TATU Samarqand filiali | RASMIY
2.94K subscribers
16.5K photos
1.24K videos
117 files
6.22K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Axborot xizmati
Murojaat: @press_sbtuit_murojatbot
Direktorga murojaat:
@samtuit_murojaat_bot
Download Telegram
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida rahbarlik va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan iqtidorli bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda viloyat hokimligi tashkiliy - kadrlar guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev hamda filial direktori Zaynidin Karshiyev, shuningdek, bir qator masʼullar ishtirok etishdi. Masʼullar filial iqtidorli bitiruvchi talaba-yoshlarining kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishishdi.

📌Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

Bizni kuzating👇🏼

Facebook |Telegram |Instagram |youTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_SF_OAV_Nigohida

🗞Talabalar "HACKATHON"da.Ushbu sarlavha ostidagi maqola "Samarqand yoshlari" gazetasining 2024-yil 30-may sanasida chop etilgan boʻlib, joriy yilning 10-sonidan o'rin olgan.

📝Maqolada TATU Samarqand filiali talabalari Hackathon tanlovida ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni olgani haqida soʻz yuritilgan.

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

Bizni kuzating👇🏼

Facebook |Telegram |Instagram |youTube
➡️Ma’lumki, har o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida turli nomli davlat stipendiyalar, jumladan,

🔰“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”,

“Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi”
,

“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi”


➡️Soha stipendiyalaridan, “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi”,

“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi”
ham  o‘zlarining maxsus stipendiyalarini joriy etishgan.

📌Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan nomli davlat stipendiyalari hamda soha stipendiyalariga nomzod talabalar hujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirib, fakultet dekani tavsiyanomasi asosida joriy yilning 08-Iyun kuniga qadar TATU Samarqand filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi (A – bino, 212-xona)ga topshirishingiz mumkin.

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

Bizni kuzating👇🏼

Facebook |Telegram |Instagram |youTube
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha

🏛Samarqand davlat universiteti boshchiligida Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlar uchun Zoom platformasi orqali “Maʼrifiy targʻibot” mavzusida oʻquv kursi tashkil etildi.

📌Ushbu zoom yig'ilishida TATU Samarqand filiali manaviy-marifiy soxaga masullar, tyutorlar ishtirok etishdi.

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

Bizni kuzating👇🏼

Facebook |Telegram |Instagram |youTube