2026 Algoritmi - qisqa qo’llanma
Obunachi soni → muhim emas.
Auditoriyasini ushlab qoladigan kichik bloggerlar g’alaba qiladi.
Izohlar → endi unchalik kuchli emas.
Shaxsiy xabarda ulashish, saqlash va qayta ko’rish 10 barobar ko’proq ta’sir qiladi.
Ko’rishlar soni → maqsad emas.
Ushlab qolish - obunachiga aylantiradi. Odamni to’xtatadigan kontent yarat, shunchaki ko’rinadigan emas.
Post qilishdan oldin o’zingizdan so’rang:
“Buni ko’rgan odam saqlaydimi? Do’stiga yuboradimi? Qayta ko’radimi?”
Javob ha bo’lsa - algoritm o’zi tarqatadi. Boshqa hech narsa kerak emas.
@scaleupuz

2⚡10👍3🔥3💯1
Sohaning kattasi yoki kichigi bo‘lmaydi, uning mutaxassisi yoki vaqt o'g'rilari bo‘ladi
Yaqinda bir podkastda Londonning afsonaviy metrodoteli Xesus Adorno haqida eshitib, ochig‘i, biroz qotib qoldim. Bu voqea shunchaki restoran xizmati haqida emas, balki shaxsiy brend va networking qanchalik ulkan qudratga ega ekanligi haqida.
Voqea qanday bo‘lgan?
2014-yilda Xesus Adorno 30 yillik faoliyatidan so‘ng Le Caprice restoranidan ketishini e’lon qiladi. U bilan xayrlashish uchun uyushtirilgan tushlikka 150 nafar mehmon yig‘iladi. Bular shunchaki odamlar emas, balki Britaniya iqtisodiyotini ushlab turgan FTSE 100 ro‘yxatidagi eng yirik kompaniya rahbarlari, milliarderlar, bankirlar (masalan, Lord Rotshild) va san’at yulduzlari (Mik Jagger, Maykl Keyn) edi.
Financial Times nashri ushbu tushlikni "The Ultimate Power Lunch" deb atagan va hayratlanarli bir jumla yozgan: "Agar o‘sha kuni o‘sha binoga biror falokat yuz berganda, Britaniya iqtisodiyoti butunlay falajlanib qolar edi." Chunki mamlakatning barcha "miyalari" va sarmoyadorlari bitta menejerning hurmati uchun bir joyga yig‘ilgan edi.
Nega hamma aynan Xesus uchun kelgan?
Xesus shunchaki ovqat bermagan, u status arxitektori bo‘lgan. Uning 3 ta super kuchi bor edi:
- O‘rindiqlar diplomatiyasi: U kimni qaysi stolga o‘tqazishni san’at darajasiga chiqargan. U yangi biznes-hamkorliklar boshlanishiga sababchi bo‘ladigan ko‘prik edi.
- Mukammal xotira: U mijozning nafaqat ismini, balki uning nabirasi, iti va qaysi mavzuda gaplashishni yoqtirmasligigacha yodda tutgan.
- Maxfiylik: U 30 yil davomida London elitasining eng ishonchli sirdoshi bo‘ldi. Milliarderlar uning yonida o‘zlarini xavfsiz his qilishgan.
Bu voqeani eshitib, xayolimga darrov o'zimizning Alim (Olim) ismli katta ofitsiant keldi. Bir necha tadbirlarda (Meal & Choice) Toshkent shahrining eng yaxshi offitsianti unvonlarini olgan. Uni Kuranti, Ogni Tashkenta, Quadro kabi restoranlarda ko‘rganlar bor. Tashqi tomondan oddiy xodim, lekin amalda - haqiqiy maslahatchi va gastronomik gid. Taomlarning ratsioni, ketma-ketligi, stolning tozaligi - har bir detalni san’at darajasiga olib chiqqan.
Bir suhbatimizda u oylik daromadi (choychaqalar bilan) 40-50 million so‘mga chiqishini aytgan edi. Bu ko‘pchilik top-menejerlar orzu qiladigan daromad! Va bu - soha mutaxassisiga berilgan adolatli baho.
Xulosa shundaki dunyoda ikki turdagi odam bor:
- Vaqt o‘tkazuvchi: Shunchaki kunni o‘tkazadi va oyligini kutadi.
- Soha mutaxassisi (Master): Qaysi sohada bo‘lmasin, o‘z ishini mukammal biladi va odamlar orasida ishonch kapitalini yaratadi.
Siz o‘z ishingizning ustasi bo‘lsangiz, bozor sizni o‘zi qidirib topadi va munosib mukofotlaydi. Professionalizmda chegara yo'q.

4👍16🔥7👏3
Ko‘p ishlash - bu hali biznes o‘sadi degani emas.
Ko‘pchilik tadbirkorlar 24/7 yugurishni rivojlanish deb o‘ylashadi.
Masshtablashish (Scale up) siri boshqa narsada: 90% mayda-chuyda ishlarni yig‘ishtirib, faqat bitta nuqtaga zarba berish kerak.
Menda buning uchun tayyor tahlil instrumenti bor.
Ushbu modelni o‘z loyiham misolida qanday ishlatishni va o‘sha hal qiluvchi nuqtani qanday topishni ko‘rsatib beraymi ?
Agar qiziq bo‘lsa, pastga 🔥 qoldiring!
Reaksiyalar yig‘ilsa, tahlilni kanalga joylayman.

2🔥68👍4⚡2
Bugun parkda 7-8 ming qadam bosib, bir narsani tushundim: biz sun’iy intelekt ish o’rinlarimizni olib qo’yishidan qo’rqib yuribmiz-u, lekin yaqin orada guldastalar ham uning vazifasiga aylanadi.
Chunki hozir gulning asosiy vazifasi - hid taratish emas, qo’lni chiroyli rasmga olish!
Atrofga qarasam, hamma guldastani qo’lini ko’rsatib rasmga olayotgandek ko’rindi, lekin aslida u shunchaki fon.
Mayli, nima bo‘lganda ham qo‘llar charchamasin, filtrlar o’chmasin!
Begana insonlarni rasmga olishga uyaldim, lekin ular qilayotgan ishni sizga o’zim generatsiya qilib ko’rsata qoldim 😅
Bugungi bahoriy kayfiyat hammaga hamroh bo‘lsin!

2😁17👍7💯4
Birinchi saharlikda 'hali 30 kun bor-ku' deb o‘zimizni aldagandik, bugun esa o‘sha 30 kun yakuniga yetdi !
Barchaga kirib kelayotgan “Eid al-Fitr” muborak bo’lsin !
@scaleupuz
Barchaga kirib kelayotgan “Eid al-Fitr” muborak bo’lsin !
@scaleupuz
2🔥23👍4🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Labs’ dan Stitch chiqdi va landing page yasaydigan akaxonlarning bozorini chiroyli qilib yopib qo‘ydi. 😂 Endi "falon pulga 1 haftada yasab beraman" degan gaplar o‘tmaydi shunchaki aytsangiz bas, soniyalarda tayyor!
Hayitlik uchun rahmat, Google!
ScaleUp | @scaleupuz
Hayitlik uchun rahmat, Google!
ScaleUp | @scaleupuz
2🤯7👍6⚡3
2026 marketing :
⚠️ Kreativlar davri emas
⚠️ Eng yaxshi reklama davri emas
✔️ Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi
✔️ Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi
✔️ Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi
Nega qiziqmi ?⚡️
Nega qiziqmi ?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1⚡23👍5
Shohzod Polatov | ScaleUp
2026 marketing : ⚠️ Kreativlar davri emas ⚠️ Eng yaxshi reklama davri emas ✔️ Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi ✔️ Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi ✔️ Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi Nega qiziqmi ? ⚡️
Nima bo'ldi?
2025-yil noyabr. Xotira moduli - $45.
2026-yil mart. Xuddi o'sha modul - $115.
4 oy. 246% oshdi. Kingston rasman tasdiqladi.
Siz hali ham eski narxda reklama qilyapsiz.
Sababi uchta:
- AI zavodlarni egalladi. Samsung, SK Hynix, Micron - barchasini AI xotirasiga yo'naltirdi. Samsung endi sizning do'koningiz uchun emas - ChatGPT serverlari uchun ishlayapti..
- Hormuz yopildi. 2-mart, 150+ kema to'xtab qoldi. Yuk tashish 3 barobar qimmatlashdi. Bu faqat neft emas - sizning omboringizga kelishi kerak bo'lgan har bir tovarning narxi.
- Gigantlar vahima qildi. Apple, Samsung, Tesla bozordagi barcha zaxirani sotib oldi. Kichik biznes uchun bozor bo'shab qoldi.
Logistika qimmatlashsa nima bo'ladi?
Yuk tashish narxi 3 barobar oshdi. Bu zanjir shunday ishlaydi:
- Tovar kechikadi. Haftalab emas - oylab. Siz mijozga va'da bergan sana - havoda qoladi.
- Tannarx oshadi. Siz bilmagan holda. Shartnoma imzolangan, tovar yo'lda, lekin narx o'zgardi. Kelganda hisob-kitob qilasiz - zarar.
- Reklama zarariga ishlaydi. Qancha ko'p sotsangiz - shuncha ko'p yo'qotasiz. Aylanma kapital muzlaydi.
Raqib ham qiynaladi - lekin kim zaxira qilgan bo'lsa, o'sha bozorni egallaydi. Bu imkoniyat, agar tayyor bo'lsangiz.
Marketing direktori nimaga e'tibor berishi kerak?
- Price listni emas - tannarxni kuzating. Har hafta. Avtomatik.
- Reklamani omborga ulang. Tovar tugasa - reklama o'chsin. Bu texnik vazifa, lekin marketing mas'ul.
- Yetkazib berish muddati - reklama xabari. "3 kunda yetkazamiz" va'dasi logistika inqirozida - eng qimmat xato.
- Mijozga sabab ayting. "Narx oshdi" emas - "global logistika narxi 3 barobar oshdi, biz ham moslashtirdik." Farqi ulkan.
- Lokal raqiblarni kuzating. Ular ham qiynalayapti. Kim birinchi moslashsa - o'sha bozorni oladi.
Yechim oddiy, lekin ko'pchilik qilmaydi:
- Omborga qarang - keyin reklama yoqing.
- Narxni har hafta yangilang - eski narx dushman.
- Narx oshganini yashirmang - sababini ayting. Mijoz ko'rib turibdi.
- Lokal bo'lsangiz - buni qichqiring. "Biz import zanjiriga bog'liq emasmiz."
2026-yilda marketing - kreativ emas, matematika.
Kimda tovar bor - o'sha sotadi.
Kim narxini real hisoblaydi - o'sha yutadi.
Kim sababini tushuntira oladi - o'sha mijozini saqlab qoladi.
Strategiyani qaytadan ko'rib chiqing !

2🔥11🏆6👍2🤔2
Ko‘p biznes marketingdan emas, tizimsizlikdan yiqilyapti
Hozir bozorda bitta xato keng tarqalgan:
savdo tushsa - marketing ayblanadi. Lekin amaliyot boshqa narsani ko‘rsatmoqda.
Ko‘p kompaniyalarda marketing ishlayapti:
reklama bor, trafik bor, qiziqish bor.Lekin natija yo‘q. Sabab oddiy - ichki tizim talabni pulga aylantira olmayapti.
Asosiy muammolar:
- mahsulot mavjud emas yoki kechikadi
- assortiment noto‘g‘ri shakllangan
- sotuv faqat “lokomotiv SKU”larga tayanadi
- logistika sekin
- servis va va’da mos kelmaydi
- bo‘limlararo koordinatsiya sust
Natijada:
sell-in bor, sell-out yo‘q.
Shu nuqtani aniq tushunish kerak:
Marketing muammoni yopmaydi.
Marketing muammoni ochib beradi.
Reklama ishlagan sari ichki zaifliklar tezroq ko‘rinadi.
Bugungi bozorda ustunlik:
- kreativda emas
- reklamada emas
Ustunlik:
- mahsulot mavjudligida
- operatsion tezlikda
- tizimli sotuvda
- mijoz ishonchida
To‘g‘ri savol:
“Qanday reklama qilamiz ?” emas.
“Kelgan talabni qanchalik samarali monetizatsiya qilyapmiz?”
Agar shu zanjir ishlamasa,
hech qanday marketing biznesni o‘stirmaydi.

2⚡8👍6👏2
Nuqtalarni birlashtirish: Nega biz o‘zgarishlarni o‘z vaqtida sezmaymiz ?
Ba’zida hayotimizda shunday voqealar sodir bo‘ladiki, o‘sha paytda hammasi chalkash, mantiqsiz va hatto adolatsizdek tuyuladi. Nega aynan hozir? Nega aynan men bilan?
Lekin qiziq bir haqiqat bor: inson o‘zidagi eng katta o‘zgarishlarni aynan o‘sha jarayonning ichida turganda sezmaydi. Biz faqat vaqt o‘tib, bir necha yildan keyin orqaga qaraganimizdagina hamma narsani tushunib yetamiz.
Buni mashhur "nuqtalarni birlashtirish" prinsipi yoki “Stiv Jobs effekti” deyishadi.
Tasavvur qiling, hayotingizdagi har bir uchrashuv, har bir o‘qilgan kitob, hattoki har bir mag‘lubiyat - bu bittadan nuqta. Oldinga qarab yurganda bu nuqtalar bir-biriga bog‘lanmagandek ko‘rinadi. Lekin orqaga qarab tahlil qilsangiz, ular aslida bir-biriga ulanib, sizni bugungi darajangizga olib kelgan yagona zanjirni hosil qiladi.
Xo‘sh, bu tahlil bizga nima beradi?
Birinchidan, hozirgi qiyinchiliklarga bo‘lgan munosabat o‘zgaradi. Bugun sizni qiynayotgan muammo, aslida bir necha yildan keyingi muvaffaqiyatingiz uchun kerakli poydevor bo‘lishi mumkin. Ya'ni, hech bir voqea bekorga bo‘lmasligini anglaysiz.
Ikkinchidan, o‘zingizning muvaffaqiyat algoritmingizni topasiz. Qaysi qarorlaringiz sizni o‘stirganini, qaysi harakatlaringiz ko‘proq natija berganini ko‘rib, keyingi strategiyangizni bemalol tuza olasiz. Bu endi taxminlar emas, balki shaxsiy tajribaga asoslangan aniq reja bo‘ladi.
Eng asosiysi - xotirjamlik keladi. Agar siz o‘tmishdagi "yopiq eshiklar" aslida sizni yaxshiroq yo‘lga boshlaganini ko‘ra olsangiz, bugungi noaniqliklardan qo‘rqmay qo‘yasiz.
Sizda ham shunday bo‘lganmi? O‘sha paytda "hammasi tugadi" deb o‘ylagan nuqtangiz, aslida yangi va katta hayotingizning boshlanishi bo‘lib chiqqan vaziyatlar?
Menda ham aynan shunday bo‘lgan.
Eslasangiz, o‘z vaqtida bozorda yetakchi, aylanmasi va foydasi juda zo‘r bo‘lgan "Shoxona Creative Group" loyihasidan chiqqanimda, ko‘pchilik tushunmagan edi. "Bekor qilyapsiz, tayyor narsani tashlab ketyapsiz", degan gaplar juda ko‘p bo‘lgan. O‘sha paytda hammasi tushunarsizdek tuyulishi mumkin edi. Tark qilganimdan keyin 6 oydan kam bo’lmagan muddatda qarzga botganman, moliyaviy inqirozlarga uchraganman.
Lekin bugun orqaga qarab o‘sha nuqtalarni birlashtirib ko‘rsam, hammasi o‘z o‘rniga tushmoqda:
- Agar o‘sha paytda u yerdan chiqmaganimda, hozirgi ichki kuchim va potensialimni hech qachon topa olmasdim.
- Katta korxonalarda rahbarlik qilish tajribasiga ega bo‘lmasdim va 5 million dollardan yuqori byudjetlarni boshqarish mas’uliyatini his qilmasdim.
- Va eng muhimi - hozirgi kunda omadli ketayotgan o‘zimning umumovqatlanish loyihamni nolga teng bo‘lgan nuqtadan boshlab qura olmasdim.
Xulosa o’zingizdan. Tahlilni bugunoq boshlang.

1🔥9💯3⚡2👍1
Oneliner: Bitta jumla bilan sotish
Ko’pchilik o’zini shunday tanishtiradi:
“Men marketing agentligi direktoriman.”
Tinglovchi eshitadi:
“Mana yana bir direktor…”
Muammo shu yerda.
Odamlar sizning lavozimingizga emas - o’z muammolariga yechim qidirishadi.
Oneliner formulasi:
Muammo + Mahsulot + Natija
“Sotuvlari o’smayotgan bizneslarga reklama strategiyasi tuzib, 3 oyda klientlar sonini ikki baravar oshirishga yordam beraman.”
Bu jumla nima qiladi?
- Mijoz o’zini taniydi
- Siz nima qilishingiz aniq
- Natija ko’rinib turibdi
Nima uchun bu ishlaydi?
Diqqat - Inson o’z muammosini eshitganda quloq tikadi. Lavozim emas, og’riqli nuqta gapirishini boshlang.
Soddalik - Murakkab tushuntirishlar mijozni charchatadi. Bitta aniq jumla esa “men shu narsani xohlayman” fikrini uyg’otadi.
Esda qolish - Kuchli oneliner - bu bepul reklama. Mijoz sizni boshqalarga tavsiya qilganda so’zma-so’z aytib beradi.
Amaliy vazifa:
O’zingizning Oneliner’ingizni yozing:
”[Muammo]ga duch kelgan [kim uchun]ga [nima qilaman] va [qanday natijaga olib chiqaman].”
Esda tuting: siz shunchaki mutaxassis emas - muammoni hal qilovchi gidsiz. Shunday ko’rsating.

3🔥8👍5⚡2
Bugun qiziq bir suhbat bo’ldi…
Bir yaqinim shaxsiy kanalini ochgan, auditoriya yig’moqchi. Katta bloggerlardan tavsiya so’rabdi - hatto pul taklif qilibdi. Lekin yo’q debdi. Shu bilan birga o’sha bloggerni kanalida boshqa odamlar bemalol tavsiya qilingan ekan. Yaqinim bunga o’z xulosasini chiqaribdi: “Podpiskam ko’p bo’lganida tavsiya qilishardi, hozir mensishmayapti.”
Men unga to’xtatdim. “Mensishmayapti” emas bu - bu manfaat masalasi.
Tasavvur qiling: siz mashhur bir blogger. Har kuni 10-20 kishi “meni tavsiya qil” deb yozadi. Hammasiga ha desangiz - auditoriyangiz sizga ishonmay qo’yadi. Yo’q desangiz - “mensishmayapti” degan xulosa chiqarishadi. Lekin siz aslida oddiy bir savol berasiz o’zingizga: “Bu menga nima beradi?”
Shu savolga javob yo’q bo’lsa - javob ham yo’q.
Manfaat uch xil bo’ladi:
Moddiy - pul, sheriklik, foiz. Bu tushunarli, lekin ko’pincha bu ham yetmaydi. Chunki bloggerni reputatsiyasi uning asosiy aktivi. Siz unga 200 dollar bersangiz, u 200 ming auditoriyasiga “sifatsiz kontentni” tashlab bo’lmaydi.
Ma’naviy - obro’, iftixor, his. Masalan, bir yigit o’z kanalida mashhur bloggerni ustozi deb atab, uning eski postlarini tahlil qilib, har hafta kontent chiqargan. 3 oydan keyin o’sha blogger o’zi yozgan: “Bu yigitni kuzating, u mening fikrlarimni davom ettirmoqda.” Pul yo’q, lekin ma’naviy manfaat bor edi.
Jismoniy - vaqt, kuch, yengillik. Bir qiz katta bloggerni postlarini tahrirlashga, dizayn qilishga yordam bergan - bepul. 2 oydan keyin blogger: “Mana shu qiz mening barcha ishlarimi tartibga soldi, uni ham kuzating” deb tavsiya qilgan.
Eng muhim qismi, tavsiya qildimki:
Har qanday eshikka kirish uchun uch yo’l bor.
Birinchi yo’l - pulini to’la. Qimmat bo’lsa qimmat to’la. Bu to’g’ridan to’g’ri yo’l, lekin eng qisqa ta’sir qoladigan yo’l ham shu. Pul tugasa - tavsiya ham tugaydi.
Ikkinchi yo’l - kimdirning tavsiyasi orqali kir. Lekin bu oddiy “tanish” tavsiyasi emas. Shunday tavsiya bo’lishi kerakki, blogger rad eta olmasin. Ya’ni sizni tavsiya qilayotgan odam bloggerni uchun juda muhim bo’lishi kerak. “Do’stim bor, kanalini ko’r” - bu ishlamaydi. “Akam so’rayapti, o’zing bilasan” - bu ishlaydi.
Uchinchi yo’l - xizmatchi bo’lib kir. Bu eng qiyin, lekin eng mustahkam yo’l. Blogger nimadan qiynalayapti? Vaqtmi? Kontentmi? Dizaynmi? O’sha og’riqni toping. O’sha og’riqqa yechim bo’ling. U sizni majburlikdan emas - minnatdorlikdan tavsiya etadi. Va bu tavsiya boshqacha yangraydi auditoriyada ham.
To’rtinchi yo’l yo’q.
“Men yaxshi odam”, “kontentim sifatli”, “haqim bor” - bular sabab emas. Bozorda haqlilik emas, manfaat ishlaydi.
Suhbat shu yerda qizib ketdi…
Sizda ham shunday holat bo’lganmi - birovdan yordam so’radingiz, lekin “nima uchun yo’q” degan savolga tushunmaganmisiz?

2⚡5👍5💯3
Siz ham 2-3 soatlik podcastdan qochib ketvossizmi?
Bilasizmi nima, biz yana o’sha davriga qaytib kelyapmiz:
Vaqt = Pul.
Franklin buni 300 yil oldin aytgan, sanoatlashuv davrida isbotlagan.
1 soatdan keyin o’tkazib-o’tkazib eshityapman - xuddi yoqtirmagan kinodek.
Endi shaxsiy fikrlar ham - qisqa, aniq, vaqtni hurmat qiladigan bo’lishi kerakmi diman.
Ha - ⚡️
Yo’q - 😑

2⚡38😐6👍2
Vizualizatsiyaning kuchi
Inson miyasining 50% dan ortig'i vizual ma'lumotni qayta ishlashga mo'ljallangan. Agar yechimingizning chizmasi, broshyurasi yoki taqdimoti bo'lmasa, sotuv ehtimoli keskin kamayadi.

2🔥17👍5
Toshkentda impulsiv xarid o’ldi.
Sababi - ko’cha reklamasi yo’qoldi.
Odamlar mahsulotni Ijtimoiy tarmoqlarda, efirda ko’radi. Xohish paydo bo’ladi.
Lekin xohish - xarid emas.
Ilgari qanday ishlagan:
Instagram / Efir → ko’chada yana ko’rdi → do’konga kirdi → oldi.
Bu oxirgi turtki edi. Arzon emas, lekin ishlagan.
Endi o’sha turtki yo’q. Ko’chalar bo’sh. Brendlar ko’rinmaydi. Va iste’molchi do’konga kirish o’rniga - o’tib ketmoqda.
Savdo tushdi. Brendlar hayron.
Lekin muammo targetda emas, budjetda emas - marketing infratuzilmasining o’zida.
Yechim ikki xil:
- Tashqi reklamani tezroq shahar yagona brand kodida qayta qurish va savdoni qayta ishga tushirish.
- Yoki bu holatda boshqa savdo kanallariga kuch berish.

💯8👍4😐2
СберМаркетинг_Глобальные_тренды_2026_MD.pdf
12.5 MB
СберМаркетинг: 2026-yil Global Trendlar
21 ta dunyo hisobotidan - McKinsey, Gartner, TikTok, Deloitte, Nielsen va boshqalardan - 14 ta eng muhim trend ajratib olingan.
Kim uchun foydali:
Marketologlar, biznes egalari, SMM mutaxassislari, brend menejerlari va o'z kanalida marketing mavzusida yozadigan har bir kishi.
Qanday mavzular tahlil qilingan:
- AI va texnologiya - AI-qidiruv, AI-agentlar, multiagent tizimlar va ularning savdoga ta'siri
- Kontent va sotuvlar - ijtimoiy kommersiya, influencer marketing, ROI o'lchash
- Ishonch va shaffoflik - foydalanuvchi ma'lumotlari, AI-ga ishonch, brendning ochiqlik siyosati
- Inson omili - autentiklik, filtersiz kontent, insoniy aloqa qiymati
- Iste'molchi xulqi - sog'liq trendlari, resell bozori, an'analarga qaytish, "uchinchi joy" fenomeni

1👍4⚡2🔥2
Muammolardan qochish kerak emas. Xuddi zalda og‘ir toshlar mushakni o‘stirgani kabi, hayotdagi muammolar xarakterni va biznesni chiniqtiradi.
ScaleUp | @scaleupuz
ScaleUp | @scaleupuz
👍11🔥9