Savodxon.uz
382 subscribers
192 photos
2 videos
8 files
283 links
Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.
Sayt: https://savodxon.uz
Facebook: https://www.facebook.com/savodxon

📞Bogʻlanish: @savodxonuz
Download Telegram
Savodxon.uz pinned a photo
Bayramingiz muborak, azizlar! 😊

@savodxon_uz
Endi Savodxon saytiga foydalanuvchilarni taklif qilish orqali oʻz hisobingizni toʻldirib olishingiz mumkin. 😊

@savodxon_uz
Savodxon sayti xizmatlari haqida 5 daqiqadan qisqa boʻlmagan video yarating va YouTube tarmogʻida eʼlon qiling, video havolasini bizga yuboring — va biz sizga 1 yillik obuna sovgʻa qilamiz!

Video Savodxon xizmatlaridan qanday foydalanishni tushuntiradigan qoʻllanma yoki shunchaki sayt haqidagi sizning shaxsiy fikringiz boʻlishi mumkin (hatto tanqidiy fikrlaringizni ham bemalol ifoda etishingiz mumkin).

Biz bilan bog'lanish:
• Telegram: https://www.t.me/savodxonuz
• Facebook: https://www.facebook.com/savodxon
• Email: savodxon@gmail.com

@savodxon_uz
Aziz foydalanuvchilar,

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan 23-25 oktyabr kunlari 6 oylik va 1 yillik obuna muddatlari uchun 50% chegirma eʼlon qilamiz.

@savodxon_uz
Yangi versiyada oldingi versiyalardagi xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

Yuklab olish: https://savodxon.uz/ilovalar/msword

@savodxon_uz
Azizlar, biz saytda kuzatilayotgan baʼzi xatolarni tuzatdik.

Ushbu orqa fondagi oʻzgarishlar amalda tatbiq boʻlishi uchun Ctrl+F5 tugmalari orqali saytni qayta yuklang.

@savodxon_uz
Siz bilan sayohatimizni boshlaganimizga 10 yil boʻlibdi. Shu kungacha, birga savodxonlik sari qiziqarli yoʻl bosdik, bir-birimizdan oʻrgandik, oʻsdik.

Bu yangi yil ham hayotimizda ajoyib, bunyodkor, yorqin oʻzgarishlarga boy boʻlishiga umid bogʻlagan holda, sizga tinchlik-farovonlik, salomatlik va yuksalish tilab qolamiz.

Kirib kelayotgan Yangi Yil bilan, azizlar! 😊❤️

@savodxon_uz
Saytga yangi tugmalar qoʻshildi.

Ular sizda ishlashi uchun brauzeringiz ularni joriy qilishiga ruxsat berishingiz lozim.

Ctrl+F5 tugmalari orqali saytni qayta yuklang (Mobil qurilmalarda, shunchaki, keshʼni tozalang) — yangi tugmalar koʻrinadi.

@savodxon_uz
Sayt xizmatlarini yanada yaxshilash uchun soʻrovnoma oʻtkazyapmiz. Iltimos, soʻrovnomada ishtirok eting va xizmatlarimiz haqida oʻz fikrlaringizni biz bilan baham koʻring.

👉 ISHTIROK ETISH

@savodxon_uz
Bahorni olib keluvchi aziz ayollar, siz biz uchun har doim goʻzallik, yaratish va mehr ramzisiz.

Sizga, oilangizga tinchlik, toʻkislik va farovonlik tilab qolamiz.

Doimo salomat boʻling,
Bayramingiz Muborak! 🌷

@savodxon_uz
Biz Ms Word ilovalarining koʻpchilikda kuzatilayotgan baʼzi kamchiliklarini bartaraf qildik. Agar siz ham ilovalar ishlashida xatolarga duch kelayotgan boʻlsangiz, ilovaning oxirgi (4.9) versiyasini yuklab oling: savodxon.uz/ilovalar/msword

Lotin-kirillga oʻgirish imkoniyati hali ham bepul. Shunchaki, bu versiyada login-parol orqali hisobingizga kirishingiz lozim.

Agar ilovalar ishlashida xatolarga duch kelsangiz, "Texnik xatolar jurnali" (1-rasm)dagi xabarni nusxalab bizga yuboring.

5.0 (Mac/Windows uchun) versiyani yangilash 2-rasmda keltirilgan.

@savodxon_uz
Savodxon.uz pinned a photo