Savodxon.uz
418 subscribers
194 photos
2 videos
8 files
283 links
Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.

Sayt: https://savodxon.uz
Facebook: https://www.facebook.com/savodxon

📞Bogʻlanish: @savodxonuz
Download Telegram
Saytdan unumli foydalanish yuzasidan baʼzi maslahatlar
Aziz foydalanuvchilar,

Saytda matn tahrir qilish oynasi yuqorisida joylashgan qatordagi tugmalar aynan qanday vazifa bajarishi bilan hech qiziqib koʻrganmisiz? Koʻpchilik foydalanuvchi asosan imloni tekshirish va matnni bir yozuvdan boshqasiga oʻgirish tugmalarini ishlatadi. Lekin qolgan tugmalar ham sizning ishingizni osonlashtirishga xizmat qiladi.

Masalan, koʻp holatda tahrir oynasidagi matnni nusxalab yoki qirqib olish kerak boʻladi. Bunda baʼzi foydalanuvchilar oynadagi matnni sichqoncha bilan toʻliq belgilab, klaviaturada CTRL+C tugmalarini yoki sichqoncha oʻng menyusidagi “Copy” (“Копировать“) bandini bosadilar. Ammo bu amalni bajarish uchun biz uskunalar paneliga maxsus nusxalash tugmasi joylab qoʻyganmiz. Uni bossangiz, joriy tahrir oynasidagi matn toʻliq nusxalab olinadi — matnni belgilashga va nusxalash buyrugʻini berishga hojat yoʻq, hammasi bitta tugmani bir marta bosish bilan hal boʻladi.

Agar ishlov berilayotgan matnning faqat bir qismini nusxalab olmoqchi boʻlsangiz, unda kerakli joyni belgilab, keyin nusxalash tugmasini bosing — shu bilan siz koʻrsatgan matn qismi nusxalab olinadi.

Qirqib olish tugmasi ham xuddi shu tamoyilda ishlaydi: tahrir oynasida hech narsa belgilanmagan holda bu tugmani bossangiz, oynadagi butun matn qirqib olinadi. Agar oynadagi matnning bir qismi belgilangan boʻlsa — faqat ana shu belgilangan qismi qirqib olinadi. Oynani tozalash uchun ham matni toʻliq belgilab, keyin Delete tugmasini bosishga hojat yoʻq: shunchaki oynani tozalash tugmasini bosing — va bir amal bilan tahrir oynasi tozalanadi.

Matnni bir yozuvdan boshqasiga oʻgirishni esa bundan ham sodda qilib qoʻyganmiz: masalan, lotin tahrir oynasidagi matnni kirillga oʻgirish uchun kirillga oʻgirish tugmasiga bosish oʻrniga, CTRL+K tugmalarini bossangiz boʻladi. Xuddi shunday CTRL+L tugmalarini bossangiz, kirill tahrir oynasidagi matn lotin yozuviga oʻgiriladi.

Uskunalar panelida joylashgan tugmalar qanday amal bajarishi bilan qiziqib koʻring — ular ishingizni ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navroʻz ayyomingiz muborak, azizlar!

Barchangizga bahoriy kayfiyat va yangilanish hamroh boʻlsin. 🌷🌷🌷

@savodxon_uz
Azizlar, biz saytda kuzatilayotgan baʼzi xatolarni tuzatdik. Shuningdek, kirill oynasida ishlash tezligi oshirildi.

Ushbu orqa fondagi oʻzgarishlar amalda tatbiq boʻlishi uchun Ctrl+F5 tugmalari orqali saytni qayta yuklang.

@savodxon_uz
Qadrli foydalanuvchilar,

Oxirgi 24 soat ichida xosting xizmatimiz serverida texnik muammolar yuz bergani sababli saytimiz ishida uzilishlar yuz berdi. Biz xosting xizmatini bu haqida xabardor qildik va imkon qadar tezroq nosozlikni bartaraf etishni soʻradik.

Kelib chiqqan noqulayliklar sabab sayt xizmatlaridan foydalana olmaganingizni hisobga olib, biz har bir foydalanuvchi balansiga bir kunlik obuna qiymatini (3000 soʻm) qoʻshib qoʻydik. Buni bizning uzrimiz deb qabul qilasizlar.

@savodxon_uz
Hurmatli foydalanuvchilar,

Shuni maʼlum qilamizki, 2023-yil 10-iyundan boshlab Savodxon sayti xizmatlari uchun quyidagi yangi narxlar belgilanadi:

24 soatlik - 5 000 soʻm

7 kunlik - 20 000 soʻm

30 kunlik - 40 000 soʻm

90 kunlik - 100 000 soʻm

180 kunlik - 160 000 soʻm

365 kunlik - 250 000 soʻm

‼️Eslatib oʻtamiz: 10-iyungacha siz yangi obuna muddatlarini joriy narxlarda sotib olishingiz mumkin.
Savodxon.uz pinned a photo
Bayramingiz muborak, azizlar! 😊

@savodxon_uz
Endi Savodxon saytiga foydalanuvchilarni taklif qilish orqali oʻz hisobingizni toʻldirib olishingiz mumkin. 😊

@savodxon_uz
Savodxon sayti xizmatlari haqida 5 daqiqadan qisqa boʻlmagan video yarating va YouTube tarmogʻida eʼlon qiling, video havolasini bizga yuboring — va biz sizga 1 yillik obuna sovgʻa qilamiz!

Video Savodxon xizmatlaridan qanday foydalanishni tushuntiradigan qoʻllanma yoki shunchaki sayt haqidagi sizning shaxsiy fikringiz boʻlishi mumkin (hatto tanqidiy fikrlaringizni ham bemalol ifoda etishingiz mumkin).

Biz bilan bog'lanish:
• Telegram: https://www.t.me/savodxonuz
• Facebook: https://www.facebook.com/savodxon
• Email: savodxon@gmail.com

@savodxon_uz
Aziz foydalanuvchilar,

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan 23-25 oktyabr kunlari 6 oylik va 1 yillik obuna muddatlari uchun 50% chegirma eʼlon qilamiz.

@savodxon_uz
Yangi versiyada oldingi versiyalardagi xato va kamchiliklar bartaraf etildi.

Yuklab olish: https://savodxon.uz/ilovalar/msword

@savodxon_uz
Azizlar, biz saytda kuzatilayotgan baʼzi xatolarni tuzatdik.

Ushbu orqa fondagi oʻzgarishlar amalda tatbiq boʻlishi uchun Ctrl+F5 tugmalari orqali saytni qayta yuklang.

@savodxon_uz
Siz bilan sayohatimizni boshlaganimizga 10 yil boʻlibdi. Shu kungacha, birga savodxonlik sari qiziqarli yoʻl bosdik, bir-birimizdan oʻrgandik, oʻsdik.

Bu yangi yil ham hayotimizda ajoyib, bunyodkor, yorqin oʻzgarishlarga boy boʻlishiga umid bogʻlagan holda, sizga tinchlik-farovonlik, salomatlik va yuksalish tilab qolamiz.

Kirib kelayotgan Yangi Yil bilan, azizlar! 😊❤️

@savodxon_uz
Saytga yangi tugmalar qoʻshildi.

Ular sizda ishlashi uchun brauzeringiz ularni joriy qilishiga ruxsat berishingiz lozim.

Ctrl+F5 tugmalari orqali saytni qayta yuklang (Mobil qurilmalarda, shunchaki, keshʼni tozalang) — yangi tugmalar koʻrinadi.

@savodxon_uz
Sayt xizmatlarini yanada yaxshilash uchun soʻrovnoma oʻtkazyapmiz. Iltimos, soʻrovnomada ishtirok eting va xizmatlarimiz haqida oʻz fikrlaringizni biz bilan baham koʻring.

👉 ISHTIROK ETISH

@savodxon_uz