Sariq Dev
13.7K subscribers
1.24K photos
381 videos
4 files
842 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Ёқилғи қуйгани кирсам, баллар йиғилиб қолган экан 25 литр бепул 95 бензин қуйдириб олдим. Рақобат бўлганидан кейин хизмат ҳам зўр бўларкан.
Бензин нарҳи деярли ҳар хафта тушяпти. Пандемия тасири. Ёқилғи компаниялари ҳам мижозларни жалб қилиш учун турли акциялар, имтиёзлар, инновациялар чиқариб ётишибди.

Масалан Petronas шахобчаларида Maybank мижозлари учун Шанба-Якшанба кунлари 8% чегирма (ёмон эмас, 100л дан 8л ютасиз).

Petron эса QR Pay орқали тўлов қилганларга 3 литр бензин пулини қайтариб беряпти (мин.лимит бор).

Shell эрталаб 10 гача бензин олганларга бепул кофе тарқатяпти.

Бу мени ҳабарим бори холос, аслида бундан бошқа имтиёзлар ёки акциялар жуда кўп.

Инновация ҳам жойида тургани йўқ, мана янги Five Petrol дегани энди мошинангизни рақамидан танир экан. Машинани банк картангизга боғлаб қўясизда, ёқилғи қуйгани келганингизда бензин қуйиб кетаверасиз (ҳисобингиздан ўзи керакли суммани ечиб олади).

Хуллас, яна айтаман рақобат бор жойда, тараққиёт бор. Монополия эса тараққиёт кушандаси.

@sariqdev
Куала Лумпурдаги кўп қаватли уйлардан бирига саёҳат қиламиз:

https://youtu.be/DiKLJgVzOeA
Ишлаб ўтирасан, ойнангни тагидан маймунлар ўтиб кетади. Малайзияга хуш келибсиз.
Suratda ko‘rib turganingiz, Limosa lapponisa deb nomlangan qush 11 kun ichida bir muddat ham to‘xtamasdan, ovqatlanmasdan 12850km masofani bosib, Tinch okeani ustidan uchib o‘tgani qayd qilindi.

Aslida bu yangilik emas, lekin birinchi martta qush oyog'iga 5 gramlik treker bog'lanib, parvoz xaritasi yozib olindi.

Olimlar hanuzgacha qushlar bunday uzun parvoz uchun quvvatni qayerdan olishini hamda qanday qilib yo‘lda adashmasdan, manzilga deyarli to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ucha olishini aniqlay olishmagan.

Allohu Akbar deyishdan boshqa gap yo'q.

"Ular ustlarida (qanotlarini) yoyguvchi bo‘lgan va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko‘rmadilarmi?! U (qush)larni yolg‘iz Rahmongina (samoda) ushlab turar! Albatta U barcha narsani ko‘rib turguvchidir"
Mulk surasi, 19-oyat.

@sariqdev
Chet elda jamoat joylaridagi xojatxonalarga qaratilgan e‘tiborga tan beraman.
Mana oddiy savdo markazida 6 ta xojatxona: Ayollar, erkaklar, o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, nogironlar va chaqaloqlar uchun alohida.

@sariqdev
Inqirozga uchrayotgan turizm industriyasidan innovasiya: Work from Hotel, ya'ni mehmonxonadan turib ishlash.

Malayziyada yana qattiq karantin choralari avjida, ko'pchilik uydan ishlashga majbur. Uydan charchaganlarga esa, marhamat, bo'sh turgan mehmonxonalar tayyor.

Ertalab 8 dan kechqurun 7 gacha ijara narhi eng arzoni 5$ dan, qimmatlari 50$ gacha (Intercontinental, Shangri-La).

Ba'zilarida bepul kofe, boshqalarida tekin nonushta va arzon tushlik.

@sariqdev
Tanishing, Eronning g'arbiy qismida yashaydigan o'rgimchak dumli ilon.
Ko'rinishidan toshga o'xshaydigan ilon, dumini uchini qimirlatib qushlarni o'ziga jalb qiladi. O'rgimchak ovlagani kelgan qushlar esa ilonning qurboni bo'ladi.
Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Zamonaviy Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalari kafedrasi akademik almashinuv doirasida Malayziya Islom Ilmlari Universiteti (USIM) bilan xamkorlikda talabalar uchun “Axborot havfsizligi asoslari” mavzusida oʻtkaziladigan mahorat darsi.
https://www.youtube.com/watch?v=b2JnhOJw_sw
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Bugun siz azizlarga katta mamnuniyat bilan https://python.sariq.dev loyihasini taqdim etaman. Bu yerda siz Python dasturlash tilini va eng muhimi dasturlash asoslarini o'rganishingiz mumkin.

Darslarimiz video, matn va amaliy mashg'ulotlar ko'rinishida berilgan. Boshlanishiga birinchi 10 ta video darslarimiz tayyor. Alloh nasib qilsa har 2-3 kunda yangi darslar yuklab boriladi.

Bu loyihamiz kelajakdagi katta rejalarimiz uchun debocha xolos. Yaqin rejalarimizda Data Science, Machine Learning va Deep Learning darslarini joylash ham bor.

Hurmat bilan @sariqdev
Suratda ko'rib turganingiz fantastika janridagi kino yoki Yapon animelaridan olingan sahna emas. Bu Tokyodagi Nakagin Capsule Tower binosi.
Bino 1972 yilda arxitektor Kisho Kurokawa dizayni asosida qurilgan bo'lib, 140 ta almashtiriladigan kub kapsulalardan iborat.
Binoning ichiga sayohat qilish uchun quyidgai bog'lamaga kiring: http://www.noritakaminami.com/project_1972
Dasturlash asoslari darsimizning navbatdagi qismi tayyor: https://python.sariq.dev/shartlar/10-if-else
Bugungi mavzu: if-else va tarmoqlanish

Videolar har doimgidek YouTube kanalimizda: https://youtu.be/QH5Q_dyj3dI