Mijozni "sotib olish" emas, "uyaltirib qo‘yish" san’ati
Yaqinda Indoneziya safarimda qiziq holatga guvoh bo‘ldim: u yerda ham xuddi bizdagi kabi "Try" - ya’ni "tatib ko‘rish" madaniyati juda kuchli ekan. Sotuvchi mahsulotni shunchaki maqtamaydi, qo‘lingizga tutqazadi. Shunda tushundimki, nega ota-onalarimiz zamonaviy, konditsionerli supermarketlar turganda haliyam bozorga chopishadi. Gap narxda emas!
Bozorda sizga bir tilim tarvuzni kesib berishganda yoki yong‘oq chaqib uzatishganda, sizda "Qarzdorlik hissi" paydo bo‘ladi. Bizning "Yegan og‘iz uyalar" degan madaniy kodimiz ishga tushadi. Sotuvchi sizga ishonib, bepul ilindimi - siz endi shunchaki rahmat deb ketib qolishga uyalasiz. Bu bozordagi eng kuchli psixologik “ловушка”dir.
Hozirgi raqamli dunyoda, ayniqsa "podpiska"(obuna) modellarida hamma teskarisini qiladi: "Avval to‘la, keyin ko‘rasan". Odamlar esa ichida nima borligini, network foydalimi yoki yo‘q - bilmaydi. Natijada pul kuyishidan qo‘rqib, xaridni orqaga suradi.
Biz o‘zimizning xususiy maktab loyihamizda aynan ushbu bozar usulidan foydalanamiz.
• Ota-onalar kelganda, "To‘lov qiling" demadik.
• "Farzandingiz kelib, to‘liq o‘qib ko‘rsin, bepul" dedik.
• Ko‘pchilik "Qo‘rqmaysizmi?" deb so‘raydi. Ishonamiz !
Chunki bola darsdan chiqib, ko‘zlari yonib "Dada, menga shu yer yoqdi" desa, ota-onada ikkita kuchli turtki bo‘ladi:
• Farzandining xohishi.
• Biz yaratgan sharoitdan - qarzdorlik hissi.
Agar mahsulotingiz sifatidan qo‘rqmasangiz - chegaralarni oching. Odamlarga tatib ko‘rish imkonini bering.
Bizning madaniyatda yaxshilikni unutmaydigan va "yegan og‘zi uyaladigan" sodiq mijozlar shunday paydo bo‘ladi.
@scaleupuz

🔥22💯10🏆4
Agar tez boyib ketmoqchi bo‘lsangiz, restoran biznesiga umuman yaqinlashmang.
Mana nima uchun...
Muvaffaqiyat aldamchi bo'lganda
2018-yil, noyabr. "Shohona" production gullagan paytlar. Yillik aylanmamiz 400-500 ming dollar atrofida. Tashqaridan qaraganda hammasi zo‘r: yosh oila, tagimda mashina, cho‘ntakda pul. Lekin ichimda g‘alati bo‘shliq bor edi. Ijodiy ambitsiyalarim so‘nayotganini, bu soha men uchun vaqtinchalik ekanligini his qildim. Menda pul bor edi, lekin yangi challenj yo‘q edi. Men qulay zonadan chiqib, o‘zim tushunmagan jangga kirishga qaror qildim.
Yurmaydigan joy va boshlanishdagi xatolar
Oybek ko‘chasidan joy topdik. Piyodalar oqimi zo‘r, parkovka bor. Lekin bitta muammosi bor edi: bu joyda mendan oldin ikkita kafe ochilib, bankrot bo‘lib yopilib ketgandi. Hamma bu joy yurmaydi derdi. Men esa ichki intuitsiyamga ishondim.
Reja oddiy edi: Noyabrda olamiz, 3 oy remont va yanvarda ochilish. Reallik esa shafqatsiz bo‘ldi: Men bu sohani mutlaqo tushunmasdim. Remont cho‘zildi, aprelda ochildi. Ishongan oshpazim 3 oydan keyin tashlab ketdi. Men o‘rtada qoldim.
Rahbarlikdan - qora mehnatga
O‘shanda menda ikkita yo‘l bor edi: Yoki yopish, yoki yeng shimarib kirishish. Men ertalab soat 06:00 da bozorga chiqishni, oshpazlarga yordamchi bo‘lishni va moykada idish yuvishni tanladim. Bu hobbi meni boshqa inson qilib shakllantirdi.
Ushbu 7 yillik tajribadan men olgan muhim darslar:
Bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun faqat mazali ovqat yetarli emas ekan. Mana men o‘rgangan va sizga maslahat beradigan 4 ta asosiy ustun:
Metrika - hissiyotdan ustun: Restoran bu ijod emas, bu matematika. Gramovkadagi 5 gramm xato yoki bozordagi 1000 so‘mlik farq oy oxirida millionlab zarar bo‘lishi mumkin. Agar har bir tiyinning hisobini qilolmasangiz, bu soha sizning foydangizni yeb qo‘yadi.
Core Product strategiyasi: Bizning birinchi kiritgan taomimiz hali ham TOP-1. Maslahatim: Menyuingizni yuzlab ovqatlar bilan to‘ldirmang. Bitta top mahsulot yarating va qolganlarini uning atrofiga savdoni oshirish (upsell) uchun qo‘shing.
Tizim xodimga bog'liq bo'lmasligi kerak:
Umumiy ovqatlanishda xodimga 100% ishonish - bu muammo. Jarayonlarni shunday yozingki, oshpaz ketsa ham taomning tami, bozorlikning sifati va servis darajasi o‘zgarmasin. Siz tizim egasi bo‘ling, odamlar emas.
O‘z biznesingizning eng pastki bo‘g‘inida ishlamas ekansiz, xodimlaringiz sizni doim aldashi mumkinligini unutmang. Men bozordagi narxni va idish yuvishdagi qiyinchilikni bilganim uchungina xodimlar bilan bir tilda gaplasha oldim.
Kichik raqamlar - katta g‘alaba
Birinchi kuni kassamiz atigi 362,000 so‘m edi. Bugun esa Mustafa 7 yoshda. Boshida 68.000$ bilan kirgan loyihamizga 3 yil ichida jami 130.000$ investitsiya qildik. 3.5 yilda o‘zini oqlashga chiqdi.
Umumiy ovqatlanish - bu borini tikib tavakkal qiladigan soha emas. Bu uzoq muddatli marafon. Lekin agar siz bu yerdagi kichik metrikalarni boshqarishni o‘rgansangiz, va'da beraman - boshqa har qanday biznesda eng kuchli mutaxassis bo‘la olasiz. Bu yerdagi maktab MBA'dan kuchliroq.
Sizning biznesingizda Top-1 bo'lib turgan asosiy mahsulotingiz nima?
Izohlarda ulashing, tahlil qilamiz.

1⚡23👏12👍7🏆5
Madaniy kod: O‘zbek bozorining yozilmagan qonuniyatlari
Oxirgi vaqtlarda madaniy kod tushunchasi haqida ko‘p gapirdim. Bu shunchaki nazariya emas, balki bizning turmush tarzimiz va qaror qabul qilish jarayonlarimizni boshqaradigan ko‘rinmas kuchdir. Kuzatuvlarim va tahlillarim natijasini sizlar bilan ulashmoqchiman.
Har qanday brend - u xoh kichik do‘kon bo‘lsin, xoh yirik kompaniya - mijoz bilan kommunikatsiya qurayotganda mana shu kodlarni inobatga olishi shart. Agar siz mijozning tili va madaniyatini inobatga olmasangiz, eng oxirgi marketing strategiyasi ham kutilgan natijani bermasligi mumkin.
Mana, bizning bozorga xos bo‘lgan asosiy madaniy kodlar:
• Kod: Brend emas, insonga ishonamiz.
O‘zbek madaniyatida qaror rasional emas, shaxsiy ishonch orqali qabul qilinadi. “Kim qilyapti?” degan savol “Nima qilyapti?”dan ustun turadi.
• Kod: Uzoq qoladimi?
Iste’molchi va tadbirkorda ichki qo‘rquv bor: “Bugun bor, ertaga yo‘q”. Barqarorlik - eng katta argument.
• Kod: Ijtimoiy baholash juda kuchli.
Qarorlar ko‘pincha jamoat fikri asosida qabul qilinadi. “Odamlar nima deydi?” - biz uchun eng kuchli trigger.
• Kod: O‘zimizniki - xavfsiz.
Begonadan ko‘ra tanish orqali kelgan taklif oson qabul qilinadi. Netvork - bizda shunchaki aloqa emas, madaniy refleksdir.
• Kod: Arzon emas, oqlanishi kerak.
O‘zbek xaridori eng arzonini emas, puliga yarasha qiymat beradiganini qidiradi.
• Kod: Avval his, keyin hisob.
Qaror avval ichki tuyg‘u bilan qabul qilinadi, keyin esa mantiq bilan o‘zini oqlashga harakat qilinadi.
• Kod: Kuchli, adolatli, g‘amxo‘r.
Rahbar faqat menejer emas, u - himoyachi va yakuniy qaror chiqaruvchi shaxs.
• Kod: Natija qani?
Nazariyaga sabr kam, amaliy foydaga talab baland.
• Kod: Pul - faqat mehnat emas, taqdir.
Bu kod tadbirkorning xavfga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi.
• Kod: Qanday gapirding - kim ekaningni ko‘rsatdi.
Muomala - brendning yarmi. Inson bilan qanday so‘zlashish mahsulotning sifatidan kam ahamiyatga ega emas.
Ushbu kodlarni tushunish va ularni mijoz bilan muloqotga kirishish har bir biznes uchun muvaffaqiyat omilidir.
Mijoz o‘zini tushunadigan va o‘zi kabi oylaydigan brendga ko‘proq bog‘lanadi.
Sizningcha, ro‘yxatga yana qaysi madaniy kodimizni qo‘shgan bo‘lar edingiz?
Fikringiz men uchun qiziq.

🔥14⚡4🤝3
50% kam pul, lekin 10 barobar katta qiymat
2014–2015 yillar edi. O‘sha paytda menda na studiya bor edi, na brend, na nom. Odamlar meni shunchaki video montaj qiladigan yigit sifatida bilardi. Asosan freelance ishlardim. Bir dona product montaji o‘rtacha 400$ turardi. Tashqaridan qaraganda hammasi joyida: ish bor, pul bor, buyurtmalar kelib turibdi. Lekin ichimda tinmay bezovta qiladigan bitta savol bor edi: man shu joyda qolib ketmasmikinman ?
Pul muammo emas edi. Muammo - o‘sish edi. Men katta loyihalar ichida emas edim, kuchli jamoalar bilan ishlamasdim, katta mijozlarning qanday fikrlashini bilmasdim. Eng yomoni, o‘zimni hali katta o‘yinning ichidagi odam sifatida his qilmasdim. Ich-ichimdan nimadir bundan kattaroq bo‘lishing mumkin deb turardi, lekin qanday bilmasdim.
Shaharda bir video production studiyasi bor edi. O‘sha paytlari eng qimmat, eng talabchan, eng oldi studiyalardan biri. Ko‘pchilik u yerga yaqinlashishga qo'rqib turardi. Ichimda ming xil qo‘rquv bor edi: kerak emassan deyishadi, seni olishmaydi. Shunga qaramay bordim. Ba’zan odam aniq reja bilan emas, shunchaki o‘zini tekshirish uchun qadam tashlaydi.
Ichkariga kirdim. Xonaga qarasam, menga o‘xshagan 15 ga yaqin montajchi o‘tiribdi. O‘sha zahoti ichimdan o‘tdi: ha, mani tochno olishmaydi. Shu payt ketib qolishim mumkin edi. Lekin nimagadir qoldim. Ishlarimni ko‘rishdi. Keyin shunday deyishdi: ish beramiz, lekin sen so‘ragan pulni bermaymiz. 50% kam.
Mana shu joy - hamma to‘xtaydigan joy. Bir tomonda odatdagi 400$, xavfsiz yo‘l, tanish hudud. Ikkinchi tomonda kam pul, katta bosim, kuchli muhit va noma’lumlik. O‘sha paytda buni aniq so‘z bilan ifodalay olmaganman, lekin ichimda bitta fikr bor edi: pulni keyin ham topaman, lekin bu muhitga yana kira olmasligim mumkin. Shuning uchun roziman dedim.
Shu bilan haqiqiy maktab boshlandi. U yerda menga hech kim o‘tirib dars o‘tmadi. Lekin men katta mijozlarning qanday o‘ylashini, ularning kaprizlari qayerdan kelishini, sotuv majburlash emas, ishonch ekanini, qimmat narx qachon mantiqli bo‘lishini ichidan ko‘rdim. Bularni kitobdan yoki kursdan o‘rganib bo‘lmaydi. Bular faqat ichkarida bo‘lib seziladi.
Taxminan ikki yilcha hamkorlik qildik. Shu vaqt ichida sezmay turib o‘zgardim. Mas’uliyatim oshdi, qaror qabul qilishdan qo‘rqmay qo‘ydim, muammolarni ko‘rib chetga chiqadigan emas, ichiga kirib hal qiladigan bo‘ldim. Eng qizig‘i, o‘zimni boshqa darajadagi odamlar bilan bir stol atrofida o‘tirishga haqli his qila boshladim.
Keyin tushundim: men u yerdan pul olib chiqmaganman. Men u yerdan ko‘nikma, qarash, fikrlash olib chiqqanman. Keyin o‘z productimni qilganimda qimmat narx qo‘yishdan qo‘rqmadim. Chunki bu narx havodan olinmagan edi, uning orqasida real tajriba bor edi.
Shu sabab bitta oddiy xulosaga keldim: amaliyot nazariy bilimlardan kamida o‘n karra kuchliroq. Agar hozir ish tanlayotgan bo‘lsang yoki kam puldan qo‘rqayotgan bo‘lsang, bitta savolni ber: bu joy menga hozir qancha pul beradi emas, meni kimga aylantiradi? Ba’zan hayotdagi eng katta sakrash orqaga tashlangan bir qadamdan boshlanadi.
Oxirida shuni aytmoqchiman: agar sen o‘smoqchi bo‘lsang, avval o‘z sohangda eng zo‘r kim ekanini aniqlagin. Kim bozorda standart qo‘yadi, kimning yonida ishlash qiyin, lekin kim bilan ishlagan odamlar keyin boshqa darajaga chiqadi - aynan o‘sha joyni top. Va savolni ish haqi bilan boshlama. Savol shunday bo‘lsin: meni olishlari uchun men nimani bilishim, nimani qila olishim kerak. Chunki haqiqiy tajriba tashqarida emas, aynan o‘sha kuchlilar ichida shakllanadi. O‘sha yerda sen faqat ish qilmayasan, sen boshqa odamga aylanasan.

🔥12👍8👏3💯1
Mijoz qaror qabul qilish formulasi:
• Ishonch + tushunarlilik + xavfsizlik = sotuv
• Og‘riq > Narx = xarid
• Risk kamayishi = sotuv oshishi

🔥15💯6🎉1
Pressa Claude mavzusini portillatdi. Lekin bu post u haqida emas.
Oxirgi bir haftada internetni bitta mavzu egallab oldi - Claude.
Kimdir aytyapti u GPT’dan kuchli.
Kimdir aytyapti u ayniqsa Excel va hisob-kitob ishlarida yangi bosqich ochadi. Kimdir esa hisobchilar, analitiklar va moliya mutaxassislarining ishini AI oladi deb yozayapti.
Sababi oddiy.
Claude aynan excel va hisob-kitob bilan ishlaydigan professional auditoriyani nishonga oldi. Excel ichida ishlash, murakkab formulalarni tushuntirish, bir nechta fayllarni birga analiz qilish - bu moliya va operatsion ishlarni tezlashtirish uchun yaratilgan yo‘nalish.
Shu bilan birga, katta korporatsiyalar bilan hamkorliklar ham paydo bo‘lyapti. AI endi faqat texnologiya emas, brend va biznes instrumentiga aylanayapti. Shuning uchun ham internetda shovqin katta.
Lekin bu post aslida Claude haqida emas.
Nega odamlar aynan sizni tanlaydi?
Shu savolga javob topgan tadbirkor mahsulotini ko‘r-ko‘rona sotmaydi.
U reklama qilmaydi - u og‘riqni biladi.
Lekin ko‘pchilik og‘riq deganda noto‘g‘ri tushunadi.
Og‘riq - bu muammo emas.
Og‘riq - bu mijoz ichida yashirin qo‘rquv.
• Ota-ona maktab sotib olmaydi - farzandi ortda qolishidan qo‘rqadi.
• Biznes reklama sotib olmaydi - sotuv to‘xtashidan qo‘rqadi.
Mahsulot - bu faqat vosita.
Sotiladigan narsa esa - ichki yengillik hissi. Shuning uchun ba’zi mahsulotlar qimmatroq bo‘lsa ham tanlanadi.
Chunki u yerda odam o‘zini tushunilgan his qiladi. AI kuchli bo‘lishi mumkin.
Instrumentlar tezlashishi mumkin.
Lekin odamlar har doim bitta narsani sotib oladi: ularni qiynayotgan og‘riqning aniq yechimini.
Shu og‘riqni bilgan tadbirkor sotmaydi.
Uni o‘zlari tanlashadi.

1💯8⚡5👍2🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p harajat qilgan odam pul yig‘olmaydi
Haqiqatan ham ko‘p harajat qilish kam pul topishga sababmi ?
Men boshqacha o‘ylayman. Inson aslida 2 xil harajat qiladi:
• Topayotgan puliga qarab yashaydi - xavfsiz, lekin o‘sishsiz zona.
• O‘zini keyingi bosqichga majbur qiladigan moliyaviy mas’uliyat oladi.
Yaqinda bir inson bilan suhbatlashdim.
“Aka, ishlashga ishtiyoqim qolmayapti, shuning uchun nasiyaga narsa oldim”, dedi.
So‘radim:
• Bu sizni minusga tiqyaptimi?
• Yo‘q.
Shunda tushundim - muammo nasiya emas. Muammo - u narsa unga energiya bermayapti.
Chunki harajatning ham turi bor.
• Baxt bermaydigan harajat - bosim.
• Baxt beradigan harajat - energiya.
Ko‘pchilik noto‘g‘ri joyda tejaydi.
O‘zini baxtli qilmaydigan narsalarga pul sarflaydi, keyin esa harajatni ayblaydi.
Asl savol boshqa: Sizni nima baxtli qiladi ?
Agar biror narsa sizni rivojlantirsa, harakatga majbur qilsa, ichingizda “endi ishlashim kerak” degan ichki bosimni uyg‘otsa - bu harajat emas, bu investitsiya.
Menda bir qoida bor:
Harajatlarim oshgani sayin, topishim kerak bo‘lgan pulga ehtiyojim ham oshadi.
Va yilma-yil raqamlar shuni tasdiqlagan. Shuning uchun harajat qilishdan qo‘rqmang. Lekin ko‘r-ko‘rona ham qilmay.
Kimdir sizga “xato” desa, bu haqiqat degani emas. Ko‘pincha odamlar o‘zining muvaffaqiyatsiz tajribasidan kelib chiqib maslahat beradi.
Siz esa boshqa savolni bering:
• Bu meni baxtli qiladimi?
• Bu meni o‘stiradimi?
Agar javob “ha” bo‘lsa - qiling.
Chunki ba’zan aynan xatolar insonni tarbiyalaydi. Va aynan shu xatolar keyingi darajaga olib chiqadi.

1🔥10💯4👍2
Mijoz narx so‘rayaptimi? Demak siz
qiymatni ko‘rsatmagansiz.
Mijoz narxni so‘rasa - bu qarshilik emas.
Bu tushunmaganining belgisi.
Mijoz 3 narsani ko‘rmaguncha sotib olmaydi:
• men uchun foyda nima?
• nima uchun aynan siz?
• nima uchun hozir?
Shu uchta savol yopilsa:
narx ikkinchi darajaga tushadi.

1⚡6👍4🔥1
Marketing byudjet oshib, sof foyda tushib boryaptimi?
Hozir ko‘plab hamjamiyatlarda shu strategik g‘oya haqida suhbatlar ketmoqda. Shuning uchun bu mavzuda yozishni foydali deb bildim.
Blue Ocean vs Red Ocean - bu strategik marketing va biznes pozitsiyalash modeli bo‘lib, uni Chan Kim va Mauborgne “Blue Ocean Strategy” kitobida tizimlashtirgan.
Asosiy g‘oya oddiy, lekin amaliyotda juda chuqur:
Bizneslar ikki xil bozorda ishlaydi:
• mavjud raqobat ichida;
• yoki yangi qiymat yaratib, raqobatsiz hududda;
Quyida konsepsiyani marketing va growth (o‘sish) nuqtai nazaridan aniq ajratib beraman.
📈 Red Ocean - mavjud bozor ichidagi urush
Red Ocean - bu mavjud talab bor, lekin barcha o‘yinchilar bir xil mijoz uchun kurashayotgan bozor.
Belgilari:
• Raqobatchilar aniq
• Narx urushi mavjud
• Differensiya kichik
• Marketing xarajatlari katta va o‘suvchan
• Marja vaqt o‘tishi bilan kamayadi
Misollar:
• Maishiy texnika bozori (Premier Electronics ham ko‘p segmentlarda shu yerda)
• Oddiy SMM agentliklar
• Til o‘rgatish markazlari
Bu yerda savol aniq:
“Raqobatchidan qanday yaxshiroq sotamiz?”
Natija odatda bir xil:
• Discount
• Bonus
• Cashback
• Reklamani ko‘paytirish
Ya’ni o‘yin qoidalari o‘zgarmaydi.
📉 Blue Ocean - yangi talab yaratish
Blue Ocean - bu yangi kategoriya yoki yangi qiymat yaratish orqali raqobatning ahamiyatini kamaytirish.
Belgilari:
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi yo‘q yoki zaif
• Narx emas, qiymat sotiladi
• Mijozning yangi ehtiyoji topiladi
• Marketing ishontirishga emas, tushuntirishga qaratiladi
Savol boshqacha:
“Qanday qilib boshqa sotuv modelini yaratamiz?”
Eng muhim tushuncha
Blue Ocean bu shunchaki innovatsiya emas.Bu ikki narsani bir vaqtning o‘zida qilish:
• Xarajatlarni kamaytirish
• Mijoz uchun qiymatni oshirish
Masalan:
• Kamroq funksiya
• Lekin kuchliroq va foydaliroq asosiy taklif
Siz hozir qaysi oceandasiz?
Quyidagi savollarga javob berib aniqlashingiz mumkin.
Agar:
• Sizni narx bilan solishtirishsa
• Mijoz “boshqa brend ham shunaqa” desa
• Reklama xarajati yil sayin oshsa
• Sotuv promo bo‘lmasa tushsa
Siz Red Ocean ichidasiz.
Agar:
• Mijoz sizni boshqa kategoriya deb qabul qilsa
• Narx oxirgi savol bo‘lsa
• Tavsiya orqali mijoz ko‘p kelsa
• Sizni to‘liq copy qilish qiyin bo‘lsa
Siz Blue Ocean tomon yuryapsiz.
Eng katta xato tushuncha
Blue Ocean = yangi mahsulot.
• Yo‘q.
Ko‘p hollarda mahsulot o‘sha bo‘ladi,
lekin talqin va qiymat boshqacha bo‘ladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6✍4👍3
Meni harakatga keltiruvchi energiyani topdim !
Katta bir loyihani tugatib, chuqur nafas olganimda bir narsani tushundim: meni shu paytgacha to‘xtatmasdan harakatga keltirgan narsa faqat bilim, reja yoki pul emas, butunlay boshqa narsa ekan...
Ochiqchasiga aytsam, men buni avval sezmaganman. Lekin vaqt o‘tib, tajriba orttirib angladimki, bu - Muhimlilik tuyg‘usi.
Inson o‘zini, qilayotgan ishini va atrofidagilar uchun o‘z o‘rnini "muhim" deb bilmasa, hatto eng zo‘r strategiya ham ishlamas ekan. Bu shunchaki balandparvoz so‘z emas, bu bizni har kuni ertalab o‘rindan turishga majbur qiladigan, barcha yutuqlarga undovchi asosiy trigger.
Bu qanday ishlaydi? Men buni ikki tomondan ko‘rdim:
- O‘zingiz uchun muhim bo‘lish: Agar siz o‘z vaqtingizni, so‘zingizni va maqsadingizni qadrlamasangiz, hech kim sizni qadrlamaydi. O‘zingizga bergan kichkinagina va’dangizni ustidan chiqish - bu ichki "batareyka"ni to‘ldiradi. "Men buni uddalay olaman, chunki men bu ish uchun muhim odamman" degan ishonch eng katta quvvatni beradi.
- Atrof uchun muhim bo‘lish: Biz ijtimoiy mavjudotmiz. Qachonki qilayotgan ishingiz kimningdir hayotini oson qilsa, jamoangizga foyda keltirsa va ular sizning o‘rningizni sezishsa - mana shu haqiqiy energiya! "Siz bo‘lmasangiz, bu loyiha bunday chiqmasdi" degan e’tirof har qanday charchoqni yuvib yuboradi.
Agar ichingizda shu "muhimlilik" olovi yonmasa, eng katta loyihalar ham shunchaki quruq raqam va zerikarli vazifalarga aylanib qolar ekan.
Hozir bir narsani aniq bilaman: rivojlanish - bu nafaqat ko‘proq narsani o‘rganish, balki o‘z qadrini va bu dunyodagi muhimligini anglashdir.
Siz-chi? Oxirgi marta qachon o‘zingizni haqiqatda muhim inson deb his qildingiz?

1🔥13⚡4💯3👍1
Mijozingiz aytmagan, lekin kutayotgan haqiqat - Insight !
Ko‘pchilik "Insight"ni oddiy ehtiyoj bilan adashtiradi. Masalan: "Mijoz non sotib olmoqchi" - bu ehtiyoj. "Mijoz nonni bolaligidagidek issiq va hidi anqib turganini sog‘ingan" - bu esa insight.
Nega u bizga kerak?
Insight - bu brend va mijoz o‘rtasidagi aloqa vositasi. Agar siz mijozning ichki dardi yoki yashirin istagini topa olsangiz:
- Reklamangiz samaradorligi 5-10 baravargacha oshadi.
- Mijoz "Bular meni tushunarkan," degan xulosaga keladi.
- Narx ikkinchi darajaga tushib, hissiyot birinchi o‘ringa chiqadi.
Insightni topish modeli:
4D Skonstruksiyasi
Insightni topish uchun quyidagi 4 ta savolga javob berish kerak:
- Maqsadli auditoriya: U kim?
- To‘siq: Unga nima xalaqit beryapti?
- Motivatsiya: U aslida nimaga erishmoqchi?
- Yashirin haqiqat: U nima haqida gapirmaydi, lekin his qiladi?
Real misollar
- Xususiy bog‘cha loyihasi uchun:
"Bizda ingliz tili va shaxmat darslari bor."
Insight: Ona bolasi bog‘chada aqlli bo‘lishidan ko‘proq, uning xavfsizligidan va yaxshi ovqatlanayotganidan xavotir oladi. Chunki ishda o‘tirganida "bolam yig‘lamadimi, qorni och qolmadimi?" degan fikr uni qiynaydi ya’ni "Siz xotirjam ishlang, biz xuddi onasidek g‘amxo‘rlik qilamiz. Har soatda video-hisobot taqdim etamiz."
- Maishiy texnika uchun:
"Bizning konditsionerlarimiz 52 daraja issiqda ham ishlaydi."
Insight: O‘zbekistonda erkaklar uyga texnika olayotganda, ayolining og‘iri yengil bo‘lishini va qo‘ni-qo‘shni oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini xohlaydi. Shuningdek, chidamlilik (servis) eng muhimi.
"Uyning fayzi - ayolning kayfiyatida. Ayolingiz dam olsin, ro‘zg‘or ishlarini bizning texnikaga ishoning."
O‘quv markazlari (IT yoki Ingliz tili) uchun
"Python kurslariga keling."
Insight: Talaba kursga bilim uchun emas, diplom olib ishsiz qolmaslik va tezroq "soqqa" qilish (yoki ota-onasining ishonchini oqlash) uchun keladi.
"Ota-onangiz siz bilan faxrlanishini xohlaysizmi? 6 oydan keyin ilk maoshingizni qo‘lga oling."
Mijozga mahsulot sotmang, uning muammosiga yechim va ichki xotirjamlik soting. Insightni topish uchun mijoz bilan ko‘proq suhbatlashing, uning dardi nimaligini tinglang.

1🔥17⚡4🏆3
Ikki kunlik fikr yetakchilari'dan bitta xulosa.
Bilim eshitilmayapti, bilim tekshirilayapti.
https://telegra.ph/Fikr-yetakchilari-hamjamiyatidagi-ikki-kunlik-safardan-olgan-asosiy-xulosalarim-02-16

1🔥7💯6⚡2
Bolaligimda iftorga necha daqiqa qolganini so‘rayverib, onamni charchatib yuborardim. Hozir bo‘lsa vaqtning shiddatidan, kunlar qanday o‘tib ketayotganidan qo‘rqaman. Ramazon menga har safar o‘sha beg‘ubor damlarni eslatib kelaveradi.
Ramazon biz uchun shunaqa qiziq, boshqacha oy edi. Intiqlik bilan kutardik, "iftor bo‘ldimi?" deb hamma bilan jang qilardik. Dasturxonga eng sara narsalar chiqardi. Buvim hamma yaxshi narsalarni (eski davr xavotiri bilan bo‘lsa kerak) berkitib qo‘yardilar, lekin aynan iftorlikda o‘sha xazinalarning hammasi dasturxonga chiqardi.
Onamning mazali non jarkoblari, tuxum va kartoshka qovurmalari... Bular men uchun yoshlikning haqiqiy ta’mi. Endi anglab yetyapman, onam uyda go‘sht kam yoki yo‘qligini bizga bildirmaslik uchun nonni ivitib, shunaqa mazali sehr yaratgan ekanlar. Mahallamizdagi bir ayol qandolat korxonasida ishlardi, o‘sha kishi olib keladigan yong‘oqli shirinlik biz uchun hozirgi eng sara do‘konlarning tortlaridan ham zo‘r edi.
Kechasi uyma-uy "Ramazon" aytib yurishlarimiz, ertasiga maktabda bolalar bilan "men shuncha topdim, sen-chi?" deb pullarni solishtirishimiz... Hammasi o‘ziga xos qiziq vibe edi. Hozirgi bolalarning qilayotgan ba’zi ishlari ham vaqt o‘tib mana shunday qadr topishini o‘ylasam, odamga qiziq tuyuladi. Har bir davrning o‘zining shirin tashvishlari bor ekan.
Sizga ham hayotingizdagi qiyinchiliklar ortidan xuddi iftorlik kabi shirin yengilliklar kelishini tilayman. Har bir davr g‘animat, har bir holat - Allohdan bir imkoniyat. Faqat ishoning.
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Iftorlik shukuhi qalbingizga o‘sha biz sog‘ingan xotirjamlikni olib kirsin.

2🔥34🏆6🎉5🤩2
Startap - bu shou emas, bu matematika va mas’uliyat!
Oxirgi paytlarda Rossiya va Qozog‘istondagi startap loyihalarni, pitchlarni (taqdimotlarni) muntazam kuzatib boryapman. Misol tariqasida, Oscar Hartmann boshchiligidagi "Arena Unicorn" ko‘rsatuvini ko‘rishni tavsiya qilaman. Bilasizmi, u yerdagi investorlar shunchaki "puli ko‘p tadbirkorlar" emas, ular o‘z ishining ustalari. Ular loyihaga pul tikayotganda hissiyotga emas, raqamlarga ishonadi.
Lekin bizda bitta savol doim ochiq qolmoqda:
"Bu loyihaning narxi qayerdan olindi va berilgan pul aynan qayerga ketadi?"
Afsuski, ko‘p taqdimotlar shunchaki marketing shovqiniga o‘xshab qolyapti. Aslida esa har bir startaper quyidagi 3 ta savolga suvdek javob bera olishi shart:
1. Kompaniya bahosi qayerdan keldi? Siz mo‘ljallayotgan bozor hajmi qancha va o‘sha bozorda sizning real o‘rningiz qanday bo‘ladi? Narx osmondan olinmasligi kerak.
2. Pul aynan qayerga sarflanadi? "Marketingga" deb umumiy gapirish - bu pulni havoga sovurish bilan teng. Qaysi instrument ishlatiladi? Har bir so‘m qancha foyda (ROI) olib keladi?
3. Natija qachon bo‘ladi? Investitsiyadan keyin qancha muddatda va qanday natijaga chiqiladi?
Qo‘shnilardan nimalarni o‘rganishimiz kerak?
Qozog‘istondagi investorlarning savollari ancha aqlli. Ular shunchaki "zo‘r g‘oya" degan gapga uchmaydi. Ularning talablari aniq:
• "Juda katta muddat so‘rayapsan, bizga tezroq natija kerak."
• "Product Market Fit (mahsulotning bozorga mosligi) bormi? Bo‘lmasa, raqam aytma."
• "MRR (oylik takrorlanuvchi daromad) qancha?"
• "MDH yoki Osiyo bozoriga chiqmoqchimisan? U yerda bitta mijozni jalb qilish (Lead narxi) 6 barobar qimmat, bunga tayyormisan?"
Startap loyihalar boshlanayotgani, odamlarda qiziqish borligi juda yaxshi. Bu zo‘r auditoriya shakllantiradi. Lekin biz boshqa muvaffaqiyatli analoglardan faqat chiroyli taqdimotni emas, balki ularning qat’iy talablarini ham adaptatsiya qilishimiz kerak.
Shunda startaperlarimiz tushunib yetadi: investor berayotgan pul - bu sovg‘a yoki shunchaki daromad emas. Bu - O‘zbekiston nomidan jahon arenasiga chiqadigan mahsulot yaratish uchun olingan ulkan mas’uliyatdir.
Marketingga pul so‘rashdan oldin, o‘sha pulning har bir tiyini qanday qaytishini hisoblay olmaslik - loyiha uchun o‘ta xavfli yo‘l.
Tavsiya qilgan loyiha linklari:
1 - qism
2 - qism

YouTube
Сделки, ПРОВАЛЫ и МИЛЛИОНЫ На КОНУ, Сейсембай, Давлатов, Абдрахманов, Кушекбаев | Арена Единорогов 3
► Отбор и подготовка проектов на шоу в Москве 5 марта - Unicorn Lab: https://clck.ru/3RcV9S
► Билеты на следующее шоу 5 марта в Москве: https://clck.ru/3Re2VR
► Предыдущая серия: https://youtu.be/ayGKLXP1C-0
► Следующая серия: https://youtu.be/rYjj_a_lfsw…

2👍8⚡3🤯1🤣1
Siz aynan qaysi yo'nalishda savdo qilasiz yoki xizmat ko'rsatasiz?
Final Results
20%
Ta'lim va konsalting (O'quv kurslari, repetitorlik, psixologiya, konsalting)
3%
Kiyim, go'zallik va aksessuarlar (Kiyim-kechak, kosmetika, parfyumeriya, zargarlik)
4%
Ko'chmas mulk va avtomobil (Rieltorlik, avtosavdo, ijara, qurilish)
12%
Xizmat ko'rsatish va Umumovqatlanish (Restoran, kafe, salonlar, tibbiyot, servis)
37%
IT, marketing va agentliklar (SMM, dasturlash, dizayn, B2B)
22%
Boshqa…
2👍4
Hozirgi bosqichda o’rtacha oylik sof daromadingiz qaysi oraliqda?
Final Results
30%
$500 gacha
46%
$500 – $1,500
14%
$1,500 – $4,000
4%
$4,000 – $10,000
5%
$10,000 dan yuqori
2🔥4