Meni harakatga keltiruvchi energiyani topdim !
Katta bir loyihani tugatib, chuqur nafas olganimda bir narsani tushundim: meni shu paytgacha to‘xtatmasdan harakatga keltirgan narsa faqat bilim, reja yoki pul emas, butunlay boshqa narsa ekan...
Ochiqchasiga aytsam, men buni avval sezmaganman. Lekin vaqt o‘tib, tajriba orttirib angladimki, bu - Muhimlilik tuyg‘usi.
Inson o‘zini, qilayotgan ishini va atrofidagilar uchun o‘z o‘rnini "muhim" deb bilmasa, hatto eng zo‘r strategiya ham ishlamas ekan. Bu shunchaki balandparvoz so‘z emas, bu bizni har kuni ertalab o‘rindan turishga majbur qiladigan, barcha yutuqlarga undovchi asosiy trigger.
Bu qanday ishlaydi? Men buni ikki tomondan ko‘rdim:
- O‘zingiz uchun muhim bo‘lish: Agar siz o‘z vaqtingizni, so‘zingizni va maqsadingizni qadrlamasangiz, hech kim sizni qadrlamaydi. O‘zingizga bergan kichkinagina va’dangizni ustidan chiqish - bu ichki "batareyka"ni to‘ldiradi. "Men buni uddalay olaman, chunki men bu ish uchun muhim odamman" degan ishonch eng katta quvvatni beradi.
- Atrof uchun muhim bo‘lish: Biz ijtimoiy mavjudotmiz. Qachonki qilayotgan ishingiz kimningdir hayotini oson qilsa, jamoangizga foyda keltirsa va ular sizning o‘rningizni sezishsa - mana shu haqiqiy energiya! "Siz bo‘lmasangiz, bu loyiha bunday chiqmasdi" degan e’tirof har qanday charchoqni yuvib yuboradi.
Agar ichingizda shu "muhimlilik" olovi yonmasa, eng katta loyihalar ham shunchaki quruq raqam va zerikarli vazifalarga aylanib qolar ekan.
Hozir bir narsani aniq bilaman: rivojlanish - bu nafaqat ko‘proq narsani o‘rganish, balki o‘z qadrini va bu dunyodagi muhimligini anglashdir.
Siz-chi? Oxirgi marta qachon o‘zingizni haqiqatda muhim inson deb his qildingiz?
@scaleupuz

1🔥13⚡4💯3👍1
Mijozingiz aytmagan, lekin kutayotgan haqiqat - Insight !
Ko‘pchilik "Insight"ni oddiy ehtiyoj bilan adashtiradi. Masalan: "Mijoz non sotib olmoqchi" - bu ehtiyoj. "Mijoz nonni bolaligidagidek issiq va hidi anqib turganini sog‘ingan" - bu esa insight.
Nega u bizga kerak?
Insight - bu brend va mijoz o‘rtasidagi aloqa vositasi. Agar siz mijozning ichki dardi yoki yashirin istagini topa olsangiz:
- Reklamangiz samaradorligi 5-10 baravargacha oshadi.
- Mijoz "Bular meni tushunarkan," degan xulosaga keladi.
- Narx ikkinchi darajaga tushib, hissiyot birinchi o‘ringa chiqadi.
Insightni topish modeli:
4D Skonstruksiyasi
Insightni topish uchun quyidagi 4 ta savolga javob berish kerak:
- Maqsadli auditoriya: U kim?
- To‘siq: Unga nima xalaqit beryapti?
- Motivatsiya: U aslida nimaga erishmoqchi?
- Yashirin haqiqat: U nima haqida gapirmaydi, lekin his qiladi?
Real misollar
- Xususiy bog‘cha loyihasi uchun:
"Bizda ingliz tili va shaxmat darslari bor."
Insight: Ona bolasi bog‘chada aqlli bo‘lishidan ko‘proq, uning xavfsizligidan va yaxshi ovqatlanayotganidan xavotir oladi. Chunki ishda o‘tirganida "bolam yig‘lamadimi, qorni och qolmadimi?" degan fikr uni qiynaydi ya’ni "Siz xotirjam ishlang, biz xuddi onasidek g‘amxo‘rlik qilamiz. Har soatda video-hisobot taqdim etamiz."
- Maishiy texnika uchun:
"Bizning konditsionerlarimiz 52 daraja issiqda ham ishlaydi."
Insight: O‘zbekistonda erkaklar uyga texnika olayotganda, ayolining og‘iri yengil bo‘lishini va qo‘ni-qo‘shni oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini xohlaydi. Shuningdek, chidamlilik (servis) eng muhimi.
"Uyning fayzi - ayolning kayfiyatida. Ayolingiz dam olsin, ro‘zg‘or ishlarini bizning texnikaga ishoning."
O‘quv markazlari (IT yoki Ingliz tili) uchun
"Python kurslariga keling."
Insight: Talaba kursga bilim uchun emas, diplom olib ishsiz qolmaslik va tezroq "soqqa" qilish (yoki ota-onasining ishonchini oqlash) uchun keladi.
"Ota-onangiz siz bilan faxrlanishini xohlaysizmi? 6 oydan keyin ilk maoshingizni qo‘lga oling."
Mijozga mahsulot sotmang, uning muammosiga yechim va ichki xotirjamlik soting. Insightni topish uchun mijoz bilan ko‘proq suhbatlashing, uning dardi nimaligini tinglang.

1🔥17⚡4🏆3
Ikki kunlik fikr yetakchilari'dan bitta xulosa.
Bilim eshitilmayapti, bilim tekshirilayapti.
https://telegra.ph/Fikr-yetakchilari-hamjamiyatidagi-ikki-kunlik-safardan-olgan-asosiy-xulosalarim-02-16

1🔥7💯6⚡2
Bolaligimda iftorga necha daqiqa qolganini so‘rayverib, onamni charchatib yuborardim. Hozir bo‘lsa vaqtning shiddatidan, kunlar qanday o‘tib ketayotganidan qo‘rqaman. Ramazon menga har safar o‘sha beg‘ubor damlarni eslatib kelaveradi.
Ramazon biz uchun shunaqa qiziq, boshqacha oy edi. Intiqlik bilan kutardik, "iftor bo‘ldimi?" deb hamma bilan jang qilardik. Dasturxonga eng sara narsalar chiqardi. Buvim hamma yaxshi narsalarni (eski davr xavotiri bilan bo‘lsa kerak) berkitib qo‘yardilar, lekin aynan iftorlikda o‘sha xazinalarning hammasi dasturxonga chiqardi.
Onamning mazali non jarkoblari, tuxum va kartoshka qovurmalari... Bular men uchun yoshlikning haqiqiy ta’mi. Endi anglab yetyapman, onam uyda go‘sht kam yoki yo‘qligini bizga bildirmaslik uchun nonni ivitib, shunaqa mazali sehr yaratgan ekanlar. Mahallamizdagi bir ayol qandolat korxonasida ishlardi, o‘sha kishi olib keladigan yong‘oqli shirinlik biz uchun hozirgi eng sara do‘konlarning tortlaridan ham zo‘r edi.
Kechasi uyma-uy "Ramazon" aytib yurishlarimiz, ertasiga maktabda bolalar bilan "men shuncha topdim, sen-chi?" deb pullarni solishtirishimiz... Hammasi o‘ziga xos qiziq vibe edi. Hozirgi bolalarning qilayotgan ba’zi ishlari ham vaqt o‘tib mana shunday qadr topishini o‘ylasam, odamga qiziq tuyuladi. Har bir davrning o‘zining shirin tashvishlari bor ekan.
Sizga ham hayotingizdagi qiyinchiliklar ortidan xuddi iftorlik kabi shirin yengilliklar kelishini tilayman. Har bir davr g‘animat, har bir holat - Allohdan bir imkoniyat. Faqat ishoning.
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Iftorlik shukuhi qalbingizga o‘sha biz sog‘ingan xotirjamlikni olib kirsin.

2🔥34🏆6🎉5🤩2
Startap - bu shou emas, bu matematika va mas’uliyat!
Oxirgi paytlarda Rossiya va Qozog‘istondagi startap loyihalarni, pitchlarni (taqdimotlarni) muntazam kuzatib boryapman. Misol tariqasida, Oscar Hartmann boshchiligidagi "Arena Unicorn" ko‘rsatuvini ko‘rishni tavsiya qilaman. Bilasizmi, u yerdagi investorlar shunchaki "puli ko‘p tadbirkorlar" emas, ular o‘z ishining ustalari. Ular loyihaga pul tikayotganda hissiyotga emas, raqamlarga ishonadi.
Lekin bizda bitta savol doim ochiq qolmoqda:
"Bu loyihaning narxi qayerdan olindi va berilgan pul aynan qayerga ketadi?"
Afsuski, ko‘p taqdimotlar shunchaki marketing shovqiniga o‘xshab qolyapti. Aslida esa har bir startaper quyidagi 3 ta savolga suvdek javob bera olishi shart:
1. Kompaniya bahosi qayerdan keldi? Siz mo‘ljallayotgan bozor hajmi qancha va o‘sha bozorda sizning real o‘rningiz qanday bo‘ladi? Narx osmondan olinmasligi kerak.
2. Pul aynan qayerga sarflanadi? "Marketingga" deb umumiy gapirish - bu pulni havoga sovurish bilan teng. Qaysi instrument ishlatiladi? Har bir so‘m qancha foyda (ROI) olib keladi?
3. Natija qachon bo‘ladi? Investitsiyadan keyin qancha muddatda va qanday natijaga chiqiladi?
Qo‘shnilardan nimalarni o‘rganishimiz kerak?
Qozog‘istondagi investorlarning savollari ancha aqlli. Ular shunchaki "zo‘r g‘oya" degan gapga uchmaydi. Ularning talablari aniq:
• "Juda katta muddat so‘rayapsan, bizga tezroq natija kerak."
• "Product Market Fit (mahsulotning bozorga mosligi) bormi? Bo‘lmasa, raqam aytma."
• "MRR (oylik takrorlanuvchi daromad) qancha?"
• "MDH yoki Osiyo bozoriga chiqmoqchimisan? U yerda bitta mijozni jalb qilish (Lead narxi) 6 barobar qimmat, bunga tayyormisan?"
Startap loyihalar boshlanayotgani, odamlarda qiziqish borligi juda yaxshi. Bu zo‘r auditoriya shakllantiradi. Lekin biz boshqa muvaffaqiyatli analoglardan faqat chiroyli taqdimotni emas, balki ularning qat’iy talablarini ham adaptatsiya qilishimiz kerak.
Shunda startaperlarimiz tushunib yetadi: investor berayotgan pul - bu sovg‘a yoki shunchaki daromad emas. Bu - O‘zbekiston nomidan jahon arenasiga chiqadigan mahsulot yaratish uchun olingan ulkan mas’uliyatdir.
Marketingga pul so‘rashdan oldin, o‘sha pulning har bir tiyini qanday qaytishini hisoblay olmaslik - loyiha uchun o‘ta xavfli yo‘l.
Tavsiya qilgan loyiha linklari:
1 - qism
2 - qism

YouTube
Сделки, ПРОВАЛЫ и МИЛЛИОНЫ На КОНУ, Сейсембай, Давлатов, Абдрахманов, Кушекбаев | Арена Единорогов 3
► Отбор и подготовка проектов на шоу в Москве 5 марта - Unicorn Lab: https://clck.ru/3RcV9S
► Билеты на следующее шоу 5 марта в Москве: https://clck.ru/3Re2VR
► Предыдущая серия: https://youtu.be/ayGKLXP1C-0
► Следующая серия: https://youtu.be/rYjj_a_lfsw…

2👍8⚡3🤯1🤣1
Siz aynan qaysi yo'nalishda savdo qilasiz yoki xizmat ko'rsatasiz?
Final Results
20%
Ta'lim va konsalting (O'quv kurslari, repetitorlik, psixologiya, konsalting)
3%
Kiyim, go'zallik va aksessuarlar (Kiyim-kechak, kosmetika, parfyumeriya, zargarlik)
4%
Ko'chmas mulk va avtomobil (Rieltorlik, avtosavdo, ijara, qurilish)
12%
Xizmat ko'rsatish va Umumovqatlanish (Restoran, kafe, salonlar, tibbiyot, servis)
37%
IT, marketing va agentliklar (SMM, dasturlash, dizayn, B2B)
22%
Boshqa…
2👍4
Hozirgi bosqichda o’rtacha oylik sof daromadingiz qaysi oraliqda?
Final Results
30%
$500 gacha
46%
$500 – $1,500
14%
$1,500 – $4,000
4%
$4,000 – $10,000
5%
$10,000 dan yuqori
2🔥4
So'rovnoma haqida ...
So‘rovnomamiz natijalari shunchaki raqamlar emas, bu juda jiddiy bir haqiqatni yuzaga chiqardi. 77% mutaxassis hozirda 1500$ atrofidagi ko‘rinmas devorga urilib, bir joyda turibdi. Eng achinarlisi, bu insonlarning 57% qismi eng qimmat va talabgir sohalar hisoblangan IT, marketing va konsaltingda faoliyat yuritadi.
Bilaman, siz o‘z sohangizda bilimlisiz. Uyqusiz tunlar, o‘qilgan kitoblar va o‘rganilgan texnologiyalar yetarli. Lekin nima uchun oy oxirida hisobingizdagi raqamlar siz xohlagan darajaga yetmayapti? Mijozga loyiha narxini aytishdan oldin ichingizda paydo bo‘ladigan o‘sha xavotirni juda yaxshi tushunaman.
Aslida muammo sizning bilimingiz kamligida emas. Siz o‘zingiz ham bilmagan holda mijozning hozir sharoit og‘ir yoki bizga arzonroq mutaxassis kerak degan bahonalariga sotilib bo‘lgansiz. Siz o‘z qiymatingizni himoya qilish o‘rniga, mijozning muammosini o‘z bo‘yningizga olyapsiz. Grant Kardon aytganidek, yo siz o‘z g‘oyangizni sotasiz, yo mijoz sizga o‘z bahonasini sotadi.
Bu vaziyatdan chiqish va o‘sha 1500$ lik "потолок"ni yorib o‘tish uchun sizga yangi yondashuv kerak.
Masalan, 500 million so‘m oylik aylanmasi bor kompaniya tizimlashtirish uchun 10.000$ to‘lashdan qo‘rqishi mumkin. Lekin siz unga narxni emas, foydani ko‘rsatishingiz kerak. Bu summa - 3 oylik loyiha davomida kuniga bor-yo‘g‘i 111$ ga tushadi. Agar bu tizim yo‘qligi sababli tadbirkor har oy 100 million so‘m yo‘qotayotgan bo‘lsa, sizning xizmatingiz xarajat emas, balki eng foydali investitsiyadir.
Keyingi darajaga chiqish uchun mana bu 3 ta qadamni bajaring:
- Vaqtni emas, natijani soting. Mijoz sizning necha soat ishlashingizga emas, uning biznesidagi qaysi og‘riqni davolayotganingizga pul to‘lasin.
- Narxni bosqichma-bosqich taklif qiling. 10.000$ ni bittada aytib mijozni cho‘chitish o‘rniga, ishni 2000$ lik birinchi bosqichdan boshlang va natijani ko‘rsating.
- Mas’uliyatni o‘z bo‘yningizga oling. Arzon sotish orqali siz mijozga ham, o‘zingizga ham yordam bermaysiz. Sifatli natija har doim munosib haq talab qiladi.
Siz o‘zingizga loyiq bo‘lganidan kamiga rozi bo‘lib, nafaqat o‘zingizga, balki kelajagingizga ham xiyonat qilishingiz mumkin. Dunyoda pul kam emas, dunyoda o‘z ishi va natijasiga munosib darajada ishonadigan mutaxassislar kam.
Keling, endi siz sotuvchi bo‘ling. Agar siz ham o‘sha 77% ichidan chiqib, yuqori daromadli guruhga qo‘shilishni istasangiz, birinchi navbatda o‘z qiymatingizni sotishni boshlang.
Sizning sohangizda mijozlar eng ko‘p qaysi bahonani sotishga harakat qilishadi? Izohlarda yozib qoldiring, birga yechim topamiz.
(Raqamlar nisbiy)

2🔥6👍5👏3
2026 Algoritmi - qisqa qo’llanma
Obunachi soni → muhim emas.
Auditoriyasini ushlab qoladigan kichik bloggerlar g’alaba qiladi.
Izohlar → endi unchalik kuchli emas.
Shaxsiy xabarda ulashish, saqlash va qayta ko’rish 10 barobar ko’proq ta’sir qiladi.
Ko’rishlar soni → maqsad emas.
Ushlab qolish - obunachiga aylantiradi. Odamni to’xtatadigan kontent yarat, shunchaki ko’rinadigan emas.
Post qilishdan oldin o’zingizdan so’rang:
“Buni ko’rgan odam saqlaydimi? Do’stiga yuboradimi? Qayta ko’radimi?”
Javob ha bo’lsa - algoritm o’zi tarqatadi. Boshqa hech narsa kerak emas.

2⚡10👍3🔥3💯1
Sohaning kattasi yoki kichigi bo‘lmaydi, uning mutaxassisi yoki vaqt o'g'rilari bo‘ladi
Yaqinda bir podkastda Londonning afsonaviy metrodoteli Xesus Adorno haqida eshitib, ochig‘i, biroz qotib qoldim. Bu voqea shunchaki restoran xizmati haqida emas, balki shaxsiy brend va networking qanchalik ulkan qudratga ega ekanligi haqida.
Voqea qanday bo‘lgan?
2014-yilda Xesus Adorno 30 yillik faoliyatidan so‘ng Le Caprice restoranidan ketishini e’lon qiladi. U bilan xayrlashish uchun uyushtirilgan tushlikka 150 nafar mehmon yig‘iladi. Bular shunchaki odamlar emas, balki Britaniya iqtisodiyotini ushlab turgan FTSE 100 ro‘yxatidagi eng yirik kompaniya rahbarlari, milliarderlar, bankirlar (masalan, Lord Rotshild) va san’at yulduzlari (Mik Jagger, Maykl Keyn) edi.
Financial Times nashri ushbu tushlikni "The Ultimate Power Lunch" deb atagan va hayratlanarli bir jumla yozgan: "Agar o‘sha kuni o‘sha binoga biror falokat yuz berganda, Britaniya iqtisodiyoti butunlay falajlanib qolar edi." Chunki mamlakatning barcha "miyalari" va sarmoyadorlari bitta menejerning hurmati uchun bir joyga yig‘ilgan edi.
Nega hamma aynan Xesus uchun kelgan?
Xesus shunchaki ovqat bermagan, u status arxitektori bo‘lgan. Uning 3 ta super kuchi bor edi:
- O‘rindiqlar diplomatiyasi: U kimni qaysi stolga o‘tqazishni san’at darajasiga chiqargan. U yangi biznes-hamkorliklar boshlanishiga sababchi bo‘ladigan ko‘prik edi.
- Mukammal xotira: U mijozning nafaqat ismini, balki uning nabirasi, iti va qaysi mavzuda gaplashishni yoqtirmasligigacha yodda tutgan.
- Maxfiylik: U 30 yil davomida London elitasining eng ishonchli sirdoshi bo‘ldi. Milliarderlar uning yonida o‘zlarini xavfsiz his qilishgan.
Bu voqeani eshitib, xayolimga darrov o'zimizning Alim (Olim) ismli katta ofitsiant keldi. Bir necha tadbirlarda (Meal & Choice) Toshkent shahrining eng yaxshi offitsianti unvonlarini olgan. Uni Kuranti, Ogni Tashkenta, Quadro kabi restoranlarda ko‘rganlar bor. Tashqi tomondan oddiy xodim, lekin amalda - haqiqiy maslahatchi va gastronomik gid. Taomlarning ratsioni, ketma-ketligi, stolning tozaligi - har bir detalni san’at darajasiga olib chiqqan.
Bir suhbatimizda u oylik daromadi (choychaqalar bilan) 40-50 million so‘mga chiqishini aytgan edi. Bu ko‘pchilik top-menejerlar orzu qiladigan daromad! Va bu - soha mutaxassisiga berilgan adolatli baho.
Xulosa shundaki dunyoda ikki turdagi odam bor:
- Vaqt o‘tkazuvchi: Shunchaki kunni o‘tkazadi va oyligini kutadi.
- Soha mutaxassisi (Master): Qaysi sohada bo‘lmasin, o‘z ishini mukammal biladi va odamlar orasida ishonch kapitalini yaratadi.
Siz o‘z ishingizning ustasi bo‘lsangiz, bozor sizni o‘zi qidirib topadi va munosib mukofotlaydi. Professionalizmda chegara yo'q.

4👍16🔥7👏3
Ko‘p ishlash - bu hali biznes o‘sadi degani emas.
Ko‘pchilik tadbirkorlar 24/7 yugurishni rivojlanish deb o‘ylashadi.
Masshtablashish (Scale up) siri boshqa narsada: 90% mayda-chuyda ishlarni yig‘ishtirib, faqat bitta nuqtaga zarba berish kerak.
Menda buning uchun tayyor tahlil instrumenti bor.
Ushbu modelni o‘z loyiham misolida qanday ishlatishni va o‘sha hal qiluvchi nuqtani qanday topishni ko‘rsatib beraymi ?
Agar qiziq bo‘lsa, pastga 🔥 qoldiring!
Reaksiyalar yig‘ilsa, tahlilni kanalga joylayman.

2🔥68👍4⚡2
Bugun parkda 7-8 ming qadam bosib, bir narsani tushundim: biz sun’iy intelekt ish o’rinlarimizni olib qo’yishidan qo’rqib yuribmiz-u, lekin yaqin orada guldastalar ham uning vazifasiga aylanadi.
Chunki hozir gulning asosiy vazifasi - hid taratish emas, qo’lni chiroyli rasmga olish!
Atrofga qarasam, hamma guldastani qo’lini ko’rsatib rasmga olayotgandek ko’rindi, lekin aslida u shunchaki fon.
Mayli, nima bo‘lganda ham qo‘llar charchamasin, filtrlar o’chmasin!
Begana insonlarni rasmga olishga uyaldim, lekin ular qilayotgan ishni sizga o’zim generatsiya qilib ko’rsata qoldim 😅
Bugungi bahoriy kayfiyat hammaga hamroh bo‘lsin!

2😁17👍7💯4
Birinchi saharlikda 'hali 30 kun bor-ku' deb o‘zimizni aldagandik, bugun esa o‘sha 30 kun yakuniga yetdi !
Barchaga kirib kelayotgan “Eid al-Fitr” muborak bo’lsin !
@scaleupuz
Barchaga kirib kelayotgan “Eid al-Fitr” muborak bo’lsin !
@scaleupuz
2🔥23👍4🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Labs’ dan Stitch chiqdi va landing page yasaydigan akaxonlarning bozorini chiroyli qilib yopib qo‘ydi. 😂 Endi "falon pulga 1 haftada yasab beraman" degan gaplar o‘tmaydi shunchaki aytsangiz bas, soniyalarda tayyor!
Hayitlik uchun rahmat, Google!
ScaleUp | @scaleupuz
Hayitlik uchun rahmat, Google!
ScaleUp | @scaleupuz
2🤯7👍6⚡3
2026 marketing :
⚠️ Kreativlar davri emas
⚠️ Eng yaxshi reklama davri emas
✔️ Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi
✔️ Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi
✔️ Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi
Nega qiziqmi ?⚡️
Nega qiziqmi ?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1⚡23👍5
Shohzod Polatov | ScaleUp
2026 marketing : ⚠️ Kreativlar davri emas ⚠️ Eng yaxshi reklama davri emas ✔️ Kimda mahsulot bor - o‘sha yutadi ✔️ Kim tez yetkazadi - o‘sha qoladi ✔️ Kim ishonchni ushlab turadi - o‘sha o‘sadi Nega qiziqmi ? ⚡️
Nima bo'ldi?
2025-yil noyabr. Xotira moduli - $45.
2026-yil mart. Xuddi o'sha modul - $115.
4 oy. 246% oshdi. Kingston rasman tasdiqladi.
Siz hali ham eski narxda reklama qilyapsiz.
Sababi uchta:
- AI zavodlarni egalladi. Samsung, SK Hynix, Micron - barchasini AI xotirasiga yo'naltirdi. Samsung endi sizning do'koningiz uchun emas - ChatGPT serverlari uchun ishlayapti..
- Hormuz yopildi. 2-mart, 150+ kema to'xtab qoldi. Yuk tashish 3 barobar qimmatlashdi. Bu faqat neft emas - sizning omboringizga kelishi kerak bo'lgan har bir tovarning narxi.
- Gigantlar vahima qildi. Apple, Samsung, Tesla bozordagi barcha zaxirani sotib oldi. Kichik biznes uchun bozor bo'shab qoldi.
Logistika qimmatlashsa nima bo'ladi?
Yuk tashish narxi 3 barobar oshdi. Bu zanjir shunday ishlaydi:
- Tovar kechikadi. Haftalab emas - oylab. Siz mijozga va'da bergan sana - havoda qoladi.
- Tannarx oshadi. Siz bilmagan holda. Shartnoma imzolangan, tovar yo'lda, lekin narx o'zgardi. Kelganda hisob-kitob qilasiz - zarar.
- Reklama zarariga ishlaydi. Qancha ko'p sotsangiz - shuncha ko'p yo'qotasiz. Aylanma kapital muzlaydi.
Raqib ham qiynaladi - lekin kim zaxira qilgan bo'lsa, o'sha bozorni egallaydi. Bu imkoniyat, agar tayyor bo'lsangiz.
Marketing direktori nimaga e'tibor berishi kerak?
- Price listni emas - tannarxni kuzating. Har hafta. Avtomatik.
- Reklamani omborga ulang. Tovar tugasa - reklama o'chsin. Bu texnik vazifa, lekin marketing mas'ul.
- Yetkazib berish muddati - reklama xabari. "3 kunda yetkazamiz" va'dasi logistika inqirozida - eng qimmat xato.
- Mijozga sabab ayting. "Narx oshdi" emas - "global logistika narxi 3 barobar oshdi, biz ham moslashtirdik." Farqi ulkan.
- Lokal raqiblarni kuzating. Ular ham qiynalayapti. Kim birinchi moslashsa - o'sha bozorni oladi.
Yechim oddiy, lekin ko'pchilik qilmaydi:
- Omborga qarang - keyin reklama yoqing.
- Narxni har hafta yangilang - eski narx dushman.
- Narx oshganini yashirmang - sababini ayting. Mijoz ko'rib turibdi.
- Lokal bo'lsangiz - buni qichqiring. "Biz import zanjiriga bog'liq emasmiz."
2026-yilda marketing - kreativ emas, matematika.
Kimda tovar bor - o'sha sotadi.
Kim narxini real hisoblaydi - o'sha yutadi.
Kim sababini tushuntira oladi - o'sha mijozini saqlab qoladi.
Strategiyani qaytadan ko'rib chiqing !

2🔥11🏆6👍2🤔2