MAHINUR ACADEMYπŸ’¦
140 subscribers
2.31K photos
805 videos
1 file
1.34K links
π‘½π’‚π’›π’Šπ’šπ’‚π’• π’’π’Šπ’…π’Šπ’“π’Žπ’‚π’π’ˆ, π’—π’‚π’›π’Šπ’šπ’‚π’•π’π’Š π’šπ’‚π’“π’‚π’•π’Šπ’π’ˆ
𝑩𝒂𝒙𝒕 π’’π’Šπ’…π’Šπ’“π’Žπ’‚π’π’ˆ, π’ƒπ’‚π’™π’•π’π’Š π’šπ’‚π’“π’‚π’•π’Šπ’π’ˆ
π‘Ίπ’Šπ’› π’ƒπ’π’“π’π’Šπ’’π’…π’‚π’ π’π’Šπ’Žπ’‚ π’™π’π’™π’π’‚π’”π’‚π’π’ˆπ’Šπ’› π’”π’‰π’–π’π’Š π’ƒπ’†π’“π’‚π’…π’Š!
https://www.instagram.com/reel/C1tvcl8M
Download Telegram
Samasenka pastligining alomatlari?

Ba’zida inson oβ€˜ziga past baho qo'yadi, doimo ichki tanqidlar bilan yashaydi. Agar siz ham quyidagi holatlarni sezsangiz, ehtimol oβ€˜zingizni past baholashni boshlagansiz:

1️⃣ β€œYoβ€˜q” deyolmaslik – boshqalarga doimo rozilik bildirasiz, oβ€˜zingiz zarar koβ€˜rishingizga ham qaramay.

2️⃣ Oβ€˜zini tanqid qilish – oβ€˜z yutuqlaringiz va mehnatingizni qadrlamaslik, oβ€˜zingizni doim tanqid qilish.

3️⃣ Boshqalarning omadiga hasad qilish – ularning muvaffaqiyatini koβ€˜rolmay, ich-ichidan ranjish.

4️⃣ Oβ€˜zingizga yaxshi narsalarni ravo koβ€˜rmaslik – β€œMen bunga loyiq emasman” degan ichki ovoz mavjud.

5️⃣ Doimiy oβ€˜zini oqlash urinishlari – boshqalar oldida oβ€˜zingizni doim himoya qilish, aybni oβ€˜z boβ€˜yningizga olish.

❗Eslatib oβ€˜tamiz!
Siz oβ€˜zingizni sevsangiz, dunyo ham sizni sevadigan boβ€˜ladi.

πŸ”— Kanalimiz manzili
πŸ”₯1πŸ₯°1
Kelin bugun Siz va qalbingiz orasida bogβ€˜liqlik yaratamiz!

Qanday deysizmi? Postni oxirigacha oβ€˜qing! πŸ‘€
Sizda:
πŸ”Ή Depressiya alomatlari bormi?
πŸ”Ή Atrofdagilar bilan doim kelishmovchiliklar yuz beradimi?
πŸ”Ή Qalbingiz doim nimadandur gashlik bilan toβ€˜lib turadimi?
πŸ”Ή Har doim ideallikni qidirasizmi?

Agar ha, unda bu post aynan Siz uchun!

πŸ’‘ Eslatma: Hayotdagi eng katta sir – qalbingizni eshitish. Sizning his-tuygβ€˜ularingizni tushunish, ularni qabul qilish va oβ€˜zingiz bilan tinchlik topish – eng birinchi qadamingiz.

Shunday ekan, bugun oβ€˜zingizga bir necha daqiqa ajrating:
1️⃣ Chuqur nafas oling.
2️⃣ Qalbingiz nima his qilayotganini soβ€˜rang.
3️⃣ Javoblarni kuting va oβ€˜zingizni hukm qilmang.

πŸ’Œ Shu oddiy qadamlar bilan siz oβ€˜zingiz va qalbingiz oβ€˜rtasida haqiqiy bogβ€˜liqlikni his qilasiz.

πŸ”— Kanalimiz manzili
❀1πŸ”₯1
☝️ HAYOTNING 14 HIKMATI

1. Inson hayotidagi eng katta dushman β€” uning oβ€˜zi.

2. Inson hayotidagi eng katta ahmoqlik β€” yolgβ€˜on.

3. Hayotdagi eng katta magβ€˜lubiyat β€” manmanlik.

4. Hayotdagi eng katta qaygβ€˜u β€” hasad.

5. Eng katta xato β€” oβ€˜z-oβ€˜zingni yoβ€˜qotish.

6. Insonning eng katta aybi β€” yaxshilikni bilmaslik.

7. Eng katta afsus β€” oβ€˜z qadr-qimmatingni kamsitish.

8. Tublardan yuksalish β€” tahsinga loyiq jasorat.

9. Eng katta boylik β€” salomatlik va aql.

10. Eng katta judolik β€” umidsizlik.

11. Eng katta qarz β€” samimiy tuygβ€˜ular.

12. Hayotdagi eng katta tuhfa β€” oliyjanoblik.

13. Hayotdagi eng katta kamchilik β€” tushunmaslik.

14. Hayotdagi eng katta tasalli β€” savob ishlar.

Bu hikmatlarni shunchaki oβ€˜qib oβ€˜tish uchun emas…
Har birini qalbingizdan oβ€˜tkazing.


Chunki ba’zan inson baxtsiz emas β€” u shunchaki oβ€˜ziga qarshi yashayapti.

Bugun birini tanlang.
Va oβ€˜zingizga savol bering:
Men qaysi band ustida ishlashim kerak?


πŸ”— Kanalimiz manzili
πŸ”₯2πŸ₯°1
#Kun_hikmati

Buyuk ishlar qilishning yagona yo’li bu - qiladigan ishingizni sevib qilishingizdir.

©️Stiv Jobs


πŸ”— Kanalimiz manzili
πŸ”₯2πŸ₯°1
Yaxshilarim

Keling, bugun bir savolga javob topamiz: konsultatsiya nima va u kimlar uchun kerak?

Konsultatsiya β€” bu shunchaki dard aytish emas.
Bu ichingizdagi ogβ€˜riqning ildizini topish.

β€œNega men shundayman?” degan savolga javob izlash.

U kimlar uchun kerak?
– Ichki charchoqdan tinkasi quriganlar uchun.
– Koβ€˜nglida yigβ€˜ilib qolgan alamni yashirib yurganlar uchun.
– Oβ€˜zini anglashni istaganlar uchun.

Yordam soβ€˜rash zaiflik emas.
Bu β€” oβ€˜zini qadrlashning boshlanishi.

πŸ”— Kanalimiz manzili
πŸ”₯1πŸ₯°1
KONSULTATSIYA bu β€” shunchaki suhbat emas…

Bu sizning ong ichingizdagi yopiq eshiklarni birma-bir ochish jarayoni.

Bu β€” ichingizda yillar davomida yigβ€˜ilib qolgan alam, nafrat, ogβ€˜riq va savollarning ildiziga tushish.

Siz hozir nimadan charchadingiz?
Nega koβ€˜nglingiz gβ€˜ash?
Nega doimiy loqaydlik, tushkunlik tark etmaydi?
Koβ€˜pchilik alomat bilan kurashadi.

Ammo ildiz qoladi.
Konsultatsiya esa β€” ildizni topish. Bu jarayonda siz:
– ichki β€œmen”ingizni taniysiz,
– asl xohishlaringizni ajratasiz,
– nafrat va alamning sababini anglaysiz,
– β€œNima uchun aynan men?” degan savolga javob topasiz.
Ong kavlash β€” qoβ€˜rqinchli emas.
Qoβ€˜rqinchli narsa β€” oβ€˜zidan qochish.
Chunki insonning eng katta dushmani koβ€˜pincha uning oβ€˜zi boβ€˜ladi…

Konsultatsiya β€” bu oβ€˜zingiz bilan yuzma-yuz turish.
Ammo bu safar qoβ€˜rqib emas, anglab. Va anglagan inson β€” yengil tortadi.
Yengillik esa oβ€˜zgarishning boshlanishidir...

πŸ”— Kanalimiz manzili
❀1πŸ‘1πŸ₯°1
KONSULTATSIYA KIMLAR UCHUN KERAK?

Ba’zilar oβ€˜ylaydi:
β€œKonsultatsiya – faqat muammosi borlar uchun.”

Yoβ€˜q…
Konsultatsiya β€” oβ€˜sishni istaganlar uchun. Kimlar uchun kerak?

β€’ Hayotida chalkashlik sezayotganlar
β€’ Qaror qabul qilishda qiynalayotganlar
β€’ Oβ€˜ziga ishonchi pasayganlar
β€’ Depressiya, ichki boβ€˜shliqni his qilayotganlar
β€’ Ideal boβ€˜lishga haddan ortiq urinib charchaganlar
β€’ Munosabatlarda kelishmovchilikka duch kelganlar
β€’ β€œMen aslida kimman?” degan savol bilan yashayotganlar
Va eng muhimi β€”
oβ€˜zini yaxshiroq tushunishni istaganlar uchun.

πŸ”— Kanalimiz manzili
πŸ”₯2πŸ‘1
Qanday jarayon bu?

Konsultatsiya β€” bu oddiy suhbat emas.
Bu β€” qalb bilan ishlash jarayoni.

1️⃣ Siz gapirasiz.

2️⃣ Mutaxassis tinglaydi β€” hukm qilmaydi.

3️⃣ Sizni qiynayotgan ildiz sabab aniqlanadi.

4️⃣ Ichki toβ€˜siqlar ustida ishlanadi.

5️⃣ Yengillik va aniqlik paydo boβ€˜ladi.

Bu bir martalik β€œsehrli yechim” emas. Bu β€” oβ€˜z ustingizda ishlash yoβ€˜li.

Shuni unutmang:
Ba’zida insonning eng katta dardi β€” gapirilmagan dardidir…
Va ba’zida bir suhbat β€” yangi hayot boshlanishidir.

Agar qalbingiz signal berayotgan boβ€˜lsa…
Eshitmaslikka urinmang.

πŸ”— Kanalimiz manzili
❀1πŸ”₯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirli masalliq

Oilangiz tinch-totuv boβ€˜lishini xohlaysizmi?

Bilishni xohlasangiz bizni kuzatishda davom eting
❀2πŸ”₯1