Shohzod Polatov | ScaleUp
1.36K subscribers
97 photos
20 videos
5 files
34 links
Marketing, biznes va growth management haqida strategiyalar, texnikalar, case-study va lifehacklar - tajriba va xatolar orqali.
Marketing director | Product Marketer | Growth Manager
Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Download Telegram
Yana GPT-mi ?
(Jig'imga tegdi shu savol)

Rosti, shu savolni eshitsam, biroz g'ashim keladi. Qachonki biror ishni osonroq, tezroq qilsangiz, kimdir kesatish aytadi. Bu xuddi shunday eshitilgandek bo'ladi:
🔴" Yana Google-mi ? "
(Nega ? Bitta ma'lumot topish uchun kutubxonaga borib, soatlab kitob titkilashimiz kerakmidi ?)
🔴" Yana Navigator-mi ? "
(Nega? Har chorrahada oynani tushirib, "aka, falon ko'cha qayerda ?" deb so'rab ketishimiz kerakmidi ? )
🔴"Yana Yandex-mi?"
(Nega ? Sovuqda ko'chada yarim soat qaltirab, "brat, oborib qo'y" deb taksi "golosavat" qilish kerakmidi ?)
🔴"Yana Click/PayMe-mi?"
(Nega? Kommunal to'lov uchun bankka borib, bir soat navbat kutish yoki kassada "uzr, mayda yo'q" janjalini qilish kerakmidi ?)
🔴"Yana Telegram-mi?"
(Nega? Ikki og'iz gapni aytish uchun xat yozib, pochta orqali yuborib, haftalab javobini kutishimiz kerakmidi ?)
🔴"Yana "dostavka"-dan ovqat oldingizmi?"
(Nega? Charchab kelganda ham, yana ikki soat gaz plita oldida turishimiz shartmidi?)

Bizga 1 tugma bilan vaqt, pul va eng muhimi – asabimizni tejash imkoni berilgan bo'lsa, nega biz o'zimizni o'zimiz qiynashimiz kerak ?

Muammo vositada emas.
Muammo - O'g'rida.

Ha, men ham ro'ziman, bu narsalar yomon bo'lishi mumkin. Qachonki, bu vositalar bizga sovg'a qilgan vaqtni boshqa bir o'g'riga berib qo'ysak.
Keling, ochiq gaplashamiz.
Qachon yomon ?
⚪️Qachonki, "dostavka" tejab bergan 40 daqiqani kimningdir hayotini kuzatib, TikTokda yo'q qilsak...
⚪️Qachonki, ChatGPT 20 daqiqada tayyorlab bergan hisobotdan tejalgan vaqtni, kerakmas YouTube videolariga qurbon qilsak...
⚪️Qachonki, Google 5 daqiqada topib bergan ma'lumotdan tejalgan vaqtni, yana o'sha telefonda onlayn g'iybatlarga sarflasak...

Mana bungga men qat'iyan qarshiman !
Men vaqtni tejaydigan vositalarga emas, tejalgan vaqtni behuda yeydigan odatlarga qarshiman.

Shunday ekan, "Yana GPT-mi?" degan odamga qarab jilmaying-da, o'zingizga savol bering:
" Xo'sh, GPT menga hozir 30 daqiqa yutib berdi. Shu 30 daqiqani endi qaysi o'g'riga beraman:
Reelsgami yoki o'zimni rivojlantirishgami ?"

Barchaga dam olish kunlari hayrli bo'lsin !
@scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥34
Eng katta muammoingiz - 60 soniyada hal bo’ladi !

Oxirgi marta 4 kun oldin yozgan ekanman. Sababi - Xalqaro Expoga tayyorgarlik qilib yurgan edim. Ammo bu shunchaki yugur-yugur bo‘lmadi, kechagi kichik lekin muhim keys haqida yozmoqchi edim. Ko‘rgazmaga yuqori martabali Davlat vaziri keldilar. Stendimiz bilan tanishib, to‘g‘ri rahbarimizga savol berdilar:

"Yaxshi. Nima muammoingizni hal qilib beray?"

Shu joyda "stop".
Tasavvur qiling, o‘sha paytda rahbarimiz ikkilanib, "Hamma ish joyida, rahmat" yoki "O‘ylab ko‘rish kerak..." deganda nima bo‘lardi? Imkoniyat eshiklari yopilardi.
Lekin u kishi bir soniya ham ikkilanmadi. Aniq bir muammoni, qisqa va lo‘nda qilib aytdi.
Vazirning javobi ham xuddi shunday aniq bo‘ldi: "Bo‘ldi. Muammosiz hal qilamiz".
Tamom.

Bu aynan "Elevator Speech" biznes terminiga to’g’ri keladi. G‘oyangizni, taklifingizni yoki muammoingizni lift bir qavatdan ikkinchisiga chiqquncha ulguradigan (30-60 soniya) vaqtda "sotish" san'ati.
Ko‘pchilik buni faqat investor izlaganda kerak deb o‘ylaydi. Lekin kechagi holat ko‘rsatdiki, siz har doim tayyor turishingiz kerak. Imkoniyat Vazir qiyofasida keladimi yoki o‘z rahbarnigiz qiyofasidami - farqi yo‘q.

Sizda rahbarnigiz uchun 1 daqiqalik "pitch" bormi ?
Tasavvur qiling, koridorda rahbarnigiz bilan to‘qnash keldingiz. U sizdan so‘radi: "Xo‘sh, nima yangiliklar? Meni nima bilan xursand qilmoqchisan?"
Sizda o‘sha 1 daqiqa bor. Nima deysiz?
"Yuribmiz-da sekin..." deysizmi?
Yoki:
"Menda bir g‘oya bor. U X muammoni hal qiladi, Y natija olib keladi. Bunga menga Z resurs kerak." deb ayta olasizmi ?

Ustozimiz Alisher Isaev aytgandek muammoni 3D (XYZ) ko’rish kerak tadbirkor yoki Top menejer.

Xullas, Expo menga yana bir bor shuni eslatdi: Imkoniyat ogohlantirib kelmaydi. Kelgungacha 1 daqiqalik savdo taklifingizni tayyorlab qo‘yish esa - sizning vazifangiz.

@scaleupuz
🔥22
Manga "Puling kuyadi, baribir yopiladi" deyishgandi

6 yil oldin men kafe ochishga qaror qildim. G'oya pishdi, reja tayyor. Buni yaqin do'stim bilan o'rtoqlashdim. U bos do'stim, man oldingdaman dedi, bir do'stim:
"Nima qilasan bu ishni boshlab? Ertaga puling ham kuyadi, kafeying ham baribir yopiladi. Bu noto'g'ri ish."
Lekin men baribir o'z yo'limdan qolmadim.

O'shandan beri 6 yil o'tdi. O'sha "yopilib ketadigan" kafe haligacha foydada ishlayapti. Bu voqea nima uchun "To'g'ri" va "Noto'g'ri" degan gaplarga ishonmasligimni mukammal ko'rsatib beradi. Noto'g'ri bu xato degani emas. Bu qo'rquv degani. Do'stim menga "bu noto'g'ri" deganida, u aslida haqiqat emas. U o'zini qo'rquvlarini fakt qilib aytayotgandi.

U aslida shunday demoqchi edi:
"Men bu ishni qilishga qo'rqardim. Men o'xshatishga ko'zim yetmasdi. Men kuydim (yoki kuyganlarni ko'rdim)." Uning shaxsiy qo'rquvi – bu uning haqiqati. Lekin bu mening haqiqatim bo'lishi shart emasdi.

To'g'ri bu haqiqat degani emas. Bu omad degani. Xuddi shu vaziyatning teskarisi ham bor. Kimdir kelib, "Faqat fast food och, shu to'g'ri yo'l, men pul qildim" deyishi mumkin edi. Bu ham haqiqat emas. Bu shunchaki - menda o'xshadi degani. Uning omadi – uniki. Uning yo'li sizga to'g'ri kelishi aniq emas.

Bitta so'z hamma narsani o'zgartiradi
Do'stim o'shanda bitta muhim so'zni unutgandi: "MENIMCHA."

Agar u: "Menimcha, do'stim, bu juda riskli. Puling kuyib qolishidan qo'rqaman," – deganda, bu hukm bo'lmasdi. Bu fikr bo'lardi. Men buni eshitardim, tahlil qilardim va o'z qarorimni qabul qilardim.

Sizning hayotingiz unikalsiz. Sizning maqsadingiz, resurslaringiz va jasoratingiz - faqat sizniki. Birovning qo'rquvlari sizning chegarangizga aylanishiga yo'l qo'ymang. Birovning omadli tajribasi esa siz uchun yagona to'g'ri yo'l emas.

Maslahatni eshiting, lekin filtrlashni o'rganing.

@scaleupuz
🔥25
"Sotishni o'rganing. Yaratishni (qurishni) o'rganing. Agar ikkalasini ham qila olsangiz, sizni to'xtatib bo'lmaydi."

🔴Yaratish (Build): Bu bozorga kerak bo'lgan narsani (mahsulot, xizmat, dasturiy ta'minot) yarata olish qobiliyati.
🔴Sotish : Bu o'sha yaratilgan narsaning qiymatini odamlarga tushuntira olish, uni bozorga olib chiqa olish va kelishuvga erisha olish qobiliyati.

Ko'p odamlar faqat bittasini yaxshi bilishadi. Ba'zilar ajoyib muhandis yoki ijodkor bo'lishadi, lekin "sotishni" bilishmaydi va ularning ishi e'tibordan chetda qoladi. Boshqalar ajoyib sotuvchi bo'lishadi, lekin mustaqil ravishda hech narsa yarata olishmaydi. Agar siz ham ajoyib mahsulot yarata olsangiz, ham uni atrofingizga qanday taqdim etishni bilsangiz, siz muvaffaqiyatga erishish uchun deyarli cheksiz imkoniyatga ega bo'lasiz.

Yana bir qo'shimcha fikri:
🔴"Agar siz sotishni bilmasangiz, siz mahsulot emas, balki o'z vaqtingizni sotadigan yollanma ishchiga aylanasiz."

Ikki yo’l ham o’z qiymatiga ega. Biri biridan ustun degan fikrga qo’shilmayman.

@scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14
Muvaffaqiyat - narxi qancha ?

Ko‘pchilikdan so‘rasangiz, darrov boshlanadi: "tinimsiz mehnat", "uyqusiz tunlar", "qiyinchilikni yengish" va hokazo...
To‘g‘ri, har kimni o‘z haqiqati bor, lekin manda bu bo‘yicha aniq bir qarash shakllangan. Balki g‘alati tuyular, lekin eshitib ko‘ring:

Muvaffaqiyat - bu sizga oson, boshqalarga esa qiyin bo‘lgan ish !

Qarang, qiziq joyi shundaki: Agar biror ish sizga oson tuyulyaptimi, demak bu "prosta tak" emas. Demak, siz buni bilasiz, qo‘lingizdan keladi, bu sizning fishkangiz.
Agar biror narsa sizga qiyin tuyuldimi, demak sizda u haqida yetarli informatsiya yo‘q. Bo‘ldi, bor yo‘g‘i shu.

Qiyin va oson degan narsa - aslida nisbiy tushuncha.
Biz ko‘pincha muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zimizni qiynashimiz shart deb o‘ylaymiz. Aslida esa, haqiqiy natija siz mazza qilib bajaradigan, lekin boshqalar "qanaqa qilib qilding ?" deb hayron qoladigan o‘sha ishda yotibdi.

Xo‘sh, sizda ham bormi shunaqa narsa? Boshqalar qiynalib qiladigan, lekin siz uchun "suv ichgandek" oson tuyuladigan ish ?

@scaleupuz
🔥20
Agressiv (mahsulotni tiqishtirish) savdo - bu san’atmi yoki ojizlik ?

Sotuvda hamma biladigan bitta oltin qoida bor deyishadi: "Mijoz yo'q deganda haqiqiy sotuv boshlanadi".
Lekin ko'pchilik buni noto'g'ri tushunadi.
Hammamiz bozorga yoki biror do'konga kirganimizda duch kelganmiz: Sotuvchi yopishib oladi. Hali nima kerakligini o’ziz ham aniq bilmisiz, u sizga eng qimmatini, eng "xodovoyini" tiqishtirishga tushadi.
- "Aka, oling, bunaqasi boshqa yo'q, faqat sizga skidka qilaman, hozir olmasez ketib qoladi..."
Sizda nafas olishga imkon qolmiydi. Oxiri yo narsani sotib olasiz (qutulish uchun), yoki jahl bilan chiqib ketasiz.

Ko'pchilik "uddaburon" sotuvchilar buni o'zlarining yutug'i deb bilishadi.
Menimcha esa, bu - aksi.

Nega?
Chunki o’ziniki tiqishtiradigan sotuvchi - bu psixologik jihatdan o'ziga ishonmagan odam. U mahsuloti mijozning muammosini chindan hal qilishiga ishonmaydi, shuning uchun faqat bosim (davleniya) va manipulyatsiya orqali sotishga urinadi. U xuddi "Bugun aldab sotib olsam bo'ldi, ertaga nima bo'lsa bo'lar" degan prinsipda yashaydi.

Haqiqiy sotuvchi esa boshqacha ishlaydi.
U xuddi shifokorga o'xshaydi. Avval "diagnoz" qo'yadi.
Sizni eshitadi. Og'riqli nuqtangizni topadi. Va shunchaki tovar emas, yechim taklif qiladi.
Qizig'i shundaki, u sizga bosim o'tkazmaydi, lekin siz o'zingiz u aytgan narsani sotib olishga majbur bo'lib qolasiz. Chunki u sizga nima kerakligini sizdan yaxshiroq tushuntirib berdi.

Grant Cardone “Sell or be Sold” kitobida: "Yo'q" degan javobdan qo'rqmaslik kerak. Lekin qat'iyat bilan "surbetlik" o'rtasida katta jarlik bor.
🔴Biri - mijozga yordam berish istagidan kelib chiqadi.
🔴Ikkinchisi - faqat o'z cho'ntagini o'ylashdan.

Marketing rahbari sifatida shuni aytaman: Bosim bilan sotilgan mahsulot - bu sekin ta'sir qiluvchi zahar.
Mijoz uyiga borgach, "Meni laqillatishdi" degan his keladimi ? Tamom. U qaytib kelmaydi. Brend obro'si bir tiyin bo'ladi.

Sizningcha, hozirgi zamonda uyatni yig'ishtirib agressiv sotgan yutadimi yoki mijozning ko'ngliga qarab konsultant bo'lganmi?

@scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9
PM 2.5 faqat havoda emas, miyangizda ham bor !

Shu kunlarda kuzatdim. Toshkentni quyuq tuman va chang qoplagan. Atrofimdagi odamlarni munosabatini 3 toifaga bo'ldim va buni xuddi biznesdagi holatga o'xshatdim:
🔴Nolib o'tiradiganlar: "Havo yomon, Dovlat qatga qaravotdi, hammasi tomom bo'ldi".
Biznes tilida: "Dollor oshdi, klient yo'q, bozor o'ldi" deydiganlar. Ular faqat gapiradi, harakat nol.
🔴Qochib ketadiganlar: "Dubayga ketaman, tog'ga chiqib ketaman".
Biznesda: Muammo chiqqanda mas'uliyatdan qochib, telefonini o'chirib qo'yadiganlar.
🔴Moslashuvchilar (Harakatdagi odamlar): Ular vaziyatni o'zgartira olmasligini tushunadi. Shuning uchun darhol sharoitga moslashadi. Uyga havo tozalagich oladi, maska taqadi va ishini davom ettiradi.
Yoki bundan ham o'tib - shu muammodan yechim yasab sotadi. Misol uchun: maska biznesi, tozalagich reklamasi.

Havo - bu sharoit. Uni o'zgartirish qiyin. Sizning reaksiyangiz - bu tanlov.

Hozir biznesingizda yoki hayotingizda havo buzilgan bo'lsa, nolib o'tirmang. Yechim toping va moslashing. Chunki quyosh baribir chiqadi !

@scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26
"Oka, buni telefonimda ham olardim..." (yoki mijozlarning 10 yillik tahmini)

Kecha ofisda jamoamizdagi 3D-grafist xodimim bilan gaplashib qoldik. U har doim mukammal renderlar, murakkab grafika bilan ishlaydigan yigit. Lekin suhbat orasida u menga qiziq savol berdi:
"Shohzod aka, nega hozir hamma jiddiy brendlar ham vertikal video formatiga o'tib ketyapti ?
Bu savol meni uzoq 2012-yilga, shaxsiy video studiyam bor va montaj pulti ortida tunu-kun o'tiradigan paytlarimga olib ketdi.
Bu sohadan chiqib ketganimga 5 yildan oshdi. Hozir Marketing rahbari sifatida production jamoalariga o'zim topshiriq beraman. Lekin o'sha paytda eng alam qiladigan bir holat bo'lardi.
Tuni bilan montaj qilib, ranglarni to'g'irlab, ishni topshirganimizda, ba'zi mijozlar shunday derdi:
- "Oka, buni man o'zimni oddiy telefonimda ham shunaqa qilib olib berardim..."

O'shanda bu gap bizga haqoratdek tuyulardi. "Qanaqasiga? Axir biz falon ming dollarlik kamerada oldik-ku!" deb ichimizda jahlimiz chiqar edi.

Bugun esa vaziyat o'zgardi.
O'sha mijozlarning gapi bashorat bo'lib chiqdi. Hozir ba'zi katta studiyalarning video materiallaridan ko'ra, oddiy iPhone’da samimiy olingan videolar marketingda yaxshiroq natija beryapti. Hatto 3D mutaxassislari ham buni tan olib turibdi.
Xo'sh, Marketing rahbari sifatida 2015 va 2025-yil o'rtasidagi farqni nimalarda ko'ryapman?

🔴Format jangi: Gorizontaldan Vertikalga
- 2015: Biz videoni "kino" deb bilardik. Ekranni to'ldirish uchun telefonni yotqizib (landscape) ko'rardik.
- 2025: Odamlar telefonni burishga erinadi. Hamma narsa 9:16 (TikTok, Reels). Kim vertikal formatda ekranini to'liq egallasa - o'sha yutadi.
🔴Ideal vs Samimiy
- 2015: "Silliq" kadrlar, sun'iy tabassumlar, studiya chirog'i.
- 2025: Odamlar "reklama"dan charchadi. Hozir trend - tabiiylikda. Qancha oddiy, qancha tabiiy bo'lsa, mijoz shuncha ko'p ishonadi. Ba'zi studiyalar buni tushunmay, haliyam 10 yil oldingi standartda qolganiga achinasan kishi.
🔴Montaj va dinamika
- 2015: Intro, logotip aylanishi, sekin musiqa... (Odamlarda sabr bor edi).
- 2025: 3 soniya qoidasi. Agar videongiz boshida huk bo'lmasa, shafqatsizlarcha o'tkazib yuborishadi.

Men hozir buyurtmachi sifatida shuni aytaman: Menga videoning qaysi kamerada olingani emas, uning natija keltirishi muhim.
Avvallari biz mijozni texnikaning kattaligi bilan hayron qoldirgan bo'lsak, hozir g'oyaning soddaligi va samimiylik bilan ushlab turilibmiz.

@scaleupuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18
AI-VEGANLIK

Hamma narsa sun’iy bo‘lib ketgan paytda, "Bu 100% inson tomonidan yozilgan" degan belgi xuddi organik mahsulotdek qadrlansa kerak. Xuddi yaqin-yaqinlarda texnologiya rivojlanishi "Hand-made" buyumlarning qadrini baland qilib yuborganidek !

@scaleupuz
1🔥17
Mening qo'limda hech kim ishlamaydi, men rahbar emasman...

Ko‘pchilik liderlikni faqat kreslo, yumshoq mebel, qo'l ostidagi xodimlar deb tushunadi - bu eng katta xato fikr!
Siz xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, tug'ilganingizdan beri ulkan bir kompaniyani Bosh direktori (CEO) hisoblanasiz. Bu korporatsiyaning nomi - sizni hayotingiz.
Ishonmayapsizmi? Keling, kompaniyangizdagi bo'limlar ishini tekshiramiz ya'ni audit o'tkazamiz:
- Moliya bo‘limi: Oylik maosh tushdi. 10 kun o'tmay "pul qayerga ketdi?" deb o'tiribsiz. Impuls xaridlar, keraksiz to'lovlar... Natijada sizning kompaniyangiz doimiy "kassoviy razriv" holatida. Siz moliyaviy direktorsiz, lekin byudjetni bankrot qildingiz.
- HR bo‘limi: Atrofingizda kimlar bor? Faqat noliydigan, g‘iybat qiladigan, maqsadi yo'q va sizni rivojlanishdan to'xtatadigan do‘stlarmi ? Natijada siz jamoani noto‘g‘ri yig'gansiz. Ular kompaniyani pastga tortyapti, siz esa ularni ishdan bo'shatishga (aloqani uzishga) qo‘rqyapsiz.
- Strategik rivojlanish bo'limi: Dam olish kunlari yoki ishdan keyingi vaqtni qanday o'tkazasiz? Rejasiz, divanda yotib, soatlab Instagram lentasini aylantirib... Natija: Raqobatchilaringiz (dangasalik, nafs va qo'rquv) bozorni egallab oldi. Sizda o'sish strategiyasi yo'q.
- Texnik xizmat (Sog'liq): Noto'g'ri ovqatlanish, kam uyqu, sport yo'q. Natija: Asosiy ishlab chiqarish uskunasi (tanangiz va miyangiz) tez orada ishdan chiqadi. Remont esa qimmatga tushadi.

Sizga Direktor degan buyruq shart emas. Siz baribir boshqaruvdasiz.
Gap shundaki: Siz o'z korxonangizni foydaga olib chiqayotgan kuchli Lidermisiz yoki uni sekin-asta inqirozga yetaklayotgan yomon menejermsiz?

@scaleupuz
🔥18
2026-yilda marketingda yutqazishingiz aniq. Agar buni hozir tushunmasangiz.

Hozir hamma sun’iy intellekt va ChatGPT haqida gapiryapti. Lekin ko‘pchilik marketologlar bitta oddiy va qo‘rqinchli haqiqatni payqashmayapti.
Biz hammamiz bor kuchimizni Instagram, YouTube va Telegram kanallariga tikkanmiz. Videolar olamiz, montaj qilamiz, layk yig‘amiz. Lekin kelajak qidiruv tizimi bu ijtimoiy tarmoqlar emas.

Muammo nimada?
Odamlar Google o‘rniga AIdan maslahat so‘rashga o‘tmoqda. Mijoz ertaga AIdan so‘raydi: "O‘zbekistondagi eng ishonchli qurilish kompaniyasi qaysi?" yoki "Toshkentdagi eng yaxshi o‘quv markazini topib ber".
Shu nuqtada sizning Instagramdagi millionlab prosmotrlaringiz bir tiyin bo‘lishi mumkin.
Nega? Chunki sun’iy intellekt javob izlayotganda Instagram yoki Telegram ichiga kirmaydi. U yerdagi videolar va yopiq postlarni o‘qiy olmaydi.

AI ma’lumotni faqat ochiq internetdan (open source) oladi:
- Yangiliklar saytlari;
- Katta portallar;
- Rasmiy veb-saytlar va forumlar;

Agar siz haqingizda kun.uz, daryo.uz, spot.uz yoki boshqa jiddiy saytlarda maqolalar bo‘lmasa, sun’iy intellekt uchun siz yo‘qsiz. Siz shunchaki ko‘rinmas odamsiz.
Xulosa SMM qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u sizni AI tavsiyalariga olib kirolmaydi. Bizga eski va sinalgan PR kerak.
Matbuotda ko‘rinish berish, maqolalar chiqarish va internetda nom qoldirish - bu shunchaki obro‘ emas. Bu ertaga mijoz sizni AIdan qidirganda "Mana, eng zo‘ri shu!" degan javobni olishi uchun yagona yo‘l.

AI davrida ko‘rinmas bo‘lib qolmang. PRni esdan chiqarmaylik.
(Marketing sohasidagi tanishlaringizga yuboring. Bu muhim !)
@scaleupuz
🔥25
Texnologik ustunlik vaqtinchalik, brend esa doimiy

B2B sohasida ko‘plab kompaniyalar o‘z mahsuloti yoki texnologiyasiga tayanib o‘sadi. Ammo bugungi kunda har qanday texnologik ustunlik (innovatsiya) uzog‘i bilan 6 oy davom etadi. Raqobatchilar paydo bo‘lishi bilan sizning o‘ziga xosligingiz yo‘qoladi. Agar kuchli brendingiz bo‘lmasa, siz shunchaki narx bo‘yicha raqobatlashadigan oddiy tovarga (commodity) aylanasiz.

@scaleupuz
🔥19
"Bizda sifatli" deyishni to‘xtating.
Bu endi ishlamaydi !

Bugungi marketingda ko‘pchilik qiladigan katta xato bor: hamma o‘zini maqtash bilan ovora. "Bizda u bor, bizda bu bor" degan yondashuv mijozlarni allaqachon zeriktirgan.
Aslida, har qanday texnologik ustunlik yoki "yangi funksiya" uzog‘i bilan 6 oy yashaydi. Raqobatchilar paydo bo‘lishi bilan sizning o‘ziga xosligingiz yo‘qoladi va shunchaki narx talashadigan oddiy tovarga aylanib qolasiz.
Aynan shu nuqtada sahnaga Brend chiqadi.

Brendning vazifasi - bu shunchaki sotish emas.Brend - bu xaridor uchun xuddi eski qadrdon do‘stdek gap. Odamlar notanish kishidan narsa sotib olishdan qo‘rqishadi, lekin tanishi tavsiya qilsa, ikkilanmay pul to‘lashadi. Brend savdo jarayonidagi qo‘rquv to‘sig‘ini olib tashlaydi."
Bunga erishish uchun men hozir Point of View, ya'ni "Ekspert Qarashi" strategiyasiga urg‘u beryapman.
Bu - mijozga shunchaki tovar emas, balki yangi haqiqatni ochib berishdir.
Farqni ikkita jonli misolda tushuntiraman.

Birinchisi, Xususiy maktab loyihasi:
Oddiy yondashuv: "Bizda ingliz tili chuqurlashtirilgan va 3 mahal ovqat bor."
Brend yondashuvi (Ekspert qarashi): "Farzandingizning kundaligidagi 5 baholar kelajakdagi muvaffaqiyat kafolati emas. Sun'iy intellekt davrida yodlash emas, fikrlash muhim. Biz bolani shunchaki o‘quvchi emas, kelajak lideri bo‘lishga tayyorlaymiz."

Ikkinchisi, Maishiy texnika (Premier misolida):
Oddiy yondashuv: "Bizda eng arzon konditsionerlar va kir yuvish mashinalari bor."
Brend yondashuvi (Ekspert qarashi): "Arzon texnika aslida sizga eng qimmatga tushadi. Siz kassada kam to‘lashingiz mumkin, lekin keyingi 3 yilni shovqin va ustalar bilan o‘tkazasiz. Sifat - bu hashamat emas, bu sizning oilaviy xotirjamligingiz."

Xulosa shuki, kuchli brendlar mahsulot sotmaydi. Ular mijozning dunyoqarashini o‘zgartiradi. Agar sizda brend bo‘lmasa, har bir mijoz uchun kurashishga majbur bo‘lasiz. Agar brend bo‘lsa, mijozlarning o‘zi sizni qidirib topadi.

Siz qaysi yo‘lni tanlaysiz: har kuni mijoz quvishnimi yoki ularni o‘ziga tortadigan magnit bo‘lishnimi?

@scaleupuz
🔥16
Comfort zona, qiyin qaror va yangi bosqich

Bugun 1-dekabr.
Yilning oxirgi oyi va men uchun Premier Electronicsdagi oxirgi 30 kunlikning boshlanishi.
Ochig‘ini aytaman, bu qarorga kelish oson bo‘lmadi. Bir tomondan qarasa, hammasi joyida: kompaniyada o‘sish agressiv (yillik 30-40%), rejalar 90% dan yuqori yopilyapti, jamoa kuchli. Sharoitlar zo‘r, qilingan ishlar ham kam emas. Lekin aynan mana shu "hammasi joyida" degan his meni biroz comfort zonaga tushirib qo‘ygandek tuyuldi.

Maqsadlarim tinchlik bermadi. Keyingi yil o‘zimni bu yerda ko‘ra olmadim. Balki bu ichimdan qiynayotgan ambitsiyalar tufaylidir, bilmadim.
Hozir shaxsiy biznesim ham yillik yarim millionlik aylanmaga chiqib oldi. Endi bor fokusni o‘sha yerni kengaytirishga, onlayn loyihalarimga va o‘z oldimga kuchli jamoa yig‘ishga qaratmoqchiman. Hozirgi natijalarim o‘zimni qoniqtirmayapti, ko‘prog‘ini xohlayapman.
Ketish oldidan esa bitta muhim ishim bor. Oxirgi loyihamni ommaga taqdim qilib, chiroyli yakun yasab ketmoqchiman. Toki, "shu ishga men sababchi bo‘lgandim" deya olay.

Xullas, oxirgi oyni iliq kayfiyatda, bor kuchim bilan ishlab, yorug‘ yuz bilan yakunlash niyatidaman.

P.S. Yil so‘ngida esa albatta batafsil uzun post bo‘ladi. Bu kompaniyadagi faoliyatim, yutuqlarim va eng asosiysi - provallarim haqida ochiq hikoyani yozaman. Kutib qoling.

@scaleupuz
🔥34
Hamma ishni o‘zingiz qilmang.
10-80-10 qoidasini qo‘llang

Boshqaruvni qo‘ldan boy bermasdan vazifalarni topshirishning eng samarali formulasi shu.
- Boshlang‘ich 10 foiz
G‘oya, maqsad va yo‘nalishni siz belgilab berasiz. Nima kerakligini va qanday natija kutayotganingizni jamoaga aniq tushuntirasiz.
- Asosiy 80 foiz
Bu jarayonda jamoangiz mustaqil ishlaydi. Siz chetda turasiz va jarayonga aralashmaysiz. Ularga erkin ishlashga va o‘z yechimlarini topishga imkon berasiz.
- Yakuniy 10 foiz
Ish bitgach, natijani tekshirasiz. O‘z tajribangiz bilan yakuniy tuzatishlarni kiritasiz, kamchiliklarni to‘g‘irlaysiz va ishni qabul qilasiz.

Agar o‘rtadagi 80 foizga aralashsangiz, xodim o‘smaydi va robotga aylanadi. Agar yakuniy 10 foizni nazorat qilmasangiz, sifat tushib ketadi.

Balansni ushlang va biznesingizni o‘stiring.


@scaleupuz
🔥25
Hayotda ikki xil ustoz bor:
Biri senga nima qilishni o‘rgatsa,
Ikkinchisi nima qilmaslikni ko‘rsatadi.

@scaleupuz
🔥20
Necha kunlik chang va g‘ubordan keyin tiniq osmonni ko‘rishni o‘zi bayram ekan-u, yana samolyotni ko‘rib yosh boladek quvonyapman. Muhimi havo ochilib kameramni zoomi pand bermadi va bugungi kunning kichik quvonchi topildi.
Kayfiyat ham shu samolyot kabi balandda bo‘lsin !

@scaleupuz
🔥18
2026-yil Digital Marketing trendlari;
Strategiyangizni o‘zgartirishi kerak bo‘lgan 20 ta insayt


Neil Patelning 2026-yilgi Digital Marketing trendlari bo‘yicha meet'ini ko'rib, juda qiziq va dolzarb fikrlar bor ekan, o‘zim uchun belgilab olgan eng muhim 20 ta xulosani sizlarga ham ulashmoqchiman.

Qidiruv va xaridor xatti-harakati o‘zgarmoqda

- Ijtimoiy tarmoqlar bu yangi qidiruv tizimidir. Odamlar bugungi kunda Google’dan ko‘ra ko‘proq TikTok, YouTube va Instagram orqali ma’lumot qidirmoqda.
- Platforma ichida savdo kuchayadi. 2026-yilda mijozni boshqa saytga yo‘naltirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy tarmoq ichida sotish yoki lid yig‘ish eng muhim omil bo‘ladi.
- B2B qarorlari ham ijtimoiy tarmoqda boshlanadi. Hatto jiddiy biznes egalari ham hamkor tanlashdan oldin LinkedIn va YouTube’dan qidiruvni boshlayapti.
- Haqiqiylik reklamadan ustun. Odamlar chiroyli reklamadan ko‘ra, oddiy foydalanuvchilarning real sharhlari va video-demolariga ko‘proq ishonadi.
- Ta’lim beruvchi kontent trendda. Foydalanuvchilar shunchaki ko‘ngilxushlik emas, muammoga aniq yechim beradigan o‘rgatuvchi materiallarni qidirmoqda.

Kontent va AI strategiyasi

- Algoritmlar javoblarni yaxshi ko‘radi. Ijtimoiy tarmoqlar endi savollarga aniq va lo‘nda javob beradigan, tuzilishi tushunarli kontentni tepaga chiqarmoqda.
- Taglavhalar bu SEO. Post ostiga yoziladigan matnlar shunchaki bezak emas, ular qidiruv tizimida topilishingiz uchun kalit vazifasini bajaradi.
- Videodagi yozuvlar ham o‘qiladi. Sun’iy intellekt videodagi tasvir va ekrandagi matnlarni o‘qiy oladi, shuning uchun videoning o‘zida kalit so‘zlarni yozish muhim.
- AI ijodkorlikni o‘ldirmaydi, jarayonni tezlatadi. Sun’iy intellektdan g‘oya topish, rejalashtirish va tahrirlashda foydalanish kerak, lekin ijod insonning o‘zida qoladi.
- O‘qishga qulaylik. Odamlar va algoritmlar matnni oson o‘qishi uchun ro‘yxatlar, sarlavhalar va qisqa paragraflardan foydalanish shart.

Ish jarayoni va samaradorlik

- Bitta g‘oya, ko‘plab formatlar. Bitta katta mavzuni maqola, post, qisqa video va karusel qilib turli formatlarda tarqatish kerak.
- Uzun videodan qisqa videolar yasash. Uzun videoni suratga olishda uni oldindan bo‘laklarga va qiziqarli ilmoqlarga ajratib rejalashtirish, keyinchalik undan 6-7 ta Shorts yoki Reels yasashga imkon beradi.
- Vaqtni tejash. To‘g‘ri rejalashtirish orqali oyiga atigi 2 soat vaqt ajratib, bir oylik barcha video kontentni yozib olish mumkin.
- Bloglarni qayta ishlash. Blog postning sarlavhasi LinkedIn postiga, ichidagi bo‘limlar esa Instagram karuseliga aylanishi mumkin.
- Barqarorlik ishonch kalitidir. AI va avtomatlashtirish vositalari yordamida doimiy ravishda kontent chiqarib turish brendni quradi.

Natija va kelajak o‘lchovlari

- Saytga kirmasdan ta’sir qilish. Odamlar saytingizga kirmasdan turib ham brendingiz haqida xulosa qiladi. Trafik kamaysa ham, brend tanilishi oshishi mumkin.
- Iqtiboslar yangi valyuta. Eng muhimi AI va platformalar sizni ishonchli manba sifatida ko‘rsatishi va sizdan iqtibos keltirishidir.
- Yangi o‘lchovlar. Endi faqat bosishlar soni emas, balki mijozning qanchalik tez qaror qabul qilishi va e’tibor qaratishdan qaytgan foyda o‘lchanadi.
- Trendlarni erta payqash. Trend cho‘qqiga chiqmasdan oldin unga kirish katta qamrov beradi, buning uchun sohadagi yetakchilarni kuzatib borish kerak.
- Kichik biznes uchun maslahat. Agar byudjet kam bo‘lsa, avval matnli postlar bilan sinab ko‘ring. Agar matn ommalashsa, keyin unga video oling. Bu eng tejamkor usul.

Sizningcha, 2026-yilda qaysi trend eng kuchli bo‘ladi?
Ushbu fikrlarga qo'shilasizmi ? Izohlarda fikringizni qoldiring.

@scaleupuz
🔥15
Har qanday marketing kampaniyasi atigi 5 ta qisqa jumlaga asoslanishi shart.

Bu formula mijozni A nuqtadan B nuqtaga olib boradi:
Muammo - Og‘riqli nuqtani qo‘zg‘ating.
Hamdardlik - Ularni tushunishingizni bildiring.
Yechim - Mahsulotni taqdim eting.
O‘zgarish - Mijoz kimga aylanishini ko‘rsating.
Natija - Baxtli yakunni tasvirlang.

Murakkablashtirmang. Aniq va lo‘nda gapiring.

@scaleupuz
🔥18
2026-yil rangi: Cloud Dancer

Pantone instituti kelasi yilning rangini e’lon qildi. Bu safar tanlov juda ma’noli. Yangi rangning nomi Cloud Dancer, ya’ni Bulut raqqosi.
Hozirgi zamonda atrofimiz juda shovqinli bo‘lib ketdi. Axborot ko‘p, hamma shoshgan, hamma qayergadir yugurgan. Pantone bu rang orqali bizga eng kerakli narsani, ya’ni xotirjamlikni eslatmoqchi.
Ular bu rangni shovqinli dunyoda tinchlik shiviri deb ta’riflashdi.

Haqiqatan ham, inson to‘g‘ri fikrlashi va ijod qilishi uchun unga sukunat kerak. Bu rang xuddi osmondagi bulutlar kabi yengil bo‘lishga, ortiqcha yuklardan xalos bo‘lib, diqqatni eng muhim maqsadlarga qaratishga chorlaydi.

Biznesda ham, hayotda ham o‘sish uchun ba’zan to‘xtab, chuqur nafas olish va miyani tiniqlashtirish kerak. Bu rang aynan shuning ramzi.

@scaleupuz
🔥16