Sariq Dev
13.9K subscribers
1.24K photos
381 videos
4 files
842 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Demak, ertalabgi savolga juda ko'p to'g'ri javoblar berildi. Ba'zilarini postda keltirdim. Birinchisi men o'zim taklif qilgan yechim. Lekin undan ham originallari borligi uchun juda xursandman.
Bugungi tavsiya – kompyuterlar, operatsion tizimlar, foydali dasturlar va layfxaklar haqidagi @Kompyuterlar_uz kanali.

Aloqa tarmoqlari muhandisi sifatida tasdiqlayman, rasmdagi layfxak haqiqatdan ham ishlaydi.

LINK: https://t.me/kompyuterlar_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insoniyat virtual olam tomon ketmoqda.

Facebooking Codec Avatar nomli loyihasi odamlarni virtual olamga ko'chirish ustida ish olib bormoqda.

Loyiha odamning to'liq 3D modelini yaratadi, odamlar esa maxsus ko'z oynaklar yordamida 3D olamda dunyoning boshqa chekkasidagi yaqinlari bilan yuzma-yuz o'tirib gaplashadilar. Manbalarga ko'ra hozirda bu loyihaga FBning 10000 dan ortiq ishchisi jalb qilingan.

Agar kelajakda qaysi sohalar dolzarb bo'ladi desangiz, ikkilanmasdan 3D design, o'yinlar va dasturlash deb javob beraman.

@sariqdev
Mana ishga kirishdagi suhbatlarda ko'p uchraydigan yana bir savol:

1 dan 100 gacha sonlar ro'yxatidan bitta tasodifiy son tushib qoldi. Mana shu sonni topuvchi dastur yozing.

Rasmdagi
kodda bitta tasodifiy son olib tashlangan ro'yxatni yaratish ko'rsatilgan. Kodni davom ettirib ana shu sonni toping.

Javobni @rextester_bot yordamida tekshirib, izohda qoldiring.

🚫 Google amakidan so'rash yo'q!

p.s. 100 ni o'rnida istalgan n soni bo'lishi mumkin.

upd: 2-ro'yxatni yaratmasdan topganlarga 5 baho 😀

#jumboq
Ertalab berilgan masalaning yechimi haqida video tayyorladim. Ko'ring, foydali bo'ladi deb umid qilaman.

LINK: https://youtu.be/VwluCqwHHN8
Redmonk Portali oxirgi 10 yilda dasturlash tillarining reytingi qanday o'zgarganini tahlil qilibdi (GitHub va StackOverflow asosida).

Top-5 talikda katta o'zgarishlar yo'q. JavaScript, Python, Java ga talab hali ham katta. Bir vaqtlar adashib kirib qolgan Ruby esa pozisiyalarini yo'qotishda davom etmoqda.

Reytingni pastida esa aksincha, o'zgarishlar katta. Jumladan, TypeScript, Kotlin, Swift va Rust tezlik bilan ko'tarilib kelayapti. Perl esa reytingning tubiga qarab yo'l olgan.

Umuman olganda, asosiy xulosa shuki, dasturlash tillarining reytingi juda sekinlik bilan o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, bugun talab katta bo'lgan tillar yana kamida 10 yil shunday qoladi.

Demak, dasturlashga yangi kirayotganlarga qo'rqmasdan Python va JavaScriptni o'rganish tavsiya qilinadi. Bu tillar "eski" bo'lsa ham, hali beri topdan tushmaydi.

Yosh tillarga esa topga chiqquncha yillar talab qilinishi mumkin.

@sariqdev
DJI FPV droni va komplektida keluvchi maxsus ko'zoynaklar yordamida endi osmonda qushdek parvoz qilishingiz mumkin.

Quyidagi videoni imkon qadar eng yuqori sifatda ko'ring: https://www.youtube.com/watch?v=LLcREAZYmIE
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar. Ertaga 22-mart soat 19:15 da Telegramdagi kanallar uchun moslangan Audio chatni sinovdan o'tkazish maqsadida do'stimiz Muhammadjavoxir Suratov (@mayoquz) bilan birgalikda ochiq suhbat tashkil qilamiz.

Audio suhbatimiz AMA (Ask Me Anything) ixtiyoriy savolingizni soʻrang uslubida boʻladi.

Demak saqlab qo'ying: 22/03/2021, Toshkent vaqti bilan 19:15 da @sariqdev kanalida.

Telegramda gaplashguncha 🖐
Assalom alaykum, inshaalloh suhbatimizni 1 soatda boshlaymiz. Dolzarb savollaringiz bo'lsa izohda qoldiring
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Hammaga mazmunli suhbat uchun katta rahmat. Savol bera olmaganlardan uzr so'raymiz. Qo'l ko'targanlar juda ko'payib ketdi.
Inshaalloh navbatdagi suhbatimizni aniqroq mavzuda qilamiz.

Suhbatimiz mehmonlari Muhammadjavoxir Suratov @mayoquz, Ulugbek Samigjonov @ulugbeksamigjonov va Sharom Rustamga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
@sariqdev-suhbat-22-03-21
<unknown>
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, kechagi suhbatimizning audio fayli.
Tailandlik yigit e'tiborsizlik qilib iPhone telefon o'rniga iPhone stol sotib olibdi. Bu voqeani o'qib, o'zimni Koreaga ilk borgan kunlarim esimga tushib ketdi.

Yangi borgan kunlarim, yostiq olaman deb onlayn do'konga kirdim. Sayt koreys tilida, amallab google orqali "yostiq" so'zining tarjimasini topdim. Mana yostiqlar, hajmiga, rangiga, guliga qarab tanlar ekansiz.

Xullas bittasini tanladim. Ertasi kuni kichkinagina quti keldi. Ochsam, yostiq jildi ekan 🤦‍♂️.

Shuning uchun faqat dasturlash emas, chet tillarini ham o'rganinglar 🙂.

@sariqdev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Inshaalloh yangi darslarimiz boshlanguncha oz qoldi. Ungacha sizlarni oddiy masalalar bilan yuklab turaman.

Yoshlikda bir o'yin o'ynar edik: bitta uzun so'z berilgan, mana shu so'zning tarkibidagi harflardan yangi so'zlar tuzish kerak.

Bugungi topshiriq: mana shunday so'zlarni topib beruvchi funksiya yozish. Buning uchun GitHubdagi uzwords.py modulidan foydalanasiz: https://github.com/anvarnarz/uzwords

Sizning vazifangiz findMatches(word,uzwords) funksiyasini yozish. Ushbu funksiya argument sifatida bitta so'z (word) va bitta so'zlar ro'yxatini qabul qiladi (uzwords) va berilgan so'z tarkibidagi harflardan iborat ro'yxat qaytaradi.

Dasturning boshi va natijasi (qisman) yuqoridagi rasmlarda berilgan.

Vazifani bajarib bo'lgach, kodingizni GitHubga yuklab, bog'lamasini izohda qoldiring!
testFindMatches.py
1.6 KB
Ertalab berilgan vazifani tekshirib ko'rish uchun quyidagi test dasturni yozdim.
Funksiyangiz to'g'ri ishlashini tekshirib ko'rish uchun:

1️⃣ findMatches() funksiyangizni findMatches.py faylida saqlang

2️⃣ Quyida berilgan testFindMatches.py fayli, GitHubdan yuklab olingan uzwords.py moduli va o'zingiz yaratgan findMatches.py fayllarini bitta papkaga joylang

3️⃣ testFindMatches.py dasturini RUN qiling

Agar funksiyani to'g'ri yozgan bo'lsangiz, Ran 1 test in ... OK degan natija chiqishi kerak
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
📖 PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
🖼 JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev