Mening qo'limda hech kim ishlamaydi, men rahbar emasman...
Ko‘pchilik liderlikni faqat kreslo, yumshoq mebel, qo'l ostidagi xodimlar deb tushunadi - bu eng katta xato fikr!
Siz xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, tug'ilganingizdan beri ulkan bir kompaniyani Bosh direktori (CEO) hisoblanasiz. Bu korporatsiyaning nomi - sizni hayotingiz.
Ishonmayapsizmi? Keling, kompaniyangizdagi bo'limlar ishini tekshiramiz ya'ni audit o'tkazamiz:
- Moliya bo‘limi: Oylik maosh tushdi. 10 kun o'tmay "pul qayerga ketdi?" deb o'tiribsiz. Impuls xaridlar, keraksiz to'lovlar... Natijada sizning kompaniyangiz doimiy "kassoviy razriv" holatida. Siz moliyaviy direktorsiz, lekin byudjetni bankrot qildingiz.
- HR bo‘limi: Atrofingizda kimlar bor? Faqat noliydigan, g‘iybat qiladigan, maqsadi yo'q va sizni rivojlanishdan to'xtatadigan do‘stlarmi ? Natijada siz jamoani noto‘g‘ri yig'gansiz. Ular kompaniyani pastga tortyapti, siz esa ularni ishdan bo'shatishga (aloqani uzishga) qo‘rqyapsiz.
- Strategik rivojlanish bo'limi: Dam olish kunlari yoki ishdan keyingi vaqtni qanday o'tkazasiz? Rejasiz, divanda yotib, soatlab Instagram lentasini aylantirib... Natija: Raqobatchilaringiz (dangasalik, nafs va qo'rquv) bozorni egallab oldi. Sizda o'sish strategiyasi yo'q.
- Texnik xizmat (Sog'liq): Noto'g'ri ovqatlanish, kam uyqu, sport yo'q. Natija: Asosiy ishlab chiqarish uskunasi (tanangiz va miyangiz) tez orada ishdan chiqadi. Remont esa qimmatga tushadi.
Sizga Direktor degan buyruq shart emas. Siz baribir boshqaruvdasiz.
Gap shundaki: Siz o'z korxonangizni foydaga olib chiqayotgan kuchli Lidermisiz yoki uni sekin-asta inqirozga yetaklayotgan yomon menejermsiz?
@scaleupuz

🔥18
2026-yilda marketingda yutqazishingiz aniq. Agar buni hozir tushunmasangiz.
Hozir hamma sun’iy intellekt va ChatGPT haqida gapiryapti. Lekin ko‘pchilik marketologlar bitta oddiy va qo‘rqinchli haqiqatni payqashmayapti.
Biz hammamiz bor kuchimizni Instagram, YouTube va Telegram kanallariga tikkanmiz. Videolar olamiz, montaj qilamiz, layk yig‘amiz. Lekin kelajak qidiruv tizimi bu ijtimoiy tarmoqlar emas.
Muammo nimada?
Odamlar Google o‘rniga AIdan maslahat so‘rashga o‘tmoqda. Mijoz ertaga AIdan so‘raydi: "O‘zbekistondagi eng ishonchli qurilish kompaniyasi qaysi?" yoki "Toshkentdagi eng yaxshi o‘quv markazini topib ber".
Shu nuqtada sizning Instagramdagi millionlab prosmotrlaringiz bir tiyin bo‘lishi mumkin.
Nega? Chunki sun’iy intellekt javob izlayotganda Instagram yoki Telegram ichiga kirmaydi. U yerdagi videolar va yopiq postlarni o‘qiy olmaydi.
AI ma’lumotni faqat ochiq internetdan (open source) oladi:
- Yangiliklar saytlari;
- Katta portallar;
- Rasmiy veb-saytlar va forumlar;
Agar siz haqingizda kun.uz, daryo.uz, spot.uz yoki boshqa jiddiy saytlarda maqolalar bo‘lmasa, sun’iy intellekt uchun siz yo‘qsiz. Siz shunchaki ko‘rinmas odamsiz.
Xulosa SMM qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u sizni AI tavsiyalariga olib kirolmaydi. Bizga eski va sinalgan PR kerak.
Matbuotda ko‘rinish berish, maqolalar chiqarish va internetda nom qoldirish - bu shunchaki obro‘ emas. Bu ertaga mijoz sizni AIdan qidirganda "Mana, eng zo‘ri shu!" degan javobni olishi uchun yagona yo‘l.
AI davrida ko‘rinmas bo‘lib qolmang. PRni esdan chiqarmaylik.
(Marketing sohasidagi tanishlaringizga yuboring. Bu muhim !)

🔥25
Texnologik ustunlik vaqtinchalik, brend esa doimiy
B2B sohasida ko‘plab kompaniyalar o‘z mahsuloti yoki texnologiyasiga tayanib o‘sadi. Ammo bugungi kunda har qanday texnologik ustunlik (innovatsiya) uzog‘i bilan 6 oy davom etadi. Raqobatchilar paydo bo‘lishi bilan sizning o‘ziga xosligingiz yo‘qoladi. Agar kuchli brendingiz bo‘lmasa, siz shunchaki narx bo‘yicha raqobatlashadigan oddiy tovarga (commodity) aylanasiz.

🔥19
"Bizda sifatli" deyishni to‘xtating.
Bu endi ishlamaydi !
Bugungi marketingda ko‘pchilik qiladigan katta xato bor: hamma o‘zini maqtash bilan ovora. "Bizda u bor, bizda bu bor" degan yondashuv mijozlarni allaqachon zeriktirgan.
Aslida, har qanday texnologik ustunlik yoki "yangi funksiya" uzog‘i bilan 6 oy yashaydi. Raqobatchilar paydo bo‘lishi bilan sizning o‘ziga xosligingiz yo‘qoladi va shunchaki narx talashadigan oddiy tovarga aylanib qolasiz.
Aynan shu nuqtada sahnaga Brend chiqadi.
Brendning vazifasi - bu shunchaki sotish emas.Brend - bu xaridor uchun xuddi eski qadrdon do‘stdek gap. Odamlar notanish kishidan narsa sotib olishdan qo‘rqishadi, lekin tanishi tavsiya qilsa, ikkilanmay pul to‘lashadi. Brend savdo jarayonidagi qo‘rquv to‘sig‘ini olib tashlaydi."
Bunga erishish uchun men hozir Point of View, ya'ni "Ekspert Qarashi" strategiyasiga urg‘u beryapman.
Bu - mijozga shunchaki tovar emas, balki yangi haqiqatni ochib berishdir.
Farqni ikkita jonli misolda tushuntiraman.
Birinchisi, Xususiy maktab loyihasi:
Oddiy yondashuv: "Bizda ingliz tili chuqurlashtirilgan va 3 mahal ovqat bor."
Brend yondashuvi (Ekspert qarashi): "Farzandingizning kundaligidagi 5 baholar kelajakdagi muvaffaqiyat kafolati emas. Sun'iy intellekt davrida yodlash emas, fikrlash muhim. Biz bolani shunchaki o‘quvchi emas, kelajak lideri bo‘lishga tayyorlaymiz."
Ikkinchisi, Maishiy texnika (Premier misolida):
Oddiy yondashuv: "Bizda eng arzon konditsionerlar va kir yuvish mashinalari bor."
Brend yondashuvi (Ekspert qarashi): "Arzon texnika aslida sizga eng qimmatga tushadi. Siz kassada kam to‘lashingiz mumkin, lekin keyingi 3 yilni shovqin va ustalar bilan o‘tkazasiz. Sifat - bu hashamat emas, bu sizning oilaviy xotirjamligingiz."
Xulosa shuki, kuchli brendlar mahsulot sotmaydi. Ular mijozning dunyoqarashini o‘zgartiradi. Agar sizda brend bo‘lmasa, har bir mijoz uchun kurashishga majbur bo‘lasiz. Agar brend bo‘lsa, mijozlarning o‘zi sizni qidirib topadi.
Siz qaysi yo‘lni tanlaysiz: har kuni mijoz quvishnimi yoki ularni o‘ziga tortadigan magnit bo‘lishnimi?

🔥16
Comfort zona, qiyin qaror va yangi bosqich
Bugun 1-dekabr.
Yilning oxirgi oyi va men uchun Premier Electronicsdagi oxirgi 30 kunlikning boshlanishi.
Ochig‘ini aytaman, bu qarorga kelish oson bo‘lmadi. Bir tomondan qarasa, hammasi joyida: kompaniyada o‘sish agressiv (yillik 30-40%), rejalar 90% dan yuqori yopilyapti, jamoa kuchli. Sharoitlar zo‘r, qilingan ishlar ham kam emas. Lekin aynan mana shu "hammasi joyida" degan his meni biroz comfort zonaga tushirib qo‘ygandek tuyuldi.
Maqsadlarim tinchlik bermadi. Keyingi yil o‘zimni bu yerda ko‘ra olmadim. Balki bu ichimdan qiynayotgan ambitsiyalar tufaylidir, bilmadim.
Hozir shaxsiy biznesim ham yillik yarim millionlik aylanmaga chiqib oldi. Endi bor fokusni o‘sha yerni kengaytirishga, onlayn loyihalarimga va o‘z oldimga kuchli jamoa yig‘ishga qaratmoqchiman. Hozirgi natijalarim o‘zimni qoniqtirmayapti, ko‘prog‘ini xohlayapman.
Ketish oldidan esa bitta muhim ishim bor. Oxirgi loyihamni ommaga taqdim qilib, chiroyli yakun yasab ketmoqchiman. Toki, "shu ishga men sababchi bo‘lgandim" deya olay.
Xullas, oxirgi oyni iliq kayfiyatda, bor kuchim bilan ishlab, yorug‘ yuz bilan yakunlash niyatidaman.
P.S. Yil so‘ngida esa albatta batafsil uzun post bo‘ladi. Bu kompaniyadagi faoliyatim, yutuqlarim va eng asosiysi - provallarim haqida ochiq hikoyani yozaman. Kutib qoling.

🔥34
Hamma ishni o‘zingiz qilmang.
10-80-10 qoidasini qo‘llang
Boshqaruvni qo‘ldan boy bermasdan vazifalarni topshirishning eng samarali formulasi shu.
- Boshlang‘ich 10 foiz
G‘oya, maqsad va yo‘nalishni siz belgilab berasiz. Nima kerakligini va qanday natija kutayotganingizni jamoaga aniq tushuntirasiz.
- Asosiy 80 foiz
Bu jarayonda jamoangiz mustaqil ishlaydi. Siz chetda turasiz va jarayonga aralashmaysiz. Ularga erkin ishlashga va o‘z yechimlarini topishga imkon berasiz.
- Yakuniy 10 foiz
Ish bitgach, natijani tekshirasiz. O‘z tajribangiz bilan yakuniy tuzatishlarni kiritasiz, kamchiliklarni to‘g‘irlaysiz va ishni qabul qilasiz.
Agar o‘rtadagi 80 foizga aralashsangiz, xodim o‘smaydi va robotga aylanadi. Agar yakuniy 10 foizni nazorat qilmasangiz, sifat tushib ketadi.
Balansni ushlang va biznesingizni o‘stiring.

Hayotda ikki xil ustoz bor:
Biri senga nima qilishni o‘rgatsa,
Ikkinchisi nima qilmaslikni ko‘rsatadi.
@scaleupuz
Biri senga nima qilishni o‘rgatsa,
Ikkinchisi nima qilmaslikni ko‘rsatadi.
@scaleupuz
🔥20
Necha kunlik chang va g‘ubordan keyin tiniq osmonni ko‘rishni o‘zi bayram ekan-u, yana samolyotni ko‘rib yosh boladek quvonyapman. Muhimi havo ochilib kameramni zoomi pand bermadi va bugungi kunning kichik quvonchi topildi.
Kayfiyat ham shu samolyot kabi balandda bo‘lsin !
@scaleupuz
Kayfiyat ham shu samolyot kabi balandda bo‘lsin !
@scaleupuz
🔥18
2026-yil Digital Marketing trendlari;
Strategiyangizni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan 20 ta insayt
Neil Patelning 2026-yilgi Digital Marketing trendlari bo‘yicha meet'ini ko'rib, juda qiziq va dolzarb fikrlar bor ekan, o‘zim uchun belgilab olgan eng muhim 20 ta xulosani sizlarga ham ulashmoqchiman.
Qidiruv va xaridor xatti-harakati o‘zgarmoqda
- Ijtimoiy tarmoqlar bu yangi qidiruv tizimidir. Odamlar bugungi kunda Google’dan ko‘ra ko‘proq TikTok, YouTube va Instagram orqali ma’lumot qidirmoqda.
- Platforma ichida savdo kuchayadi. 2026-yilda mijozni boshqa saytga yo‘naltirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy tarmoq ichida sotish yoki lid yig‘ish eng muhim omil bo‘ladi.
- B2B qarorlari ham ijtimoiy tarmoqda boshlanadi. Hatto jiddiy biznes egalari ham hamkor tanlashdan oldin LinkedIn va YouTube’dan qidiruvni boshlayapti.
- Haqiqiylik reklamadan ustun. Odamlar chiroyli reklamadan ko‘ra, oddiy foydalanuvchilarning real sharhlari va video-demolariga ko‘proq ishonadi.
- Ta’lim beruvchi kontent trendda. Foydalanuvchilar shunchaki ko‘ngilxushlik emas, muammoga aniq yechim beradigan o‘rgatuvchi materiallarni qidirmoqda.
Kontent va AI strategiyasi
- Algoritmlar javoblarni yaxshi ko‘radi. Ijtimoiy tarmoqlar endi savollarga aniq va lo‘nda javob beradigan, tuzilishi tushunarli kontentni tepaga chiqarmoqda.
- Taglavhalar bu SEO. Post ostiga yoziladigan matnlar shunchaki bezak emas, ular qidiruv tizimida topilishingiz uchun kalit vazifasini bajaradi.
- Videodagi yozuvlar ham o‘qiladi. Sun’iy intellekt videodagi tasvir va ekrandagi matnlarni o‘qiy oladi, shuning uchun videoning o‘zida kalit so‘zlarni yozish muhim.
- AI ijodkorlikni o‘ldirmaydi, jarayonni tezlatadi. Sun’iy intellektdan g‘oya topish, rejalashtirish va tahrirlashda foydalanish kerak, lekin ijod insonning o‘zida qoladi.
- O‘qishga qulaylik. Odamlar va algoritmlar matnni oson o‘qishi uchun ro‘yxatlar, sarlavhalar va qisqa paragraflardan foydalanish shart.
Ish jarayoni va samaradorlik
- Bitta g‘oya, ko‘plab formatlar. Bitta katta mavzuni maqola, post, qisqa video va karusel qilib turli formatlarda tarqatish kerak.
- Uzun videodan qisqa videolar yasash. Uzun videoni suratga olishda uni oldindan bo‘laklarga va qiziqarli ilmoqlarga ajratib rejalashtirish, keyinchalik undan 6-7 ta Shorts yoki Reels yasashga imkon beradi.
- Vaqtni tejash. To‘g‘ri rejalashtirish orqali oyiga atigi 2 soat vaqt ajratib, bir oylik barcha video kontentni yozib olish mumkin.
- Bloglarni qayta ishlash. Blog postning sarlavhasi LinkedIn postiga, ichidagi bo‘limlar esa Instagram karuseliga aylanishi mumkin.
- Barqarorlik ishonch kalitidir. AI va avtomatlashtirish vositalari yordamida doimiy ravishda kontent chiqarib turish brendni quradi.
Natija va kelajak o‘lchovlari
- Saytga kirmasdan ta’sir qilish. Odamlar saytingizga kirmasdan turib ham brendingiz haqida xulosa qiladi. Trafik kamaysa ham, brend tanilishi oshishi mumkin.
- Iqtiboslar yangi valyuta. Eng muhimi AI va platformalar sizni ishonchli manba sifatida ko‘rsatishi va sizdan iqtibos keltirishidir.
- Yangi o‘lchovlar. Endi faqat bosishlar soni emas, balki mijozning qanchalik tez qaror qabul qilishi va e’tibor qaratishdan qaytgan foyda o‘lchanadi.
- Trendlarni erta payqash. Trend cho‘qqiga chiqmasdan oldin unga kirish katta qamrov beradi, buning uchun sohadagi yetakchilarni kuzatib borish kerak.
- Kichik biznes uchun maslahat. Agar byudjet kam bo‘lsa, avval matnli postlar bilan sinab ko‘ring. Agar matn ommalashsa, keyin unga video oling. Bu eng tejamkor usul.
Sizningcha, 2026-yilda qaysi trend eng kuchli bo‘ladi?
Ushbu fikrlarga qo'shilasizmi ? Izohlarda fikringizni qoldiring.

🔥15
Har qanday marketing kampaniyasi atigi 5 ta qisqa jumlaga asoslanishi shart.
Bu formula mijozni A nuqtadan B nuqtaga olib boradi:
Muammo - Og‘riqli nuqtani qo‘zg‘ating.
Hamdardlik - Ularni tushunishingizni bildiring.
Yechim - Mahsulotni taqdim eting.
O‘zgarish - Mijoz kimga aylanishini ko‘rsating.
Natija - Baxtli yakunni tasvirlang.
Murakkablashtirmang. Aniq va lo‘nda gapiring.

2026-yil rangi: Cloud Dancer
Pantone instituti kelasi yilning rangini e’lon qildi. Bu safar tanlov juda ma’noli. Yangi rangning nomi Cloud Dancer, ya’ni Bulut raqqosi.
Hozirgi zamonda atrofimiz juda shovqinli bo‘lib ketdi. Axborot ko‘p, hamma shoshgan, hamma qayergadir yugurgan. Pantone bu rang orqali bizga eng kerakli narsani, ya’ni xotirjamlikni eslatmoqchi.
Ular bu rangni shovqinli dunyoda tinchlik shiviri deb ta’riflashdi.
Haqiqatan ham, inson to‘g‘ri fikrlashi va ijod qilishi uchun unga sukunat kerak. Bu rang xuddi osmondagi bulutlar kabi yengil bo‘lishga, ortiqcha yuklardan xalos bo‘lib, diqqatni eng muhim maqsadlarga qaratishga chorlaydi.
Biznesda ham, hayotda ham o‘sish uchun ba’zan to‘xtab, chuqur nafas olish va miyani tiniqlashtirish kerak. Bu rang aynan shuning ramzi.

Oylik va bonusning asl farqi haqida
Hozir ayni mavsum. Ko‘pchilik mutaxassislar keyingi yil uchun oylik maoshlarini kelishadigan palla. Lekin shu jarayonda bitta nozik tushuncha ko‘pincha aralashib ketadi.
Oylik nima-yu, bonus nima?
Keling, buni ochiqchasiga tahlil qilaylik. Oylik bu aslida odamning tirik qolish summasi. Bu sizning har kuni to‘q yurishingiz, ro‘zg‘oringiz va xotirjamligingiz uchun kerak bo‘lgan pul. Bonus esa bu orzu-havaslar uchun reja qilingan mablag‘.
Oddiy haqiqat shuki, agar xodimning qorni och bo‘lsa yoki xayoli ro‘zg‘orda bo‘lsa, u asosiy ishni qoyillatib bajarolmaydi. Orzu-havas haqida-ku umuman o‘ylamaydi. Shuning uchun avval "qorin to‘q" bo‘lishi shart.
Yana bir qiziq kuzatuvim bor.
Qachon "fiks" oylik asossiz katta bo‘ladi?
Qachonki rahbar mutaxassisdan nima kutayotganini aniq bilmasa. Rahbarning kutilmalari noaniq bo‘lganda, u shunchaki tinchlik va vaqt uchun kattaroq oylik to‘lashga majbur bo‘ladi.
Lekin haqiqiy o‘yin bu bonusda.
Bonus qancha bo‘lishi kerak?
Agar biz bonusni orzularga yetishish vositasi desak, u xodimning ko‘ziga katta ko‘rinishi shart. Mening fikrimcha, haqiqiy motivatsiya beradigan bonus oylik maoshdan kamida ikki barobar katta bo‘lishi kerak. Shundagina inson o‘sha pulga mashina, sayohat yoki uy kabi katta narsalarni reja qila oladi.
Raqamlar va kutilayotgan natija aniq bo‘lsa, bonus ham shunga yarasha salmoqli bo‘ladi. Top menejerlar shuni bilishi va to‘g‘ri kelisha olishi kerak. Rahbarlar ham o‘z kutuvlarini aniq qilib qo‘ysa, natija tezroq keladi.
Siz keyingi yil uchun qaysi birini tanlayapsiz: tinchgina oylikmi yoki orzularga yetaklovchi bonus?

Bozormizdagi sepini yig'ib o'tirgan brendlar
O‘zbek biznesini kuzatib bir qiziq o‘xshatish xayolga keldi. Bizdagi ko‘pchilik IT loyihalar, striming servislar yoki to‘lov tizimlari xuddi sovchilarini kutayotgan, iffatli va iboli qizlarga o‘xshaydi. Hammasi chiroyli kiyingan, pardoz-andoz joyida, logotiplar yaltiragan, lekin maqsadi bitta. Tezroq birorta chet ellik "oq otli shahzoda" kelib, bularni o‘z nikohiga olsa.
E’tibor berganmisiz, bizda "Dunyoni egallayman" degan ambitsiya bilan emas, balki "Tezroq ko‘tarilib olsam, keyin kattaroq o‘yinchiga sotilib ketaman" degan strategiya bilan ishlaydiganlar ko‘payib qoldi.
Taksi bozori misoli
Masalan, taksi bozorimizni olaylik. O‘zimizning mahalliy "qizlar" ko‘p edi, lekin Yandex degan "boyvachcha kuyov" keldi-yu, hammasini bitta qilib o‘z nikoxiga qo‘shib oldi. Hozir endi injiqlik qilsa ham, narxni oshirsa ham chidaymiz, chunki boshqa "shahzoda" yo‘q.
Fintech va banklar
To‘lov tizimlarimiz ham xuddi shunday. Payme allaqachon gruziyalik kuyov bilan baxtli hayot kechirmoqda. Boshqalar ham Qozog‘istondan Kaspi degan sovchi kelarmikin yoki Yevropadan biror bankir amaki kelarmikin deb eshikka termulib o‘tiribdi.
Striming
Tepadagi gapimni siyohi qurimasdan turib yana bir to‘y xabari chiqdi. O‘zimizning kamtargina, sepini yig‘ib, seriallarini taxlab, uyda o‘tirgan Allplay degan qizimiz ham nihoyat o‘z baxtini topdi. Kuyov o‘sha hammamiz taniydigan, mahallaning eng boy va bezori yigiti - Yandex!
Buni qarangki, Yandex xuddi "Muhtasham yuz yil"dagi Sulton Sulaymonga o‘xshab qoldi. Taksi degan xotini bor edi, ovqat tashiydiganini oldi, endi navbat ko‘ngilxushlik va kino ko‘rsatadigan kanizakka kelgandi. Allplay esa uzoq noz qilmadi, sovchilar kelishi bilan rozi bo‘ldi-qo‘ydi.
Bu narsa aslida yomon emas, bu biznes, bu exit strategiya deyiladi. Lekin odamga alam qiladigan joyi shundaki, nega biz faqat kelin rolida bo‘lishimiz kerak?
Qachon bizdan ham "oq otli shahzodalar" chiqib, qo‘shni davlatlarning bozorini "o‘g‘irlab ketishga" boradi?
Balki bizga sadoqatli rafiqa emas, shunchaki qimmatbaho mahri to‘lansa bo‘ldi, ketaveradigan mentalitet singib qolgandir?
Nima deysiz, bizda o‘zi global bozorga chiqib, boshqalarni sotib oladigan "yirtqich" brend paydo bo‘ladimi yoki hammasi sekin-asta xorijliklarga turmushga chiqib ketadimi?

🔥26
2026-yilda ijtimoiy tarmoqlarda nimalar o‘zgaradi ?
Xullas, nimalarga tayyor turamiz?
- "Silkaga kir" degan gaplar yo‘qoladi Oldinlari biror narsa sotish uchun mijozni Instagramdan saytga haydardik. Endi bu narsa ishlamaydi. Odamlar ilovadan chiqishni xohlamaydi. Kelajakda to‘lov ham, xarid ham Instagram yoki TikTokni o‘zida bo‘ladi. Odamlarni u yoqdan bu yoqqa yugurtirmaganlar yutadi.
- Nima ko‘rishni o‘zimiz hal qilamiz Hozir telefonimiz nimanidir majburlab ko‘rsatishi mumkin. Kelajakda bu narsa yo‘qoladi. Odamlar o‘ziga yoqmagan mavzuni bitta tugma bilan umuman ko‘rsatmaydigan qilib qo‘yadi. Agar foydali narsa chiqarmasangiz, sizni shunchaki "o‘chirib" qo‘yishadi.
- Uzun va mazmunli videolar qaytyapti 15 soniyalik sakrash-sakrash videolar hammaga tegdi. Odamlar yana avvalgidek o‘tirib, mazza qilib ko‘radigan, ma’noli va uzunroq videolarni sog‘inyapti. Shunchaki raqsga tushish emas, hikoya aytib berish trendda bo‘ladi.
- Google o‘rniga Instagram va YouTube Hozir yoshlar biror ovqat retsepti yoki maslahat kerak bo‘lsa, Googledan emas, YouTubedan yoki Instagramdan qidiryapti. Shuning uchun video ostiga yoziladigan sarlavha va izohlarga e’tiborli bo‘lish kerak, aks holda sizni hech kim topolmaydi.
- Quruq mashhurlik o‘tdi, endi ishning ustalari davri Shunchaki millionta obunachisi bor, lekin tayinli hunari yo‘q blogerlarning davri tugayapti. Endi odamlar haqiqiy mutaxassislarni, o‘z ishini ustalarini qidiryapti va faqat ularga ishonadi.
- Sun’iy odamlar (AI Influenser) o‘tmaydi Kompyuterda yasalgan sun’iy blogerlar urf bo‘ladi deyishgandi, lekin bu o‘xshamadi. Odamlarga tirik inson, haqiqiy his-tuyg‘u kerak. Robotlarga ishonch yo‘q.
- Ko‘p emas, sifatli chiqarish kerak "Har kuni video chiqarish kerak" degan poyga tugadi. Odamlar axborotdan charchagan. Endi haftada 5 ta shunchaki video chiqargandan ko‘ra, 1 ta chiqarib, lekin "yondiradigan" qilib chiqarish afzal.
Xullas, 2026-yil - samimiylik va sifat yili bo‘ladi.

🔥21
Маркетинг основанный на данных.pdf
2.9 MB
Marketing xarajat emas, investitsiya ekanini qanday isbotlash mumkin?
Yil oxirida yoki yangi mavsum oldidan rahbariyat har doim bitta savol beradi: Biz tikkan pulimizdan qancha foyda ko‘rdik?
Agar bunga aniq raqamlar bilan javob bera olmasangiz, Mark Jefferining Ma’lumotlarga asoslangan marketing kitobi aynan siz uchun.
Kitobda nimalar bor?
Muallif marketing samaradorligini o‘lchash uchun yuzlab emas, bor-yo‘g‘i 15 ta eng muhim ko‘rsatkich yetarli ekanini isbotlab beradi.
Nima uchun o‘qish kerak?
- Siz qaysi ishlar foyda keltirayotgani va qaysilari shunchaki pul sarflayotganini aniqlashni o‘rganasiz.
- Marketing byudjetini himoya qilishda quruq so‘zlar emas, aniq faktlarga tayanishni boshlaysiz.
- Mijozlarning haqiqiy qiymatini hisoblash va brendni tanitish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni o‘rganasiz.
Kimlar uchun?
Marketing direktorlari, bo‘lim boshliqlari va biznes egalari uchun ayni muddao.

🔥10
Offline hayot - trendmi yoki professional ehtiyoj ?
Oxirgi paytlarda ko‘pchilik shovqindan qochib, telefonsiz hayotni xohlab qoldi. Bu shunchaki moda emas, bu - o‘zini saqlab qolish instinkti. Ekran ortidagi ideal hayotni tomosha qilaverib, o‘zimizning haqiqiy hayotimiz qolib ketayotgandek.
O‘zimda bir tajriba qilib ko‘rdim. Bir oydan oshdiki, Instagramga kuniga uzog‘i 20 daqiqa kiryapman, u ham faqat ish va loyihalar yuzasidan. Oldinlari ham kunlik 1 soatlik limitda foydalanar edim.
Ko‘pchilik: "San marketologsan, doim online bo‘lishing, trendlarni kuzatishing kerak !" deydi;
Shu yerda marketing va psixologiyaga oid bitta haqiqatni aytaman. Biz ko‘pincha band bo‘lish bilan natija yaratishni adashtiramiz.
Ko'pchilik "Insight" (Insayt) degan so'zni ishlatadi - bu muammoning o'z vaziyatida kutilmagan, genial yechimi. Bilasizmi, insaytlar qachon keladi ? Ular siz lenta titkilab, miyani musorga to‘ldirib o‘tirganingizda kelmaydi. Ular miya tinchlanganda, sayr qilganda yoki shunchaki jimlikda tug‘iladi.
Charchagan ko‘z bilan qarash va diqqatni jamlab, tiniq ko‘z bilan qarash o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
Tinimsiz ishlash - natija degani emas.
Marketing bu - kim ko‘p o‘tirishi emas, kim to‘g‘ri qaror qabul qilishi haqida.
Hozirgi kun tartibim shu falsafaga qurilgan:
06:00 – 07:00. Uyg‘onish. Telefonsiz. Miya hali toza payti unga axborot yuklamayman.
08:00. Ishga yo‘l. Mashinada musiqa emas, audiokitob yoki podkast.
18:00 gacha. Ish vaqti. Chalg‘imasdan 4 soat ishlash, chalg‘ib 8 soat ishlagandan samaraliroq.
18:00 dan keyin. Eng muhim qism - resurs yig‘ish. Ostonadan hatlashim bilan telefon chetga suriladi. Chunki uyda meni onam, ayolim va bolalarim kutyapti. Marketingda brendning hayot davri bo‘lganidek, insonning ham quvvat davri bor. Oilam, bolalarimning kulgusi, ular bilan bir dasturxonda o‘tirish - bu mening batareykamni to‘ldiradigan yagona zaryadnik. Haftada 2-3 marta do‘stlar bilan jonli diydor ham shu hisobdan.
23:00. Tinch va xotirjam uyqu.
Agar siz zo‘r mutaxassis bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, avvalo miyangizni asrang. Wi-Fi o‘chganida nafaqat xotirjamlik, balki eng zo‘r g‘oyalar ham uyg‘onar ekan.
Siz ham bir sinab ko‘ring. Balki haqiqiy effektivlik - online tugmasini o‘chirganingizda boshlanar ?

Iltimos, 2026-yilga maqsad qo‘ymang. Agar buni eplay olmasangiz.
Hozir hamma yoqda ajiotaj. Do‘konlarda chiroyli daftarlar, qimmat ruchkalar savdosi avjida.
Hamma 1-yanvardan yangi hayot boshlayman deb yozgani yozgan.
Ingliz tilini o‘rganaman, savdoni 2 barobar oshiraman, sportga boraman va hokazo.
To‘xtang. Men sizga nima bo'lishini aytib beraymi? Bu daftarlarni 90 foizi 15-yanvarga borib shkafning eng chekkasiga, chang bosishga uloqtiriladi.
Chunki sizdagi hozirgi hissiyot shunchaki Yangi yil aksiyasi xolos. Marketingda qisqa muddatli chegirmalar qanday tez tugasa, sizning yangi yil motivatsiyangiz ham shunday tez o‘chadi.
Haqiqiy biznesda va hayotda sehrli tayoqcha yo‘q. Muvaffaqiyat bu bayram emas, bu har kuni qilinadigan zerikarli va qora mehnat.
Yil boshida tog‘ni talqon qilaman deb baqirganlarni ko‘p ko‘rdim. Fevralga yetmay yo‘q bo‘lib ketishdi. G‘oliblar esa baqirmasdan, har kuni ertalab turib, o‘sha zerikarli ishlarni intizom bilan qiladiganlardir.
Shuning uchun 2026-yilda yangi hayot boshlashga urinmang. Shunchaki eski ishingizni sifatliroq, tezroq va intizomliroq qiling.
Orzularga berilmang, rejalarga ishoning. Hissiyotga emas, tizimga suyaning. Qolgani shunchaki o‘z-o‘zini aldash.
Kimda o‘tgan yilgi maqsadlar ro‘yxati bajarilmay arxivda qolib ketdi ?
Mard bo‘lib tan oladiganlar bormi ?

Biznesni sotish - har doim ham muvaffaqiyatmi?
O‘tgan postimda mahalliy brendlarimizning xorijiy gigantlarga sotilishi haqida yozganimda ko‘pchilik e’tiroz bildirdi. Shohzod, bu normal holat, bu Exit strategiyasi, asoschilar pul ishladi, endi mazza qilib yangi loyiha qilishadi deyishdi.
To‘g‘ri, bu biznes. Lekin men nima uchun bu turdagi sotuvlardan xavotirdaman? Keling, Allplay va Yandex misolini chuqurroq tahlil qilamiz. Gap shunchaki egasi o‘zgarganida emas, gap oqibatlarda.
Raqobatni o‘ldirish strategiyasi
Eslaysizmi, Express24 degan o‘zimizning yetakchi loyiha bor edi. Uning bozordagi o‘rni va barcha ma'lumotlari sotildi. Oqibat nima bo'ldi ? U sekin-asta sun'iy ravishda yo'q qilindi. Natijada bozor to‘liq Yandex Eats monopoliyasiga o‘tdi. Monopoliya o‘rnatilgach esa o‘yin qoidalari darhol o‘zgardi.
- Hozir restoranlardan olinadigan komissiya 35% gacha ko‘tarildi. Hatto 2026 yilda bu ko'rsatkich 50% bo‘lishi haqida allaqachon signallar bor.
- Eng yomoni, yetkazib berishdagi barcha tavakkalchilik va xavf tadbirkor bo‘yniga yuklandi. Mijozga ovqat yoqmadimi yoki kuryer kechikdimi, zararni kafe to‘laydi. Platforma esa suvdan quruq chiqadi. Agar Express24 tirik bo‘lganida restoranlarda tanlov imkoniyati va adolatliroq shartlar saqlanib qolgan bo‘lar edi.
Allplay nega sotib olindi?
Ochiq gaplashamiz, Yandexga Allplayning texnologiyasi yoki bazasidagi kinolar kerakmidi? Yo‘q. Ularda Kinopoisk bor va u texnik jihatdan ancha kuchliroq, bazasi ham kattaroq.
Bu yerda maqsad bitta bo‘lib, u ham bo‘lsa raqobat maydonini tozalashdir. Allplay kabi mahalliy va sodiq auditoriyaga ega loyihani sotib olish uni rivojlantirish uchun emas, balki uni yo‘q qilish va foydalanuvchilarini majburan o‘z ekotizimiga o‘tkazish uchun amalga oshiriladi. Bu bozorda o‘z hukmronligini o‘rnatishning klassik usulidir. Ertaga Allplay ham Express24 taqdirini takrorlamasligiga kim kafolat beradi ?
Navbatdagi nishon kim ?
Yana bir nozik jihatga e'tibor bering. Yandex Split loyihasi adashmasam Click bilan hamkorlikni boshlab yuborgan. Bunga ham hushyor turish kerak. Hozircha hamkorlikdek ko'ringan bu harakatlar ertaga jiddiyroq bosqichga o'tishi mumkin. Agar umumiy summada qiziqishlar to‘g‘ri kelib qolsa, o‘zimizning faxrli SuperAppimiz ham bir kunda Yandex Splitga aylanib ketishi hech gap emas.
Shaxsan o‘zim Allplayda egalik almashgandan keyin u yerda bir kun ham chiday olmadim. Darhol boshqa striming servisga pul to‘lab o‘tib ketdim. Ortidan esa tarmoqlarda kinolar o‘chib ketayotgani haqidagi noroziliklarni o‘qib qoldim. Men buni shunchaki tasodif emas, balki o‘sha strategiyaning bir qismi deb bilaman. Ishonchim komilki o‘chgan kinolar endi qaytib joyiga qo‘yilmaydi.

🔥9
30 ta odatlar_scaleupuz - 30 ta odatlar.pdf
113.4 KB
Katta maqsadlarni yopib turing, keling 1% dan boshlaymiz!
Postdagi izohlarni o‘qib bitta narsa ayon bo‘ldi: ko‘pchilik yil boshida ulkan maqsadlar qo‘yadi-yu, lekin fevralga bormay energiyasi tugab qoladi. Nega? Chunki biz natijaga oshiqamiz, lekin o‘sha natijani olib keladigan kundalik mayda ishlarga (odatlarga) e’tibor bermaymiz.
Muvaffaqiyat - bu bayram emas, bu har kuni qilinadigan zerikarli va qora mehnat.
Katta sakrashdan oldin, keling, ertadanoq boshlash mumkin bo‘lgan 5 ta kichik odatni shakllantiramiz:
KUNDALIK 30 ODATLAR
Agar shu 5 ta kichik ishni kundalik nazorat qila olmasak, 2026-yilgi katta maqsadlarimiz ham shunchaki chiroyli daftardagi o'lik yozuv bo'lib qolaveradi.
Hissiyotga emas, tizimga ishoning! Bugun mana shu ro‘yxatdan bittasini tanlang va bajaring.

Premier Electronics’dagi so‘nggi 7 kun va kutilmagan xulosalar
Do‘stlar, hozirda Hans Roslingning "Factfulness" kitobini o‘qib tugatyapman. Kitobda bitta ajoyib g‘oya bor: biz dunyoni aslida boridan ko‘ra ancha dramatikroq va yomonroq tasavvur qilishga moyil ekanmiz. Buni muallif "dramatik instinkt" deb ataydi.
Bu tushunchani hozirgi holatimga bog‘lab ko‘rdim.
Marketing direktori sifatida Premier Electronics’dagi ikki yillik faoliyatim yakuniga yetmoqda. Raqamlarga qarasam, men kelgan paytga nisbatan hozir kompaniya 2x o‘sish nuqtasida turibdi. Qizig‘i, xuddi shu vaqt ichida o‘zimning shaxsiy biznesim ham 2 barobar o‘sdi. Bu shunchaki raqamlar emas, bu to‘g‘ri qurilgan protsess natijasi.
Ko‘pincha bitta mutaxassis yoki rahbar ishdan ketsa, hamma "endi nima bo‘ladi, tizim oqsoqlanib qolmaydimi?" degan dramatik hayolga boradi. Lekin bu eng qoloq fikr. Men o‘zimni qandaydir "daho" deb hisoblamayman, shunchaki o‘z ishini tushunadigan, kompetensiyasi bor mutaxassisman.
Aslida, kuchli mutaxassisning ketishi kompaniya uchun inqiroz emas, balki "ikkinchi nafas" yoki yangi bir tramplin bo‘lishi kerak. Biz bu yerda shunday jamoa va shunday kompetensiyasi baland xodimlarni shakllantirdik-ki, mendan keyin Premier Electronics yanada geometrik progressiyada o‘sishiga ishonchim komil. Bu hayotiy tsikl - tizim bir joyda to‘xtab qolmaydi, u faqat rivojlanadi.
Marketologlar va sotuv menejerlari uchun bu yerda bitta muhim insight bor: Ishingizni shunday quringki, natija sizning shaxsingizga emas, siz yaratgan tizim va raqamlarga bog‘liq bo‘lsin. Haqiqiy professionallik - o‘zingizdan keyin to‘xtab qoladigan emas, balki sizsiz ham o‘sa oladigan mexanizm qoldirishdir.
"Factfulness"da aytilganidek, dunyo biz ko‘rmagan darajada, kamida 10 barobar yaxshilangan. Biz buni faqat his-tuyg‘u bilan emas, raqamlar bilan tahlil qilganimizda ko‘ramiz.
Premier Electronics’dan juda iliq emotsiyalar va katta minnatdorchilik bilan ketyapman. Jamoaning salohiyati juda yuqori va men bu jamoa bilan faxrlanaman.
Yil yakunida hissiyotlarga emas, faktlarga tayanib xulosa qiling. Shunda o‘sishni aniq ko‘rasiz.
Oldinda yangi maqsadlar va yangi loyihalar !

🔥24