish va savdoni qayta ishga tushirish.
- Yoki bu holatda boshqa savdo kanallariga kuch berish.

ScaleUp | @scaleupuz
💯8👍4😐2
СберМаркетинг_Глобальные_тренды_2026_MD.pdf
12.5 MB
СберМаркетинг: 2026-yil Global Trendlar

21 ta dunyo hisobotidan - McKinsey, Gartner, TikTok, Deloitte, Nielsen va boshqalardan - 14 ta eng muhim trend ajratib olingan.

Kim uchun foydali:
Marketologlar, biznes egalari, SMM mutaxassislari, brend menejerlari va o'z kanalida marketing mavzusida yozadigan har bir kishi.

Qanday mavzular tahlil qilingan:
- AI va texnologiya - AI-qidiruv, AI-agentlar, multiagent tizimlar va ularning savdoga ta'siri
- Kontent va sotuvlar - ijtimoiy kommersiya, influencer marketing, ROI o'lchash
- Ishonch va shaffoflik - foydalanuvchi ma'lumotlari, AI-ga ishonch, brendning ochiqlik siyosati
- Inson omili - autentiklik, filtersiz kontent, insoniy aloqa qiymati
- Iste'molchi xulqi - sog'liq trendlari, resell bozori, an'analarga qaytish, "uchinchi joy" fenomeni

ScaleUp | @scaleupuz
1👍42🔥2
Muammolardan qochish kerak emas. Xuddi zalda og‘ir toshlar mushakni o‘stirgani kabi, hayotdagi muammolar xarakterni va biznesni chiniqtiradi.

ScaleUp | @scaleupuz
👍11🔥9
Raqobatchilaringiz haqida siz bilmagan narsalarni - 10 daqiqada topib beradigan #prompt

Bu prompt bilan olasiz:
⚪️Top-5 raqobatchi - narxi, mahsuloti, kanallari
⚪️Har birining kuchli va zaif tomoni
⚪️Ular qanday sotadi - offerlar, UTP, kreativlar
⚪️SWOT tahlil - to'liq, jadval shaklida
⚪️Qayerdan farq qilish mumkin - aniq gipotezalar
⚪️Qaysi pratikalarni o'g'irlash kerak 😄
Aynan shu narsalar uchun konsaltingga ming dollarlar to'lashadi.
Bepulga Prompt - deb yozing, yuboraman.

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥39👍5👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada 2017-yili “Poyitaht: Abdulhamid” premyerasi oldidan ko’cha sahnalariga guvoh bo’lgan edim. Odamlar to’planib, aktyor bilan rasmga tushgan. Shovqin, hayajon, hamma gaplashgan. O’shanda tushungan edimki, bu shunchaki targ’ibot emas; bu xalqning madaniy kodiga urilgan zarba. Endi esa “Amir Temur” filmi targ’ibotida huddi shu sahna O’zbekistonda boshlanmoqda.

ScaleUp | @scaleupuz
1🤯5😐4🤝4
Muammo xotirangizda emas, qo'lingiz bo'sh bo'lmaganidadir. Mashina haydayapsiz, g'oya keladi, lekin yozolmaysiz. Uchrashuvdasiz, muhim gap aytildi, yozishga noqulay. Kechqurun eslamoqchi bo'lasiz – afsus. Bu dangasalik emas, bu imkonsizlik. Miya g'oyani faqat 7 soniyaga saqlaydi. Keyin boshqa narsa keladi – va u yo'qoladi. Men Plaud Note Pro bilan bir haftadir gaplashib yuraman; u yozadi, tahlil qiladi, vazifa yaratadi. Uchrashuv tugashi bilan protokol tayyor. G'oya kelganda – u hech qachon yo'qolmaydi. Bu shunchaki qurilma emas, bu sizning ikkinchi miyangiz. #tavsiyaqilaman

ScaleUp | @scaleupuz
2👍16🔥43
Mutaxassisni bir savolda sinab ko'rish mumkin

Ko'pchilik yangi xodim yoki mutaxassis olganda shunday o'ylaydi:
"Avval unga ish beray, keyin ko'ramiz."
Bu - eng keng tarqalgan xato.

Men ham bir payt shu xatoga tushganman. Odam yaxshi ko'rindi, tajribasi bor, gapirsa ishonasiz. Lekin ishga kirganidan keyin birinchi hafta - faqat kutdi. Ikkinchi hafta - savol berdi. Uchinchi hafta - men unga yo'l ko'rsatib yurdim.
Oxiri men xodim oldimmi yoki xodim meni oldi - bilmadim.

O'shandan beri har qanday mutaxassisga ikkita savol beraman:
⚪️Agar bugun noldan ish boshlansa - birinchi 30 kun nima qilasiz ?
Bu savol menga uning tafakkurini ko'rsatadi.
Agar u "ko'raman, o'rganaman, sizdan so'rayman" desa - bu mutaxassis emas, bu bajaruvchi.
Haqiqiy mutaxassis esa darhol aytadi:
"Birinchi hafta - mavjud holatni audit qilaman. Ikkinchi hafta - eng katta muammoni topaman. Uchinchi-to'rtinchi hafta - bitta natija ko'rsataman."
U sizdan ish kutmaydi - u o'zi ish yaratadi.

⚪️Agar hozir siz ishlayotgan soha kerakmas bo'lib qolsa - nima qilasiz ?
Bu - eng muhim savol.
Bu savolda men uning adaptatsiya qila olish qobiliyatini ko'raman.
Qo'rqadimi? Muzlaydimi? Yoki ko'zlari yorishib ketadimi?
Haqiqiy mutaxassis qo'rqmaydi - chunki u sohani emas, muammoni hal qilishni o'rgangan.

Bugun bozor juda tez o'zgarmoqda.
Ertaga sun'iy intellekt, innovatsiya, yangi texnologiya -
Kim faqat bir narsani bilsa, o'sha narsa eskirganda u bilan birga eskiradi.
Sizga kerak bo'lgan odam - javob biladigan emas,
savol qo'ya oladigan odam.


Siz ishga qabul qilishda bu savollarni berasizmi ?

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥14👍4
Korxonada eng ko’p uchraydigan xato: noto’g’ri savolga to’g’ri javob izlash.
“Avval jamoa kengaysinmi yoki infratuzilma?” - bu savol ko’rinishda mantiqiy, aslida esa tuzog’i bor.

Kecha rahbarlar bilan strategik muhokamada aynan shu masala chiqdi. Marketing hajmi oshirilmoqda, yangi odam kerak deyildi. Lekin men to’xtadim - chunki bu savolga avval boshqa savol bilan javob berish kerak:
Siz hozir qaysi o’sish bosqichadasiz?

Birinchi
bosqichda - avval odam.
Tizim hali shakllanmagan. Bu bosqichda ko’p narsani ko’tara oladigan, o’zi yo’l yasaydigan odam kerak. Infratuzilma keyin - odam nima ishlashini ko’rsatib beradi.

Ikkinchi bosqichda - avval infratuzilma.
Yaxshi mutaxassis ham yomon tizimda 3–4 oyda yonib ketadi. Aybdor qilinadi. Ketadi. Holbuki muammo odamda emas - tizimda edi.

Uchinchi bosqichda - ikkalasi parallel.
Lekin bu bosqichga ko’pchilik tayyorgarliksiz kiradi va og’ir to’laydi.

Amaliy holat: 1000 dan 2100 ga.
Sig’imi 1000 ta o’quvchi bo’lgan ta’lim korxonasi 2100 taga o’smoqda - bu 2x+ o’sish. Savol tug’ildi: avval o’qituvchi va administratorlarni olib kelishmi yoki infratuzilmani kengaytirishmi?
Javob aniq - avval infratuzilma.

Sababi oddiy: 2100 o’quvchiga mo’ljallangan tizim tayyor bo’lmasa, 50 ta yangi o’qituvchi ham muammoni hal qilmaydi. Tartibsiz tizimga tushgan iste’dodli mutaxassis charchaydi, ketadi - va aybdor qilinadi. Holbuki muammo tizimda edi.
Bu holda infratuzilma faqat bino emas. Asosan:
1. Dars jadvali tizimi - 2100 o’quvchi uchun slot boshqaruvi va resurs taqsimoti
2. Qabul va onboarding jarayoni - yangi o’quvchi qanday keladi, kim qabul qiladi, birinchi hafta qanday o’tadi
3. O’qituvchi yuklamasi standarti - 1 o’qituvchiga nechta o’quvchi, chegarasi qayerda, ortiqcha yuk qanday nazorat qilinadi
4. Administratsiya vakolati - kim nimani hal qiladi, rahbarga har narsani olib kelmaslik uchun tizim qanday qurilgan
5. Moliyaviy model - 2100 ta o’quvchi bilan xarajat va daromad nisbati qayta hisoblangan, har bir kadrga byudjet aniqlangan.

Shundan keyin - o’qituvchi va administrator soni o’zi aniq bo’ladi. Chunki tizim ko’rsatadi: har 30 o’quvchiga 1 o’qituvchi, har 200 o’quvchiga 1 administrator - va hokazo. Taxmin emas, hisob-kitob.

Ta’lim brendida kengayish uchun 5 asosiy ko’rsatkich:
1. O’quvchi jalb qilish narxi (CPL/CAC) - har bir lead yoki ro’yxatdan o’tgan o’quvchiga ketgan xarajat. Nazorat qilinmasa - odam emas, byudjet ketadi.
2. O’quvchi ushlab turish darajasi (Retention Rate) - yangi o’quvchi olib kelish mavjudni ushlab turishdan 5–7 marta qimmat. Kengayish faqat yangi o’quvchi bilan emas - mavjudlarni saqlab o’sish bilan keladi.
3. Bir o’quvchidan tushgan yillik daromad (LTV) - o’quvchi o’rtacha qancha davom etadi va shu davr ichida qancha to’laydi? LTV past bo’lsa - kengayish tejamkor emas, zararli.
4. Referral ulushi - yangi o’quvchilarning qancha foizi tavsiya orqali kelgan? Bu ko’rsatkich 30–40% dan past bo’lsa - brend ishonchi hali kengayishga tayyor emas.
5. Operatsion sig’im (Capacity Utilization) - mavjud o’qituvchi, xona, vaqt slotlari qancha to’lgan? 70–80% dan past bo’lsa - yangi filial emas, mavjud resursni optimallashtirish vaqti.

Kengayishdan oldin o’zingizga bering bu savolni:
Yangi odam kelsa - u aniq nima qiladi? Kim boshqaradi? Natija qanday o’lchanadi?
Javob yo’q bo’lsa - hali odam emas, tizim vaqti.

ScaleUp | @scaleupuz
2🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jony Ive x Ferrari bilan qilgan narsani ko'rib, bir narsa yodimga tushdi

Men Apple mahsuloti chiqqanda birinchilardan xabar berardim - ustozim Abbosxon akaga, keyin Javlon aka Asatullaevga. Soatlab gaplashardik. Bu mahsulotlar haqida emas - bu qarash haqida edi.
Ive shu qarashni boshqa sohaga olib kirdi.
Ferrari - tezlik, kuch, italyancha ehtiros.
Ive - minimalizm, nafislik, keraksiz hamma narsani olib tashlash'.
Ikki dunyo. Bir hamkorlik.
Natija ? Futuristik dizaynerlar ham o'ylamagan narsa - Ferrari ichida Apple estetikasi.

Ive menga bitta signal berdi:
Siz qaysi sohada mutaxassis bo'lishingizdan qat'iy nazar - boshqa sohaning eng yaxshi aqlini loyihangizga olib kiring.

U Ferrari muhandislaridan mashina dizayni o'rganmadi. U o'zining boshqa ko'zini ularga olib keldi.

Siz ham o'z loyihangizga qaysi sohadan begona ko'z olib kelish haqida o'ylab ko'ring!

ScaleUp | @scaleupuz
27👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Byudjetimizning 90% ni to'g'ri joyga tikdik. Kafe yopildi.

Sog'lom ovqatlanish kafesi ochdik. Oshpazlar - shahardagi eng yaxshilari. Har bir taomni o'zimiz tatib ko'rdik, sifatini o'zimiz yeyadigan standartda tekshirdik. Qozog'istondan keramika idishlari olib keldik. Oshxonani to'liq nerjaveykadan qildik - ichkarida birorta plastmassa buyum yo'q edi. Lokatsiya ham aniq tanlangan - shu taomnomani ko'taradigan auditoriya yashaydigan joy. Hamma narsa joyida edi.

Biz yopildik.

Keyin hisobladim. Butun byudjetimizning 90% dan ortig'i - Product, Price, Place ga ketgan edi. Promotion ga 10% ham qolmagan. Biz uchta oyoqda yugurishga harakat qildik. Har oyning oxirida bir xil muammo - cashflow. Bir xil savol - nega kelishmayapti? Kelishmadi, chunki ular bizni bilmaydi.

Instrument: 4P Marketing Mix
Bu Jerome McCarthy tomonidan 1960-yilda yaratilgan klassik framework. 65 yil o'tdi - hali ham ishlaydi. Lekin ko'p tadbirkor uni noto'g'ri tushunadi:
"Mahsulot. Narx. Joy. Reklama. Bo'ldi."

Bu - 4 ta so'z. Bu framework emas. 4P - bu 4 ta strategik savol:

- Product
Nima sotyapsiz? - bu oson savol. Qiyin savol: mijoz nimani sotib olyapti? Taomni? Yo'q - u tajribani, sog'liqni, o'zi haqida yaxshi tuyg'uni sotib oladi.

- Price
Qancha turadi? - bu oson. Qiyin savol: narx mijozga qanday signal beryapti? Arzonmi - "sifatsiz bo'lsa kerak". Qimmatmi - "mos kelmaydi". Arziydimi - "olaman".

- Place
Qayerda sotyapsiz? - bu oson. Qiyin savol: mijoz qaror qabul qiladigan joydamisiz? Faqat jismoniy lokatsiya emas - Instagram, Telegram, do'st tavsiyasi ham "Place".

- Promotion
Reklama beryapsizmi? - bu oson. Qiyin savol: mijoz sizga ishonib kelgunga qadar qancha marta ko'rgan? Marketingda qoida bor: odam sizni o'rtacha 7 marta ko'rmagunicha sotib olmaydi.

Mening xatoim qayerda edi ?
Men 4P ni ketma-ket qildim:
Product → Price → Place → Promotion. Aslida 4P - bu bir vaqtda boshqariladigan tizim. Bitta oyoq qisqa bo'lsa - stol qimirlaydi. Promotion ga pul qolmasa - eng yaxshi mahsulot ham ko'zga ko'rinmay qoladi.

Bugungi qoida - o'zimga: har qanday loyiha boshlashdan oldin byudjetni 4 ga bo'laman. Teng emas, lekin birorta "P" 10% dan past tushsa, qayta ko'rib chiqaman. Chunki bozor sifatli mahsulotni emas - ko'rinadigan mahsulotni sotib oladi.

Xulosa: raqobat kuchsiz sohada, yangi bozorda, cheklangan byudjet bilan ishlaydigan tadbirkor uchun - 4P hali ham eng ishonchli kompas. Faqat uni 4 ta quti sifatida emas, 4 ta savol sifatida ishlating. Va hech qachon Promotion ni oxirida qoldirmang. Men qoldirdim.
Bir kafe shuni o'rgatdi.

ScaleUp | @scaleupuz
2🔥15👍5🤯3
AI yuta olmaydigan biznes qolganmi?

Bir paytlar biznesda noyoblik uzoq yashar edi.
Montajchining uslubi – 2 yil, operator rakurslari – 3 yil, sotuv taklifi – 1 yil, mahsulot dizayni – yarim yil.
Hozir? Hammasi telefonimizda. Kim AI bilan yaqin bo'lsa, barchasi bir tunda hal bo'ladi.
Lekin bitta soha bor – uni AI yuta olmaydi.
Odam ovqatlanishi kerak. Odam birov bilan o'tirishi kerak. Odam eslashi kerak.

Raqamlar gapirsin

"Mustafa" 7 yil bo'ldi. 3 yil oldinga nisbatan aylanma 6 barobar oshdi. Joylar soni o'sha-o'sha.
Nega? Chunki Toshkentda vaqtning qiymati o'zgardi. Uyda ovqat qilish "qimmat", ko'chada yeyish "arzon" bo'lib qoldi. Odamlar endi taomni emas – vaqtni sotib olishmoqda.
Shuning uchun bu yil biz yana kengayamiz: yangi "Mustafa" nuqtasi va alohida konsepsiyada coffee-club – barcha qahva turlarini jamlagan, interyeri bilan odamni ushlab turadigan joy. Nega? Chunki kelajakda g'olib bo'ladigan biznes – odamga "yana kelgim kelyapti" deya oladigan joy, deb o'ylayman.

10 yillik kuzatuvim: joy sizning qaroringizni sotadi
Meni taniganlar ko'pchilik biladi: har doim mendan restoran va kafelar haqida so'rashadi, maslahat beraman va qayta o'tkazaman; o'zim ham yaxshi ko'raman.
Men kunimning yarmini shahardagi kafelarda o'tkazaman. Bu mening ofisimdek bo'lib qolgan.

Uchta qoida chiqardim:
⚪️Muhim uchrashuvda joy – taklifingizning 30%. Shartnoma imzolanmasdan oldin mijoz joyni tahlil qiladi va hissiyotga ega bo'ladi.

⚪️Oila bilan borilgan joy – bolangizning xotirasi bo'ladi. 20 yildan keyin u shuni eslaydi.

⚪️Chet ellik mehmon bilan – siz shaharni emas, o'zingizni taqdim qilasiz.

An'anaga sodiq biznes – kelajakning eng qimmat aktivi

Keyingi postda shahardagi 10 ta mavzuga doir kafelar ro'yxatini beraman.
⚪️ Million dollarlik shartnomaga mos joylar
⚪️ Jamoa bilan brainstorm uchun energiyali makonlar
⚪️ Oila bilan – bolaga ham, kattaga ham mos
⚪️ Chet ellik mehmonga – Toshkentni ko'rsatadigan
⚪️ Yolg'iz o'tirib fikr yig'ish uchun
⚪️ Birinchi uchrashuvga – bosim qilmaydigan
⚪️ Eski do'st bilan – yoshlik ta'mini eslatadigan
⚪️ Ertalabki nonushta + kelishuv
⚪️ Kechki norasmiy muzokara
⚪️ Mahalliy brendlarning "yashirin qahramonlari"

Har biri haqida: nega shu yerda, qachon, kim bilan, qancha budjet, qanday taassurot qoldiradi.

Qiziq bo'lsa – pastga 🔥 qo'ying.
100 ta 🔥 bo'lsa – ertaga yozaman. Ichida siz bilmagan kamida 5 tasi bor. Kafolat beraman.

ScaleUp | @scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥172👍63