Savodxon.uz
453 subscribers
196 photos
2 videos
8 files
284 links
Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.

Sayt: https://savodxon.uz
Facebook: https://www.facebook.com/savodxon

📞Bogʻlanish: @savodxonuz
Download Telegram
Sayt xizmatlarini yanada yaxshilash uchun soʻrovnoma oʻtkazyapmiz. Iltimos, soʻrovnomada ishtirok eting va xizmatlarimiz haqida oʻz fikrlaringizni biz bilan baham koʻring.

👉 ISHTIROK ETISH

@savodxon_uz
Bahorni olib keluvchi aziz ayollar, siz biz uchun har doim goʻzallik, yaratish va mehr ramzisiz.

Sizga, oilangizga tinchlik, toʻkislik va farovonlik tilab qolamiz.

Doimo salomat boʻling,
Bayramingiz Muborak! 🌷

@savodxon_uz
Biz Ms Word ilovalarining koʻpchilikda kuzatilayotgan baʼzi kamchiliklarini bartaraf qildik. Agar siz ham ilovalar ishlashida xatolarga duch kelayotgan boʻlsangiz, ilovaning oxirgi (4.9) versiyasini yuklab oling: savodxon.uz/ilovalar/msword

Lotin-kirillga oʻgirish imkoniyati hali ham bepul. Shunchaki, bu versiyada login-parol orqali hisobingizga kirishingiz lozim.

Agar ilovalar ishlashida xatolarga duch kelsangiz, "Texnik xatolar jurnali" (1-rasm)dagi xabarni nusxalab bizga yuboring.

5.0 (Mac/Windows uchun) versiyani yangilash 2-rasmda keltirilgan.

@savodxon_uz
Savodxon.uz pinned Deleted message
Azizlar, biz tahrir oynasini yanada soddalashtirdik!

Endi siz yagona oynada ishlay olasiz. Lotin va kirill oynasi yuqoridagi tugmalar orqali almashadi va matningiz avtomatik oʻgiriladi.

Ortiqcha tugmalarni olib tashlab, saytning eng zarur tugmalarini pastga joylashtirdik.

Faylni oʻgirish imkoniyati hali ham mavjud. Pastdagi tugma orqali ushbu alohida oynada ochiladi: https://savodxon.uz/office

Marhamat, sinab koʻring. Kamchilik-xatolariga duch kelsangiz, bizga telegram (https://t.me/savodxonuz) orqali xabar bering — tuzatib qoʻyamiz.

(Qurilmangiz yangilanishni birinchi marta yuklab olishi uchun biroz kutib turing.)

@savodxon_uz
Savodxon logotipi yangilandi!
Biz saytimizning doimiy foydalanuvchilarini juda qadrlaymiz va ularning sadoqatini loyiq darajada mukofotlashga qaror qildik. Endi saytdagi Savodxonlik darajangiz qancha yuqori boʻlsa, sizga shuncha katta chegirmalar beriladi!

Savodxonlik zobiti darajasiga erishgan foydalanuvchilarga yangi obuna sotib olishda 20%, Savodxonlik qoʻmondoni darajasiga erishganlarga esa — 40% chegirma taqdim etiladi.

Savodxonlik zobiti darajasi dasturimiz orqali jami 100 mingdan oshiq soʻz tekshirganlarga taqdim etiladi. Savodxonlik qoʻmondoni darajasini olish uchun esa 1 milliondan oshiq soʻz tekshirgan boʻlishingiz kerak. Oʻz darajangizni profilingizda koʻrishingiz mumkin.

@savodxon_uz
Aziz foydalanuvchilar,

Sizning ishingizni yana ham osonlashtirish uchun biz Savodxonni mashhur brend nomlarini tanib olishga oʻrgatdik.

Brend nomlariga qoʻshimchalar qoʻshilganda imlo qanday boʻlishi kerakligi rasmiy qoidalarda keltirilmagan. Ammo oʻzbek tilidagi koʻp manbalarda bunday holatda brend nomiga ayirish belgisi yordamida qoʻshimcha qoʻshish urf boʻlgan (masalan, Facebookʼdagi, Telegramʼdan, Googleʼning, va hokazo). Biz ham dasturimizda shu qoidaga amal qilishga qaror qildik.

Agar Savodxon sizning matningizda keltirilgan biror brend nomini tanimasa, bizga https://t.me/savodxonuz Telegram manzili orqali xabar bering — biz uni ham lugʻatimizga qoʻshib qoʻyishga harakat qilamiz.

@savodxon_uz
Aziz ustoz va murabbiylar!

Kelgusi avlod barkamolligini taʼminlash orqali jamiyatimiz ravnaqiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun barchangizning qarshingizda doimo taʼzimdamiz.

Bugungi ayyomingiz muborak boʻlsin!